11.02.2026 yildagi 51-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda mehnatga haq toʻlashning alohida tartibi joriy etilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻining bazaviy tarif stavkasi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosarining bazaviy tarif stavkasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi oʻquv-uslubiy va metodik taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassisining bazaviy tarif stavkasi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi sifat va nazorat boʻyicha bosh mutaxassisi, registrator ofisi mutaxassisi va marketing boʻyicha menejerining bazaviy tarif stavkalari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining oliy maʼlumotli oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari, texnikum direktori va bosh buxgalteri mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, ustama belgilash va ularni ragʻbatlantirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarning direktori va Xalqaro taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari faoliyatini baholash mezonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qaror ijrosi boʻyicha talab etiladigan xarajatlar 2026-yilda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchisi sifatida ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-fevraldagi 51-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda (keyingi oʻrinlarda — texnikum) xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, ustama belgilash va ularni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga toʻlanadigan har oylik ustama toʻlovlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga ustama belgilash va ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga texnikumlar uchun belgilangan ish haqi va boshqa toʻlovlar hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustama va ragʻbatlantirish toʻlovlari qoʻshimcha tarzda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlarining ish haqi miqdorlariga har oylik 100 foizlik ustama Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi hamda yillik xarajatlar smetalarini tuzishda shtatlar jadvali va tarifikatsiyalarni shakllantirish jarayonida ularning tarif stavkasiga qoʻshimcha tarzda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalteri va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarning yillik xarajatlar smetasining 41 11 230-moddasida rejalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari ularning tarif stavkasiga nisbatan ushbu jamgʻarma mablagʻlari doirasida 200 foizgacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tarif stavkasiga har oylik ragʻbatlantirish miqdori texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq baholash mezonlari asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari faoliyatini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ragʻbatlantirish miqdorini belgilash boʻyicha texnikumda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Texnikum ishchi guruhi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga ragʻbatlantirish miqdorini belgilash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda — Hududiy boshqarma) doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Hududiy ishchi guruhi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Texnikum ishchi guruhi texnikum direktori tomonidan kamida besh kishidan iborat quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnikum direktori — ishchi guruh rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi — ishchi guruhning masʼul kotibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimi (tanlov asosida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy ishchi guruhi Hududiy boshqarma xodimlari orasidan kamida besh kishidan iborat tarkibda boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi va ushbu ishchi guruh rahbari Hududiy boshqarma boshligʻi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Texnikum ishchi guruhi va Hududiy ishchi guruh yigʻilishlarini tashkil etish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uning masʼul kotiblari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga ragʻbatlantirish miqdorini belgilash boʻyicha xodimlarning faoliyati natijalariga oid taqdim etilgan hujjatlar belgilangan mezonlarga muvofiq uch ish kuni ichida ishchi guruhlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlar yigʻilishi, qoida tariqasida, har oʻquv semestri yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlar tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq barcha hujjatlar toʻliq, asoslangan holda taqdim etilgani aniqlanganda, xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga ragʻbatlantirish miqdorini belgilash toʻgʻrisida, taqdim etilgan hujjatlarda kamchilik mavjudligi, hujjatlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda esa, ragʻbatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlarning qarori ochiq ovoz berish orqali ishchi guruhlar yigʻilishlarida ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va ishchi guruhlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bayonnomalarga asosan, uch ish kunidan kechiktirmagan holda, ragʻbatlantirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari boʻyicha texnikum direktorining buyrugʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari boʻyicha Hududiy boshqarma boshligʻining buyrugʻi qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga belgilangan ragʻbatlantirish miqdori yangi oʻquv semestri boshlangan kundan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari ushbu texnikumda xalqaro taʼlim dasturi doirasida boshqa lavozimga oʻtkazilganda, ularga belgilangan ragʻbatlantirish miqdori saqlanib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ragʻbatlantirish belgilangan xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari mehnat shartnomasi va ijro intizomi shartlariga hamda texnikumning ichki tartib-qoidalariga amal qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartlarga amal qilmagan xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlariga belgilangan ragʻbatlantirish ishchi guruhlar qarori bilan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, hisob va hisobot, ish haqi boʻyicha hisob-kitoblarning toʻgʻriligi va majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishiga texnikum direktori va bosh buxgalter javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taʼlim dasturlarini oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari faoliyatini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Baholash mezoni

Koʻrsatkichlar

Ball

1.

Xalqaro taʼlim dasturlarida oʻqiyotgan oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi

Oʻzlashtirish koʻrsatkichi — 86 — 100 foiz

30

Oʻzlashtirish koʻrsatkichi — 71 — 85 foiz

20

Oʻzlashtirish koʻrsatkichi — 56 — 70 foiz

10

2.

Oʻquv jarayonini rejalashtirish va metodik taʼminotning mavjudligi

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 80 ballni tashkil etadi.

Oʻquv va baholash materiallarining xalqaro taʼlim dasturlariga mosligi

40

Zamonaviy taʼlim texnologiyalari va elektron resurslardan foydalanishi

30

Taʼlim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangani

10

3.

Oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining darslarni sifatli oʻtgani (semestr davomida xalqaro taʼlim dasturlarida oʻqiyotgan oʻquvchilar orasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari asosida)

Ijobiy — 80 — 100 foiz

15

Yaxshi — 59 — 79 foiz

10

Qoniqarli — 1 — 58 foiz

5

4.

Oʻqituvchi (xorijiy til fani oʻqituvchilari bundan mustasno) yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatlari mavjudligi

Kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlsa

15

5.

Yaratgan taʼlim kontentlari mavjudligi

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 40 ballni tashkil etadi.

Darslik yoki oʻquv qoʻllanmalar yaratgani uchun

15

Raqamli taʼlim resursini ishlab chiqqani uchun

15

Fanlarni (modul) oʻqitish materiallari toʻplamlarini ishlab chiqqani uchun

10

6.

Oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining ilmiy maqolalar chop etgani

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 20 ballni tashkil etadi.

Semestr davomida Scopus va Web of Science maʼlumotlar bazalarida indeksatsiya qilingan jurnallarda maqola chop etgan boʻlsa

15

Semestr davomida mahalliy va xalqaro jurnallarda maqola chop etgan boʻlsa

5

7.

Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgani

“Koʻrsatkichlar”ning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi.

Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida PhD yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajasiga ega boʻlsa

50

Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida magistratura yoki unga tenglashtirilgan diplomiga ega boʻlsa

30

Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida bakalavr yoki unga tenglashtirilgan diplomiga ega boʻlsa

10

8.

Oʻz fani boʻyicha oʻquvchilarni sportning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturlariga kiritilgan hamda texnik va amaliy turlari boʻyicha, fan olimpiadalari, kasbiy taʼlim sohasidagi tanlovlarga tayyorlagani

“Koʻrsatkichlar”ning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi.

Oʻquvchilarning xalqaro bosqichidagi sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrini uchun

100

Oʻquvchilarning respublika bosqichidagi sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrini uchun

60

Oʻquvchilarning viloyat bosqichidagi sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrini uchun

30

9.

Oʻz fani boʻyicha sportning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturlariga kiritilgan hamda texnik va amaliy turlari boʻyicha, fan olimpiadalari, kasbiy taʼlim sohasidagi tanlovlarda gʻolib boʻlgani

“Koʻrsatkichlar”ning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi.

Xalqaro bosqichda sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrin uchun

100

Respublika bosqichida sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrin uchun

60

Viloyat bosqichida sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrin uchun

30

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ragʻbatlantirish miqdorini belgilash jadvali

Toʻplangan ballar

Ragʻbatlantirish miqdori

160<

200 foiz

130 — 159

150 foiz

100 — 129

100 foiz

<99

Ragʻbatlantirish berilmaydi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu baholash mezonlarining 5, 8 va 9-bandlari boʻyicha oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining toʻplagan bali keyingi 2 semestr davomida ularga ragʻbatlantirish miqdorini belgilashda inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu baholash mezonlariga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari faoliyatini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Baholash mezoni

Koʻrsatkichlar

Ball

1.

Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha tashkilotlar bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi hujjatlar mavjudligi

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 40 ballni tashkil etadi

Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirgani uchun

10

Pedagog va xodimlar malakasini oshirish dasturlarini joriy etgani uchun

10

Oʻqituvchilar va oʻquvchilarni taʼlim kontentlari bilan taʼminlagani uchun

10

Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etishni rivojlantirish boʻyicha ish rejasi mavjudligi hamda rejaga muvofiq amaliy ishlarni bajargani uchun

10

2.

Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingani

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 20 ballni tashkil etadi

Xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha kvalifikatsiyalarni oʻqitishni yoʻlga qoʻygani uchun (kamida 2 ta)

10

Xalqaro taʼlim dasturlariga qamrab olingan oʻquvchilar ulushi uchun (kamida 2 ta guruh)

10

3.

Kasbga yoʻnaltirish ishlari tashkil etilgani

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 30 ballni tashkil etadi

Kasbga yoʻnaltirish tadbirlarini tashkil etish boʻyicha zamonaviy kontentlar ishlab chiqqani uchun

10

Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha treninglar va koʻrgazmalar tashkil etgani uchun (semestr davomida kamida 2-marta turli maktablarda)

10

Texnikumda maktab oʻquvchilari, yoshlar va band boʻlmagan aholi uchun “Kasb va karyera kuni” tadbirini tashkil etgani uchun (semestr davomida kamida 1-marta)

10

4.

Bitiruvchilar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha amaliy ishlar mavjudligi

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 25 ballni tashkil etadi

Ish beruvchilar ishtirokida “Karyera kuni” tadbirlarini oʻtkazgani uchun (semestr davomida kamida 1-marta)

10

Sohasida yuqori natijalarga erishgan mutaxassislar, biznes vakillari bilan motivatsion master-klasslar tashkil etgani uchun (semestr davomida kamida 1-marta)

5

Ish beruvchilar, xususiy bandlik agentliklari va rekruting kompaniyalari bilan bitiruvchilar oʻrtasida uchrashuvlar tashkil etgani uchun (semestr davomida kamida 1-marta)

10

5.

Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha xalqaro va mahalliy grant loyihalari jalb etilgani

Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha xalqaro va mahalliy grant loyihalarini jalb etgani uchun

20

6.

Bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirishi boʻyicha taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygani

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 50 ballni tashkil etadi

Bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirishi boʻyicha xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlari bilan “1+2”, “1+3” va “2+2” kabi taʼlim dasturlarini joriy etgani uchun

25

Bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirishi boʻyicha Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlari bilan “1+2”, “1+3” va “2+2” kabi taʼlim dasturlarini joriy etgani uchun

15

Bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirishi boʻyicha xorijiy kasbiy taʼlim tashkilotlari bilan “1+2” va “2+1” kabi taʼlim dasturlarini joriy etgani uchun

10

7.

Pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi boʻyicha amaliy ishlar mavjudligi

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 20 ballni tashkil etadi

Hamkorlik shartnomalariga muvofiq pedagog kadrlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etgani uchun (semestr davomida kamida 1-marta)

10

Pedagog kadrlarga ixtisosligi boʻyicha korxona va tashkilotlarda stajirovkalar tashkil etgani uchun

10

8.

Xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha pedagog kadrlar dars jarayonining nazorat qilingani

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 15 ballni tashkil etadi

Pedagog kadrlar dars jarayonining sifatini oʻrgangani uchun (semestr davomida har bir pedagogning dars jarayoni kamida 4-marta oʻrganiladi)

10

Pedagog kadrlarning darslarni oʻtish sifati yuzasidan oʻquvchilarning fikr-mulohazalarini oʻrgangani uchun (semestr davomida kamida 2-marta)

5

9.

Oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamli platformalarga kiritilgani

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 20 ballni tashkil etadi

Xalqaro taʼlim dasturlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli axborot tizimlariga toʻgʻri kiritgani uchun

10

Oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini muntazam yangilanib borgani uchun

5

Oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlari boʻyicha shartnomalarni maxsus platformalar orqali oʻz mutaxassisligi boʻyicha toʻgʻri rasmiylashtirilgani monitoringi uchun

5

10.

Taʼlim jarayoni sifati nazorat qilingani

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 35 ballni tashkil etadi

Xalqaro taʼlim dasturlarida oʻqiyotgan oʻquvchilarning fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini monitoring qilib borgani uchun

10

Oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar va ularni amalga oshirgani uchun

5

Oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlarini kasb va mutaxassislik ixtisosligiga mos korxonalarda tashkil etilganini oʻrgangani uchun

10

Imtihon jarayonlarining shaffof oʻtkazilishini taʼminlagani uchun (onlayn kuzatuv imkoniyati yaratilgani va nazorati)

10

11.

Ilmiy maqolalar chop etgani

“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida “Ball” hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball 20 balni tashkil etadi.

Semestr davomida “Scopus” va “Web of Science” maʼlumotlar bazalarida indeksatsiya qilingan jurnallarda maqola chop etgan boʻlsa

15

Semestr davomida mahalliy va xalqaro jurnallarda maqola chop etgan boʻlsa

5

12.

Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olganligi

“Koʻrsatkichlar”ning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi.

Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida PhD yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajasiga ega boʻlsa

50

Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida magistratura yoki unga tenglashtirilgan diplomiga ega boʻlsa

30

Xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1 000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim tashkilotlarining kamida bakalavr yoki unga tenglashtirilgan diplomiga ega boʻlsa

10

13.

Xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatlari mavjudligi

Kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlsa

15

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ragʻbatlantirish miqdorini belgilash jadvali

Toʻplangan ballar

Ragʻbatlantirish miqdori

160<

200 foiz

130 — 159

150 foiz

100 — 129

100 foiz

<99

Ragʻbatlantirish berilmaydi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu baholash mezonlari (11, 12 va 13-bandlar bundan mustasno) asosida texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi faoliyati baholanadi hamda umumiy toʻplangan ball boʻlimning barcha xodimlari va texnikum direktori uchun amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Texnikum direktori va xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimlari ushbu baholash mezonlarining 11, 12 va 13-bandlari boʻyicha individual tartibda baholanadi. Individual tartibda toʻplangan va umumiy faoliyatni baholash natijasida toʻplangan umumiy ballar yigʻindisi asosida texnikum direktori va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish boʻlimning har bir xodimining ragʻbatlantirish miqdori aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu baholash mezonlariga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2026-y., 09/26/51/0131-son)