27.11.2025 yildagi PQ-359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda moliyaviy texnologiyalar bozorini jadal rivojlantirish, moliyaviy va bank xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot texnologiyalari yechimlaridan foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadli koʻrsatkichlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2026 — 2030-yillarda moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplarga 1 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilar sonini kamida 200 taga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) moliyaviy texnologiyalar sohasidagi inkubatsiya va akseleratsiya dasturlaridan oʻtgan startaplar sonini 100 taga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) moliyaviy texnologiyalar yoʻnalishida kamida 5 ming nafar yoshlarni oʻqitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) toʻlov vositasi sifatida raqamli valyutalarni va milliy yoki xorijiy valyuta bilan taʼminlangan tokenlarni (keyingi oʻrinlarda — barqaror tokenlar) tajriba-sinovdan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish va loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaziy bank moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirishga masʼul etib belgilansin va unga 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha vazifalar yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaziy bank huzurida quyidagilar tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida ustav jamgʻarmasi 50 million AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplar uchun quyidagi xizmatlarni amalga oshiradigan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan innovatsion xab (keyingi oʻrinlarda — innovatsion xab):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish va tashqi bozorlarga chiqishga koʻmak koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mahalliy va xorijiy venchur investitsiyalarni jalb qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) grant dasturlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab innovatsion xab ishtirokchilariga quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) moliyaviy texnologiyalar yoʻnalishidagi kurslarda oʻqish va sertifikat olish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan qismi, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startap loyihalariga mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan qismi, biroq 50 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) innovatsion xab ishtirokchilariga doir mezon va talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yildan boshlab har yili Markaziy bank tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda moliyaviy texnologiyalar sohasida mavjud innovatsion yechimlar va amalga oshirilgan ishlarni keng targʻib qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga doir moliyaviy texnologiyalar sohasida xalqaro forumlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaziy bankning quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-sentabrga qadar banklar, toʻlov tashkilotlari va moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilari oʻrtasida xavfsiz va standartlashgan maʼlumot almashinuvini taʼminlaydigan “ochiq banking” tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2025-yil yakuniga qadar maʼlumotlarga asoslangan boshqaruvga oʻtish maqsadida Markaziy bank va tijorat banklarida maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha bosh direktor (Chief Data Officer) lavozimini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaziy bank (T. Ishmetov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-fevralga qadar mijozning ruxsati bilan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-fevralga qadar Markaziy bankning Tezkor toʻlovlar tizimida jismoniy shaxslarga ularning bank hisobvaraqlari orqali real vaqt rejimida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazmalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yil 1-aprelga qadar xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2026-yil yakuniga qadar tijorat banklarida tartibga solish texnologiyalari (RegTech) asosida statistik, moliyaviy va nazoratga doir maʼlumotlarni uzatishning yagona raqamli tizimi joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) 2026-yil 1-iyulga qadar venchur fondi faoliyatining operatsion boshqaruvi, venchur kapitalni boshqarish va moliyaviy texnologiyalar sohasida xalqaro tajribaga ega boʻlgan nufuzli chet el kompaniyasini ishonchli boshqaruvchi sifatida jalb qilish boʻyicha taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasiga davlat xizmatlari bilan bogʻliq toʻlovlarni oʻtkazish uchun toʻlov tashkilotlarining faoliyatini amalga oshirish huquqi berilsin. Bunda unga faoliyatini aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etish va ustav kapitalining eng kami miqdoriga doir talablar tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Moliya sohasida kripto-aktivlardan foydalanishni kengaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2026-yil 1-yanvardan boshlab toʻlov vositasi sifatida barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimi (keyingi oʻrinlarda — “tartibga solish qumdoni”) joriy etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi asosida faoliyat yurituvchi toʻlov tizimini yaratish boʻyicha pilot loyihalar amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “tartibga solish qumdoni” rejimini joriy qilish tartibi va uning amal qilish muddati Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Markaziy bank bilan birgalikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni emissiya qilishga ruxsat berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida birja faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan fond birjalarida tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni joylashtirish hamda ularning muomalada boʻlishi uchun alohida savdo maydonchasi tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarning chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibini belgilashga masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va unga 3-ilovaga muvofiq asosiy vazifalar yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2025-2026-yillarda moliyaviy texnologiyalar sohasini qoʻllab-quvvatlash dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3832-son qaroriga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markaziy bank manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-359-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-359-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish boʻyicha Markaziy bankning qoʻshimcha vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bank tizimi, toʻlov tizimlarining ishlashi va narxlar barqarorligini ustuvor maqsad sifatida saqlagan holda innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlashda mutanosiblikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) moliyaviy sektorda innovatsiyalarning asosiy drayveri sifatida harakat qilish va bozor ishtirokchilari uchun samarali raqobat muhitini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) moliyaviy texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirishda tartibga solish choralarini innovatsiyalardan kelib chiqadigan xavflarni kamaytirishga qaratilgan holda qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) moliyaviy texnologiyalar sohasida qarorlarni toʻliq va ishonchli maʼlumotlar asosida qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) moliyaviy texnologiyalar sohasida xizmat koʻrsatish jarayonida fuqarolarning huquqlarini kafolatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-359-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisi, Respublika komissiyasi raisi

2.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

3.

V.Yu. Pak

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

4.

M.Sh. Istamov

adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

I.U. Umrzakov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

6.

J.I. Abdiyev

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

7.

R.Sh. Kadirov

Markaziy bank departamenti direktori, Respublika komissiyasi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-359-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish boʻyicha strategik yoʻnalishlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sohadagi muammolarni muntazam ravishda muhokama qilish va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) moliyaviy texnologiyalar sohasida davlat organlari, moliyaviy tashkilotlar va xususiy sektor faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) moliyaviy texnologiyalar sohasida Markaziy bankning “tartibga solish qumdoni”da muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan moliyaviy xizmatlarni keng joriy etish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni, shu jumladan, tijorat banklari va toʻlov tashkilotlarining tariflarini xatlovdan oʻtkazish hamda ularni maqbullashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-359-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda moliyaviy texnologiyalar sohasini qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

2026 — 2030-yillarga moʻljallangan moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish.

1. Strategiyani ishlab chiqish uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilish.

2025-yil dekabr

Markaziy bank

(Ishmetov)

2. Strategiya loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil mart

2.

Bank mijozlarining ruxsati bilan ularning shaxsiy va moliyaviy maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etish amaliyotini joriy qilish.

“Bank siri toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil yanvar

Markaziy bank

(Ishmetov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

3.

Markaziy bank faoliyatini raqamlashtirishga oid IT-strategiyani ishlab chiqish.

Yetakchi xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda ilgʻor xorijiy tajriba asosida 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Markaziy bank faoliyatini raqamlashtirishga oid IT-strategiya va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish.

2026-yil aprel

Markaziy bank

(Ishmetov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

4.

Markaziy bankning “tartibga solish qumdoni” talablarini yengillashtirish, startaplar va texnologik kompaniyalar tomonidan innovatsion yechimlarni joriy qilish uchun texnologik va tematik “qumdon”lar tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil may

Markaziy bank

(Ishmetov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

5.

Markaziy bank taʼsischiligida venchur fondini tashkil etish.

1. Venchur fondini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2026-yil may

Markaziy bank

(Ishmetov)

2. Venchur fondini boshqarishga tajribali xorijiy kompaniyani jalb qilish boʻyicha taklif kiritish.

2026-yil iyul

3. Venchur fondi ustav jamgʻarmasini Markaziy bank sof foydasi hisobidan 2030-yilga qadar bosqichma-bosqich 50 mln AQSH dollari ekvivalentigacha shakllantirish.

2026 — 2030-yillarda

6.

QR-kodlar orqali toʻlovlarni amalga oshirishning yagona standartlarini joriy qilish.

1. Universal QR-kod pilot loyihasini banklar va toʻlov tashkilotlari bilan birga sinov tariqasida joriy etish.

2025-yil dekabr

Markaziy bank

(Ishmetov)

2. Universal QR-kod boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil yanvar

3. Toʻlov xizmatlari bozorida universal QR-kodni amaliyotga joriy etish.

2026-yil fevral

7.

Banklar, toʻlov tashkilotlari va moliyaviy texnologiyalar bozorining boshqa ishtirokchilari oʻrtasida xavfsiz va standartlashgan maʼlumot almashinuvini taʼminlaydigan “Ochiq banking” (Open banking) tizimini joriy etish.

1. “Ochiq banking” tizimi konsepsiyasi va boshqaruv modelini shakllantirish.

2026-yil yanvar

Markaziy bank

(Ishmetov)

2. Normativ-texnik baza hamda tizim arxitekturasini ishlab chiqish.

2026-yil may

3. “Ochiq banking” tizimini joriy etish “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, cheklangan ishtirokchilar bilan pilot bosqichini oʻtkazish hamda sinovdan keyin bosqichma-bosqich kengaytirish.

2026-yil avgust

8.

Markaziy bank raqamli valyutasini toʻlov vositasi sifatida qoʻllash boʻyicha tajriba-sinovni oʻtkazish uchun “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

Xalqaro konsalting kompaniyalari tavsiyalarini inobatga olgan holda Markaziy bank raqamli valyutasini joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil aprel

Markaziy bank

(Ishmetov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li),

Soliq qoʻmitasi

(Pulatov)

9.

Toʻlov vositasi sifatida barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini joriy etish.

1. Tartibga solish qumdoni” rejimini joriy qilish tartibini qabul qilish.

2026-yil fevral

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li),

Markaziy bank

(Ishmetov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Rejim ishtirokchilarini tanlash.

3. Rejim doirasida pilot loyihalarni amalga oshirish.

4. Toʻlov tizimining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.

Rejim joriy qilingandan soʻng

10.

Tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni chiqarish va muomalada boʻlishini yoʻlga qoʻyish.

1. Tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni chiqarish va muomalada boʻlish tartibini qabul qilish.

2026-yil fevral

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li),

Markaziy bank

(Ishmetov)

2. Tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni emissiya qilishda foydalaniladigan axborot tizimining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil may

11.

Markaziy bankning toʻlov tizimida jismoniy shaxslar uchun mobil raqamdan foydalangan holda ularning bank hisobvaraqlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazmalar xizmatini joriy qilish.

Markaziy bankning Tezkor toʻlovlar tizimida jismoniy shaxslar oʻrtasida “R2R” oʻtkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini ishlab chiqish va uni toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchilarga Open API koʻrinishida taqdim etish.

2026-yil fevral

Markaziy bank

(Ishmetov)

12.

Chakana bank xizmatlari va toʻlov xizmatlari bozorida raqobatni ragʻbatlantirish maqsadida majburiy mijozlar auditoriyasidan voz kechgan holda foydalanuvchilarga bank kartasini ochishda tanlov imkoniyatini yaratish.

1. Fuqarolarga oʻz maoshini oladigan bankni yoki elektron hamyon provayderini tanlash huquqini berishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

Markaziy bank

(Ishmetov)

2. Markaziy bank tomonidan boshqariladigan toʻlov tizimlarida ommaviy (toʻplamli) toʻlovlar funksiyasini yaratish.

2026-yil iyun

13.

Toʻlovlar xavfsizligi va barqarorligini oshirish maqsadida barcha milliy valyutadagi toʻlovlarning Markaziy bank orqali oʻtishini nazarda tutuvchi toʻlov “svitchi” uchun tizim yaratish.

1. Toʻlov “svitchi”ni joriy qilgan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrgangan holda loyihaning texnik topshirigʻini ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

Markaziy bank

(Ishmetov)

2. Xalqaro va mahalliy toʻlov tizimlari operatorlari (elektron pullar operatorlari)ning bevosita Markaziy bankning yagona shlyuzi orqali ishlashini belgilash boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

14.

Markaziy bankning bulut tizimi konsepsiyasini ishlab chiqish.

Xalqaro tajribani oʻrganish va xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda Markaziy bankning bulut tizimi konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil sentabr

Markaziy bank

(Ishmetov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

15.

Bank tizimida kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi hamda antifrod tizimini takomillashtirish.

1. Xalqaro konsalting kompaniyasi bilan birgalikda Markaziy bank nazorati ostidagi tashkilotlar axborotlashtirish obyektlarini axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik auditidan oʻtkazish tartibi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish.

2026-yil iyun

Markaziy bank

(Ishmetov)

2. Bank tizimida kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil avgust

Markaziy bank

(Ishmetov)

16.

Aholi tomonidan kredit va toʻlov tashkilotlariga shaxsga doir va/yoki moliyaviy maʼlumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilik hisobini yuritish va zarur hollarda uni mijoz tomonidan bekor qilish mexanizmini ishlab chiqish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida texnik talab ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

Markaziy bank

(Ishmetov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Platformani yaratish choralarini koʻrish.

2026-yil sentabr

3. Platformani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilish.

2026-yil yakuniga qadar

17.

Moliyaviy texnologiyalar sohasida kadrlar salohiyatini oshirish.

1. Nufuzli xorijiy taʼlim muassasalari bilan birga moliyaviy texnologiyalar sohasi boʻyicha oʻquv dasturini joriy qilish va dasturda qatnashish tartibini belgilash.

2026-yil may

Markaziy bank

(Ishmetov)

2. Moliyaviy texnologiyalar oʻquv dasturi boʻyicha 5 ming nafar yoshlarni oʻqitishni tashkil etish.

2026 — 2030-yillar davomida

18.

Oʻzbekiston Respublikasida moliyaviy texnologiyalar sohasida forumlarni tashkil etish.

Moliyaviy texnologiyalar sohasidagi innovatsion yechimlar va amalga oshirilgan ishlarni keng targʻib qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Oʻzbekistonda 2026-yildan boshlab har yili “FinTech” haftaligini tashkil etish.

2026-yil oktabr

Markaziy bank

(Ishmetov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

19.

Markaziy bank va tijorat banklarida maʼlumotlarga asoslangan boshqaruvga oʻtish maqsadida maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha bosh direktor (Chief Data Officer) lavozimini joriy etish.

1. Markaziy bank tomonidan maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha bosh direktor (Chief Data Officer) uchun malaka talablarini va ustuvor vazifalarni belgilash.

2025-yil dekabr

Markaziy bank

(Ishmetov)

2. Tijorat banklarida lavozimga malakali kadrlarni tayinlash.

2026-yil iyul

Markaziy bank

(Ishmetov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

tijorat banklari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-359-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3832-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-band “i” kichik bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi reklamaga qoʻyiladigan, shu jumladan, kripto-aktivlardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatning samaradorligi (daromadi) haqida vaʼdalar berish, kripto-aktivlar bilan bitimlarni tuzish boyishning yengil usuli ekanligi haqidagi maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanganligi hamda kripto-aktivlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov yoki toʻlovni qabul qilish vositasi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno) sifatida qoʻllanilishi mumkin emasligi haqidagi talablarga rioya qilish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 4-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kripto-doʻkon oʻz faoliyatini faqat elektron platforma orqali amalga oshirish jarayonida mijozlarining mablagʻlarini tranzaksiya amalga oshirilgan va maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrida tegishli yozuv paydo boʻlgan paytdan boshlab Agentlik tomonidan belgilangan muddatda saqlash huquqiga ega”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 6-band “v” kichik bandi “qoʻllanilishi” soʻzidan keyin “, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 07/25/359/1106-son)