03.02.2026 yildagi 44-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi hamda raqobatni taʼminlovchi standartlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat resurslari ishtirokidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda oshkoralik, hisobdorlik va sogʻlom raqobat muhitini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi hamda raqobatni taʼminlovchi standartlarni joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik investitsiya loyihalarining raqobat muhitiga taʼsirini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va raqobat muhitiga taʼsirini baholash ustidan nazorat hamda javobgarlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish jarayonini muvofiqlashtirish va metodologik taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi — yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartlarining raqobat muhitiga taʼsirini baholash jarayonini muvofiqlashtirish va metodologik taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — yirik investitsiya loyihalari boʻyicha umumiy rahbarlik, raqamli monitoring platformasini shakllantirish va mazkur jarayonlarni yagona investitsiya davriga integratsiya qilish uchun masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-martga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy veb-sayti bilan integratsiya qilingan, investitsiya loyihalarini tanlash va xulosalarni olish hamda boshqarish, shuningdek, loyihalarni kuzatib borish boʻyicha nazorat qilish imkoniyatlariga ega boʻlgan Yagona raqamli platformada platformaning ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda elektron platformani yaratish va modernizatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kelgusi yil xarajatlarida yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro standartlarga va raqobat muhitiga taʼsirini baholash, ekspertizadan majburiy tartibda oʻtkazish uchun zarur boʻlgan raqamli platformani doimiy ravishda takomillashtirish, saqlash hamda foydalanuvchilarni oʻqitishni taʼminlash xarajatlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ikki oy muddatda vazirlik va idoralarning ichki nazoratni amalga oshiruvchi masʼul boʻlinmalari uchun yoʻriqnomalar ishlab chiqsin hamda oʻquv mashgʻulotlarini, shuningdek, metodologik yordamni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 3-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-fevraldagi 44-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi hamda raqobatni taʼminlovchi standartlarni joriy etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi va raqobatni taʼminlovchi standartlarni majburiy tarzda joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom quyidagi yirik investitsiya loyihalariga nisbatan qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat kafolatlari, imtiyozlar yoki davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllarini nazarda tutuvchi xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda qoʻyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik (DXSH) — davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasidagi bitim hamda konsessiya shartnomasi asosida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladigan loyiha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) — moliyaviy resurslar qiymati kamida 50,0 mln AQSH dollari ekvivalentida (jumladan, davlat investitsiyalari, xalqaro moliya institutlari kreditlari) jalb etilgan holda amalga oshiriladigan, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar, xizmatlar yoki boshqa infratuzilmani yaratish, kengaytirish yoki modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya loyihalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani korrupsiyaga qarshi ekspertizadan (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza) oʻtkazish — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan loyihani rejalashtirish, moliyalashtirish, tayyorlash, davlat xaridlarini amalga oshirish va ekspluatatsiya, monitoring qilish bosqichlarida korrupsiya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillar va xavflarni aniqlash hamda tahlil qilish, shuningdek, ularni bartaraf etish yoki kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning raqobat muhitiga taʼsirini baholash (keyingi oʻrinlarda baholash) — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan loyihaning tegishli bozorlarda raqobatga taʼsirini baholash, raqobatni cheklash, ayrim ishtirokchilarga ustunlik berish yoki monopol holatni yuzaga keltirish xavflarini aniqlash bartaraf etish, shuningdek, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun teng boʻlgan shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash jarayoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizom talablari asosida davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muvofiqlashtiriladi hamda ularning bajarilishi monitoring qilinadi, shuningdek, raqobat qonunchiligiga rioya etilishi nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vakolatli organlar hamkorlikda loyihani ekspertizadan oʻtkazish va baholash boʻyicha metodik tavsiyalar va zarur hujjat shakllarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (keyingi oʻrinlarda — ichki nazorat tuzilmalari) oʻz vakolati doirasidagi loyihalarni toʻgʻridan-toʻgʻri ekspertiza qiladi va baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihalarda korrupsiyaga qarshi va sogʻlom raqobat muhitini taʼminlovchi standartlarni joriy etishda quyidagi asosiy tamoyillardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik va qonun ustuvorligi — barcha ekspertizadan oʻtkazish va baholash jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablariga hamda qonun ustuvorligi tamoyillariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaffoflik va ochiqlik — ekspertizadan oʻtkazish va baholash, ularning uslubiyoti, natijalari hamda ishlab chiqilgan tavsiyalar manfaatdor tomonlar uchun ochiq boʻlishi lozim, maxfiy maʼlumotlar bundan mustasno. Bunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (keyingi oʻrinlarda — UNCAC) talablari asosida loyihalarda ishtirok etish shartlari va jarayonlari boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish toʻliq hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb mahorati va ekspertizaning (baholashning) mustaqilligi — ekspertizadan oʻtkazadigan va baholaydigan ichki nazorat tuzilmalari xodimlari tegishli malakaga, korrupsiyaning oldini olish va sogʻlom raqobat muhitini taʼminlash sohasida bilimlarga ega boʻlishi shart. Ekspertiza va baholash loyiha tashabbuskorlari yoki manfaatdor shaxslar taʼsiridan xoli ravishda, xolisona va mustaqil ravishda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertizadan oʻtkazish va baholash UNCACda belgilangan hisobdorlik va halollik tamoyillarini loyiha muvofiqligini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komplekslilik va muvofiqlashtirish — ekspertiza va baholash oʻzaro bogʻliq holda oʻtkaziladi, natijalar taqqoslanadi. Vakolatli organlar oʻzaro hamkorlik qiladi, zarur maʼlumotlar almashiladi, qoʻshma maslahatlar oʻtkaziladi. Zarur hollarda kelishilgan tavsiyalarni ishlab chiqish uchun idoralararo koʻrib chiqish tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqarrarlik — ekspertizadan oʻtkazish va baholash jarayonida aniqlangan korrupsiya xavflari va raqobatni cheklovchi omillar majburiy ravishda bartaraf etilishi yoki kamaytirilishi lozim. Aniqlangan korrupsiya xavflari va raqobatni cheklovchi omillar bartaraf etilmaguncha loyiha amalga oshirish uchun maʼqullanishi mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga muvofiqlik — joriy etilayotgan mexanizmlar eng ilgʻor xalqaro amaliyotlarga mos keladi. Jumladan, loyihaning barcha bosqichlarida korrupsiyadan xoli boʻlish taʼminlanadi hamda davlat organlari va tashkilotlari ham davlat, ham xususiy sektorlar tomonidan halollikni taʼminlash choralarini koʻradi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihalarida korrupsiyaga nisbatan nol tolerantlik tamoyili va bozor ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni kafolatlovchi sogʻlom raqobat muhiti tamoyiliga rioya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Loyihani ekspertizadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan barcha loyihalar rejalashtirish, moliyalashtirish, tayyorlash, davlat xaridlarini amalga oshirish va ekspluatatsiya, monitoring qilish bosqichlarida majburiy tarzda ekspertizadan oʻtkaziladi. Ekspertiza quyidagi holatlarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbusi bosqichida — konsepsiya, texnik-iqtisodiy asos (TIA), loyihani baholash hujjati (LBH) yoki loyihani asoslovchi boshqa dastlabki hujjatlar ishlab chiqilayotganda, moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi yoki shartnoma tuzilishi (DXSH uchun) oldidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridi bosqichida — loyiha boʻyicha yetkazib beruvchilar, pudratchilar, investorlar yoki hamkorlarni tanlash uchun raqobatbardosh tanlov jarayonlari oʻtkazilishi paytida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirish bosqichida — loyiha shartlarida sezilarli oʻzgarishlar boʻlganda, qoʻshimcha shartnomalar tuzilganda, shartnomalarning ijrosini monitoring qilish paytida korrupsiya holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertizadan oʻtkazish loyihani tasdiqlash jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ichki nazorat tuzilmalari ekspertizani tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul etib belgilanadi. Ekspertiza quyidagicha tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — loyihani tayyorlayotgan davlat organi yoki tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — loyiha tashabbuskori) loyihani ichki nazorat tuzilmalari koʻrib chiqishi uchun loyiha boʻyicha toʻliq hujjatlar toʻplamini (konsepsiya, TIA, LBH, kelishuv loyihasi, hamkorni tanlashga oid materiallar va boshqalar) hamda korrupsiya xavflarini aniqlashga qaratilgan oldindan toʻldirilgan chek-listni (vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan shaklda) taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — ichki nazorat tuzilmalari loyihani idoraviy nazorat jurnalida roʻyxatdan va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazadi. Zarur hollarda mustaqil ekspertlar, jamoatchilik kengashlari, ilmiy muassasalar va loyihaga daxldor iqtisodiyot sohasi mutaxassislari jalb etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqich — ekspertiza oʻn besh ish kundan kechiktirmasdan oʻtkaziladi. Ekspertiza jarayonida loyiha hujjatlari tahlil qilinadi, unda korrupsiya xavflari mavjudligi, yaʼni korrupsiya uchun zamin yaratilishi mumkin boʻlgan mezon va koʻrsatkichlar borligi oʻrganiladi, loyihani tayyorlash jarayoni tahlil qilinadi, ochiqlik talablari (ommaviy muhokama, tanlovlar va boshqalar) bajarilgani, masʼul shaxslar oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi, loyiha ijrochilarining (investorlarning, hamkorlarning, pudratchilarning) shaffofligi va ishonchliligi tekshiriladi, ochiq manbalar, korrupsiya holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar orqali oʻrganiladi. Xorijiy investorlar boʻlsa, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — IHTT) va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (keyingi oʻrinlarda — FATF) standartlari boʻyicha hamkorlarni zarur darajada tekshirish talablari hisobga olinadi, agar loyiha ular ishtirokida moliyalashtirilayotgan boʻlsa, xalqaro korrupsiyaga qarshi standartlarga (UNCAC, IHTT) va donorlarning talablariga mos kelishi baholanadi (masalan, kelishuvlarda korrupsiyaga qarshi shartlari, komplayens rejalar mavjudligi va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi bosqich — tahlil yakunlariga koʻra ichki nazorat tuzilmalari tasdiqlangan shakl asosida xulosa va tavsiyalarni oʻz ichiga olgan ekspertiza xulosasini tayyorlaydi. Ekspertiza xulosasi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan ichki roʻyxatdan oʻtkaziladi va uni ichki nazorat tuzilmasi rahbari imzolaydi hamda loyiha tashabbuskoriga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ekspertizadan oʻtkazishda quyidagi asosiy mezonlar va korrupsiya omillari tasdiqlangan korrupsiya xavflarini aniqlash boʻyicha metodikalar asosida hisobga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etish va oʻtkazish jarayonining oshkoraligi — loyiha ishtirokchilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgani, salohiyatli ishtirokchilar uchun barcha maʼlumotlar toʻliq eʼlon qilingani, takliflarni taqdim etish uchun yetarli muddat berilgani (UNCAC talabi boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meʼyorlarning aniqligi va xolisligi — investorni (pudratchini) tanlash mezonlari va loyiha muvaffaqiyati koʻrsatkichlari oldindan belgilangan va izchil qoʻllangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatlar toʻqnashuvi mavjud emasligi — loyihani tayyorlash yoki qaror qabul qilishda shaxsan manfaatdor shaxslar (qarindoshlar, mulkiy aloqalar, lavozimdagi bogʻliqlik) ishtirok etmayotgani oʻrganiladi. Bunda manfaatlar toʻqnashuvi aniqlanganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan choralar koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diskretsion vakolatlar mavjud emasligi — loyiha yoki unga bogʻliq qarorlarda mansabdor shaxslarga ortiqcha va noaniq vakolatlar berish holatlari aniqlanadi (masalan, shartnomaning muhim shartlarini oshkora tartibda oʻzgartirish vakolati, zaxira mablagʻlarini yakka qaror bilan sarflash huquqi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cheklovlar va toʻsiqlar mavjud emasligi — loyiha ishtirokchilari uchun belgilangan cheklovlarning (talablarning, litsenziyalarning, roziliklarning) maqsadga muvofiqligi, ortiqcha yuklamalarga olib kelmasligi va muayyan ishtirokchining manfaatini koʻzlab yaratilmagani nuqtai nazaridan tahlil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat va hisobot — loyiha amalga oshirilishi ustidan tashqi nazorat mexanizmlari (audit, monitoring, jamoatchilik nazorati) va loyiha amalga oshirilishi toʻgʻrisida doimiy ommaviy hisobot taqdim etish majburiyatlari nazarda tutilgani yoki yoʻqligi baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
javobgarlik choralari — loyiha hujjatlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun taʼsirchan jazo choralari belgilangani (masalan, poraxoʻrlik holati aniqlanganda, shartnomani bekor qilish, jarima sanksiyalari, pudratchini chetlatish va boshqalar), shuningdek, IHTT standartlariga koʻra loyiha ishtirokchilaridan ichki komplayens dasturlari yoki etika siyosati mavjudligi toʻgʻrisida axborot talab etilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa omillar — metodikalarda keltirilgan boshqa korrupsiya omillari ham hisobga olinadi (masalan, huquqiy tartibga solishdagi boʻshliqlar, huquq va majburiyatlarni taqsimlashda aniqlik yoʻqligi, normalarni turlicha talqin qilish imkoniyati va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlangan har bir korrupsiya omili boʻyicha tegishli chek-list toʻldiriladi va xulosada korrupsiya omilini bartaraf etish (loyiha hujjatlariga oʻzgartirish kiritish) yoki bartaraf etish imkoni boʻlmasa, xavflarni kamaytirish uchun kompleks nazorat choralarini joriy etish kabi tavsiyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekspertiza natijalari boʻyicha xulosada quyidagilar keltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihadagi xavf darajasini umumlashtiruvchi baholash — aniqlangan omillar asosida loyihaning korrupsiyaviy xavf darajasiga (masalan, past, oʻrtacha, yuqori xavf) muvofiq toifa beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan xavflar va qonun buzilishlari roʻyxati — loyihadagi aniq holatlar (manfaatlar toʻqnashuvi, noaniq mezonlar va boshqalar) koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar — chora-tadbirlar rejasi, loyiha hujjatlariga qanday oʻzgartirishlar kiritish, qanday qoʻshimcha tartib-taomillarni amalga oshirish (qayta tanlov, jamoatchilik muhokamasi), qanday komplayens-mexanizmlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori xavfli loyihalar uchun alohida choralar — loyiha amalga oshirilishi boʻyicha mustaqil kuzatuvchi (monitor) tayinlash, doimiy korrupsiyaga qarshi auditlar oʻtkazish taklif etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyalarni bajarish muddatlari va masʼullar — loyiha tashabbuskori tavsiyalarni amalga oshirishi kerak boʻlgan davr va nazorat qiluvchi masʼul shaxslar belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning maqbulligi boʻyicha xulosa — yakuniy xulosa, tavsiyalar bajarilgan taqdirda, loyiha amalga oshirilmagan yoki aniqlangan holatlar bartaraf etilmagan taqdirda, loyiha toʻxtatilishi mumkin. Agar loyiha asosiy korrupsiyaga qarshi talablarga javob bermasa, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi loyihani rad etish yoki qayta ishlash uchun qaytarishni taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa loyiha tashabbuskoriga, qaror qabul qiluvchi vakolatli davlat organi va tashkilotiga yuboriladi. Loyiha tashabbuskori belgilangan muddatda ichki nazorat tuzilmasiga tavsiyalarni bajarish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi. Ichki nazorat tuzilmasi tavsiyalarning ijrosi ustidan nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tavsiyalar toʻliq va toʻgʻri bajarilmagan boʻlsa, ichki nazorat tuzilmasi yuqori turuvchi organlarni va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qiladi. Basharti baholash jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarlik alomatlari (masalan, raqobatbardosh tanlov jarayonlari bosqichida pora taklif qilish, hujjatlarni soxtalashtirish va boshqalar) aniqlansa, ichki nazorat tuzilma ushbu holatlar toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga darhol xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Loyihani baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Loyihalar ekspertiza bilan bir vaqtda yoki undan soʻng baholanadi. Loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihada yoki uning natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda amaldagi raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha amalga oshirilishi munosabati bilan bozorning barcha ehtimoliy ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni kafolatlaydigan tavsiyalarni ishlab chiqish, yaʼni loyihalarda alohida tadbirkorlik subyektlariga raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi davlat yordami berilmasligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobat muhiti taʼminlanmasligi oqibatida monopoliyalarning paydo boʻlishi va buning natijasida sifatsiz xizmatlar yoki ortiqcha yuqori narxlar yuzaga kelishining oldini olish orqali isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Baholash ichki nazorat tuzilmalari yoki davlat organlari va tashkilotlarining vakolatli boʻlinmalari tomonidan amaldagi raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Baholash tartibi quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — loyiha tashabbuskori ichki nazorat tuzilmasi, shuningdek, monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etilgan davlat organlari va tashkilotlarida monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha masʼul xodimga materiallarni taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — ichki nazorat tuzilmasi va/yoki monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha masʼul xodim materiallarni roʻyxatdan oʻtkazganidan soʻng baholash uchun masʼul mutaxassislarni yoki komissiyani tayinlaydi. Agar loyiha murakkab boʻlsa, sohaviy mutaxassislar, monopoliyaga qarshi organ vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqich — baholash muddati ekspertiza bilan mos boʻladi (masalan, oʻn besh ish kuni, zaruratga qarab loyihalar uchun 20 ish kunigacha uzaytiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Baholash davomida quyidagilar tahlil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor va ishtirokchilar — loyihani amalga oshirishga taʼsir koʻrsatadigan tegishli bozor (yoki faoliyat sohasi), bozordagi asosiy va salohiyatli ishtirokchilar va ularning ulushlari aniqlanadi. Loyiha natijasida bir ishtirokchining bozorda monopol tashkilotga aylanib qolishi yoki boshqa ishtirokchilarning bozordan chiqib ketishi xavfi bor-yoʻqligi baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish shartlari va maxsus huquqlar — loyiha xususiy sherik yoki investorga davlat yordamini berishni nazarda tutayotgan holatlarda baholanadi, shuningdek, davlat yordamiga samaradorligi jihatidan oʻxshash boʻlgan, biroq kamroq yuklama va cheklovlarni nazarda tutuvchi muqobil yondashuvlarni amalga oshirish imkoniyati tahlil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning aralashuvi — davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari (masalan, subsidiyalar, minimal daromad kafolati, mahsulotni xarid qilib olish va boshqalar) bozor raqobat muhitini buzadigan afzallikni yaratishi yoki yoʻqligi tahlil qilinadi. Agar davlat tegishli bozorda odatda ishtirokchilar tomonidan qilinadigan tavakkalchilik yoki xarajatlarni oʻz zimmasiga olsa, buning ochiq-oydinligi, vaqtinchaligi va boshqa ishtirokchilarni noqulay holatga qoʻymasligi taʼminlanganiga ishonch hosil qilinishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bogʻliq bozorlarga taʼsir — loyihaning bogʻliq tarmoq va bozorlarga ehtimoliy taʼsiri koʻrib chiqiladi (masalan, yoʻl qurilishi — transport xizmatlari bozoriga; erkin iqtisodiy zona tashkil etilishi — boshqa hududlardagi ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi raqobatga). Bogʻliq sohalarda raqobat muvozanatining buzilishi xavfi aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobat qonunchiligiga muvofiqlik — loyiha shartlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni buzilishi holatlari (kartel kelishuvlari, iqtisodiy faoliyatni noqonuniy muvofiqlashtirish, raqobatga asoslangan yuqori narxlarni majburlash va boshqalar) mavjud emasligi oʻrganiladi. Agar loyihada ustun mavqega ega xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishtirok etayotgan boʻlsa, ularning amaldagi qonunchilik hujjatlariga zid ravishda ustunliklardan foydalanishining oldini olish talablariga rioya etilgani hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki nazorat tuzilmasi va/yoki monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha masʼul xodim tahlil yakunlangandan soʻng baholash yuzasidan (alohida yoki ekspertiza bilan birgalikda) xulosalar va tavsiyalar tayyorlaydi. Baholash xulosasi ichki nazorat tuzilmasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va loyiha tashabbuskoriga, loyiha boʻyicha qaror qabul qiluvchi vakolatli organga, shuningdek, vakolatli organlarga maʼlumot va nazorat uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Baholashda quyidagi jihatlarga alohida eʼtibor qaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼminotchilar (pudratchilar) soniga taʼsiri — loyihada tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazish imkoniga ega boʻlgan ishtirokchilar sonining taʼsir doirasi oʻrganiladi. IHTT metodologiyasiga koʻra, agar loyiha muayyan ishtirokchilar soni yoki doirasini cheklasa, bu baholashni chuqur oʻtkazish zarurligini taqozo etadi. Raqobatni cheklash koʻzda tutilgan, yaʼni bitta ijrochini nazarda tutuvchi loyiha manfiy baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorga kirishdagi toʻsiqlar — loyiha doirasida boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun yangi toʻsiqlar yaratilishi ehtimoli, jumladan, haddan tashqari talablar, uzoq muddatli litsenziyalar, maxsus standartlar baholanadi. Agar bunday toʻsiqlar mavjud boʻlsa, mazkur shartlarni qayta koʻrib chiqish yoki kompensatsiya choralarini (boshqa toʻsiqlarni yengillashtirish, maxsus shartlarning ochiq qayta koʻrib chiqilishi va boshqalar) qoʻllash maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro kelishuv xavfi va tanlov jarayonining shaffof emasligi — xususiy sherik yoki investor tanlovi qay darajada oshkora va raqobatli boʻlgani baholanadi. Agar tanlov (tender) ishtirokchilari oʻrtasida kelishuv belgilari yoki kamsituvchi talablar mavjud boʻlsa, bu jiddiy omil sifatida qayd etiladi, shuningdek, qayta tanlov (tender) oʻtkazish yoki loyiha doirasida narxlar va sifat ustidan qatʼiy nazorat mexanizmlarini joriy etish talab etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning zarurligi — loyihani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarining (subsidiyalar, kafolatlangan daromad, mahsulotni xarid qilish va boshqalar) asosliligi “oqilona yetarlilik” nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Xalqaro talablarga koʻra, loyihalar orqali davlat majburiyatlarini “balans ortida” qoldirmasligi, barcha xavf-xatar va kafolatlar budjetda oshkora aks ettirilishi kerak. Agar xususiy sherikka daromad kafolati berilgan yoki boshqa imtiyozlar taqdim etilgan boʻlsa, xulosada bu “pul uchun qiymat” amaliyotiga mos kelishi, yaʼni davlat oʻz navbatida yetarli foyda olishi yoki ololmasligi kabi holatlar oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish — loyihaning amalga oshirilishi aholi va biznes kabi yakuniy isteʼmolchilarga koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼsir oqibatlari prognoz qilinadi. Raqobatning kamayishi sifatning yomonlashishiga, tanlov imkoniyatlarining cheklanishiga yoki narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlanganda, bunday xatarlarni kamaytirish maqsadida tegishli tartibga solish mexanizmlarini nazarda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday mexanizmlarga, jumladan, tariflarni davlat tomonidan tartibga solish, xizmat sifatiga minimal talablar joriy etish, kelgusida yangi ishtirokchilarni bozorga kiritish imkoniyatini yaratish kabilar kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga oid xalqaro majburiyatlar — xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar bilan tuzilgan kelishuvlarda raqobatni taʼminlashga oid talablar inobatga olinadi. Jumladan, Jahon banki standartlariga muvofiq infratuzilma loyihalarida ochiq va xolis tanlovlarni oʻtkazish talab etiladi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻz loyihalarida raqobatning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda kelishuv xatarlariga oid huquqiy ekspertiza oʻtkazilishini talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ichki nazorat tuzilmasi va/yoki monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha masʼul xodim tomonidan loyiha boʻyicha tayyorlangan xulosada quyidagilar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatni cheklovchi holatlar — loyiha doirasida raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jihatlar bayon etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IHTT tavsiyalariga koʻra baholash loyihaning raqobat muhitiga taʼsirini tahlil qilish va undan kamroq cheklovchi muqobil yechimlarni izlashni nazarda tutadi. Bunda asosiy vosita — raqobat chek-listi (vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan shakl) boʻlib, u raqobatni cheklash ehtimoli mavjud boʻlgan holatlarni aniqlash uchun savollar roʻyxatini oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartlarning maqbulligini baholash — xulosada ushbu cheklov raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik va jamoat manfaatlariga mos keladimi-yoʻqmi koʻrsatiladi. Agar mos kelsa (masalan, loyihaning oʻzini oqlashi uchun eksklyuzivlik zarur boʻlsa), bunga asos va qanday shartlarda qabul qilinishi mumkinligi bayon etiladi (keyinchalik qayta koʻrib chiqish, tarif nazorati ostida va boshqalar). Agar mos kelmasa, shart qayta koʻrib chiqilishi yoki bekor qilinishi tavsiya etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar — belgilanishi zarur boʻlgan aniq choralar. Ular qatoriga quyidagilar kirishi mumkin: raqobatli tartiblar oʻtkazish (agar avval oʻtkazilmagan boʻlsa), eksklyuziv huquqlar muddatini qisqartirish, loyihani bir nechta ijrochilar ishtirok etishi uchun lotlarga ajratish, loyiha doirasida qoʻshimcha tanlovlar oʻtkazish, loyiha doirasida yaratilgan infratuzilmaga uchinchi shaxslarning kirishini taʼminlash majburiyatini joriy etish (masalan, tarmoq qurilgan boʻlsa, boshqa operatorlarni ulashga ruxsat berish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring va keyingi nazorat shartlari — monopoliyaga qarshi organ loyihani amalga oshirishga ruxsat berish chogʻida belgilangan shartlar asosida monitoring mexanizmlarini nazarda tutuvchi talablarni belgilaydi. Masalan, loyiha mazkur organ tomonidan belgilangan shartlar asosida maʼqullanadi, jumladan, operator-kompaniyaning bozordagi ulushi raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan darajada oshmasligi lozim, aks holda belgilangan tartibda raqobatni taʼminlashga qaratilgan choralar koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirish imkoniyati boʻyicha xulosa — umumiy xulosa, taklif etilgan choralar bajarilganidan soʻng loyiha raqobat nuqtai nazaridan amalga oshirilishi mumkin. Agar xatarlar qabul qilinmas darajada deb baholansa, rad etish xulosasi beriladi hamda sabablari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu xulosa loyiha tashabbuskori va qaror qabul qilish uchun masʼul organga yuboriladi. Tashabbuskor xulosada keltirilgan tavsiyalarni loyiha amalga oshirilishidan oldin bajarishi shart (shartnomalarga, xarid qilish hujjatlari belgilangan talablarga oʻzgartirishlar kiritish va boshqalar). Ichki nazorat tuzilmasi va/yoki monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha masʼul xodim tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi. Agar tavsiyalarning ijrosi taʼminlanmasa, loyiha muvofiqlashtirilmaydi, shuningdek, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda, tegishli maʼlumot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda zarur choralarni koʻrish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizomning 2 va 3-boblarida bayon etilgan tartiblar kelishilgan holda amalga oshiriladi. Mos kelmaydigan talablarning oldini olish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tuzilmasida ekspertizadan oʻtkazish va baholash uchun masʼul xodimlar ushbu jarayonlar toʻgʻrisida maʼlumot almashadilar, zarur hollarda loyiha boʻyicha qoʻshma uchrashuvlar oʻtkazadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ichki nazorat tuzilmasi hamda monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha masʼul xodimlarning tavsiyalari oʻzaro bogʻliq boʻlsa (masalan, xarid qilish tartib-taomilini qayta oʻtkazish zarurati ham korrupsiyaviy, ham raqobat xatarlariga taalluqli boʻlsa), ular tomonidan birgalikdagi tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu tavsiyalar har ikkala xulosada yoki alohida Qoʻshma xulosada aks ettiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha uchun korrupsiyaviy va raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar boʻyicha yagona Qoʻshma xulosani tayyorlash mumkin. Bunda qoʻshma ishchi guruh tuziladi va yakuniy hujjat ushbu guruh aʼzolari tomonidan birgalikda imzolanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar masʼul xodimlar oʻrtasida xulosalar boʻyicha qarama-qarshiliklar yuzaga kelsa, tegishli ichki nazorat tuzilmasi hamda monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha masʼul xodimlari rahbarlari darajasida muzokaralar orqali ular hal etiladi. Qarama-qarshilik hal etilmasa, masala vakolatli organlarga yuboriladi va kelishilgan qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ekspertiza va baholash natijalariga munosabat bildirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ekspertiza va baholash natijalari boʻyicha tayyorlangan xulosalar loyihani maʼqullash yoki moliyalashtirish uchun qaror qabul qiluvchi organlar tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish vakolati berilgan davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organlari va tashkilotlari) loyihalarni tanlash komissiyasi va boshqalar loyiha boʻyicha yigʻilishda belgilangan muddatdan kechikmasdan xulosalarni qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boʻyicha qaror (maʼqullash, moliyalashtirishni tasdiqlash, kelishuv tuzish) xulosalardagi xulosa va tavsiyalar hisobga olingan holda qabul qilinishi lozim. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar xulosalarda shartlar yoki cheklovlar koʻrsatilgan boʻlsa, ular qarorga kiritiladi (masalan: “loyiha ichki nazorat tuzilmalari tavsiyalari bajarilgan taqdirda maʼqullanadi”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar ekspertiza va baholash xulosalari salbiy boʻlsa (loyiha amalga oshirilishi tavsiya etilmasa), ushbu xulosalarda koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilmasdan vakolatli davlat organlari va tashkilotlari loyihani maʼqullashga haqli emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror qabul qilinishida vakolatli davlat organlari va tashkilotlari qarorning asoslovchi qismida (yoki alohida bayonnomada) tavsiyalar qanday inobatga olinganini qayd etadi. Agar qandaydir tavsiyani qabul qilmaslikka qaror qilinsa, uni rad etish sabablari yozma ravishda asoslab berilishi kerak. Ammo qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiy talablarni rad etishga (masalan, agar loyiha raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga zid boʻlsa) yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosalar loyiha materiallariga ilova qilinadi. Keyingi barcha hujjatlar (loyihani amalga oshirish boʻyicha buyruqlar, qarorlar) oʻtkazilgan ekspertizalar va ular natijasida koʻrilgan choralar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ekspertiza va baholash xulosalari asosida loyiha tashabbuskori vakolatli organlar bilan hamkorlikda korrupsiya va raqobat muhitiga qarshi xavf-xatarlarni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi. Chora-tadbirlar rejasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar roʻyxati — loyiha hujjatlariga tuzattirishlar kiritish, tanlov shartlarini oʻzgartirish, shartnomalarga oʻzgartishlar kiritish, nazoratning ichki tartiblarini ishlab chiqish va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy tadbirlar — loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlar uchun etika va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari, loyiha jamoasida korrupsiyaga qarshi va raqobat muhitini taʼminlash uchun masʼullarni tayinlash, muhim qarorlar uchun ikki tomonlama tekshiruv tizimini joriy etish (“toʻrt koʻz qoidasi”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaffoflikni taʼminlovchi texnologiyalarni joriy etish — masalan, loyihani elektron tizimlar orqali amalga oshirish (tenderlarni raqamlashtirish, moliyalashtirishni elektron monitoring qilish), loyiha jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiq maʼlumotlar portallarida eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik — agar loyiha xalqaro moliya institutlari koʻmagida moliyalashtirilsa, rejaga ularning korrupsiyaga qarshi va ekologik standartlariga muvofiqlik boʻyicha talablar kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyalarni amalga oshirish jadvali — aniq muddatlar, har bir harakat uchun masʼul shaxslar, bajarilish koʻrsatkichlari (indikatorlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu chora-tadbirlar rejasi loyiha tashabbuskorining rahbari tomonidan tasdiqlanadi va zarurat boʻlsa, ichki nazorat tuzilmasi bilan kelishiladi. Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ijrosi davomida tashabbuskor shaxs korrupsiyaga qarshi va raqobat talablariga rioya etilishini monitoring qilishi shart. Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar (KPI) muntazam ravishda kuzatilishi kerak. Aniqlangan qoidabuzarliklar soni, oʻrganishlar natijalari, bozorda sogʻlom raqobat muhitiga rioya etilishi kuzatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar loyiha amalga oshirilishi jarayonida yoki qoʻshimcha oʻrganishlar natijasida yangi korrupsiya xavflari yoki raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatish holatlari aniqlansa, vakolatli organlar quyidagi choralarni koʻrish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha shartlari oʻzgargan taqdirda, korrupsiyaga qarshi yoki raqobat muhitiga taʼsirni baholash tahlilini belgilangan muddatdan tashqari tartibda oʻtkazishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berish (masalan, shubhali shartnomani bekor qilish, qolgan ishlar uchun yangi tender oʻtkazish va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jiddiy qonun buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, loyihani moliyalashtirishni toʻxtatish yoki davlat-xususiy sheriklik (DXSH) shartnomasini bekor qilish tashabbusi bilan chiqish, aybdorlarni javobgarlikka tortish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha subyektlar (davlat organlari va tashkilotlari, xususiy sheriklar) vakolatli organlar bilan halol hamkorlik qilishi shart. Zarur maʼlumotlarni taqdim etishi, oʻrganishlarga koʻmaklashishi, berilgan koʻrsatmalarni bajarishi lozim. Bunday talablarni bajarmaslik amaldagi qonunchilik hujjatlari va shartnoma shartlariga muvofiq choralar koʻrilishiga sabab boʻladi (masalan, jarimalar, hamkorlikni muddatidan avval toʻxtatish va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Axborot tizimlari bilan integratsiya va shaffoflik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu standartlarni samarali joriy etish maqsadida davlat xaridlari va investitsiya loyihalarini boshqarish sohasidagi davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan Yagona raqamli platforma (keyingi oʻrinlarda — portal) orqali quyidagilar taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalari reyestri — har bir loyiha boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish va baholash holati koʻrsatiladi. Loyihalar tashabbuskorlari portal orqali loyihalarni roʻyxatdan oʻtkazishi, zarur hujjatlarni yuklashlari shart. Vakolatli organlar koʻrib chiqish natijalarini belgilaydilar (xulosa olingan sanasi, qisqa xulosa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tuzilmalari, vakolatli organlar hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida elektron oʻzaro aloqa — hujjatlar almashish, soʻrovlar yuborish, oʻrganishlar jadvalini kelishish kabi barcha ishlar tizim orqali amalga oshiriladi, bu jarayonni tezlashtiradi va auditorlik izini qoldiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan chek-listlar va shakllar — ilovalar (anketa, chek-listlar) elektron shaklda joriy etiladi. Tashabbuskor loyihani koʻrib chiqishga taqdim etganda, onlayn tarzda toʻldiradi. Platforma xavf-xatarlar yuqori boʻlgan javoblarni (masalan, bir necha korrupsiyaviy omillar belgilangan boʻlsa) avtomatik ravishda ajratib koʻrsatadi, bu mutaxassislarning alohida eʼtiborini talab qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq maʼlumotlar uchun jamoat moduli — loyihalar haqida shaxsiy va maxfiy boʻlmagan maʼlumotlar (nomi, qiymati, qatnashuvchilar, xavfning umumiy bahosi, qabul qilingan choralar) jamoatchilik uchun ochiq taqdim etiladi. Bu (UNCACda) belgilangan ochiqlik talablariga mos keladi. Fuqarolar va ommaviy axborot vositalarida loyihalar ekspertiza va baholashdan oʻtkazilganini kuzatishlari mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari portali bilan integratsiya — ekspertiza va baholash natijalari (masalan, tenderni qayta oʻtkazish tavsiyasi) davlat xaridlari tizimiga avtomatik ravishda yuboriladi. Agar loyiha reyestrda baholanmagan yoki hal qilinmagan xavflarga ega deb belgilangan boʻlsa, portal tenderni eʼlon qilish yoki shartnoma tuzish imkonini bermaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlar va tahlil — vakolatli organlar platforma orqali oʻtkazilgan baholashlar, tipik xavflar va qabul qilingan choralarning samaradorligi boʻyicha statistika hisobotlari tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Raqamli platforma maʼlumotlarni, ayniqsa, maxfiy maʼlumotlarni (investorlarning tijorat sirlari, mutaxassislarning shaxsiy maʼlumotlari, milliy xavfsizlikka taalluqli maʼlumotlar) himoya qilishni taʼminlashi shart. Foydalanuvchilarning turli toifalari uchun kirish huquqlari cheklanadi. Maʼlumotlarni qayta ishlash amaliyoti shaxsga doir maʼlumot toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi taʼminlanadi. Shu bilan birga, jamiyat manfaatiga tegishli boʻlgan maʼlumotlar (korrupsiya va raqobatga oid xavflar toʻgʻrisida) imkoniyat darajasida ochiq eʼlon qilinishi lozim. Bu jamiyat ishonchini oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Platformada quyidagi mexanizmlar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar, biznes va mustaqil mutaxassislar portal orqali aniq loyiha doirasidagi ehtimoliy korrupsiya holatlari yoki raqobatni cheklash holatlari haqida xabar berishlari mumkin (masalan, tenderda soʻzlashuv toʻgʻrisida signal). Bunday xabarlar avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi va tegishli organlar tomonidan koʻrib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik muhokamalari oʻtkaziladi (amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida jamoatchilik muhokamasi talab qilingan hollarda). Fuqarolar tomonidan kelib tushgan sharh va takliflar tahlil qilinadi hamda ekspertiza va baholash jarayonida inobatga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik. Platforma xalqaro moliya institutlari loyihalarini kuzatish tizimlariga (masalan, Jahon bankining loyiha monitoringi tizimiga) ulanishi mumkin, bu xavflar haqida axborot almashish imkonini beradi. Shuningdek, “jamoatchilik monitoringi” moduli joriy etilishi mumkin. Bu orqali nodavlat va notijorat tashkilotlari (NNT) hamda ommaviy axborot vositalari vakillari maxsus roʻyxatdan oʻtgandan soʻng kengaytirilgan maʼlumotlarga ega boʻladilar va loyihalarni amalga oshirishni kuzatish boʻyicha oʻz hisobotlarini taqdim etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ekspertiza va baholash ustidan nazorat va javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ekspertiza va baholash natijalari boʻyicha belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilmaslik qonunchilik hujjatlariga muvofiq mansabdor shaxslar va tashkilotlarning javobgarligiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza va baholash boʻyicha tahlillar oʻtkazilmasdan yoki ular yakunlanishidan avval moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qilinmaydi yoxud DXSH shartnomasi tuzilmaydi. Bunday qaror vakolatli organlar yoki prokuratura taqdimnomasi asosida yuqori turuvchi organ yoxud sud tomonidan haqiqiy emas deb topiladi yoki bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vakolatli organlar oʻz vakolati doirasida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga ekspertiza va baholash natijalari yuzasidan tahliliy maʼlumotlar kiritadi. Bunda tahliliy maʼlumotlarda oʻtkazilgan ekspertiza va baholashlar soni, aniqlangan xavf-xatarlar, koʻrilgan choralar toʻgʻrisida, shuningdek, amaldagi tizimdagi muammolar tahlili va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ham aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2026-y., 09/26/44/0109-son)