ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||||||||||
1-bosqich | Ariza beruvchi | Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va namunalarni Markazga taqdim etadi. | Ariza beruvchining xohishiga koʻra | |||||||||||
2-bosqich | Roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi | Roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar birlamchi ekspertizasini oʻtkazadi va tibbiy jihozlarning namunalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi. Mazkur hujjatlarni Markazning tarkibiy boʻlinmalariga yuboradi. | 10 ish kuni ichida | |||||||||||
3-bosqich | Markaz laboratoriyalari | Laboratoriya sinovlarini oʻtkazadi: | ||||||||||||
tibbiy jihozlar xavfsizlik darajasiga koʻra IIa sinf | ||||||||||||||
tibbiy jihozlar xavfsizlik darajasiga koʻra IIb va III sinflar | 45 ish kuni | |||||||||||||
Markazning boshqa tarkibiy boʻlinmalariga xulosalar taqdim etadi | 65 ish kunigacha | |||||||||||||
Taqdim etilgan hujjatlarni ixtisoslashtirilgan ekspertizadan oʻtkazadi: | ||||||||||||||
Markaz | tibbiy jihozlar xavfsizlik darajasiga koʻra IIa sinf | 33 ish kuni | ||||||||||||
tibbiy jihozlar xavfsizlik darajasiga koʻra IIb va III sinflar | 43 ish kuni | |||||||||||||
4-bosqich | Markaz | Tibbiy jihozni klinik tadqiqotlar oʻtkazilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazish mumkinligi toʻgʻrisida Ekspertlar kengashiga tavsiyalar kiritadi | 15 kuni ichida | |||||||||||
Ekspertlar kengashi | Klinik tadqiqot oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi | 1 ish kuni ichida | ||||||||||||
Markaz | Ariza beruvchiga klinik tadqiqot hujjatlarini taqdim etish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuboradi | 1 ish kuni ichida | ||||||||||||
5-bosqich | Ariza beruvchi | Klinik tadqiqot hujjatlarini elektron tizim orqali Markazga taqdim etadi | 45 kun ichida | |||||||||||
6-bosqich | Markaz | Klinik tadqiqot hujjatlarini qabul qiladi va dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi | ||||||||||||
Markaz | Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish toʻgʻrisida ariza beruvchiga elektron tizim orqali xabarnoma yuboradi | 5 kun ichida | ||||||||||||
Ariza beruvchi | Xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi | Xabarnomada koʻrsatilgan muddatda | ||||||||||||
Markaz | Klinik tadqiqot hujjatlarida kamchiliklar aniqlanmaganda, mustaqil ekspertlar jalb etilgan holda ushbu hujjatlar ixtisoslashtirilgan ekspertizadan oʻtkaziladi | 15 kun ichida | ||||||||||||
Markaz | Ixtisoslashtirilgan ekspertiza natijalari ijobiy boʻlganda, klinik tadqiqot hujjatlarini elektron tizim orqali Etika qoʻmitasiga taqdim etish mumkinligi toʻgʻrisida ikki ish kuni ichida elektron tizim orqali ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi | 2 ish kuni ichida | ||||||||||||
7-bosqich | Ariza beruvchi | Klinik tadqiqot hujjatlarini Etika qoʻmitasiga taqdim etadi | 2 ish kuni ichida | |||||||||||
Etika qoʻmitasi | Taqdim etilgan klinik tadqiqot hujjatlarini majlisida koʻrib chiqib: klinik tadqiqotlarni oʻtkazish etika jihatidan asoslanganligi toʻgʻrisida; yoki klinik tadqiqotlarni oʻtkazish etika jihatidan asoslanmaganligi toʻgʻrisida xulosa beradi | Etika qoʻmitasining majlisida (bir oyda bir marta oʻtkaziladi) | ||||||||||||
8-bosqich | Etika qoʻmitasi | Oʻzining etika jihatidan asoslanganligi toʻgʻrisida xulosasini ariza beruvchiga yuboradi | 5 ish kuni ichida | |||||||||||
Etika qoʻmitasi | Klinik tadqiqotlarni oʻtkazish etika jihatidan asoslanmaganligi toʻgʻrisida xulosa berganda Ariza beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi | 1 ish kuni ichida | ||||||||||||
9-bosqich | Ariza beruvchi | Xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni elektron tizim orqali bartaraf etadi | Xabarnomada koʻrsatilgan muddatda | |||||||||||
10-bosqich | Ariza beruvchi | Kamchiliklarni bartaraf etgan holda klinik tadqiqot hujjatlarini Etika qoʻmitasiga takroran taqdim etadi | Xabarnomada koʻrsatilgan muddatda | |||||||||||
11-bosqich | Markaz | Etika qoʻmitasining klinik tadqiqotlarni oʻtkazish etika jihatidan asoslanganligi toʻgʻrisida xulosasi asosida klinik tadqiqot hujjatlari va tanlangan klinik bazani maʼqullaydi. Klinik tadqiqotni oʻtkazish mumkinligi toʻgʻrisida ariza beruvchiga va klinik tadqiqotni oʻtkazuvchi klinik baza rahbariga yozma shakldagi xabarnoma yuboradi | 15 kun ichida | |||||||||||
12-bosqich | Ariza beruvchi | Klinik baza rahbari bilan klinik tadqiqotni oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi | Xabarnoma olingandan soʻng 15 kun ichida | |||||||||||
13-bosqich | Klinik baza | Klinik tadqiqotni oʻtkazadi | Tibbiy jihozning xususiyatidan kelib chiqqan holda | |||||||||||
Klinik tadqiqot natijalari asosida klinik tadqiqot hisobotini tayyorlaydi. | Klinik tadqiqot tugaganidan keyin | |||||||||||||
Hisobot klinik baza rahbari tomonidan tasdiqlanib, ariza beruvchiga taqdim etiladi | 10 kun ichida | |||||||||||||
14-bosqich | Ariza beruvchi | Klinik tadqiqot hisobotini Markazga taqdim etadi | Klinik tadqiqot hisobotini olgan vaqtdan boshlab 1 oy ichida | |||||||||||
15-bosqich | Markaz | Klinik tadqiqot hisobotini yakuniy ekspertizadan oʻtkazadi | 15 kun | |||||||||||
Yakuniy ekspertiza natijasida mazkur hisobot va klinik tadqiqot bayonnomasi oʻrtasida nomuvofiqliklar aniqlangan hollarda, ariza beruvchiga mazkur nomuvofiqliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi | ||||||||||||||
Yakuniy ekspertiza natijasida nomuvofiqliklar aniqlanmasa, klinik tadqiqot hisobotini Ekspertlar kengashiga kiritadi | ||||||||||||||
16-bosqich | Ariza beruvchi | Xabarnomada koʻrsatilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etadi va klinik tadqiqot hisobotini Markazga takroran taqdim etadi. | Xabarnomada koʻrsatilgan muddatda | |||||||||||
Markaz | Takroran taqdim etilgan klinik tadqiqot hisobotini koʻrib chiqadi | 15 kun ichida | ||||||||||||
17-bosqich | Ekspertlar kengashi | Tibbiy jihozni tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi | Ekspertlar kengashining majlisida (oʻn besh kunda bir marta oʻtkaziladi) | |||||||||||
2-ILOVA
INDIVIDUAL QAYD QILISH SHAKLI |
Klinik tadqiqot nomi |
“______________________________” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “____________________________________” tibbiy jihozning KLINIK TADQIQOTI |
1. Umumiy maʼlumotlar |
1.1. Klinik tadqiqot subyekti ID: |
1.2. Klinik tadqiqot kodi (ID): |
1.3. Klinik tadqiqot markazi: |
1.4. Klinik tadqiqotchi F.I.O: |
1.5. Klinik tadqiqotda ishtirok etish sanasi: |
1.6. Rozilik olingan sana: |
1.7. Klinik tadqiqot subyektiga berilgan kod: |
2. Demografik maʼlumotlar |
2.1. F.I.O: |
2.2. Tugʻilgan sana: |
2.3. Yoshi: |
2.4. Jinsi: |
• □ Erkak |
• □ Ayol |
2.5. Millati: |
2.6. Manzili: |
2.7. Telefon raqami: |
3. Tibbiy tashxis |
3.1. Asosiy kasalliklar: |
3.2. Hozirgi davolash (dor-u/usullar): |
3.3. Yondosh kasalliklar: |
3.4. Allergiyalar: |
• □ Yoʻq |
• □ Bor (koʻrsatilsin): |
4. Tibbiy jihoz boʻyicha maʼlumotlar |
4.1. Tibbiy jihoz nomi: |
4.2. Modeli / seriyasi: |
4.3. Qoʻllash maqsadi: |
4.4. Sinov turi: |
• □ Klinik tadqiqot |
• □ Kliniko-laboratoriya tadqiqot |
5. Boshlangʻich koʻrsatkichlar (Baseline data) |
5.1. Qon bosimi: |
5.2. Yurak urishi: |
5.3. Nafas olish chastotasi: |
5.4. Harorat: |
5.5. Laboratoriya natijalari: |
• Gemoglobin: |
• Glukoza: |
• Xususiy koʻrsatkichlar: |
6. Tibbiy jihoz qoʻllanilishi |
6.1. Qoʻllash sanasi: |
6.2. Qoʻllash muddati: |
6.3. Qoʻllash uslubi: |
6.4. Qoʻllash paytidagi texnik holat: |
7. Kuzatuv natijalari |
7.1. Klinik samaradorlik belgilari: |
7.2. Subyekt holatining dinamikasi: |
7.3. Kuzatuv sanasi: |
8. Nojoʻya hodisalar (Adverse Events) |
8.1. Nojoʻya hodisa aniqlandimi? |
• □ Yoʻq |
• □ Ha (tafsiloti): |
8.2. Jiddiy nojoʻya hodisa: |
• □ Yoʻq |
• □ Ha |
8.3. Sababli aloqadorlik: |
• □ Aniq bogʻliqlik |
• □ Ehtimol bogʻliqlik |
• □ Nomuvofiq |
9. Yakuniy baholash |
9.1. Tadqiqotchi xulosasi: |
9.2. Foyda-xavf nisbati: |
9.3. Subyektda klinik oʻziga xos oʻzgarishlar: |
10. Imzolar |
Tadqiqotchi: ___________________ (imzo, sana) |
Subyekt: ___________________ (imzo, sana) |
Kuzatuvchi: ___________________ |
3-ILOVA
Klinik tadqiqot nomi |
“______________________________” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan |
“____________________________________” tibbiy jihozning |
KLINIK TADQIQOTI |
Klinik baza: _______________________________________________________________ |
Tadqiqotning (oʻrganishning) mohiyati, mazmuni: |
Sizga “__________________________________________________________________” korxonasining _____________________________________ tibbiy jihozni qoʻllanilishi, uning klinik samaradorligi va xavfsizligini oʻrganish boʻyicha tibbiy va ilmiy tadqiqotda ishtirok etish taklif etiladi. |
Iltimos, ushbu axborotni diqqat bilan oʻqib chiqing! |
Sizga tibbiy jihozning klinik tadqiqotida ishtirok etish taklif etilmoqda. Mazkur tadqiqotda ishtirok etish ixtiyoriydir. Ishtirok etish haqida qaror qabul qilishingizdan oldin, Siz ushbu klinik tadqiqotning maqsadlari bilan, Sizning maʼlumotlaringizdan qanday foydalanilishi, tadqiqotning protseduralari va tadqiqotdagi ishtirokingiz bilan bogʻliq foyda, xavf-xatar va noqulayliklar ehtimoli bilan tanishib chiqishingiz zarur. Qaror chiqarishga shoshilmang. |
Mazkur hujjatni diqqat bilan oʻqib chiqing. Agar istasangiz, tadqiqotda ishtirok etish masalasini davolovchi shifokoringiz bilan muhokama qiling. Agar Siz uchun nimadir tushunarsiz boʻlib qolsa yoki koʻproq maʼlumot olmoqchi boʻlsangiz, Sizni qiziqtiradigan savollarni tadqiqotchi-shifokorga bering. Shoshilmang, qaror chiqarishdan oldin oʻylab koʻring, oʻz oilangiz va doʻstlaringiz bilan muhokama qiling. Klinik tadqiqotda ishtirok etish standart tibbiy yordamning qismi emas. |
Klinik tadqiqotda ishtirok etish ixtiyoriydir. Tadqiqotda ishtirok etishga rozilik bildirish yoki rad qilish haqidagi qarorni faqat oʻzingiz qabul qilasiz. Agar Siz ishtirok etishga qaror qilsangiz, Siz klinik tadqiqot subyekti uchun maʼlumotnoma nusxasini olasiz va Sizdan klinik tadqiqotda ishtirok etishga ixtiyoriy rozilik shaklini imzolashingiz soʻraladi. Agar Siz klinik tadqiqotda ishtirok etmaslikka qaror qilsangiz, istagan vaqtingizda sababini tushuntirmasdan klinik tadqiqotdan chiqib ketish huquqiga egasiz. |
Sizning tadqiqotdan chiqib ketish haqidagi qaroringiz yoki tadqiqotda ishtirok etmaslik haqidagi qaroringiz Sizga koʻrsatiladigan tibbiy yordamning sifatiga taʼsir koʻrsatmaydi. |
Tadqiqotni oʻtkazish paytida tibbiy jihozning odam organizmiga qanday taʼsir qilishi haqidagi yangi maʼlumotlar, xususan avval maʼlum boʻlmagan nojoʻya taʼsirlari haqidagi maʼlumotlar aniqlanishi mumkin. Bunday vaziyatda Sizga yangilangan axborot taqdim etiladi va uning asosida Siz tadqiqotdagi ishtirokingizni davom ettirish toʻgʻrisidagi qaroringizni oʻzgartirishingiz mumkin |
Tibbiy jihozning xususiyatlari: |
Tekshirilayotgan tibbiy jihozning xususiyatlari klinik tadqiqot subyektiga tushunarli tarzda qisqa, biroq batafsil yoritib beriladi. |
Qoʻllanilishi: |
Mazkur klinik tadqiqotda tibbiy jihozning nima maqsadda qoʻllanilishiga taʼrif beriladi. |
Qoʻllash usuli va tavsifi: |
Mazkur klinik tadqiqotda tibbiy jihozning ishlash mexanizmi, texnik xususiyatlari, qoʻllash usuli, kuzatuv davri. |
Nojoʻya taʼsirlari: |
Tekshirilayotgan tibbiy jihozning barcha nojoʻya taʼsirlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot beriladi, masalan: |
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni oʻzgarishi; |
Markaziy nerv tizimi tomonidan: psixomotor qoʻzgʻalish; |
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: dispeptik holatlar; |
Allergik reaksiyalar: terini qichishishi, qizarish, toshma, shish; |
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar: |
Barcha “Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” birma-bir sanab oʻtiladi. |
Shuningdek, quyidagi holatlar keltiriladi: |
homiladorlik, laktatsiya davri; |
tibbiy jihozga yuqori sezuvchanlik mavjudligi; |
18 yoshgacha boʻlgan subyektlarda qoʻllash mumkin emas. |
Klinik tadqiqotning borishi: |
Shifokor koʻrigi va tekshiruvlardan soʻng, Siz ushbu klinik dasturda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlib, qoʻshimcha ravishda “________________________________” korxonasining _____________________________ ____________________________ tibbiy jihozini qoʻllash imkoniyatiga ega boʻlasiz. |
Klinik tadqiqotning samaradorligi: |
Sizning bu klinik tadqiqotlarda ishtirokingiz davomida Sizga tibbiy jihozni qabul qilish sharoiti yaratiladi. Agar shifokoringiz bu tibbiy jihozning taʼsirini kam deb hisoblasa, Siz boshqa maʼlum tibbiy jihoz yordamida standart davolashga oʻtkazilasiz. |
Qoʻshimcha davolash: “__________________________________________________” korxonasining _____________________________ tibbiy jihozini qoʻllash bilan birga Sizdagi kasallikni davolash uchun zarur boʻlgan davo muolajalarini olasiz. |
Sizni nazorat qiluvchi shifokor Sizga barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etadi. |
Taʼsiri va noqulayliklarni baholash: |
Davolash davomida Siz shifokorning doimiy nazoratida boʻlasiz, agar Sizning sogʻligʻingizga taʼsir qiluvchi yoki nojoʻya taʼsirini kuzatilishi bilan tibbiy jihoz qoʻllanilishi bekor qilinadi. |
Izlanishlarning olib borilishi: |
Sizdan klinik tadqiqotlarda ixtiyoriy ishtirok etish uchun rozilik olingandan soʻng, shifokor-tadqiqotchi Sizga hozirgi kasalligingiz haqida bir nechta savollar beradi, tekshirishlar olib boradi. Agar shifokor bu klinik tadqiqotda Sizning ishtirokingizni lozim deb topsa, Sizga klinik tadqiqot bayonnomasiga binoan tibbiy jihozni qoʻllash tavsiya etiladi. Sizning sogʻligʻingiz toʻgʻrisidagi hamma oʻzgarishlarni, ushbu oʻzgarishlar tibbiy jihoz bilan bogʻliq yoki bogʻliq emasligidan qatʼi nazar shifokorga darhol xabar bering. |
Maxfiyligi (Konfidensialligi): |
Sizning bu klinik tadqiqotda ishtirokingiz qatʼiy ravishda sir boʻlib qoladi. |
Huquqlar: |
Agar Sizda klinik tadqiqotda ishtirok etish va Sizning huquqlaringiz yuzasidan savollar tugʻilsa, shifokoringizga ____________ telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin. |
4-ILOVA
Klinik tadqiqot nomi: | |
“______________________________” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan | |
“____________________________________” tibbiy jihozning | |
KLINIK TADQIQOTI | |
Klinik baza:___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ | |
Men, ________________________________________________________________________________________________________________________________________________ | |
(F.I.O) | |
_________________________________________________________________________________________ | |
(pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari) | |
manzilda istiqomat qilaman va klinik tadqiqot subyekti uchun maʼlumotnoma matnidan va davolovchi shifokordan olingan maʼlumotlarga asoslanib, ushbu tadqiqotda ishtirok etishga oʻz xohishim bilan rozilik beraman. Men shifokorga tadqiqotning barcha aspektlari yuzasidan savollar berish imkoniga ega boʻldim. Barchasiga aniqlik kiritilgandan soʻng, men davolovchi shifokor bilan hamkorlik qilishga, ahvolim va kayfiyatimdagi har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida unga xabar berishga roziman. Men oʻzimning huquqlarim va majburiyatlarim toʻgʻrisida batafsil maʼlumot oldim va ushbu tadqiqotda ishtirok etishdan sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda voz kechish huquqiga egaman va bu menga keyingi tibbiy xizmat koʻrsatilishiga taʼsir koʻrsatmaydi. Mening klinik tadqiqotdagi ishtirokim mutlaqo maxfiy ekanligini bilaman. Men, klinik tadqiqot natijalarini, klinik tadqiqot oʻtkazayotgan klinik tadqiqot rahbari tomonidan klinik tadqiqotga masʼul shaxslarga hamda davlat organlari vakillaridan iborat tekshiruvchilarga berilishiga roziman. | |
___________________________________ | _________________________________ |
Tadqiqot olib boruvchi shifokor | F.I.O |
___________________________________ | _________________________________ |
Guvoh imzosi | F.I.O |
“Oʻqidim va roziman” | |
____________________________ | |
Klinik tadqiqot subyektining imzosi | |
Sana “_______ “____________ 20__ y | |
4a-ILOVA
Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz klinik tadqiqot subyekti qonuniy vakilining ixtiyoriy yozma roziligi shakli | |
Klinik tadqiqot nomi: | |
“______________________________” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan | |
“____________________________________” tibbiy jihozning | |
KLINIK TADQIQOTI | |
Klinik baza: ______________________________________________________ | |
Men, __________________________________________________________________________________________________________________________________________ | |
qonuniy vakilning F.I.O | |
_________________________________________________________________________________________ | |
(pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari) | |
manzilda istiqomat qilaman va klinik tadqiqot subyekti uchun maʼlumotnoma matnidan va davolovchi shifokordan olingan maʼlumotlarga asoslanib, farzandim (vakilligim ostidagi) __________________________________ | |
________________________________________________________________________________________________________________________________________ | |
klinik tadqiqot subyekti (F.I.O) | |
ushbu klinik tadqiqotda ishtirok etishiga oʻz xohishim bilan rozilik beraman. Men shifokorga tadqiqotning barcha aspektlari yuzasidan savollar berish imkoniga ega boʻldim. Barchasiga aniqlik kiritilgandan soʻng, men davolovchi shifokor bilan hamkorlik qilishga va farzandim (yoki vakilligim ostidagi shaxs)ning ahvoli va kayfiyatidagi xar qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida shifokorga xabar berishga roziman. Men oʻzimning va farzandim (yoki vakilligim ostidagi shaxs)ning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot oldim va ushbu tadqiqotda ishtirok etishdan sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda voz kechish huquqiga egaman va bu farzandim (yoki vakilligim ostidagi shaxs)ga keyingi tibbiy xizmat koʻrsatilishida aks etmaydi. Mening farzandim (yoki vakilligim ostidagi shaxs)ning klinik tadqiqotdagi ishtiroki mutlaqo maxfiy ekanligini bilaman. Men, klinik tadqiqot natijalarini, klinik tadqiqot oʻtkazayotgan klinik tadqiqot rahbari tomonidan klinik tadqiqotga masʼul shaxslarga hamda davlat organlari vakillaridan iborat tekshiruvchilarga berilishiga roziman. | |
___________________________________ | _________________________________ |
Tadqiqot olib boruvchi shifokor | F.I.O |
___________________________________ | _________________________________ |
Guvoh imzosi | F.I.O |
“Oʻqidim va roziman” | |
____________________________ | |
Qonuniy vakilning imzosi | |
Sana “_______” ____________ 20__ y | |
5-ILOVA
|
Klinik tadqiqot rahbari bilan klinik tadqiqotni oʻtkazish yuzasidan kelishuv |
|
|
|
Men mazkur klinik tadqiqot bayonnomasini, tadqiqotchi uchun broshyurani, shu jumladan tibbiy jihozning mumkin boʻlgan xavflari va nojoʻya taʼsirini, shuningdek, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan tibbiy jihozning klinik tadqiqoti haqidagi boshqa maʼlumotlarni oʻqib chiqqanligim va tushunganligimni tasdiqlayman. Men mazkur tadqiqotni ushbu klinik tadqiqot bayonnomasi talablariga muvofiq oʻtkazishga, shuningdek Jahon tibbiyot assotsiatsiyasining Xelsinki deklaratsiyasida belgilangan etika talablariga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga hamda Oʻz DSt 2765:2018 “Yaxshi klinika amaliyoti” (GCP) standarti qoidalariga muvofiq klinik tadqiqot subyektlarining huquqlari, xavfsizligi, maxfiyligini himoya qilishga rozilik bildiraman. Men ariza beruvchini xabardor qilgandan keyingina klinik tadqiqot bayonnomasiga oʻzgartirish kiritishga rozilik bildiraman, klinik tadqiqot subyektlarining xavfsizligi va huquqlarini himoya qilish zarur boʻlgan holatlar bundan mustasnodir. Oʻz DSt 2765:2018 “Yaxshi klinika amaliyoti” (GCP) standarti qoidalariga muvofiq, men ariza beruvchini klinik tadqiqot davomida yuzaga kelgan nojoʻya holatlar haqida xabardor qilishga roziman. Men birlamchi hujjatlarni koʻrish uchun ruxsat berilishini taʼminlashga tayyorman hamda ariza beruvchi tomonidan monitoring va audit oʻtkazilishiga, shuningdek nazorat qiluvchi organlar vakillaridan iborat tekshiruvchilar tomonidan klinik tadqiqot yakunining tekshirilishiga rozilik bildiraman. Men klinik tadqiqotlarni oʻtkazishga oid barcha xalqaro standartlar, shuningdek Oʻz DSt 2765:2018 “Yaxshi klinika amaliyoti” (GCP) standarti talablariga rioya qilishga rozilik bildiraman. |
|
|
|
Klinik tadqiqot rahbari |
|
F.I.O ________________________________________ Imzo: ______________________________. |
|
|
|
Ariza beruvchi |
|
F.I.O________________________________________ Imzo: _______________________________. |
|
|