Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2021 19.07.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1052
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buyrugʻi, 19.07.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1052
Kuchga kirish sanasi
29.07.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRIning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BUDJETI, MAHALLIY BUDJETLARGA BUDJET SSUDALARI BERISh VA OLINGAN BUDJET SSUDALARINI QAYTARISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 19-iyulda 1052-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 16-fevraldagi 8-sonli ““Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1052-2, 03.03.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq budjet ssudalarini cheklangan muddatlarini hamda berish tartibini belgilash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror u Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish moliya vaziri oʻrinbosarlari D. Kuchkarov va M. Abduraxmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 28-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 28-iyundagi 58-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 1. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, budjet ssudalarini (bundan buyon matnda ssudalar deb yuritiladi) berish va qaytarish tartibi va cheklangan muddatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ssudalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) respublika budjetidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan — quyi turuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi shaharlar va tumanlar budjetlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) viloyat budjetidan — quyi turuvchi viloyat boʻysunuvidagi shaharlar va viloyat tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Toshkent shahar budjetidan — quyi turuvchi Toshkent shahri tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tarkibida tumanlari mavjud boʻlgan shahar budjetidan — quyi turuvchi shahar tarkibiga kiruvchi tuman budjetlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tuman budjetidan — quyi turuvchi tumanlar boʻysunuvidagi shahar budjetlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 2. Ssudalarni berish maqsadlari va muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sudlar budjet manbalarining toʻliq safarbar qilinishi tegishli birinchi darajali xarajatlar va muhim chora-tadbirlarni moliyalashtirilishini taʼminlamagan hollarda yuqori turuvchi budjetdan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ssudalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) daromadlar tushumi va xarajatlarni amalga oshirish oʻrtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) daromadlar tushumi va xarajatlarni amalga oshirish oʻrtasidagi haqiqiy vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning rejali xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalarini amalga oshirish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuqori turuvchi budjet mablagʻlari hisobidan ssudalar quyi turuvchi budjetlarga quyidagi muddatlarga berilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun — moliya yilining 9 (toʻqqiz) kalendar oyigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) haqiqiy vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun — 3 (uch) kalendar oyigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) maqsadli moliyalashtirish sxemasini amalga oshirish uchun — 1 (bir) kalendar oyigacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 3. Ssuda berish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kelgusi moliya yili uchun tegishli budjetning yillik daromadlar va xarajatlar hajmlarini choraklar boʻyicha taqsimotini tuzishda har bir chorakda daromad va xarajatlar oʻrtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun ssudalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 26-martdagi 29-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarda nazarda tutilgan daromad va xarajatlari hajmlarini choraklar boʻyicha taqsimlash, budjet ijrosi jarayonida kiritiladigan oʻzgartirishlar hisobini yuritish, budjetda koʻzda tutilgan chora-tadbirlar va tashkilotlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 1025, 2001-yil 12-aprel) (Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 7-son) belgilangan tartibda nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rejali yoki haqiqiy vaqtinchalik kassa uzilishlari vujudga kelganda, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining rejali xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemasi boʻyicha ssudaga ehtiyoj yuzaga kelganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli Toshkent shahri va viloyatlarning hokimlari (ularning oʻrinbosarlari) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ssuda berilishi toʻgʻrisida yozma soʻrov bilan murojaat qiladilar. Xuddi shunday tartibda shahar va tuman hokimlari (ularning oʻrinbosarlari) yuqori turuvchi hokimiyatlar moliya organlariga ssuda berilishi toʻgʻrisida yozma soʻrov bilan murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Budjetga daromadlarning oʻz vaqtida tushmaganligi yoki qoʻllanilgan chora-tadbirlar tegishli budjet daromad va xarajatlari balansliligini taʼminlash imkonini bermagan yoki budjet xarajatlarini oldindan moliyalashtirish zarurati yuzaga kelgan hollarda ssuda berilishi toʻgʻrisida yozma soʻrov bilan murojaat qilinishiga asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ssuda berilishi toʻgʻrisida yozma soʻrovga tegishli moliya organlari rahbari tomonidan imzolangan ssudaga boʻlgan ehtiyojlar asoslantirilgan hisob-kitoblar va ssuda olish haqida shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilova qilingan hisob-kitoblarda kassa uzilishi yuzaga kelish sabablarining batafsil tahlili keltirilishi lozim hamda quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) budjetning haqiqiy ijrosi haqidagi yil boshidan oxirgi hisobot davrigacha boʻlgan maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kassa uzilishi yuzaga keladigan hisobot davri uchun aniqlangan daromadlar tushumining prognozini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) budjet oldidagi qarzdorliklar summasi va ularning paydo boʻlish sabablari, hudud boʻyicha qarzdorliklar dinamikasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tegishli davrda budjetda nazarda tutilgan tip, obyekt va kichik obyektlar boʻyicha birinchi darajali xarajatlar summasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kutilayotgan daromadlar tushumi, shu jumladan soliq turlari boʻyicha hamda tegishli hisobot davrida kutilayotgan xarajatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) soʻralayotgan ssudalar hajmi va uni toʻlash muddatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) kassa uzilishining yuzaga kelish sabablarini tushuntirishni, soʻrovning asoslanganligini, shuningdek ssudani oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlovchi chora-tadbirlar rejasini oʻz ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ssuda soʻrovini koʻrib chiqayotgan va ssuda beradigan yuqori turuvchi moliya organi qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborot va hisob-kitoblarni soʻrashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan hollarda ssuda berilishi toʻgʻrisidagi soʻrov koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Barcha hisob-kitoblar ikki nusxada tegishli moliya organlari tomonidan tayyorlanib, bir nusxasi ushbu moliya organida saqlanadi, ikkinchisi esa yuqori turuvchi organga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 4. Budjet ssudasini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlarning moliya boshqarmasidan ssuda berish toʻgʻrisidagi soʻrovni olgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi Davlat budjeti bosh boshqarmasi bilan birgalikda hisob-kitoblarni, shuningdek ssuda berish uchun asoslarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga ssuda berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi aniq takliflar bilan yozma xulosa kiritadi. Xuddi shunday tartibda quyi moliya organlaridan yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etilgan ssuda berish toʻgʻrisidagi soʻrovlar yuqori turuvchi moliya organlarining budjet boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqiladi hamda tegishli moliya organi rahbariyatiga yozma xulosa kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijobiy xulosada berilishi taklif etilayotgan ssuda hajmi, uning maqsadli yoʻnaltirilganligi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Salbiy xulosada ssuda berilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida aniq sabablar va asoslar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yozma ijobiy xulosa asosida Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri moliya bosh boshqarmalari boshligʻi, shaharlar, tumanlar moliya boʻlimlari mudirlari ssuda boʻyicha qaror qabul qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet ssudasini berish uchun asos va hisob-kitoblarni koʻrib chiqish, shuningdek budjet ssudasini berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish soʻrov kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa asosida moliya organi rahbarining ssuda berish toʻgʻrisidagi qarori bilan ssuda oluvchi moliya organi va ssuda beruvchi moliya organi oʻrtasida ssuda berish toʻgʻrisidagi shartnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ssuda berish rad etilganda soʻrov taqdim etuvchi yozma ravishda rad etishning aniq sabab va asoslarini koʻrsatgan holda tegishli moliya organi tomonidan xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ssuda tegishli budjetdan ssuda berish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatda mablagʻlarni toʻlov topshiriqnomasi orqali koʻchirish yoʻli bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 5. Budjet ssudasini qaytarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ssudani qaytarish ssuda berish toʻgʻrisidagi shartnomada qatʼiy belgilangan muddatda, qoida tariqasida pul mablagʻlari bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ssudani qaytarish quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ssuda olgan mahalliy budjetga tushgan mablagʻlar hisobidan toʻlov topshiriqnomasi orqali oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetlarga yoʻnaltirilgan rejalashtirilgan dotatsiya (subvensiyalar) evaziga oʻzaro hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasida oʻzaro hisoblar boʻyicha ularning qarzdorligini oʻzaro hisob-kitob qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ssuda olgan mahalliy budjetning asosiy hisob raqamiga ssuda bergan moliya organi tomonidan mablagʻlarni inkasso topshiriqnomalari orqali undirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ssuda boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorliklarni toʻlash uchun mablagʻlarni inkasso topshiriqnomalari orqali hisobdan chiqarish budjet tashkiloti xodimlariga ish haqini toʻlash, ish haqini hisoblash, stipendiyalar, nafaqalar boʻyicha birlamchi xarajatlar toʻliq hudud boʻyicha qoplangandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 6. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlarini uzaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlarini uzaytirish budjet ssudasini oluvchida uni oʻz vaqtida toʻlash imkoniyatini istisno etadigan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisidagi soʻrov ssuda bergan moliya organi rahbariyati tomonidan koʻrib chiqiladi. Ssuda oluvchi ssuda toʻlash muddatining tugashidan ikki hafta oldin, dekabrda esa joriy yilning 15-dekabridan kechikmasdan iltimosnoma joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Budjet ssudalarini toʻlash muddatlarini uzaytirish mazkur Nizomda ssuda berish uchun belgilangan tartibda va shartlarda rasmiylashtiriladi. Bunda ssuda berish toʻgʻrisidagi shartnomaga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Keyingi moliya yiliga budjet ssudalarini toʻlash muddatlarini uzaytirishda, qaytarish muddatlari uzaytirilgan ssudalardan foydalanish uchun toʻlov belgilanishi mumkin. Toʻlov hajmi (foiz stavkasi) ssuda beruvchi moliya organi rahbari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 7. Budjet ssudasini oluvchilarning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, Toshkent shahri va viloyatlar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, tuman va shahar moliya boʻlimlari mudirlari ssuda berish toʻgʻrisidagi soʻrovga taqdim etilayotgan hisob-kitoblarning toʻgʻriligi va xolisligiga, shuningdek uning maqsadli foydalanilishi va oʻz vaqtida toʻlanishiga shaxsan javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Olingan ssudalardan maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlanganda, tegishli moliya organlari rahbarlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.