14.10.2025 yildagi PQ-302-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suvdan oqilona foydalanish va suv resurslarini samarali boshqarish, suv monitoringi, hisobi va hisobotini yuritishni taʼminlash, shuningdek, ushbu jarayonlarga xususiy sektorni keng jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 160 ta “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish, ularda shtatlarni egiluvchan boshqarish tizimini joriy qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarining 50 foizini 2026-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish boʻyicha Namangan viloyatining namunali tajribasini inobatga olgan holda 2027-yil yakuniga qadar viloyatdagi 100 foiz nasos stansiyalari davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida 141 ta tumanda kamida 3,5 ming gektar yer maydonida oʻquv dala-shiyponlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) suv resurslarini boshqarish va ularning hisobini shaffof yuritish boʻyicha Doʻstlik tumanida amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 437 ta fermer xoʻjaligi tomonidan foydalanilgan suv hajmi va suv isteʼmolini shaffof kuzatib borish, ajratilgan suv resurslarini belgilangan limitlar doirasida yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 1 804 ta “aqlli” suv hisoblagich uskunalarini oʻrnatish hamda yiliga 107 million kub metrgacha yoki 33 foiz suv resurslarini iqtisod qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) sugʻorish tarmoqlarining 159 km qismini betonlashtirish va 541 km qismini texnik soz holatga keltirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari (keyingi oʻrinlarda — Suv yetkazib berish xizmatlari) faoliyatini yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ehtiyoj va moliyaviy imkoniyatlarni inobatga olgan holda shtatlarni egiluvchan boshqarish tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) suv resurslaridan oqilona foydalanishidan kelib chiqib, Suv yetkazib berish xizmatlari xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ni belgilash va ular asosida ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Suv yetkazib berish xizmatlarining moliyaviy mustaqilligini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, ularga quyidagi qoʻshimcha vakolatlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) moliyaviy holatdan kelib chiqib hamda mavsumga qarab mustaqil ravishda shtat birliklari sonini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizi miqdoridagi mablagʻlar hisobidan moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shu jumladan, quyidagilarni moliyalashtirish uchun mablagʻlarni mustaqil yoʻnaltirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish materiallari (sement, qum-shagʻal, tayyor beton va inert materiallari)ni xarid qilish hamda betonlashtirish ishlariga jalb qilingan xodimlarni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) maxsus texnika (beton aralashtirgich, yuk koʻtargich, yuk avtomobili, ekskavator va boshqalar) xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) zarur boʻlgan uskuna va jihozlar (maxsus kiyim-bosh, skuter, velosiped, suv oʻlchash uskunalari, planshet va boshqalar) xarid qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda Suv yetkazib berish xizmatlari tomonidan mustaqil ravishda shtat birliklar sonini belgilash tartibini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Suv yetkazib berish xizmatlari rahbar xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash tartibi boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyi boʻgʻin xodimlarining suv resurslaridan oqilona foydalanishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab tuman uchun olingan suv hajmi hamda yakuniy isteʼmolchilarga yetkazilgan suv hajmi orasidagi farqqa (suv yoʻqotishlariga) mutanosib ravishda xodimlarning lavozim maoshiga oylik ustama belgilash nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Suv resurslarini boshqarishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Namangan viloyati hokimligi va Suv xoʻjaligi vazirligining nasos stansiyalari va ularga biriktirilgan maydonlarda joylashgan sugʻorish tarmoqlarini “bir nasos — bir tizim” tamoyili boʻyicha davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish, yaʼni suvdan foydalanuvchilarga suvni bevosita xususiy sherik tomonidan yetkazib berish tizimini (Chortoq tajribasi) yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Chortoq tajribasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) nasos stansiyalari va sugʻorish tarmoqlari agar ularga sugʻorish uchun biriktirilgan maydonlarda bir nechta suv isteʼmolchilari mavjud boʻlsa, ular orasidan kelishilgan holda bitta talabgorga istisno tariqasida davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) nasos stansiyalari va sugʻorish tarmoqlari agar ularga sugʻorish uchun biriktirilgan maydonlarda bitta suv isteʼmolchisi mavjud boʻlsa, unga istisno tariqasida davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga olingan sugʻorish tarmoqlariga oʻrnatilgan va soliq organlarining maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilingan suvni real vaqt rejimida oʻlchash qurilmalari orqali hisoblangan suv soligʻi tushumining 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari tomonidan xususiy sherikka toʻlab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga olgan xususiy sherik zimmasiga, shu jumladan, quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) suv isteʼmolchilari va aholi tomorqalarini belgilangan tartibda suv olish limiti doirasida suv bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mavjud barcha suv xoʻjaligi obyektlarini davlat sherigi bilan kelishilgan holda boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) suv hisobi va hisobotining, shu jumladan, avtomatlashtirilgan tizimlar orqali toʻliq yuritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) xizmat koʻrsatish hududidagi barcha suv xoʻjaligi obyektlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda suv omborlari va yirik kanallarni toʻyintiruvchi nasoslardan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yilda Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida nasos stansiyalarining 50 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil yakuniga qadar Namangan viloyatida 100 foiz nasos stansiyalari davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, “Agrobank” ATB bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrdan boshlab suv xoʻjaligi sohasi, dehqon va fermer xoʻjaliklari vakillariga Chortoq tajribasi asosida nasos stansiyalari va sugʻorish tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berishning mazmun va mohiyati, afzalliklari hamda tartib va shartlarini tushuntirish boʻyicha alohida reja-grafik asosida seminar-treninglar tashkil qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Agrobank” ATBga 2025-2026-yillarda “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida har bir tumanda bittadan fermer xoʻjaligining paxta va gʻalla maydonlarida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hamda oʻquv dala-shiyponlarini tashkil etish boʻyicha namunaviy loyihalarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari hamda “Agrobank” ATB bilan birgalikda bir oy muddatda oʻquv dala-shiyponlarida seminar-treninglar tashkil etish boʻyicha reja-grafikni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tuman hokimlari seminar-treninglarda dehqon va fermer xoʻjaliklari vakillarining ishtirokini taʼminlashga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Agrobank” ATB, Oʻzbekiston fermerlari kengashi hamda Jizzax viloyati hokimligining suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Doʻstlik tumanida 2026-yil 1-yanvardan boshlab ilgʻor xorijiy tajriba asosida Suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish va hisobini yuritish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Tajriba-sinov loyihasi)ni amalga oshirish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Tajriba-sinov loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgani va davlat ekspertizasidan oʻtkazilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Tajriba-sinov loyihasi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar kooperativi (keyingi oʻrinlarda — Kooperativ)ni tashkil qilgan holda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi, bunda Kooperativning Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida “Agrobank” ATB tomonidan imtiyozli kredit ajratilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Adliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi va Jizzax viloyati hokimligi Doʻstlik tumanida Kooperativ tashkil etilishiga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilansinki, Kooperativ tashkil etilgandan soʻng yangi hisobot yilidan boshlab “Doʻstlik tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining vazifa va funksiyalari Kooperativga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish yuzasidan Kooperativ bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik bitimi tuzilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) irrigatsiya tizimi va fermerlararo sugʻorish tarmoqlaridagi suv taqsimlash va suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobini yuritishning muqobil energiya manbalari asosida ishlaydigan avtomatlashgan zamonaviy qurilmalar bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Kooperativ tomonidan kamida 21 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ajratilgan suv resurslarini belgilangan suv olish limitlari doirasida har bir isteʼmolchiga yetkazib berish hamda irrigatsiya tizimi va fermerlararo sugʻorish tarmoqlarini texnik soz holda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) har bir isteʼmolchi tomonidan foydalanilgan suv hajmi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni suv xoʻjaligi hamda soliq organlariga taqdim qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) real vaqt rejimida suv isteʼmolini shaffof kuzatish imkonini beruvchi “Vaziyatlar markazi” axborot tizimini yaratish hamda Suv xoʻjaligi vazirligining maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) suv isteʼmolchilariga suvni yetkazib berish xizmatlari boʻyicha toʻlov miqdorini Kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilish qaroriga muvofiq belgilash va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar Kooperativni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) suv isteʼmolchilariga koʻrsatilgan suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlardan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-2027-yillarda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning “Doʻstlik tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga tushishi belgilangan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Kooperativ va suv isteʼmolchilari oʻrtasida suv yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar shartlarini buzganlik uchun undiriladigan jarimalarning Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismining 40 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xalqaro moliya institutlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish reglamenti hamda tegishli hujjatlar (konsepsiya, loyihani baholash hujjati, moliyaviy model, bitim) namunalarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Moliyaviy resurslar va imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Suv yetkazib berish xizmatlariga mahalliy budjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdori hududlar kesimida har yili mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda indeksatsiya qilib borilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bir oy muddatda Suv yetkazib berish xizmatlariga 2025-yil uchun mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlarni indeksatsiyani hisobga olgan holda belgilangan tartibda qayta hisoblab, ajratilmasdan qolgan qismi ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar Tajriba-sinov loyihasini respublikaning boshqa hududlarida joriy etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev — belgilangan topshiriq va vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishini har oyda muhokama qilib, tizimli nazorat oʻrnatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari M. Abdullayev — Suv yetkazib berish xizmatlarining faoliyati samaradorligini, shu jumladan, moddiy-texnik resurslardan mustaqil foydalanishini taʼminlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosarlari A. Xaydarov, S. Sadullayev — moliyaviy masalalar bilan bogʻliq belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev, iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari I. Umrzakov — suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berishda belgilangan koʻrsatkichlarga erishish hamda bu borada samaradorlikni taʼminlashga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Suv xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qaror ijrosi boʻyicha masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari T.N. Butunbayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-302-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-oktabrdagi PQ-302-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlovlarni bekor qilish (2028-yil 1-yanvardan boshlab Doʻstlik tumanidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qarori bilan tasdiqlangan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 20-banddagi “25” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 21-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“koʻp yillik mehnati uchun 2026-yil 1-yanvardan boshlab har oylik lavozim maoshiga ustamalar (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 yildan 5 yilgacha — 0,2;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 yildan 10 yilgacha — 0,3;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 yildan 20 yilgacha — 0,4;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 yildan ortiq — 0,6”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 24-banddagi “50” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/302/0955-son)