20.10.2025 yildagi PQ-308-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va samarali foydalanish, taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻqitish tizimini takomillashtirish, uning sofligini saqlash va muntazam boyitib borish, zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash, xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar davlat tilini yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va samarali foydalanishga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat tilining sofligini saqlash va uning lugʻat boyligini muntazam oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash, bu borada sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar vakillari hamda xorijdagi vatandoshlarimizning davlat tilini oʻrganishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Respublikada davlat tili imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2020 — 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2025-2026-yillarda amalga oshirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning davriyligi asosida yangi avlodini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fanlar akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-iyunga qadar koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi”ni elektron shaklda tayyorlash va eʼlon qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-dekabrga qadar “Ona tili. Qomus” kitobining nashrga tayyorlanishi va chop etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat tilining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash borasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-mayga qadar oʻzbek tilini sunʼiy intellekt yordamida qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladigan platforma ishlab chiqish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 1-dekabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yangi qabul qilinayotgan atamalar boʻyicha jamoatchilik muhokamasida bildirilgan taklif, fikr va tavsiyalarni qayd etib boruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tasdiqlangan yangi soʻz va atamalarni oʻzida aks ettiradigan elektron reyestrni yurituvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) oʻzbek tilida chop etilgan sohaviy, izohli va imlo lugʻatlarini oʻzida jamlash va foydalanish uchun moʻljallangan elektron platformani yaratish boʻyicha ilmiy loyihaga tanlov eʼlon qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish hamda ilm-fan tili sifatida nufuzini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har yili oktabr oyida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻzbek tilining dunyo tillari oʻrtasida tutgan oʻrni va xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar oʻrtasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) oʻzbek tili boʻyicha respublika olimpiadasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “Oʻzbek tili — qalbim tarjimoni” koʻrik-tanlovini yuqori saviyada tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy, ijodiy, amaliy ishlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vazirlik va idoralar bilan birgalikda umummilliy diktant loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda vazirlik va idoralar 21-oktabr Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy, adabiy tadbirlar, yangi kitoblar taqdimotlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovini oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan birgalikda har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini oʻtkazib borsin. Bunda olimpiada gʻoliblarini respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda uning hududiy boʻlinmalarida mamlakatimizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet ellik talabalarni ular oʻqiyotgan oliy taʼlim tashkilotlari mablagʻlari hisobidan oʻzbek tiliga bepul oʻqitish kurslarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil davomida oʻz mablagʻlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan milliy madaniy markazlar vakillari uchun oʻzbek tiliga oʻqitish kurslarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Tashqi ishlar vazirligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Vatandoshlar” jamoat fondi mablagʻlari hisobidan xorijiy davlatlardagi oʻzbek diaspora tashkilotlari huzurida vatandoshlarning farzandlariga oʻzbek tilini oʻrgatishga ixtisoslashgan oʻquv markazlari tashkil etishga koʻmaklashish, ularni zarur oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar va adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yoshlar ishlari agentligi uch oy muddatda oʻzbek tilini boshqa millat va elatlar vakillari, xorijdagi vatandoshlarning farzandlarini, oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolarini oʻqitish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasi bilan hamkorlikda alohida sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilini oʻrgatish modulini ishga tushirsin. Bunda oʻzbek modulini yaratish uchun xarajatlar Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Adliya vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib vazirliklar va idoralar rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-308-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2025-2026-yillarda amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish

1.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, xususan, taʼlim boshqa tillarda olib boriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish tizimini takomillashtirish.

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanma ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Ijrochilarning mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi

2. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobini yaratish va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish.

2026-yil sentabr

3. Bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha animatsion video va audio mahsulotlar yaratish.

2026-yil noyabr

2.

Taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatishga oid oʻquv-metodik va pedagogik qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratish boʻyicha amaliy va innovatsion loyihalar amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish.

1. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qilish.

2025-yil noyabr-dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2. Loyiha doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida oʻquv-metodik va pedagogik qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratish.

2026-yil sentabr

3.

Taʼlim oʻzbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida, akademik litseylar hamda texnikumlarda (boshlangʻich taʼlim dasturlari oʻqitiladigan) oʻzbek tilini oʻrgatishga, bilimini mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi oʻquv-metodik qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar yaratish hamda oʻzbek tilini oʻqitish tizimini takomillashtirish.

1. Oʻquv-metodik qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar yaratish boʻyicha 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil aprel

Davlat budjetidan mazkur maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobidan

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

vazirliklar va idoralar

2. Oʻzbek tili fanidan yangi oʻquv adabiyotlari, koʻrgazmali materiallarni davriyligidan kelib chiqib yaratish.

3. Oʻzbek tili fanidan qoʻshimcha audio va video qoʻllanmalar yaratish hamda ularni ommalashtirish.

4. Oʻquvchining nutqiy va lingvistik koʻnikmalarini rivojlantiruvchi, oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini oʻzlashtirish imkonini beruvchi oʻquv dasturi yaratish.

2026-yildan chora-tadbirlar rejasi asosida

4.

Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining litsenziya talab va shartlarini davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish.

1. Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tili faniga ajratiladigan oʻquv soatlari hajmini davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun tasdiqlangan tayanch oʻquv rejaga muvofiq belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil fevral

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil mart

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

5.

“Ona tili. Qomus” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Ilmiy-ijodiy mualliflar guruhini shakllantirish.

2026-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Ona tili. Qomus” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish.

2026-yil davomida

6.

“Oʻzbek shevalarining izohli lugʻati”ni tayyorlash boʻyicha maqsadli ilmiy loyihani amalga oshirish.

1. Ilmiy-ijodiy mualliflar guruhlarini shakllantirish.

2026-yil aprel

-

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Shevaga oid soʻzlarni toʻplash boʻyicha tadqiqotlar olib borish.

2026-2027-yillar davomida

3. “Oʻzbek shevalarining izohli lugʻati”ni nashrga tayyorlash va chop etish.

2028-yil davomida

7.

Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlik sohasiga oid atamalarning izohli lugʻatini tayyorlash va nashr etish.

1. Ilmiy-ijodiy mualliflar guruhlarini shakllantirish.

2026-yil aprel

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2. Sohaga oid soʻz va atamalarni toʻplash boʻyicha tadqiqotlar olib borish.

3. Izohli lugʻatni nashrga tayyorlash va chop etish.

2026-yil davomida

 

II. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanish, uning sofligini saqlash, boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish

8.

Respublika darajasidagi davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarida davlat tilida ish yuritish samaradorligini yanada oshirish.

1. Ishchi guruh tuzish va quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash:

rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisining vazifa va vakolatlari, faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlari;

rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisini ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.

2025-yil noyabr

-

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil dekabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil yanvar

9.

Davlat va nodavlat tele va radio kanallar boshlovchilarining oʻzbek adabiy tili boʻyicha nutq madaniyatini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Boshlovchilar roʻyxatini shakllantirish hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markaziga taqdim etish.

2. Markazda boshlovchilarning malakasini oshirish.

Doimiy ravishda

Buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston milliy media birlashmasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

10.

Koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi” tayyorlanishini tashkil qilish.

1. Koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi”ni tayyorlash boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.

2026-yil yanvar

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

vazirliklar va idoralar,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi”ni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlash boʻyicha aniq mexanizmlarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil fevral-mart

3. Hujjat loyihasini mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

2026-yil aprel

4. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil may

III. Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash

11.

Sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilidagi matnlarni ovozli nutqqa, nutqlarni matnga aylantiradigan, oʻzbek tilidan xorijiy tillarga, xorijiy tillardan oʻzbek tiliga tarjima qiladigan, video va fotosuratlardagi matnlarni oʻqib-oʻgirishga xizmat qiladigan sunʼiy intellekt platformasini yaratish.

1. Malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzish.

2026-yil yanvar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirliklar va idoralar

2. Sunʼiy intellekt platformasini ishlab chiqishning aniq mexanizmlarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

2026-yil yanvar-fevral

3. Hujjat loyihasini mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

2026-yil mart

4. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

5. Sunʼiy intellekt platformasini yaratish va ishga tushirish.

belgilangan muddatda

12.

Yangi qabul qilinayotgan atamalar bilan bogʻliq barcha maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi elektron platforma boʻyicha ilmiy loyihaga tanlov eʼlon qilish.

1. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy loyiha eʼlon qilish.

2025-yil noyabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Platformani ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

Belgilangan muddatda

IV. Davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

13.

Qoʻshni respublikalardagi taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilidagi oʻquv qoʻllanmalar, darslik va boshqa adabiyotlarni (jumladan, elektron shaklda) belgilangan tartibda yetkazib berish.

1. Mazkur taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilidagi qoʻllanma, darslik va boshqa adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish.

2025-yil dekabr

Ijrochilarning mablagʻlari

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi

2. Ushbu muassasalar uchun oʻzbek tilidagi oʻquv qoʻllanmalar, darslik va boshqa adabiyotlarning elektron shaklini tayyorlash.

2026-yil iyun

3. Mazkur elektron oʻquv qoʻllanmalar, darslik va boshqa adabiyotlarni qoʻshni davlatlardagi tegishli taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkazib berish.

2026-yil avgust

14.

Xorijiy davlatlardagi oʻzbek diaspora tashkilotlari huzurida vatandoshlarning farzandlariga oʻzbek tilini oʻrgatishga ixtisoslashgan oʻquv markazlari tashkil etishga koʻmaklashish, ularni zarur oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar va adabiyotlar bilan taʼminlash.

1. Xorijiy davlatlardagi oʻzbek diaspora tashkilotlari bilan muloqot olib borish natijalariga koʻra xorijdagi vatandoshlarning farzandlariga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv markazlari tashkil etish loyihalarini shakllantirish.

2026-yil fevral

“Vatandoshlar” jamoat fondi mablagʻlari hisobidan

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita,

Tashqi ishlar vazirligi,

“Vatandoshlar” jamoat fondi

2. Oʻquv markazlarini oʻzbek diasporasi vakillari zich yashaydigan hududlarda ustuvorlik asosida bosqichma-bosqich tashkil etib borish.

3. Oʻquv markazlari uchun zarur oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar, adabiyotlar va boshqa anjomlar yetkazib berilishini taʼminlash.

Doimiy

15.

“Oʻzbek tilining jahon miqyosida oʻrni va nufuzini oshirish istiqbollari” mavzusida anʼanaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.

1. Tashkiliy qoʻmita tuzish, konferensiya asosnomasini shakllantirish va uni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

2026-yil mart

Ijrochilarning mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi

2. Konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazib borish.

2026-yil oktabrdan boshlab doimiy

16.

Oʻzbek tili boʻyicha olimpiadalarni tashkil etib borish.

1. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazib borish.

2026-yildan boshlab har yili

Ijrochilarning mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Bunda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi gʻoliblarini respublika oliy taʼlim muassasalarining filologiya va tillar oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlariga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

2. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻzbek tili oʻqituvchilari oʻrtasida Erkin Vohidov nomidagi “E, Voh” respublika oʻzbek tili olimpiadasini anʼanaviy tarzda tashkil etish.

2026-yildan boshlab

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“UzReport” axborot agentligi,

Xalqaro Nordik universiteti

17.

Oʻzbek tilini boshqa millat va elatlar vakillari, xorijdagi vatandoshlarning farzandlariga, oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolariga oʻrgatish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasi bilan hamkorlikda alohida sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilini oʻrgatish modulini ishga tushirish.

1. “Ibrat farzandlari” loyihasining sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilini oʻrgatish modulini ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi

2. “Ibrat farzandlari” loyihasining sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilini oʻrgatish modulini ishga tushirish.

2026-yil yanvar

V. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarga davlat tilini oʻrganishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

18.

Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlar vakillariga davlat tilini oʻrgatishga moʻljallangan oʻquv-metodik qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar yaratish.

1. 2025-2026-yillarga moʻljallangan qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

2025-yil dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

2. Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish.

Reja-jadvalga muvofiq

19.

Mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan milliy madaniy markazlar vakillari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻyish.

1. Respublikadagi milliy madaniy markazlar kesimida oʻzbek tilini oʻrganishga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.

2025-yil noyabr

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi

2. Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda kurslarni tashkil etish.

2026-yil yanvardan

20.

Ommaviy axborot vositalari va davriy nashrlarda davlat tilini oʻrganishga bagʻishlangan turkum dasturlar tashkil qilish.

Ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda davlat tilini oʻrganishga bagʻishlangan koʻrsatuvlar, eshittirishlar tashkil etib, maqolalar eʼlon qilib borish.

Doimiy

Ijrochilarning mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

21.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda uning hududiy boʻlinmalarida mamlakatimizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalarni oʻzbek tiliga bepul oʻqitish kurslarini tashkil etish.

1. Talabalar roʻyxatini shakllantirish va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markaziga taqdim etish.

2025-yil dekabr

Oliy taʼlim tashkilotlari mablagʻlari hisobidan

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

 oliy taʼlim tashkilotlari

2. Talabalar sonidan kelib chiqib, hududlar kesimida grafikka muvofiq oʻquv kurslarini tashkil etish.

2026-yil yanvar oyidan boshlab

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 07/25/308/0957-son)