19.02.2026 yildagi 69-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda oʻqituvchi va ustozlik kasbining maqomi hamda nufuzini yanada oshirish, xususan, oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarning yashash sharoitini yaxshilashda ularga qoʻshimcha moliyaviy imkoniyatlar yaratish orqali soha vakillarini tizimli qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2026-yildan boshlab kamida 15 yil ish stajiga va oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga (keyingi oʻrinlarda — pedagoglar) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari boshlangʻich badalining 25 foizini qoplab berish uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya olish uchun ariza berish, ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalarini koʻrib chiqish hamda ipoteka krediti boʻyicha subsidiyani hisoblash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiya ajratish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) subsidiya olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali qabul qilinadi hamda ushbu jarayondagi barcha xizmatlar bepul koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng koʻp miqdorlaridan kelib chiqib aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) subsidiya olish uchun kelib tushgan arizalar “subsidiya.idm.uz” elektron platformasi orqali inson omilisiz koʻrib chiqiladi hamda subsidiyalar ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali avtomatik tarzda toʻlab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan har yili 200 mlrd soʻmgacha mablagʻ yoʻnaltiriladi. Bunda ushbu mablagʻlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yilda respublika budjetining aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturlarini moliyalashtirish xarajatlari doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yildan boshlab respublika budjetining parametrlarida nazarda tutilgan holda moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) va kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan pedagoglar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, tijorat banklari bilan birgalikda tegishli axborot tizimlarini “subsidiya.idm.uz” elektron platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot tizimlarini davlat xizmatini koʻrsatish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etish uchun “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda “subsidiya.idm.uz” va “subsidyplatform.mf.uz” platformalarida uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya xabarnomalarini berish va subsidiya toʻlash boʻyicha qoʻshimcha modulni yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida pedagoglar oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yil 1-martga qadar mazkur qarorga muvofiq joriy etilayotgan subsidiya ajratish tartibini takomillashtirish, jumladan, ushbu dastur bilan turar joyga ega pedagoglarni ham qamrab olish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalning 25 foiz qismini Davlat budjetidan qoplab berish uchun kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagog xodimlarni aniqlash mezonlari, ularga subsidiyalarni hisoblash va ajratish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi, taʼlim tashkilotida faoliyat olib borayotgan oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (pedagog);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich badal uchun subsidiya (keyingi oʻrinlarda — subsidiya) — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan qayta moliyalashtirishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng koʻp miqdorlari doirasida tijorat banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha shakllantirilishi lozim boʻlgan boshlangʻich badalning 25 foizi miqdorida Davlat budjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan mablagʻ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi uy-joy bozorida tanlangan uy-joylarni sotib olishga ipoteka kreditini taqdim etuvchi tijorat banklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul tashkilotlar — ariza beruvchining arizasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni ijtimoiy mezonlar asosida baholashga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda ishtirok etuvchi tijorat banklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — mazkur Nizom talablariga muvofiq ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnoma — ariza beruvchiga subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan, berilgan vaqtidan boshlab qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida amal qiladigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash doirasida birlamchi uy-joy bozoridan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiya ariza beruvchining roʻyxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida qurilgan uy-joylar uchun yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiya fuqaro roʻyxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali koʻrsatiladigan xizmatlarga hamda markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga soʻrov yuborish orqali maʼlumotlarga bepul aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda YIDXPda ariza beruvchining avtomatik tarzda toʻldiriladigan maʼlumotlarining toʻgʻriligiga tegishliligi yuzasidan masʼul davlat organlari javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ariza topshirishning bosqichlari toʻliq yakunlangandan soʻng masʼul tashkilotlar soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan ijtimoiy mezonlar asosida baholash uchun avtomatik tarzda shu kunning oʻzida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — dasturiy taʼminot tizimi), dasturiy taʼminot tizimi orqali esa masʼul tashkilotlarning axborot tizimlariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar masʼul tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi va ikki ish kuni ichida dasturiy taʼminot tizimiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza baholash jarayoniga oʻtkazilishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “FHDY ning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ariza beruvchi va er (xotin) oʻrtasida rasmiy nikoh tuzilgani dasturiy taʼminot tizimi tomonidan avtomatik ravishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Masʼul tashkilotlarning axborot tizimlari tomonidan quyidagi maʼlumotlar tekshiriladi va dasturiy taʼminot tizimiga taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi — ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud yoki mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — ariza beruvchining pedagogik faoliyat boʻyicha kamida 15 yil ish stajiga ega yoki ega emasligi, shu jumladan, ariza topshirgan vaqtda faoliyat yuritayotgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — tegishliligi boʻyicha ariza beruvchining oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega pedagog ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ishtirok etuvchi tijorat banklari — ariza beruvchining kredit tarixi bank ichki talablariga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchining arizasi uning YIDXPda qayd etilish ketma-ketligiga muvofiq masʼul tashkilotlarning axborot tizimlari orqali kelib tushgan maʼlumotlar asosida dasturiy taʼminot tizimi tomonidan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi avtomatik ravishda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalarning YIDXPda qayd etilish ketma-ketligida ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyi mavjud boʻlmagan ariza beruvchi arizasining navbatiga ustuvorlik beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat xizmatlari markazi, YIDXP va masʼul tashkilotlar oʻrtasida axborot almashinuvi integratsiyalashgan tizim orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholashning adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi boʻyicha axborot tizimlariga masʼul boʻlgan tashkilotning rahbari va xodimlari shaxsan javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmagan muddatda masʼul tashkilotlar tomonidan arizalarni koʻrib chiqish holati boʻyicha masʼul tashkilot rahbarlariga tizimli ravishda maʼlumot kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Baholash natijalarini koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ariza beruvchiga dasturiy taʼminot tizimi tomonidan ushbu Nizomga 4 va 4a-ilovalarda keltirilgan namunaviy shakllarga muvofiq subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi elektron QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnoma bir ish kuni ichida Davlat xizmatlari markaziga va YIDXPdagi shaxsiy manziliga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan hollarda, davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ariza beruvchi baholash natijalari boʻyicha ijtimoiy mezonlarga mos kelgan taqdirda, talabgor sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchining kredit tarixi kamida bitta ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan talabgorning boshqa istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankidan ipoteka kreditini olish huquqi saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomada talabgorga ipoteka krediti ajratilishi ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan koʻrib chiqilishi va ushbu xabarnoma kredit ajratilishini kafolatlamasligi belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish dasturiy taʼminot tizimi orqali avtomatik tarzda rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taqdim etilgan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar kamida bitta ijtimoiy mezonga mos kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri yoki soxta boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza koʻrib chiqish jarayoniga oʻtkazilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) boshqa uy-joy subsidiya dasturlari doirasida ariza beruvchining va (yoki) uning turmush oʻrtogʻining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyadan foydalangani aniqlanganda (avval olingan subsidiyali ipoteka kreditini soʻndirgan va uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomasi amalda boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya olish uchun topshirilgan arizasi koʻrib chiqish jarayonida boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ariza beruvchining kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiq boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) joriy yilda ajratiladigan subsidiya mablagʻlariga mutanosib ravishda subsidiyalar soni tugaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda dasturiy taʼminot tizimi tomonidan barcha arizalarni koʻrib chiqish avtomatik tarzda toʻxtatiladi va rad etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ariza beruvchi davlat dasturlari doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan foydalangani aniqlanganda. Bunda qarz oluvchi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Har yili uy-joy dasturi doirasida oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga ajratilishi nazarda tutilgan subsidiya mablagʻlari miqdoriga mutanosib ravishda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomalar taqdim etilgan taqdirda, dasturiy taʼminot tizimida arizalar qabul qilinishi avtomatik ravishda toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha subsidiya ajratish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 (bir) marta beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabgor foydalanmagan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻz xohishiga koʻra Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali elektron ariza bilan murojaat qilgan holda rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani bekor qilish haqidagi arizasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, subsidiya ajratish parametrlarida rad etilgan subsidiya mablagʻlariga mutanosib ravishda subsidiyalar soni qayta inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining murojaatiga asosan arizani koʻrib chiqish davri yakunlanguniga qadar masʼul tashkilotlarning elektron maʼlumotlar bazasida xatolik tufayli notoʻgʻri xulosa shakllangan taqdirda, Komissiya raisining dasturiy taʼminot tizimida yaratilgan va elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan dasturiy taʼminot tizim administratori tomonidan maʼlumotlarga tuzatish kiritish uchun bir qadam ortga qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqparvar” komissiyalari yoki sud qarorlari bilan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy taʼminotdan toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilish va toʻlovlarni toʻxtatish Komissiya raisining dasturiy taʼminot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan tizim administratori tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda masʼul tashkilot tuzatish kiritish uchun qaytarilgan maʼlumotlarni tizimga qayta kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqparvar” komissiyalari yoki sud qarorlari bilan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalari bekor qilingan taqdirda, Komissiya uch ish kuni ichida fuqaro va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ipoteka krediti boʻyicha subsidiyani hisoblash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXPdan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan talabgor uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiya xabarnomasini olgunga qadar qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosida tuzilgan shartnomalar hamda subsidiya xabarnomasining muddati doirasida tuzilgan birlamchi shartnoma ham inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib olinadigan uy-joy uchun ajratiladigan ipoteka krediti miqdori tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchining (kafilning) toʻlov qobiliyatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foiz toʻlovlarini hisoblash ajratiladigan ipoteka krediti qiymatiga muvofiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tijorat banki tomonidan ajratiladigan ipoteka krediti miqdori joriy yil uchun belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshib ketmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha boʻlgan muddatda istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan birlamchi shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablagʻlarini bankdagi hisobvaragʻiga joylashtirgani yoki qurilish (pudrat) tashkilotiga toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka krediti boʻyicha birgalikda qarz oluvchining (kafilning) tegishli maʼlumotlarini taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar toʻliq taqdim qilingandan soʻng besh ish kuni ichida qarz oluvchiga kredit berish masalasini oʻrganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza qanoatlantirilgan taqdirda, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida ariza beruvchiga kafolat xatini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Talabgor qurilish (pudrat) tashkiloti bilan notarial tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasini hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi kadastr hujjatlarini ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatida koʻrsatilgan muddat doirasida tijorat bankiga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal summasi ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng koʻp miqdorlari doirasida ajratiladigan ipoteka krediti miqdoridan kelib chiqib hisoblanadigan uy-joy qiymatining 15 foizi miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich badalning 25 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich badal ushbu bandga muvofiq aniqlanadigan boshlangʻich badal summasidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi talabgorning oʻz mablagʻlari hisobidan boshlangʻich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning 25 foiz qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya summasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SM = KS*0,15/0,85*0,25,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SM — ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning 25 foiz qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KS — ipoteka krediti shartnomasida ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Sotib olinadigan kvartira boʻyicha talabgor tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan boshlangʻich badal toʻliq shakllantirilgandan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kuni ichida ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Talabgor tomonidan sotib olinadigan kvartiraning talabgor nomiga rasmiylashtirilgan kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tijorat banki bir ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi (keyingi oʻrinlarda — toʻlov platformasi) orqali boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani toʻlashga buyurtmanomani yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda toʻlov platformasi orqali ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan kiritilgan buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi boʻyicha Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimida avtomatik tarzda toʻlov topshiriqnomasi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirok etuvchi tijorat banki taqdim etilgan ipoteka krediti summasi va boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya miqdori toʻgʻri hisoblanishiga javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Iqtisodiyot va moliya vazirligi besh ish kuni ichida sotib olinadigan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan talabgorga tijorat bankida ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazib berilgan boshlangʻich badal uchun subsidiya faqat boshlangʻich badal sifatida shakllantiriladi va ipoteka krediti mablagʻlari bilan bir vaqtda qurilish (pudrat) tashkilotiga oʻtkazib beriladi. Mazkur mablagʻni boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida undan foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiyani Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat oʻtgandan soʻng uch ish kuni ichida ajratilgan subsidiya Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytarilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun ushbu qaytarilmagan subsidiyaning 0,033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Iqtisodiyot va moliya vazirligining toʻlov platformasi orqali fuqarolarga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan toʻlab berilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Soliq qoʻmitasining axborot tizimlariga onlayn tarzda uzatib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari boʻyicha toʻlovlarni surunkali ravishda toʻlamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti shartnomalari boʻyicha undiriladigan mablagʻlar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan talabgorga boshlangʻich badal uchun ajratilgan subsidiya ipoteka krediti boʻyicha garovga qoʻyilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga ushbu banklar tomonidan toʻliq miqdorda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi, talabgorlarga subsidiya hisoblanishi va toʻlanishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya ajratish va toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Subsidiya olish uchun tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali mustaqil ravishda soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi,

YIDXP

1. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni qabul qiladi.

2. Arizalarning qayd qilinishi navbatligiga koʻra ularni ijtimoiy mezonlar boʻyicha koʻrib chiqish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — dasturiy taʼminot tizimi) yuboradi va tizim orqali masʼul tashkilotlarga elektron shaklda taqdim etadi.

Shu kunning oʻzida

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligining dasturiy taʼminot tizimi

1. Masʼul tashkilotlarning elektron maʼlumotlar bazasidan kelib tushgan maʼlumotlar asosida arizani avtomatlashtirilgan tarzda quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

ariza baholash jarayoniga oʻtkazilishidan oldin “FHDY yagona elektron arxivi” maʼlumotlari bazasidan ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi oʻrtasida rasmiy nikoh tuzilgani;

ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi;

ariza beruvchining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) orqali ariza beruvchining kredit tarixi bankning ichki qoidalariga muvofiq yoki muvofiq emasligi.

1. 2 ish kuni ichida

2. Baholash natijalari yuzasidan avtomatik tarzda subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan subsidiya xabarnomasini tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga va YIDXPga elektron tarzda yuboradi.

2. 1 ish kuni ichida

4-bosqich

Talabgor

1. Oʻzining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, moʻljallayotgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.

1. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingunga qadar yoki subsidiya xabarnomasining muddati doirasida

2. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

2. Xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha

5-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgorning subsidiya xabarnomasini “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasidan (keyingi oʻrinlarda — toʻlov platformasi) roʻyxatdan oʻtkazadi.

2. Talabgorning hujjatlarini oʻrganib chiqadi.

3. Ipoteka kreditini ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatini taqdim etadi.

Bunda talabgorga ipoteka kreditini ajratish rad etilgan taqdirda, toʻlov platformasida yaratilgan buyurtmanomani bekor qiladi.

5 ish kuni ichida

6-bosqich

Talabgor

Qurilish (pudrat) tashkiloti bilan notarial tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasini hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi kadastr hujjatlarini tijorat bankiga taqdim etadi.

Ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatida koʻrsatilgan muddat doirasida

7-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida shartnomani imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.

1. 1 ish kuni ichida

2. Toʻlov platformasi orqali boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani toʻlashga buyurtmanoma yuboradi.

2. 1 ish kuni ichida

8-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.

5 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

SOʻROVNOMA

Ariza raqami _____________

Qabul qilish sanasi ________

Qabul qilgan shaxs _________

1. _____________________

(familiyasi)

______________________

(ismi)

______________________

(otasining ismi)

2. Manzil: ________________

(aholi punkti)

________________

(tuman, shahar)

_________________

(viloyat)

3. Tugʻilgan sanasi ___ /_____ / ______

4. Jinsi ____ ayol _____ erkak

5. Oilaviy ahvolingiz:

boʻydoq / turmushga chiqmagan _____

uylangan / turmushga chiqqan _____

ajrashgan _____________________

beva __________________________

yolgʻiz ona _____________________

6. Pasport yoki ID-karta boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamingiz (JSHSHIR)*:

_______________________

7. Turmush oʻrtogʻining pasport boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

______________

(JSHSHIR)

8. Siz bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar:

el. pochta _________

uy tel: _________

ish tel: _________

mobil tel: ______

Men uy-joy olish hamda uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tasdiqlayman hamda kredit axboroti toʻgʻrisidagi va boshqa tegishli maʼlumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.

____________

__________

____________

_________

imzo

kun

oy

yil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ajratiladigan oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarni baholashning ijtimoiy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezonlar

Masʼul tashkilot

I. Hozirgi turar joy maqomi*

1.

Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud emasligi

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

II. Oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagog**

2.

Ariza beruvchining pedagogik faoliyat boʻyicha kamida 15 yil stajga ega ekanligi, shu jumladan, ariza topshirgan vaqtda faoliyat yuritayotgani

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

3.

Ariza beruvchining oliy malaka toifasiga ega pedagog ekanligi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

4.

Ariza beruvchining bosh oʻqituvchi lavozimiga ega pedagog ekanligi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

III. Ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki talablariga muvofiqligi***

5.

Ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligi

Ishtirok etuvchi tijorat banklari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Toʻliq oʻz mulkida ikki va undan ortiq uy-joyga ega boʻlgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalarning YIDXPda qayd etilish ketma-ketligida ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyi mavjud boʻlmagan ariza beruvchi arizasining navbatiga ustuvorlik beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Ariza beruvchiga II boʻlim boʻyicha mezon asosida masʼul tashkilotlar tomonidan alohida maʼlumot taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchining oliy malaka toifasiga ega pedagog ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yoki bosh oʻqituvchi lavozimiga ega pedagog ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu maʼlumotlardan bittasining tasdiqlanishi mazkur ijtimoiy mezonga muvofiq deb hisoblashga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Ariza beruvchining kredit tarixi kamida bitta ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki tartibiga muvofiq boʻlishi yetarli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega pedagog xodimlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisida

0000000-son

XABARNOMA

Ariza raqami___________

Berilgan sanasi “___” _________ 20___ yil

Amal qilish muddati “___” _________ 20___ yil

Fuqaro _________________________________________________________________________________

(F.I.O)

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil “___” _________ dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi sababli talabgor deb topildi.

Pasport (ID-karta) maʼlumotlari:

seriyasi _______ raqami_________________________________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) ________________

Kim tomonidan berilgan ____________________________,

Berilgan sanasi _______________________

Doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili _________________________________________________________

Davlat budjeti hisobidan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha subsidiya miqdori Nizomda belgilangan umumiy tartibga muvofiq hisoblanadi va toʻlanadi.

Izoh. Mazkur xabarnoma fuqaroga ipoteka kreditini ajratilishini kafolatlamaydi. Ipoteka kreditini ajratish ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston

Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)

QR-kod

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega pedagog xodimlarga subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida

0000000-son

XABARNOMA

Ariza raqami __________

Berilgan sanasi “___” _________ 20___ yil

Fuqaro __________________________________________________________________________________

(F.I.O)

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil ___ ___________ ___-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning _________________ sababli rad etishga asosli deb topildi.

(Nizomning qaysi bandiga asosan rad etilishi koʻrsatilishi kerak)

Pasport (ID-karta) maʼlumotlari:

seriyasi _______ raqami ________________________________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _________________

Kim tomonidan berilgan _________________________________,

Berilgan sanasi _______________________

Doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili _________________________________________________________

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston

Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)

QR-kod

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 09/26/69/0160-son)