23.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3693
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori, 23.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3693
Kuchga kirish sanasi
24.10.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3693]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-son “Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son “Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 2-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
293-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 10-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 2-oktabrdagi 293-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (bundan buyon matnda oilaviy MTT deb yuritiladi) tarbiyalanayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning (bundan buyon matnda ayrim toifadagi oilalar deb yuritiladi) farzandlari uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Ayrim toifadagi oilalarning farzandlari uchun kompensatsiya belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ayrim toifadagi oilalarning farzandlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali shakllantiriladi hamda “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimiga (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) uzatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ota-onalar toʻlovining bir qismi (bundan buyon matnda kompensatsiya deb yuritiladi) Davlat budjetidan qoplab beriladigan ayrim toifadagi oilalarning farzandlari roʻyxati (bundan buyon matnda roʻyxat deb yuritiladi) axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy MTTga qabul qilingan ayrim toifadagi oilalarning farzandlari soni mazkur Nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan miqdordan koʻp boʻlganda, roʻyxatga kiritish ularning oilaviy MTTga qabul qilingan sanasiga muvofiq ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ayrim toifadagi oilalarning farzandlari boshqa maktabgacha taʼlim tashkilotiga oʻtkazilganligi, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan imtiyozlardan toʻliq foydalanib boʻlganligi sababli roʻyxatdan chiqarilganidan soʻng, ularning oʻrniga mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan ketma-ketlik asosida boshqa ayrim toifadagi oilalarning farzandlari uchun kompensatsiya belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim toifadagi oilalarning farzandlari boshqa oilaviy MTTga oʻtkazilganda, ular mazkur oilaviy MTTdagi kompensatsiya belgilanishi mumkin boʻlgan boʻsh oʻrinlarga mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan tartibda joylashtirilgan sanadan kompensatsiya toʻlash davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kompensatsiya belgilangan ayrim toifadagi oilalar farzandlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimida ularning ota-onalari shaxsiy kabinetida aks etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ayrim toifadagi oilalar farzandlari uchun kompensatsiya belgilanganligi yoki toʻxtatilganligi haqida ularning ota-onalari mobil ilova hamda telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborish orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomada bolaning ismi, familiyasi va otasining ismi, kompensatsiya belgilangan yoki toʻxtatilgan sana hamda kompensatsiya miqdori koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Toʻlovlarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ayrim toifadagi oilalarning ota-onalar toʻlovini qoplash uchun oilaviy MTTga kompensatsiya tegishli hududda 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar toʻlovining 40 foizi miqdorida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya oilaviy MTTga haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib chiqib, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan oilaviy MTT oʻrtasida tuzilgan bitimda belgilangan oʻrinlarning 15 foizidan koʻp boʻlmagan qismiga ajratiladi. Bunda, oʻrinlar soni qoldiqqa ega boʻlgan taqdirda, qoldigʻi 0,5 dan kichik boʻlgan sonlar 0 ga, 0,5 va undan yuqori boʻlgan sonlar esa 1 ga yaxlitlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya oilaviy MTTning hisobvaragʻiga ularga ajratiladigan boshqa subsidiyalar bilan birga toʻlab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kompensatsiyaning oylik toʻlovi summasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tarbiyalanuvchining haqiqiy davomatidan kelib chiqqan holda axborot tizimida hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ayrim toifadagi oila Ijtimoiy reyestrda “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilganda, kompensatsiya keyingi oʻn ikki oy mobaynida toʻlab boriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan oilaviy MTT oʻrtasida tuzilgan bitimga oʻzgartirishlar kiritilishi natijasida oʻrinlar soni kamaygan taqdirda, kompensatsiya toʻlanishi belgilangan ayrim toifadagi oilalar uchun kompensatsiya toʻlash boʻyicha imtiyozlar saqlab qolinadi. Bunda, mazkur Nizomning 8-bandi talablari hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oilaviy MTTga oʻtgan davr uchun toʻlanmagan yoki ortiqcha toʻlangan kompensatsiya keyingi oy uchun kompensatsiyalar tegishli summalari qoʻshilgan yoki kamaytirilgan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan muddat tugagan hollarda, ortiqcha toʻlangan kompensatsiya oilaviy MTTga ajratiladigan boshqa subsidiyalar hisobidan chegirib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan oilaviy MTT oʻrtasida tuzilgan bitim muddati tugaganda yoki bekor qilinganda ortiqcha toʻlangan kompensatsiya oilaviy MTT tomonidan Davlat budjetiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ayrim toifadagi oilalar farzandlarining oilaviy MTTga jalb etilishiga toʻsqinlik qilishga yoki boshqa koʻrinishda kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 10/25/3693/0973-son; 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)