Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3698]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-oktabr,
25/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 14-oktabrdagi 25/6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
oʻlchovli oltin quymalar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan muomalaga chiqarilgan hamda OʻzDSt 1174:2020 “Oʻlchovli oltin quymalar. Texnikaviy shartlar” talablariga mos keladigan oʻlchovli quymalar;
mijoz — oʻlchovli oltin quymalarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olish va qaytarib sotish hamda qimmatbaho metallarni elektron (jismoniy boʻlmagan) koʻrinishda sotib olish va qaytarib sotishni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar;
metall hisobvaragʻi — banklar tomonidan mijozlarga qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni hisobini yuritish uchun ochiladigan hisobvaraq;
qimmatbaho metallarning egasizlantirilgan (jismoniy boʻlmagan) hisobvaragʻi — banklar tomonidan qimmatbaho metallarni elektron koʻrinishda, alohida belgilarsiz (seriya raqami, ishlab chiqaruvchisi, asillik darajasi) hisobini yuritish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochiladigan metall hisobvaraq.
qimmatbaho metallarni masʼul saqlash hisobvaragʻi — oʻlchovli oltin quymalarni ularning individual belgilarini saqlab qolgan holda masʼul saqlash hamda jismoniy shaklda hisobga olish uchun bank tomonidan mijozga ochiladigan metall hisobvaraq.
2. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan tayyorlangan, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oʻlchovli oltin quymalarni Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat banklari orqali sotish va qaytarib sotib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyundagi 412-son “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Mazkur Nizomda qimmatbaho metallar bilan bogʻliq quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
mijozlar tomonidan oʻlchovli oltin quymalarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olish va qaytarib sotish;
banklar tomonidan oʻlchovli oltin quymalarni Markaziy bankdan sotib olish orqali sotish va qaytarib sotib olish;
banklar tomonidan qimmatbaho metallarni elektron (jismoniy boʻlmagan) koʻrinishda sotish va qaytarib sotib olish.
2-bob. Oʻlchovli oltin quymalarni bankning mobil ilovasi orqali sotish va qaytarib sotib olish
4. Mijoz oʻlchovli oltin quymalarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olishi va qaytarib sotishi mumkin.
5. Oʻlchovli oltin quymalarni sotib olish va qaytarib sotish xizmatidan foydalanish uchun mijoz tegishli bankning mobil ilovasida Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) asosan raqamli identifikatsiyadan oʻtadi.
6. Bank va mijoz oʻrtasida oʻlchovli oltin quymalarni sotish va qaytarib sotib olish bankning mobil ilovasida oferta shartnomasini tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
7. Bankning mobil ilovasi orqali oʻlchovli oltin quymani sotib olish va sotish operatsiyasi Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) asosan mijoz tomonidan raqamli autentifikatsiya yordamida tasdiqlanishi lozim.
8. Oʻlchovli oltin quymalarni sotib olish va qaytarib sotishda toʻlov bankning mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtgan bank kartasi, bank hisobvaragʻi yoki elektron hamyon orqali amalga oshiriladi.
9. Toʻlov muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng bankning mobil ilovasida mijoz tomonidan sotib olingan oltin quymaning “maxfiy kod”i aks ettiriladi.
10. Mijoz yoki uning vakili (ishonchnoma asosida) oʻlchovli oltin quymalarni ular sotib olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida olib ketishi yoki oferta shartnomasida koʻrsatilgan shartlarga rozi boʻlgan holda bankda qimmatbaho metallarni masʼul saqlash hisobvaragʻida saqlash uchun qoldirishi mumkin.
11. Mijoz yoki uning vakili sotib olingan oʻlchovli oltin quymalarni bankdan olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vakilning ishonchnomasi hamda bankning mobil ilovasi orqali kelgan “maxfiy kod”ni taqdim etadi.
12. Oʻlchovli oltin quymalarni masʼul saqlashda ularning alohida belgilari (metall turi, asillik darajasi, vazni, ishlab chiqaruvchi tashkilot nomi, seriyasi) koʻrsatiladi.
13. Mijoz tomonidan oʻlchovli oltin quymalarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olish boʻyicha toʻlov amalga oshirilganda bank quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
debet “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi”;
kredit 29802 Toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun”.
14. Mijoz tomonidan sotib olingan, lekin besh ish kuni ichida olib ketilmagan oʻlchovli oltin quyma boʻyicha bank quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
debet 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar”;
kredit 96379 “Saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
15. Mijozga bankning mobil ilovasida quyidagi maʼlumotlar doimiy ravishda taqdim etib boriladi:
sotuv shaxobchalarida mavjud oʻlchovli oltin quymalar qoldigʻi;
oʻlchovli oltin quymalarning joriy sotish va qaytarib sotib olish narxlari;
sotuv shaxobchalarining manzili va telefon raqamlari.
16. Mijoz tomonidan sotib olingan va olib ketilgan oʻlchovli oltin quymalarni qaytarib sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyundagi 412-son “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Sotib olingan, biroq olib ketilmasdan bankning qimmatbaho metallarni masʼul saqlash hisobvaragʻida saqlanayotgan oʻlchovli oltin quymalar mijoz tomonidan bankning mobil ilovasi orqali qayta sotilishi mumkin.
3-bob. Banklar tomonidan oʻlchovli oltin quymalarni Markaziy bankdan sotib olish orqali mijozga sotish va qaytarib sotib olish
18. Bank oʻlchovli oltin quymalarni Markaziy bankdan shartnomaga asosan sotib olishi hamda mijozga mustaqil ravishda sotishi va qaytarib sotib olishi mumkin.
19. Bank Markaziy bankka shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda oʻlchovli oltin quymalarning kerakli miqdori va nominalini koʻrsatgan holda buyurtmanoma taqdim etadi.
20. Bank Markaziy bank tomonidan buyurtmanoma rasmiylashtirilgan sanadan boshlab ikki bank ish kuni ichida hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshirishi lozim.
21. Oʻlchovli oltin quymalar bankka buyurtmanoma rasmiylashtirilgan kundagi Markaziy bank tomonidan belgilangan narxda sotiladi.
22. Markaziy bank tomonidan oʻlchovli oltin quymalarni bankka sotish va qaytarib sotib olish narxi milliy valyutada Markaziy bank tomonidan marja va chegirmani qoʻllash orqali belgilanadi.
Bunda Markaziy bank foyda olish maqsadini koʻzlamaydi. Marja va chegirma miqdorlari operatsion xarajatlardan kelib chiqib belgilanadi.
23. Bank tomonidan sotib olingan oʻlchovli oltin quymalarni Markaziy bankdan olib ketish va qaytarib olib kelish xarajatlari shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Markaziy bankdan sotib olingan oʻlchovli oltin quymalar boʻyicha bank quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshiradi:
debet 19909 “Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun” (bank);
kredit 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar” (Markaziy bank);
debet 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar” (Markaziy bank);
kredit 102XX “Tegishli qimmatbaho metallar hisobvaragʻi” (Markaziy bank);
debet 10901 “Qimmatbaho metallar” (bank);
kredit 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar” (bank).
25. Mijozlar oʻlchovli oltin quymalarni tegishli bank filialida shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki yuridik shaxs vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida sotishi va qaytarib sotib olishi mumkin.
Bank tomonidan oʻlchovli oltin quymalarni mijozga bankning mobil ilovasi orqali sotish va qaytarib sotib olish ushbu Nizomning 2-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Markaziy bankdan sotib olingan oʻlchovli oltin quymalarni mijozga sotish va qaytarib sotib olish narxlari bank tomonidan London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining narxlari hamda oʻlchovli oltin quymalarga boʻlgan talab va taklifni hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilanadi hamda ushbu narxlarga bank tomonidan operatsion kun davomida oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
27. Oʻlchovli oltin quymalarni sotishda bank tomonidan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) bank tomonidan daromad olinganda (jismoniy shaxslar):
debet “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi” (toʻlov summasi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
debet 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (metall bahosi);
kredit 10901 “Qimmatbaho metallar” (metall bahosi);
debet 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (olingan daromad summasi);
kredit 45213 “Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalardan olingan daromad” (olingan daromad summasi);
2) bank tomonidan daromad olinganda (yuridik shaxslar):
debet “Yuridik shaxsning hisobvaragʻi” (toʻlov summasi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
debet 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (metall bahosi);
kredit 10901 “Qimmatbaho metallar” (metall bahosi);
debet 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (olingan daromad summasi);
kredit 45213 “Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalardan olingan daromad” (olingan daromad summasi);
3) bank tomonidan zarar koʻrilganda (jismoniy shaxslar):
debet “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi” (toʻlov summasi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
debet 55606 “Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar boʻyicha tijorat operatsiyalaridan koʻrilgan zararlar” (koʻrilgan zarar summasi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
debet 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (metall bahosi);
4) bank tomonidan zarar koʻrilganda (yuridik shaxslar):
debet Yuridik shaxsning hisobvaragʻi (toʻlov summasi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (metall bahosi);
debet 55606 “Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar boʻyicha tijorat operatsiyalaridan koʻrilgan zararlar” (koʻrilgan zarar summasi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (metall bahosi);
debet 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (metall bahosi);
kredit 10901 “Qimmatbaho metallar” (metall bahosi).
28. Oʻlchovli oltin quymalar jismoniy va yuridik shaxslardan qaytarib sotib olinganda “Qimmatbaho metallar” hisobvaragʻiga kirim qilinadi hamda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) bank tomonidan daromad olinganda (jismoniy shaxslar):
debet 10901 “Qimmatbaho metallar” (metall bahosi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
debet 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
kredit “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi” (toʻlov summasi);
debet 10901 “Qimmatbaho metallar” Olingan daromad summasi (toʻlov summasi);
kredit 45213 “Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalardan olingan daromad” (olingan daromad summasi);
2) bank tomonidan daromad olinganda (yuridik shaxslar):
debet 10901 “Qimmatbaho metallar” (metall bahosi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi;
debet 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
kredit Yuridik shaxsning hisobvaragʻi;
debet 10901 “Qimmatbaho metallar” (olingan daromad summasi);
kredit 45213 “Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalardan olingan daromad” (olingan daromad summasi);
3) bank tomonidan zarar koʻrilganda (jismoniy shaxslar):
debet 10901 “Qimmatbaho metallar” (metall bahosi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
debet 55606 “Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar boʻyicha tijorat operatsiyalaridan koʻrilgan zararlar” (koʻrilgan zarar summasi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
debet 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
kredit “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi”;
4) bank tomonidan zarar koʻrilganda (yuridik shaxslar):
debet 10901 “Qimmatbaho metallar” (metall bahosi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
debet 55606 “Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar boʻyicha tijorat operatsiyalaridan koʻrilgan zararlar” (koʻrilgan zarar summasi);
kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
debet 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (toʻlov summasi);
kredit Yuridik shaxsning hisobvaragʻi.
29. Bank tomonidan oʻlchovli oltin quymalarni mijozdan qaytarib sotib olishda qadoqning buzilishi yoki texnik talablarga mos kelmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, oʻlchovli oltin quymalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyundagi 412-son “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.
30. Bank tomonidan har bank ish kuni uchun London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi va Markaziy bankning shu kundagi valyuta kursi asosida oltinning hisob narxi aniqlanadi hamda bankning balansidagi 10901 “Qimmatbaho metallar” hisobvaragʻidagi oltin qoldiqlari qayta baholanadi.
31. London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining har bank ish kunidagi ertalabki fiksingi asosida shu kun uchun bir gramm oltinning hisob narxi hisoblanadi va Markaziy bankning shu kungi valyuta kursiga koʻpaytiriladi.
Bunda oltinning hisob narxi qimmatbaho metallar bilan bogʻliq buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirish hamda bankning mobil ilovasida eʼlon qilib borish uchun qoʻllaniladi.
32. Oltin qoldiqlarini har bank ish kuni uchun qayta baholash quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
PG/UZS = | PW | x ECB |
Y |
Bunda:
PG/UZ — bir gramm oltinning soʻmdagi narxi (natija 2 xonali songacha yaxlitlanadi);
PW — London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi (doll./tr.uns.);
Y — bir troy unsiyaning grammdagi ekvivalenti (1 tr. uns. = 31.1034768 gramm);
ECB — Markaziy bankning shu kundagi rasmiy valyuta kursi.
33. Oltin qoldiqlarini har bank ish kuni uchun qayta baholashda:
a) agar kunlik hisob narxi joriy balans qiymatidan yuqori boʻlsa, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
debet 10901 “Qimmatbaho metallar” (har bank ish kuni hisob narxida hisoblangan qimmatbaho metallning balans qiymati va qimmatbaho metallning joriy balans qiymati oʻrtasidagi farq summasi);
kredit 45403 “Valyuta qoldiqlarini qayta baholashdan olingan foyda”;
b) agar kunlik hisob narxi joriy balans qiymatidan past boʻlsa, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
debet 55304 “Valyuta qoldiqlarini qayta baholashdan koʻrilgan zararlar” (har bank ish kuni hisob narxida hisoblangan qimmatbaho metallning balans qiymati va qimmatbaho metallning joriy balans qiymati oʻrtasidagi farq summasi);
kredit 10901 “Qimmatbaho metallar”.
4-bob. Banklar tomonidan qimmatbaho metallarni elektron (jismoniy boʻlmagan) koʻrinishda sotish va qaytarib sotib olish
34. Mijoz qimmatbaho metallarni sotib olish va qaytarib sotishni bankning filiallari, bank xizmatlari markazlari yoki bankning mobil ilovasi orqali amalga oshiradi.
35. Bank tomonidan mijozga qimmatbaho metallarni elektron (jismoniy boʻlmagan) koʻrinishda sotish va qaytarib sotib olish metall hisobvaraqlarni ochish, yuritish va yopish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
36. Metall hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish mijoz bilan bank oʻrtasida tuziladigan yozma shartnoma yoki mobil ilova orqali oferta shartnomasini tasdiqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
37. Mijozning metall hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3420, 2023-yil 8-fevral) asosan amalga oshiriladi.
38. Mijozning metall hisobvaraqlari tarkibida Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (roʻyxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr) muvofiq, qimmatbaho metallarning egasizlantirilgan (jismoniy boʻlmagan) hisobvaraqlari jismoniy shaxslar uchun 22644 “Mijozlarning metall hisobvaraqlari boʻyicha majburiyatlar” hamda yuridik shaxslar uchun mos ravishda 202XX talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar yoki 204XX jamgʻarma depozitlar hisobvaraqlari ochiladi hamda tegishli valyuta kodi (oltin 959, kumush 961) kiritiladi.
39. Elektron (jismoniy boʻlmagan) koʻrinishdagi qimmatbaho metall bank tomonidan mijozga sotish va qaytarib sotib olish obyekti boʻlib hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mijozga qimmatbaho metall jismoniy koʻrinishda berilishi taʼqiqlanadi.
40. Metall hisobvaraq orqali qimmatbaho metallarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olish va qaytarib sotish xizmati faqat bankning mobil ilovasida identifikatsiyadan oʻtgan mijozga taqdim etiladi.
41. Metall hisobvaraq orqali qimmatbaho metallarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olish va qaytarib sotishda Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) asosan mijoz raqamli autentifikatsiyadan oʻtadi.
42. Metall hisobvaraq orqali qimmatbaho metallarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olish va qaytarib sotishda toʻlov bankning mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtgan bank kartasi, bank hisobvaragʻi yoki elektron hamyon orqali amalga oshiriladi.
Toʻlov muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng, bank tomonidan bankning mobil ilovasi orqali mijozga elektron (jismoniy boʻlmagan) koʻrinishdagi qimmatbaho metall sotib olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma beriladi.
43. Qimmatbaho metallarni mijozga sotish va qaytarib sotib olish narxlari qimmatbaho metallarning jahon bozoridagi narxlarini hisobga olgan holda bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va ushbu narxlarga operatsion kun davomida oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
44. Qimmatbaho metallarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari banklarning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.
45. Elektron (jismoniy boʻlmagan) qimmatbaho metall (oltin) sotib olishda bank quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshiradi:
debet 17409 “Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha bank kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”;
kredit 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
debet 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
kredit 22644 “Mijozlarning metall hisobvaraqlari boʻyicha majburiyatlar”;
debet 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
kredit 45213 “45213 Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari boʻyicha daromadlari”;
debet 55114 “Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning oldi-sotdi hisobvaraqlari”;
kredit 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
debet 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari”;
yoki 22617 “Pensionerlarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlar”;
kredit 23514 “Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha oluvchining hisobvaraqlariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan bank kartalaridan kelib tushgan pul mablagʻlari”;
debet 23514 “Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha oluvchining hisobvaraqlariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan bank kartalaridan kelib tushgan pul mablagʻlari”;
kredit 17409 “Mijozlarning bank kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”.
46. Elektron (jismoniy boʻlmagan) metall (kumush) sotib olishda bank quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshiradi:
debet 17409 “Mijozlarning bank kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”;
kredit 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
debet 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
kredit 22644 “Mijozlarning metall hisobvaraqlari boʻyicha majburiyatlar”;
debet 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
kredit 45213 “Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari boʻyicha daromadlar”;
debet 55114 “Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning oldi-sotdi hisobvaraqlari”;
kredit 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
debet 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari”;
yoki 22617 “Pensionerlarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlar”;
kredit 23514 “Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha oluvchining hisobvaraqlariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan bank kartalaridan kelib tushgan pul mablagʻlari”;
debet 23514 “Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha oluvchining hisobvaraqlariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan bank kartalaridan kelib tushgan pul mablagʻlari”;
kredit 17409 “Mijozlarning bank kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”.
47. Elektron (jismoniy boʻlmagan) metall (oltin) sotishda bank quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshiradi:
debet 22644 “Mijozlarning metall hisobvaraqlari boʻyicha majburiyatlar”;
kredit 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
debet 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
kredit 23120 “Jismoniy shaxslarning bank kartalariga naqd pulsiz oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”;
debet 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
kredit 45213 “Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari boʻyicha daromadlari”;
debet 55114 “Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning oldi-sotdi hisobvaraqlari”;
kredit 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
debet 23120 “Jismoniy shaxslarning bank kartalariga naqd pulsiz oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”;
kredit 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari”;
yoki 22617 “Pensionerlarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlar” hisobvaragʻi.
48. Elektron (jismoniy boʻlmagan) metall (kumush) sotishda bank quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshiradi:
debet 22644 “Mijozlarning metall hisobvaraqlari boʻyicha majburiyatlar”;
kredit 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
debet 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
kredit 23120 “Jismoniy shaxslarning bank kartalariga naqd pulsiz oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”;
debet 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
kredit 45213 “Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari boʻyicha daromadlari”;
debet 55114 “Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar-Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning oldi-sotdi hisobvaraqlari”;
kredit 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”;
debet 23120 “Jismoniy shaxslarning bank kartalariga naqd pulsiz oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”.
kredit 22618 “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari”;
yoki 22617 “Pensionerlarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlar” hisobvaragʻi.
49. Qimmatbaho metallar metall hisobvaraqlariga alohida belgilarisiz (seriya raqami, ishlab chiqaruvchisi, asillik darajasi) kirim qilinadi.
50. Metall hisobvaraqlarning valyuta kodi oltin (959) va kumush (961) uchun gramm ekvivalentida ochiladi hamda London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxlari asosida har bank ish kuni qayta baholanadi.
51. Qimmatbaho metallarni mijozlarning metall hisobvaraqlari oʻrtasida oʻtkazish operatsiyalarini amalga oshirish uchun bank boshqa banklarda vakillik metall hisobvaragʻini ochishi mumkin.
52. Bank Markaziy bankda shartnoma asosida vakillik metall hisovaragʻini ochishi hamda Markaziy bank bilan elektron (jismoniy boʻlmagan) koʻrinishdagi qimmatbaho metallni olish va qaytarib sotish operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
53. Bank metall hisobvaraqlarni yuritishda Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalarida (roʻyxat raqami 3301, 2021-yil 7-may) nazarda tutilgan ochiq valyuta pozitsiyasi limitlariga rioya etishi lozim.
54. Metall hisobvaraq mijoz tomonidan yopilgan holatda metall hisobvaraqdagi qoldiqlar:
bank tomonidan sotib olinib, uning qiymati milliy valyutada mijozga naqd koʻrinishda beriladi yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
mijozning boshqa bankdagi metall hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
5-bob. Yakuniy qoida
55. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2025-y., 10/25/3698/1001-son)