O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ChET ELLIK YuRIDIK ShAXSLARNI DAROMAD (FOYDA)LARINI SOLIQQA TORTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI (YaNGI TAHRIRDA) TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 5-oktabrda 1416-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan, qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasida chet ellik yuridik shaxslarni daromad (foyda)larini soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (yangi tahrirda) tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 1998-yil 13-iyulda 37- va 98-105-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chet ellik yuridik shaxslarni daromad (foyda)larini soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (1998-yil 8-oktabr, ro‘yxat raqami 498-son);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 1998-yil 13-avgust 37/98-105-son bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 8-oktabrda 498-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasida chet ellik yuridik shaxslarni daromad (foyda)larini soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi”gi yo‘riqnomaga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 1999-yil 24-sentabrda 79 va 99-117-son bilan tasdiqlangan 1-son qo‘shimcha (1999-yil 28-sentabr, ro‘yxat raqami 498-1-son).
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-iyun,
87-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-iyun,
2004-36-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 40-41-son, 440-modda)