Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.07.1998 yildagi 278-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FOSFORLI OʻGʻITLAR IShLAB ChIQARISh UChUN JEROY-SARDARA KONI XOM AShYoSIDAN FOSFORIT KUKUNI IShLAB ChIQARISh HAJMLARINI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “1998 — 2002-yillarda Oʻzbekiston kimyo sanoati korxonalarini kompleks rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 25-martdagi 129-son qarorini bajarish yuzasidan, Jeroy-Sardara koni xomashyosidan fosforlik oʻgʻitlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining Qizilqum fosforit kombinatining birinchi navbati ishlab chiqarilishini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. U quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvatini 300 ming tonna boyitilmagan fosforit kukunidan 600 ming tonnagacha, shu jumladan 1999-yil may oyida foydalanishga topshirgan holda quruq boyitish sxemasi boʻyicha 400 ming tonna konsentratga koʻpaytirish (1-ilova*);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand kimyo zavodini yiliga 400 ming tonna hajmidagi va Qoʻqon superfosfat zavodini — yiliga 200 ming tonna hajmidagi fosforit kukuni bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand kimyo zavodining pilot qurilmasida Jeroy-Sardara konining Toshqoʻra uchastkasi rudasidan quruq boyitish usuli bilan fosforit kukuni olish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilganligi, buning natijasida fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish talablarini qoniqtiruvchi konsentrat olinganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizilqumnodirmetalloltin” konserni tomonidan tanlov natijalariga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Germaniyaning “Krupp-Polizius” firmasi bilan 8,68 mln. AQSh dollarilik pishirish qurilmasi asbob-uskunalari yetkazib berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amerikaning “Katerpillar Oversiz A.O.” kompaniyasi bilan Qizilqum fosforit kombinati uchun 28 mln. AQSh dollarilik kon asbob-uskunalari yetkazib berishga, shu jumladan 8,68 mln. AQSh dollarilik ogʻir yuk koʻtaruvchi texnikalarni tuzatish (dvigatel, uzatmalar qutisi, gidravlika asbob-uskunalari) liniyasi va ehtiyot qismlar yetkazib berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rossiyaning “Gornozavodchik-plyus” firmasi bilan 2,6 mln. AQSh dollarilik fosfor rudasini quruq boyitish asbob-uskunalari yetkazib berishga kontraktlar imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 51-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, kon asbob-uskunalari, ogʻir yuk koʻtaruvchi texnikalarni tuzatish liniyasi va ularga ehtiyot qismlarni import boʻyicha yetkazib berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy bankning AQShning Eksimbanki sugʻurta qoplamasi ostida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga 5 yil muddatga beriladigan 25,004 mln AQSh dollari (kontrakt qiymatining 85 foizi va AQSh Eksimbankning sugʻurta mukofoti) miqdoridagi krediti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Katerpillar Oversiz A.O.” kompaniyasining “Qizilqumnodirmetalloltin” konserniga 2 yil muddatga beriladigan 4,2 mln AQSh dollari (kontrakt qiymatining 15 foizi) miqdoridagi krediti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit resurslari “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni mablagʻlari hisobiga jadvalga muvofiq qaytarilsin (2-ilova*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Germaniyaning “Krup-Polizius” firmasi tomonidan 8,68 mln. AQSh dollari miqdoridagi pishirish qurilmasi asbob-uskunalari yetkazib berilishini mablagʻ bilan taʼminlash Navoiy kon-metallurgiya kombinatining mahsulotini eksport qilishdan olingan oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rossiyaning “Gornozavodchik-plyus” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tomonidan fosfor rudasini quruq boyitish sxemasi boʻyicha 2,6 mln. AQSh dollari miqdoridagi asbob-uskunalar yetkazib berilishini mablagʻ bilan taʼminlash 1999-yilga import prognozi hajmida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 51-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25,004 mln AQSh dollari summasiga kredit bitimini, AQSh Eksimbankining 1,204 mln AQSh dollari miqdoridagi sugʻurta mukofotini hisobga olgan holda, ikki oy muddatda rasmiylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan kreditni bankning bir foizdan ortiq boʻlmagan marjasi bilan “Qizilqumnodirmetalloltin” konserniga qayta moliyalasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni kontraktlar boʻyicha avans toʻlovlari toʻlash uchun 4,2 mln AQSh dollari summasiga “Katerpillar oversiz A.O.” kompaniyasi bilan kredit bitimini bir oy muddatda rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyiha uchun jalb etilayotgan valyuta kreditlari boʻyicha xorijiy bankka, “Katerpillr Oversiz A.O.” kompaniyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha kredit tomonlari talablariga muvofiq shakllar boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni, Oʻrta Osiyo sanoat texnolgiyasi ilmiy-tadqiqot-ishlab chiqarish instituti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Qizilqum fosforit kombinati birinchi navbatini kengaytirishning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqsinlar va uni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Qizilqum fosforitlarini qayta ishlash shartlariga tatbiqan texnik talablarini hisobga olgan holda bazis loyihani ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti ekspertiza, vazirliklar va idoralarning vakolatli organlarini jalb qilgan holda Qizilqum fosforit kombinatini sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirishning birinchi navbatini kengaytirishning texnik-iqtisodiy asoslanishini belgilangan tartibda koʻrib chiqsin va uni tasdiqlash yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-dekabrdagi 557-son qaroriga muvofiq Qizilqum fosforit kombinatining birinchi navbatini rekonstruksiya qilish va kengaytirish boʻyicha qurilish-montaj ishlarini ishchi loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni bir oy muddatda Qizilqum fosforit kombinatini kengaytirishni hisobga olgan holda uning birinchi navbatining gaz taʼminoti masalasi boʻyicha qaror qabul qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tashqi ishlar vazirligi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy mutaxassislarga konsullik yigʻimlari undirmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ichki ishlar vazirligi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy mutaxassislarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yashash joyi boʻyicha vizalar va roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar vizalar rasmiylashtirilganligi va roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar undirmasdan hal etilishini taʼminlasin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 20-son, 236-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Loyihani tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlaganlik va transportning barcha turlarida yurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 51-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 3-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
278-son