24.07.2025 yildagi 466-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini muqobil manbalar hisobidan moliyalashtirish va samarali faoliyat yuritayotgan qishloq xoʻjaligi subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-son Farmoni hamda “Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 28-martdagi PQ-131-son qaroriga muvofiq paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini muqobil manbalar hisobidan moliyalashtirish va birjada sotishni ragʻbatlantirish orqali hisob-kitob intizomini mustahkamlash, shuningdek, samarali faoliyat yuritayotgan qishloq xoʻjaligi subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi subyektlariga oʻz mablagʻlari hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar hamda belgilangan muddatlarda qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga paxta xomashyosini yetishtirish va xarid qilish uchun ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosi yetishtirish va yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi ushbu bandda nazarda tutilgan nizomlarda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlari uchun zarur mablagʻlarning har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli hisob-kitoblarni taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalari, shu jumladan, chorvachilik xoʻjaliklari, fermer va dehqon xoʻjaliklari sugʻorish uchun foydalaniladigan nasos agregatlarini muqobil energiya manbalari bilan taʼminlash maqsadida quyosh panellari oʻrnatish uchun tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratilgan yoki kelgusida ajratiladigan tijorat kreditlarining 14 foiz punktidan yuqori, biroq 10 foiz punktidan oshmagan qismi Davlat budjetidan subsidiya sifatida qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar tomonidan sugʻorish uchun foydalaniladigan nasos agregatlari isteʼmol qilgan elektr energiyasining kamida 60 foizi muqobil energiya manbalaridan qoplanganda, ushbu korxonalarga elektr energiyasi xarajatlarining bir qismini qoplash uchun belgilangan tartibda ajratiladigan subsidiyalar ajratilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi subyektlari, shu jumladan, chorvachilik xoʻjaliklari, fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan sugʻorish uchun foydalaniladigan nasos agregatlarini muqobil energiya manbalari bilan taʼminlash maqsadida quyosh panellari oʻrnatish uchun tijorat banklarining milliy valyutada ajratgan kreditlarining 14 foiz punktidan yuqori, biroq 10 foiz punktidan oshmagan qismini qoplab berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi subyektlari tomonidan ekinlarni sugʻorish uchun foydalaniladigan nasos agregatlari isteʼmol qilgan elektr energiyasining kamida 60 foizi muqobil energiya manbalari hisobidan qoplanganda, ushbu korxonalarga elektr energiyasi xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan subsidiyalarni toʻxtatish yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda bir hafta muddatda qishloq xoʻjaligi subyektlariga, shu jumladan, chorvachilik xoʻjaliklari, fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan sugʻorishda foydalaniladigan nasos agregatlarini muqobil energiya manbalari bilan taʼminlash maqsadida quyosh panellari oʻrnatish uchun tijorat kreditlari ajratishni yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yilning 10-avgustiga qadar “Subsidiya.mf.uz” portalining Soliq qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, shuningdek, tijorat banklarining dasturiy taʼminotlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha yagona axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda integratsiya xarajatlari Davlat budjeti hisobidan amalga oshirilsin hamda ushbu portalga integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga tegishli vazirlik va idoralar masʼul etib belgilansin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorda belgilangan vazifalarning bajarilishiga masʼul etib Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda tijorat banklari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
466-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-son qaroriga
1-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi subyektlariga oʻz mablagʻlari hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, paxta xomashyosini yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi subyektlariga (paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalari bundan mustasno) oʻz mablagʻlari hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizini qoplab berish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiyalar birjada yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 28-martdagi PQ-131-son qarorining 8-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda sotilgan hamda Soliq qoʻmitasining bazasida roʻyxatga kiritilgan elektron hisobvaraq-faktura boʻyicha rasmiylashtirilgan paxta xomashyosi (shartnomadan ortiqcha hajm bundan mustasno) uchun ajratiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:

birja — Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi;

subsidiya — qishloq xoʻjaligi subyektlariga oʻz mablagʻlari hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda birjada yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 28-martdagi PQ-131-son qarorining 8-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan bir martalik ajratiladigan mablagʻ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchi — oʻz mablagʻlari hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda fyuchers, forvard va spot shartnomalari orqali birjada yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 28-martdagi PQ-131-son qarorining 8-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda sotgan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, paxta xomashyosini yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya.mf.uz” portali — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan maqsadli ajratiladigan subsidiyalarni olish uchun ariza berish, ularni koʻrib chiqish, subsidiya ajratish, real vaqt rejimida nazorat qilish bilan bogʻliq amaliyotlar bajariladigan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi;

elektron hisobvaraq-faktura (keyingi oʻrinlarda — EHF) — mahsulot (paxta xomashyosi) sotilgani va sotib olinganini tasdiqlovchi hamda elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimi operatorlari orqali taqdim etiladigan va qabul qilinadigan elektron hujjat.

3. Ushbu Nizomga asosan ajratiladigan subsidiya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.

Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemada ajratiladi.

4. Subsidiyalar qishloq xoʻjaligi subyektlariga oʻz mablagʻlari hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda birjada yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 28-martdagi PQ-131-son qarorining 8-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda sotganda har hosil yilidagi paxta xomashyosi boʻyicha rasmiylashtirilgan barcha EHFlar boʻyicha mavsum yakunida umumlashtirilgan holda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Nizom talablari Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlar hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan qishloq xoʻjaligi subyektlariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish

6. Subsidiya oluvchi “Subsidiya.mf.uz” portali orqali ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi arizani taqdim etish uchun belgilangan tartibda identifikatsiyadan oʻtadi.

7. Subsidiya oluvchi oʻz mablagʻlari hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda birjada yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 28-martdagi PQ-131-son qarorining 8-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda sotganda rasmiylashtirilgan EHF qiymatining 10 foizini qoplashga subsidiya olish uchun “Subsidiya.mf.uz” portaliga oʻzining shaxsiy kabineti orqali quyidagi maʼlumotlarini kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning toʻliq nomi;

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);

elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami;

pochta manzili;

EHF raqamlari va sanasi (integratsiya orqali);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank rekvizitlari (bank boʻlimi nomi, MFO va talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozitlar hisobvaragʻi/23210 maxsus hisobvaragʻi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Subsidiya.mf.uz” portalida subsidiya oluvchining quyidagi maʼlumotlari avtomatik ravishda shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning toʻliq nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy-huquqiy shakli xos raqami (THSH);

amalga oshirilayotgan faoliyat turi kodi (IFUT);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosini sotish boʻyicha birjada yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 28-martdagi PQ-131-son qarorining 8-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda tuzgan fyuchers, forvard va/yoki spot shartnomalari raqami, sanasi (integratsiya orqali);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EHF raqamlari va sanasi (integratsiya orqali).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Subsidiya.mf.uz” portali paxta xomashyosi birjada yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 28-martdagi PQ-131-son qarorining 8-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda sotilganda rasmiylashtirilgan EHF boʻyicha maʼlumotlar xato kiritilgan hollarda subsidiya oluvchini har bir xatolik boʻyicha avtomatik ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya oluvchining maʼlumotlarini koʻrib chiqish

8. Subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish va ariza shakllanishi jarayonida birja, Soliq qoʻmitasi va tijorat banklari oʻzlarining elektron maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan tizim orqali “Subsidiya.mf.uz” portalida avtomatik ravishda ishtirok etuvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) hisoblanadi.

9. Masʼul tashkilotlar besh ish kuni ichida subsidiya oluvchining maʼlumotlarini oʻzlarining maʼlumotlar bazasi bilan solishtirgan holda oʻrganib chiqadi va maʼlumotlarning haqqoniyligini quyidagi tartibda elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) orqali tasdiqlaydi:

Birja — paxta xomashyosini xarid qilish uchun birjada tuzilgan shartnomalarni, jumladan, ularning raqami, sanasi va bekor qilinmaganini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini hamda birjada tuzilgan shartnomalarga asosan sotilgan paxta xomashyosi boʻyicha rasmiylashtirilgan EHFlarni oʻrganib chiqadi va haqqoniyligini tasdiqlaydi, shuningdek, EHFlarga asossiz tuzatishlar kiritilishiga hamda bekor qilinishiga (zarur hollarda EHF boʻyicha ajratilgan subsidiyalarning qaytarilgan qismi bundan mustasno) yoʻl qoʻymaydi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari — subsidiya oluvchining bank rekvizitlarini (bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻini) solishtirib chiqadi hamda paxta xomashyosi haqiqatda qishloq xoʻjaligi subyektining oʻz mablagʻlari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetishtirilganini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizomning 7-bandida keltirilgan maʼlumotlar masʼul tashkilotlar tomonidan toʻliq tasdiqlangandan soʻng ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ariza “Subsidiya.mf.uz” portalida avtomatik ravishda shakllanadi.

Bunda ushbu Nizomning 7-bandida keltirilgan maʼlumotlar masʼul tashkilotlarning maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmasa va/yoki nomutanosibliklar aniqlansa, subsidiya olish uchun ariza shakllanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Subsidiya.mf.uz” portaliga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga va haqqoniyligiga subsidiya oluvchi hamda masʼul tashkilotlar, shuningdek, EHFlarga tuzatishlar kiritilmasligi va bekor qilinmasligiga Soliq qoʻmitasi javobgar hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)

4-bob. Subsidiyaning shakllanishi hamda uni ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Subsidiya oluvchi tomonidan barcha maʼlumotlar “Subsidiya.mf.uz” portaliga toʻliq kiritilib, ariza shakllantirilgandan soʻng ajratiladigan subsidiya miqdori (EHF qiymatining 10 foizi) avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ajratiladigan subsidiya miqdori shakllangandan soʻng besh ish kuni ichida subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Jamgʻarmaning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan “Subsidiya.mf.uz” portali orqali subsidiya oluvchining arizada koʻrsatilgan hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.

14. Quyidagi hollarda subsidiya ajratish rad etiladi:

a) subsidiya oluvchining oʻz arizasiga asosan;

b) paxta xomashyosi Jamgʻarmaning imtiyozli kreditlari hisobidan yetishtirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) paxta xomashyosi birja savdolari orqali sotilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) shartnoma va EHFda aks ettirilgan sana, raqam hamda hosil turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bir-biriga mos kelmaganda;
(14-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)

d) subsidiya oluvchi tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda keltirilmagan boshqa asoslar bilan subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

15. “Subsidiya.mf.uz” portalida subsidiya olish uchun ariza shakllanmaganda, subsidiya oluvchi xato va kamchiliklarni 30 kun davomida bartaraf qilgan holda ariza bilan qayta murojaat etishi mumkin.

16. Subsidiya oluvchi subsidiya ajratish rad etilganidan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

5-bob. Subsidiya mablagʻlaridan foydalanish

17. Subsidiya oluvchi:

oʻz hisobvaragʻiga tushgan subsidiya mablagʻlarini, birinchi navbatda, ajratilgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlarni, shuningdek, hisoblangan soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorliklarni soʻndirishga yoʻnaltiradi. Bunda soliqlar va majburiy toʻlovlar uchun oldindan toʻlovni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar va ularga hisoblangan foizlar, soliqlar va majburiy toʻlovlardan qarzdorlik boʻlmaganda, mablagʻlardan erkin foydalanadi;

subsidiya olish uchun bir martadan koʻp ariza berganda, har bir arizasi alohida koʻrib chiqiladi va belgilangan tartibda subsidiya toʻlab beriladi.

Subsidiya oluvchining tijorat kreditlari va unga hisoblangan foiz toʻlovlaridan qarzdorligi boʻlmaganda, mablagʻlar talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozitlar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

6-bob. Yakunlovchi qoida

18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Qishloq xoʻjaligi subyektlariga oʻz mablagʻlari hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Qishloq xoʻjaligi subyektlariga oʻz mablagʻlari hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Subsidiya oluvchi

Subsidiya olish uchun “Subsidiya.mf.uz” portali orqali arizaga ushbu Nizomning 7-bandida keltirilgan maʼlumotlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran

2-bosqich

Masʼul tashkilotlar

Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilingan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

“Subsidiya.mf.uz” portali

Subsidiya “ajratish” yoki “rad etish” toʻgʻrisida maʼlumotni avtomatik ravishda shakllantiradi va subsidiya oluvchini xabardor qiladi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Jamgʻarma, Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi

Subsidiya oluvchining hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻini avtomatik ravishda oʻtkazadi.

5 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi subyektlariga oʻz mablagʻlari hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi subyektlariga oʻz mablagʻlari hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizini qoplashga subsidiya olish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA

Yuridik shaxs nomi: _______________________________________________________________________
                                                                              (toʻliq)

______________________________________________________________________________

                       (roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma raqami va berilgan sanasi)

Tashkiliy-huquqiy shakli xos raqami (THSH): _________________________________________________

Amalga oshirilayotgan faoliyat turi kodi (IFUT): _____________________________________________

Elektron manzili: ________________________________________________________________________

Pochta manzili: ___________________________________________________________________________

STIR: ___________________________________________________________________________________

Bank MFO: _____________________, talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozitlar hisobvaragʻi/23210 hisobvaragʻi: ______________________________

Telefon raqami: ____________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

                                        (paxta xomashyosini sotib olgan tashkilotning nomi)

Shartnoma raqami: _______________________, sanasi:________________________

Shartnoma qiymati: _______________________________________________________________________

                                                                       (raqam va soʻz bilan yoziladi)

Elektron hisobvaraq-faktura raqami: __________________, sanasi: _______________

Oʻz mablagʻim hamda tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan holda birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizini qoplash uchun subsidiya ajratishingizni soʻrayman.

Elektron imzo (QR-kod)

20___ yil “____” ________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar hamda belgilangan muddatlarda qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar toʻliq qaytargan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, paxta xomashyosini yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi subyektlariga (paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalari bundan mustasno) ushbu imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 5 foiz punktini, shuningdek, shartnomada belgilangan muddatda toʻliq qaytarilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 2,5 foiz punktini subsidiya sifatida qaytarish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 31-dekabriga qadar toʻliq qaytargan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, paxta xomashyosini yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi subyektlariga (paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalari bundan mustasno) ushbu imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 5 foiz punktini, shuningdek, shartnomada belgilangan muddatda toʻliq qaytarilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 2,5 foiz punktini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qaytarish uchun bir marta ajratiladigan mablagʻ;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchi — paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun imtiyozli kredit olgan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, paxta xomashyosini yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi subyektlari (paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya.mf.uz” portali — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan maqsadli ajratiladigan subsidiyalarni olish uchun ariza berish, ularni koʻrib chiqish, subsidiya ajratish, real vaqt rejimida nazorat qilish bilan bogʻliq amaliyotlar bajariladigan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomga asosan ajratiladigan subsidiya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemada ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 5 foiz hamda 2,5 foiz punktini subsidiya sifatida qoplab berish uchun subsidiya oluvchilarga imtiyozli kredit bergan tijorat banklarining Bosh ofisi “Subsidiya.mf.uz” portali orqali elektron arizalarni yuboradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklari paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 5 foiz hamda 2,5 foiz punktini subsidiya sifatida qoplab berish yuzasidan arizani yuborish uchun tegishli axborot tizimlarining “Subsidiya.mf.uz” portaliga integratsiya qilinishini taʼminlaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Subsidiya oluvchi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini hosil yilining 31-dekabriga qadar toʻliq qaytargan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Subsidiya oluvchi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun olingan imtiyozli kreditlar va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini toʻliq qaytargandan soʻng tijorat bankining Bosh ofisi “Subsidiya.mf.uz” portaliga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi arizani quyidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning toʻliq nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kredit shartnomasi raqami va sanasi, shu jumladan, shartnomaosti hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchining bank rekvizitlari (bank boʻlimi nomi, MFO va talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozitlar hisobvaragʻi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar tijorat banki tomonidan har bir kredit oluvchi kesimida alohida yuboriladi.

Agarda ushbu bandda keltirilgan maʼlumotlar axborot tizimida mavjud boʻlmasa va/yoki nomutanosibliklar aniqlansa yoxud subsidiya oluvchi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan kreditlar va ularga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻlanmagan boʻlsa, subsidiya olish uchun ariza shakllanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar xato kiritilgan hollarda tijorat banki har bir xatolik boʻyicha avtomatik ravishda xabardor qilinadi.

8. “Subsidiya.mf.uz” portaliga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga va haqqoniyligiga tijorat banki javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar subsidiya oluvchiga taalluqli maʼlumotlar “Subsidiya.mf.uz” portaliga kiritilmagani aniqlanganda, subsidiya toʻlovlari tijorat banki hisobidan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya ajratish va subsidiya mablagʻlaridan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tijorat banki tomonidan barcha maʼlumotlar “Subsidiya.mf.uz” portaliga toʻliq kiritilib, ariza shakllantirilgandan soʻng ajratiladigan subsidiya miqdori (imtiyozli kredit boʻyicha foiz toʻlovining 5 foiz hamda 2,5 foiz punkti) avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ajratiladigan subsidiya miqdori shakllangandan soʻng besh ish kuni ichida subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Jamgʻarmaning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan “Subsidiya.mf.uz” portali orqali subsidiya oluvchining arizada koʻrsatilgan hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagi hollarda subsidiya ajratish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) subsidiya oluvchining oʻz arizasiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar va ularga hisoblangan foiz toʻlovlari hosil yilining 31-dekabriga qadar toʻliq toʻlanmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) avvalgi yillarda paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlardan muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) kredit shartnomasi va toʻlov maʼlumotlari bir-biriga mos kelmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda keltirilmagan boshqa asoslar bilan subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Subsidiya.mf.uz” portalida subsidiya olish uchun ariza shakllanmaganda, tijorat banki xato va kamchiliklarni 30 kun davomida bartaraf qilgan holda ariza bilan qayta murojaat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Subsidiya oluvchining soliqlar va majburiy toʻlovlardan qarzdorligi boʻlmaganda, subsidiya mablagʻlaridan erkin foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar hamda belgilangan muddatlarda qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tijorat banki

“Subsidiya.mf.uz” portali orqali arizaga Nizomning 7-bandida keltirilgan maʼlumotlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Imtiyozli kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari qaytarilgandan soʻng hosil yilidan keyingi yilning 31-yanvarigacha (2025-yil hosili uchun 2026-yilning 1-iyuligacha)

2-bosqich

“Subsidiya.mf.uz” portali

Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilingan maʼlumotlar avtomatik ravishda koʻrib chiqiladi.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

“Subsidiya.mf.uz” portali

Subsidiya “ajratish” yoki “rad etish” toʻgʻrisida maʼlumotni avtomatik ravishda shakllantiradi va tijorat bankini xabardor qiladi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Jamgʻarma,

Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi

Subsidiya oluvchining hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻini avtomatik ravishda oʻtkazadi.

5 ish kuni ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar hamda belgilangan muddatlarda qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarini subsidiya sifatida qaytarish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yuridik shaxs nomi: _______________________________________________________________________

                                                                                     (toʻliq)

_________________________________________________________________________________________

                         (roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma raqami va berilgan sanasi)

Tashkiliy-huquqiy shakli xos raqami (THSH): _________________________________________________

Amalga oshirilayotgan faoliyat turi kodi (IFUT): _____________________________________________

Elektron manzili: ________________________________________________________________________

Pochta manzili: ___________________________________________________________________________

STIR: ___________________________________________________________________________________

Bank MFO: _____________________, talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozitlar hisobvaragʻi/23210 hisobvaragʻi: _____________________________

Telefon raqami: ____________________________________________________

Kredit shartnomasi raqami: ____________________, sanasi: ___________________

Kredit shartnomasi qiymati, foizi: _________________________________________________________

___________________________________________________(raqam va soʻz bilan yoziladi)

Subsidiya sifatida qoplab beriladigan imtiyozli kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovining 5 foiz/2,5 foiz punkti miqdori: __________________________________

___________________________________ (raqam va soʻz bilan yoziladi)

Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni 20__ hosil yilining yakuniga (31-dekabrga) qadar soʻndirilgani sababli ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 5 foiz punktini/belgilangan muddatda qaytarilgan kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 2,5 foiz punktini subsidiya sifatida qaytarishingiz soʻraladi.

Tijorat banki boshqaruvi

raisi oʻrinbosari

Elektron imzo (QR-kod)

20___ yil “____” ________________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-son qaroriga
3-ILOVA

Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga paxta xomashyosini yetishtirish va xarid qilish uchun ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalarida paxta xomashyosini yetishtirish va qishloq xoʻjaligi subyektlaridan paxta xomashyosini xarid qilish uchun ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalarida paxta xomashyosini yetishtirish va qishloq xoʻjaligi subyektlaridan paxta xomashyosini xarid qilish uchun 12 oygacha muddatga ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovining 8 foiz punktidan yuqori, biroq 16 foiz punktdan oshmagan qismini qoplab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻ;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchi — tijorat kreditlari hisobidan ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalarida paxta xomashyosini yetishtirgan va qishloq xoʻjaligi subyektlaridan paxta xomashyosini xarid qilgan paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya.mf.uz” portali — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan maqsadli ajratiladigan subsidiyalarni olish uchun ariza berish, ularni koʻrib chiqish, subsidiya ajratish, real vaqt rejimida nazorat qilish bilan bogʻliq amaliyotlar bajariladigan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomga asosan ajratiladigan subsidiya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemada ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiya tijorat bankining kredit toʻlovi grafigiga asosan oyma-oy ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalarida paxta xomashyosini yetishtirish va qishloq xoʻjaligi subyektlaridan paxta xomashyosini xarid qilish uchun 12 oygacha muddatga ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovining 8 foiz punktidan yuqori, biroq 16 foiz punktdan oshmagan qismini qoplab berish uchun subsidiya oluvchilarga kredit bergan tijorat banklarining Bosh ofisi “Subsidiya.mf.uz” portali orqali elektron arizalarni yuboradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banklari ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalarida paxta xomashyosini yetishtirish va qishloq xoʻjaligi subyektlaridan paxta xomashyosini xarid qilish uchun ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish yuzasidan arizani yuborish uchun tegishli axborot tizimlarining “Subsidiya.mf.uz” portaliga integratsiya qilinishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Subsidiya oluvchi ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalarida paxta xomashyosini yetishtirish va qishloq xoʻjaligi subyektlaridan paxta xomashyosini xarid qilish uchun olgan tijorat kreditining asosiy qarzi hamda unga hisoblangan foiz toʻlovining 8 foiz punktini kredit toʻlovi grafigiga asosan toʻliq toʻlagan boʻlishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Subsidiya oluvchi ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalarida paxta xomashyosini yetishtirish va qishloq xoʻjaligi subyektlaridan paxta xomashyosini xarid qilish uchun olgan tijorat kreditlarining asosiy qarzi hamda unga hisoblangan foiz toʻlovining 8 foiz punktini kredit toʻlovi grafigiga asosan toʻliq toʻlagandan soʻng tijorat bankining Bosh ofisi “Subsidiya.mf.uz” portaliga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi arizani quyidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda yuboradi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning toʻliq nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosini yetishtirish hamda xarid qilish uchun olingan tijorat krediti shartnomasi raqami va sanasi, shu jumladan, shartnomaosti hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit toʻlovi grafigi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank rekvizitlari (bank boʻlimi nomi, MFO va 23210 maxsus hisobvaragʻi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar tijorat banki tomonidan har bir kredit oluvchi kesimida alohida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda ushbu bandda keltirilgan maʼlumotlar axborot tizimida mavjud boʻlmasa va/yoki nomutanosibliklar aniqlansa yoxud subsidiya oluvchi tomonidan kredit toʻlovi grafigiga asosan toʻlanishi lozim boʻlgan kreditlar va ularga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻlanmagan boʻlsa, subsidiya olish uchun ariza shakllanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar xato kiritilgan hollarda tijorat banki har bir xatolik boʻyicha avtomatik ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Subsidiya.mf.uz” portaliga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga va haqqoniyligiga tijorat banki javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar, subsidiya oluvchiga taalluqli maʼlumotlar “Subsidiya.mf.uz” portaliga kiritilmaganligi aniqlanganda, subsidiya toʻlovlari tijorat banki hisobidan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ariza shakllanishi hamda subsidiya ajratish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tijorat banki tomonidan barcha maʼlumotlar “Subsidiya.mf.uz” portaliga toʻliq kiritilib, ariza shakllantirilgandan soʻng ajratiladigan subsidiya miqdori (tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovining 8 foiz punktidan yuqori, biroq 16 foiz punktdan oshmagan qismi) avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ajratiladigan subsidiya miqdori shakllangandan soʻng besh ish kuni ichida subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Jamgʻarmaning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan “Subsidiya.mf.uz” portali orqali subsidiya oluvchining arizada koʻrsatilgan hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagi hollarda subsidiya ajratish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) subsidiya oluvchining oʻz arizasiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) olingan tijorat krediti muddati 12 oydan koʻp boʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tijorat kreditining asosiy qarzi va unga hisoblangan foiz toʻlovining 8 foiz punkti kredit toʻlovi grafigiga asosan har oyda toʻliq toʻlanmaganda;
(12-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) kredit shartnomasi va toʻlov maʼlumotlari bir-biriga mos kelmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda keltirilmagan boshqa asoslar bilan subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Subsidiya.mf.uz” portalida subsidiya olish uchun ariza shakllanmaganda, tijorat banki xato va kamchiliklarni 5 ish kuni ichida bartaraf qilgan holda ariza bilan qayta murojaat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Subsidiya mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Subsidiyalar tijorat banki tomonidan ajratilgan kreditlarga hisoblangan foizlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Subsidiya hisobidan qaytariladigan kredit foizlarining hisobi tijorat banklari tomonidan 16325-sonli hisobvaraqlarda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga paxta xomashyosini yetishtirish va xarid qilish uchun ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga paxta xomashyosini yetishtirish va xarid qilish uchun ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tijorat banki

“Subsidiya.mf.uz” portali orqali arizaga Nizomning 8-bandida keltirilgan maʼlumotlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasigacha

2-bosqich

“Subsidiya.mf.uz” portali

Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilingan maʼlumotlar avtomatik ravishda koʻrib chiqiladi.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

“Subsidiya.mf.uz” portali

Subsidiya “ajratish” yoki “rad etish” toʻgʻrisida maʼlumotni avtomatik ravishda shakllantiradi va tijorat bankini xabardor qiladi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Jamgʻarma,

Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi

Subsidiya oluvchining hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻini avtomatik ravishda oʻtkazadi.

5 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga paxta xomashyosini yetishtirish va xarid qilish uchun ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalarida paxta xomashyosini yetishtirish va qishloq xoʻjaligi subyektlaridan paxta xomashyosini xarid qilish uchun ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yuridik shaxs nomi: _______________________________________________________________________

                                                                                                  (toʻliq)

_________________________________________________________________________________________

                       (roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma raqami va berilgan sanasi)

Tashkiliy-huquqiy shakli xos raqami (THSH): _________________________________________________

Amalga oshirilayotgan faoliyat turi kodi (IFUT): _____________________________________________

Elektron manzili: ________________________________________________________________________

Pochta manzili: ___________________________________________________________________________

STIR: ___________________________________________________________________________________

Bank MFO: _____________________, 23210 hisobvaragʻi: ______________________

Telefon raqami: ____________________________________________________

Kredit shartnomasi raqami: ____________________, sanasi: ___________________

Kredit shartnomasi qiymati, foizi: _____________________________________

________________________________________(raqam va soʻz bilan yoziladi)

Kredit toʻlovi grafigiga asosan toʻlangan summa miqdori: _____________________

__________________________________________________(raqam va soʻz bilan yoziladi)

Subsidiya sifatida qoplab beriladigan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovi miqdori (8 foiz punktidan yuqori, biroq 16 foiz punktdan oshmagan qismi): _________________________________

                                                                                                                                                                                                                                                                    (raqam va soʻz bilan yoziladi)

Kredit toʻlovi grafigiga asosan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berishingiz soʻraladi.

Tijorat banki boshqaruvi

raisi oʻrinbosari

Elektron imzo (QR-kod)

20___ yil “____” ________________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga oʻz mablagʻlari hisobidan yetishtirilgan hamda xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga oʻz mablagʻlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosi qiymatining 10 foizi hamda birjada tuzilgan shartnomalarga asosan paxta xomashyosini xarid qilganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizini qoplab berish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiyalar paxta xomashyosini yetishtirish uchun amalga oshirilgan toʻlov hujjatlari va qabul kvitansiyalari (PK-17) boʻyicha rasmiylashtirilgan, shuningdek, birjada tuzilgan shartnomalarga asosan xarid qilingan hamda Soliq qoʻmitasining bazasida roʻyxatga kiritilgan elektron hisobvaraq-faktura boʻyicha rasmiylashtirilgan paxta xomashyosi (shartnomadan ortiqcha hajm bundan mustasno) uchun ajratiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja — Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga oʻz mablagʻlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosi boʻyicha rasmiylashtirilgan qabul kvitansiyalaridagi (PK-17) paxta qiymati, biroq normativ hosildorlik miqdoridan oshmagan paxta qiymatining 10 foizini hamda birjada tuzilgan shartnomalarga asosan paxta xomashyosini xarid qilganda, rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan bir martalik ajratiladigan mablagʻ;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchi — oʻz mablagʻlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan hamda birjada tuzilgan shartnomalarga asosan paxta xomashyosini xarid qilgan paxta-toʻqimachilik klasteri hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya.mf.uz” portali — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan maqsadli ajratiladigan subsidiyalarni olish uchun ariza berish, ularni koʻrib chiqish, subsidiya ajratish, real vaqt rejimida nazorat qilish bilan bogʻliq amaliyotlar bajariladigan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hisobvaraq-faktura (keyingi oʻrinlarda — EHF) — mahsulot (paxta xomashyosi) sotilgani va sotib olinganini tasdiqlovchi hamda elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimi operatorlari orqali taqdim etiladigan va qabul qilinadigan elektron hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomga asosan ajratiladigan subsidiya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemada ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiyalar paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga oʻz mablagʻlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirish uchun amalga oshirilgan toʻlov hujjatlari va qabul kvitansiyalari (PK-17) boʻyicha, shuningdek, birjada tuzilgan shartnomalarga asosan xarid qilingan har hosil yilidagi paxta xomashyosi boʻyicha rasmiylashtirilgan barcha EHFlar boʻyicha mavsum yakunida umumlashtirilgan holda ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

birjada tuzilgan shartnomalarning har biri boʻyicha xarid qilingan paxta xomashyosi uchun hisob-kitoblar toʻliq subsidiya oluvchilarning oʻz mablagʻi hisobidan, jumladan, fyuchers shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblar moliya yilining 31-dekabriga qadar toʻliq pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilganda, subsidiya ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning imtiyozli kreditlari hamda tijorat kreditlari hisobidan xarid qilingan shartnomalar (2025-yil hosiliga qisman imtiyozli kredit olingan va yil yakuniga qadar soʻndirilgan shartnomalar bundan mustasno) boʻyicha subsidiya ajratilmaydi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Nizom talablari oʻz mablagʻlaridan boshqa mablagʻlar, jumladan, Jamgʻarmaning imtiyozli kreditlari va tijorat banklarining kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan va xarid qilgan paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga tatbiq etilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Subsidiya oluvchi “Subsidiya.mf.uz” portali orqali ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi arizani taqdim etish uchun belgilangan tartibda identifikatsiyadan oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Subsidiya oluvchi oʻz mablagʻlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosi qiymatining 10 foizini hamda birjada tuzilgan shartnomalarga asosan paxta xomashyosini xarid qilganda, rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizini qoplashga subsidiya olish uchun “Subsidiya.mf.uz” portaliga oʻzining shaxsiy kabineti orqali quyidagi maʼlumotlarini kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning toʻliq nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy-huquqiy shakli xos raqami (THSH);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirayotgan faoliyat turi kodi (IFUT);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini (STIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank rekvizitlari (bank boʻlimi nomi, MFO va 23210 maxsus hisobvaragʻi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻz mablagʻlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz mablagʻi hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosi boʻyicha rasmiylashtirilgan qabul kvitansiyalari (PK-17);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjada paxta xomashyosini sotib olish boʻyicha tuzilgan elektron shartnomalar (raqami va sanasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosi xaridi oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi elektron toʻlov hujjati (raqami va sanasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EHFlar raqamlari va sanasi (integratsiya orqali).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Subsidiya.mf.uz” portali paxta xomashyosini yetishtirish uchun amalga oshirilgan toʻlov hujjatlari va qabul kvitansiyalari (PK-17) boʻyicha maʼlumotlar, shuningdek, birjada tuzilgan shartnomalarga asosan xarid qilingan paxta xomashyosi boʻyicha rasmiylashtirilgan EHF yuzasidan maʼlumotlar xato kiritilgan hollarda subsidiya oluvchini har bir xatolik boʻyicha avtomatik ravishda xabardor qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya oluvchining maʼlumotlarini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish va ariza shakllanishi jarayonida birja, Soliq qoʻmitasi va tijorat banklari oʻzlarining elektron maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan tizim orqali “Subsidiya.mf.uz” portalida avtomatik ravishda ishtirok etuvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Masʼul tashkilotlar besh ish kuni ichida subsidiya oluvchining maʼlumotlarini oʻzlarining maʼlumotlar bazasi bilan solishtirgan holda oʻrganib chiqadi va maʼlumotlarning haqqoniyligini quyidagi tartibda elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) orqali tasdiqlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja — paxta xomashyosini xarid qilish uchun birjada tuzilgan shartnomalarni, jumladan, ularning raqami, sanasi va bekor qilinmaganini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini hamda birjada tuzilgan shartnomalarga asosan sotilgan paxta xomashyosi boʻyicha rasmiylashtirilgan EHFlarni oʻrganib chiqadi va haqqoniyligini tasdiqlaydi, shuningdek, EHFlarga tuzatishlar kiritilishiga va bekor qilinishiga (zarur hollarda EHF boʻyicha ajratilgan subsidiyalarning qaytarilgan qismi bundan mustasno) yoʻl qoʻymaydi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari — subsidiya oluvchining bank rekvizitlarini (bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻini) solishtirib chiqadi, paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini amalga oshirish uchun Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan imtiyozli kreditlar yoki tijorat kreditlari ajratilmaganini hamda paxta xomashyosi haqiqatda paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalarining oʻz mablagʻlari hisobidan yetishtirilganini va xarid qilinganini tasdiqlaydi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizomning 7-bandida keltirilgan maʼlumotlar masʼul tashkilotlar tomonidan toʻliq tasdiqlangandan soʻng ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ariza “Subsidiya.mf.uz” portalida avtomatik ravishda shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu Nizomning 7-bandida keltirilgan maʼlumotlar masʼul tashkilotlarning maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmasa va/yoki nomutanosibliklar aniqlansa, subsidiya olish uchun ariza shakllanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Subsidiya.mf.uz” portaliga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga va haqqoniyligiga subsidiya oluvchi hamda masʼul tashkilotlar, shuningdek, EHFlarga tuzatishlar kiritilmasligi va bekor qilinmasligiga Soliq qoʻmitasi javobgar hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Subsidiya shakllanishi hamda uni ajratish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Subsidiya oluvchi tomonidan barcha maʼlumotlar “Subsidiya.mf.uz” portaliga toʻliq kiritilib, ariza shakllantirilgandan soʻng ajratiladigan subsidiya miqdori (EHF qiymatining 10 foiz qismi) avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ajratiladigan subsidiya miqdori shakllangandan soʻng besh ish kuni ichida subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Jamgʻarmaning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan “Subsidiya.mf.uz” portali orqali subsidiya oluvchining arizada koʻrsatilgan hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagi hollarda subsidiya ajratish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) subsidiya oluvchining oʻz arizasiga asosan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) paxta xomashyosi Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlar yoki tijorat kreditlari hisobidan yetishtirilganda, shuningdek, ushbu kreditlar hisobidan xarid qilinganda;
(14-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) paxta xomashyosi birja savdolari orqali sotib olinmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) shartnoma va EHFda aks ettirilgan sana, raqam hamda hosil turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bir-biriga mos kelmaganda;
(14-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) subsidiya oluvchi tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) subsidiya miqdori EHF qiymatining 10 foiz qismidan oshganda;
(14-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) fyuchers shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblar pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilmaganda va toʻlovlar moliya yilining 31-dekabridan keyin toʻlanganda.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Subsidiya.mf.uz” portalida subsidiya olish uchun ariza shakllanmaganda, subsidiya oluvchi xato va kamchiliklarni 30 kun davomida bartaraf qilgan holda ariza bilan qayta murojaat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Subsidiya oluvchi subsidiya ajratish rad etilganidan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Subsidiya mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Subsidiya oluvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hisobvaragʻiga tushgan subsidiya mablagʻlarini, birinchi navbatda, ajratilgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlarni, shuningdek, hisoblangan soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorliklarni toʻlashga yoʻnaltiradi. Bunda soliqlar va majburiy toʻlovlar uchun oldindan toʻlovni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar va ularga hisoblangan foizlar, soliqlar va majburiy toʻlovlardan qarzdorlik boʻlmaganda, mablagʻlardan erkin foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya olish uchun bir martadan koʻp ariza berganda, har bir arizasi alohida koʻrib chiqiladi va belgilangan tartibda subsidiya toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya oluvchining tijorat kreditlari va unga hisoblangan foiz toʻlovlaridan qarzdorligi boʻlmaganda, mablagʻlar talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozitlar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Subsidiya oluvchi

Subsidiya olish uchun “Subsidiya.mf.uz” portali orqali arizaga Nizomning 7-bandida keltirilgan maʼlumotlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran

2-bosqich

Masʼul tashkilotlar

Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilingan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

“Subsidiya.mf.uz” portali

Subsidiya “ajratish” yoki “rad etish” toʻgʻrisida maʼlumotni avtomatik ravishda shakllantiradi va subsidiya oluvchini xabardor qiladi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Jamgʻarma,

Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi

Subsidiya oluvchining hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻini avtomatik ravishda oʻtkazadi.

5 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining 8 foizini qoplashga subsidiya olish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yuridik shaxs nomi: _______________________________________________________________________

                                                                                            (toʻliq)

_________________________________________________________________________________________

                            (roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma raqami va berilgan sanasi)

Tashkiliy-huquqiy shakli xos raqami (THSH): _________________________________________________

Amalga oshirilayotgan faoliyat turi kodi (IFUT): _____________________________________________

Elektron manzili: ________________________________________________________________________

Pochta manzili: ___________________________________________________________________________

STIR: ___________________________________________________________________________________

Bank MFO: ______________________, talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozitlar hisobvaragʻi/23210 hisobvaragʻi: ______________________________

Telefon raqami: __________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

                                     (paxta xomashyosini sotib olgan tashkilotning nomi)

Shartnoma raqami: _______________________, sanasi: ________________________

Shartnoma qiymati: _______________________________________________________________________

                                                                           (raqam va soʻz bilan yoziladi)

Elektron hisobvaraq-faktura raqami: ________________, sanasi: ______________

Oʻz mablagʻim hisobidan birjada tuzilgan shartnomalarga asosan paxta xomashyosini xarid qilganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 8 foizini qoplab berish uchun subsidiya ajratishingizni soʻrayman.

Elektron imzo (QR-kod)

                                                                             20___ yil “____” ________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-son qaroriga
5-ILOVA

Paxta xomashyosi yetishtirish va yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM

1. Ushbu Nizom 2022-2023-yillarda paxta xomashyosini yetishtirish va yigʻim-terimi xarajatlari uchun imtiyozli kredit sifatida ajratilib, keyin tijorat krediti stavkasida rasmiylashtirilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining 10 foizini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foiz toʻlovlari ushbu Nizom kuchga kirgan sanadan boshlab 2026-yilning toʻrtinchi choragi oxirigacha boʻlgan davr uchun taqdim etiladigan buyurtmalarga asosan 2027-yilning yanvar oyi yakuniga qadar qoplab beriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 6-avgustdagi 435-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2026-y., 09/26/435/0827-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik klasterlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularning faoliyati ochiqligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 6-martdagi 145-son qaroriga 3-ilovada keltirilgan hamda 2022-2023-yillarda paxta xomashyosini yetishtirish va yigʻim-terimi xarajatlari uchun imtiyozli kredit sifatida ajratilib, keyin tijorat krediti stavkasida rasmiylashtirilgan va bugungi kunda faoliyat yuritayotgan paxta-toʻqimachilik klasterlariga (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-son Farmonining 1-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq moliyaviy yordam olgan paxta-toʻqimachilik klasterlariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) orqali qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kreditlar boʻyicha qaytariladigan foiz toʻlovlarining hisobi tijorat banklari tomonidan 16325-sonli hisobvaraqlarda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining 10 foizini qoplab berish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini tijorat bankiga ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banki qarz oluvchiga 2022-2023-yillarda paxta xomashyosini yetishtirish va yigʻim-terimi xarajatlari uchun imtiyozli kredit sifatida ajratilib, keyin ushbu kredit tijorat stavkasida rasmiylashtirilgan shartnomaning nusxasini ilova qilgan holda Jamgʻarmaga yozma ravishda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qarz oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining murojaatiga asosan Jamgʻarma tijorat banki bilan 10 ish kuni ichida kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi bitimni tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tijorat banki kredit toʻlovi grafigiga muvofiq qarz oluvchi tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻliq toʻlangani toʻgʻrisidagi tasdiqlangan maʼlumotnomani hamda kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish uchun buyurtmani Jamgʻarmaga taqdim etadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki tomonidan buyurtmalar har chorak yakunida taqdim etiladi va taqdim etilgan buyurtmalarga oʻzgartirish kiritilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻlanmagan taqdirda, ushbu toʻlovlar kelgusi chorakdagi toʻlovlar bilan birga amalga oshirilgandan soʻng buyurtmaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish uchun taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻriligiga va haqqoniyligiga tijorat banki rahbarlari masʼul va javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamgʻarmada tijorat banklari tomonidan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish uchun taqdim etilgan buyurtmalarni oʻrganish yuzasidan komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibi Jamgʻarmaning boshqarish departamenti buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalariga asosan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qaroriga asosan Jamgʻarma 3 ish kun ichida tijorat bankini kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish maʼqullangani yoki rad etilgani toʻgʻrisida (asoslangan sabablarni koʻrsatgan holda) xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya tomonidan quyidagi hollarda kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga paxta xomashyosi xaridining yakuniy hisob-kitobi uchun kreditlar ajratilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng va/yoki undan past boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xorijiy valyutada ajratilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tijorat kreditlari 2022-2023-yillardan boshqa yilda paxta xomashyosini yetishtirish va yigʻim-terimi xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda keltirilmagan boshqa asoslar bilan subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qabul qilingan qarorga asosan Jamgʻarma 3 ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga buyurtmalarni umumlashtirgan holda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmalarda qayd etilgan mablagʻlarni 3 ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mablagʻlar oʻtkazib berilgandan soʻng, Jamgʻarma 3 ish kuni ichida kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq kredit foizini tegishli tijorat bankining hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Kredit foizini maqsadli sarflash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish kreditlar tijorat stavkasida rasmiylashtirilgan muddatdan kelib chiqqan holda haqiqatda qoldiq qarz summasiga nisbatan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kredit toʻlovi grafigi boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarning foiz toʻlovlarini qoplashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlari tijorat bankiga har chorakda keyingi oyning 15-sanasigacha taqdim etilgan buyurtmalar boʻyicha hisoblangan joriy foizlar miqdorida qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tijorat banki 1 ish kuni ichida Jamgʻarma tomonidan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun oʻtkazilgan mablagʻlarni qarz oluvchining hisoblangan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplashga yoʻnaltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlari summasi qarz oluvchiga hisoblangan foiz toʻlovlari miqdoridan koʻp boʻlganda, tijorat banki ortiqcha mablagʻni 2 ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Quyidagi hollarda kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish toʻxtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat krediti stavkasida rasmiylashtirilgan kreditning foiz stavkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat bankining kredit foizini qoplab berishni bekor qilish toʻgʻrisidagi murojaati mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida ajratilgan mablagʻlardan maqsadsiz foydalanilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maqsadsiz foydalanilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlari bitim shartlariga asosan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. 2022-2023-yillarda paxta xomashyosini yetishtirish va yigʻim-terimi xarajatlari uchun imtiyozli kredit sifatida ajratilib, keyin tijorat krediti stavkasida rasmiylashtirilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining 10 foizini qoplab berish maqsadida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosi yetishtirish va yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosi yetishtirish va yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tijorat banki

Kredit tijorat stavkasida rasmiylashtirilgan shartnomaning nusxasini ilova qilgan holda Jamgʻarmaga yozma ravishda murojaat qiladi.

2026-yilning IV choragi yakuniga qadar

2-bosqich

Tijorat banki

Jamgʻarma bilan qarz oluvchining kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi bitimni tuzadi.

10 ish kuni ichida

Kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish uchun Jamgʻarmaga buyurtmalar taqdim etadi.

Har chorak yakunida

3-bosqich

Jamgʻarma

Tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarni koʻrib chiqadi.

5 ish kuni ichida

Buyurtmalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Buyurtmalarda qayd etilgan mablagʻlarni Jamgʻarmaning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

1. Jamgʻarma

1. Kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq kredit foizini tegishli tijorat bankining hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

3 ish kuni ichida

2. Tijorat banki

2. Jamgʻarma tomonidan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun oʻtkazilgan mablagʻlarni qarz oluvchining hisoblangan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarini qoplashga yoʻnaltiradi.

1 ish kuni ichida

Kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlari summasi qarz oluvchiga hisoblangan foiz toʻlovlari miqdoridan koʻp boʻlganda, ortiqcha mablagʻni Jamgʻarmaga qaytaradi.

2 ish kunidan kechiktirmasdan

6-bosqich

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazorat qiladi.

2027-yilning yanvar oyi yakuniga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarorining 6-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2023 — 2025-yillarda tayyor holda import qilingan yangi zamonaviy gʻalla oʻrish kombaynlari va paxta terish mashinalari hamda ular bilan agregatlashgan holda ishlatiladigan traktorlarni qishloq xoʻjaligi subyektlariga imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish Jamgʻarma tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning imtiyozli qarz mablagʻlari hisobidan xarid qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan subsidiyalar qoʻllanmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 14-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Isteʼmolchilar yer maydonini sugʻorishda yondosh (boshqa) tumanning elektr tarmoqlari orqali sugʻorganda, ushbu tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari joylashgan tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻiga foydalanilgan elektr energiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“paxta xomashyosi va gʻalla yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Yagona billing tizimi va Soliq qoʻmitasining “E-factura” axborot tizimidagi maʼlumotlar bilan solishtiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agro-subsidiya” axborot tizimi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Yagona billing tizimi va Soliq qoʻmitasining “E-factura” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelgan taqdirda, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish asosida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va rivojlantirishga doir qisqa, oʻrta hamda uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi ishlarning holati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tahlil qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn birinchi xatboshi oʻn sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi bozorini barqarorlashtirishga, oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi narxlarining oʻzgaruvchanligini, shuningdek, ularning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va xomashyo yetishtirishni rivojlantirish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi narxlari oʻsishining oldini olish boʻyicha takliflar tayyorlaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat zaxirasini hamda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosining aylanma zaxirasini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kelgusi yil uchun oziq-ovqat balansini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kelgusi yil uchun ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosiga boʻlgan ehtiyojning prognoz hajmlarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlarni koʻradi, aholini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli va uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bozorda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi assortimentini kengaytirish, import oʻrnini bosuvchi oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qishloq xoʻjaligi maydonlarini kengaytirishga va qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirishga, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlarni kamaytirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari tegishlicha sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti Toshkent shahrining, Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan 8-uy manzilidagi binoga ikkilamchi ijara toʻlovlarini amalga oshirish sharti bilan joylashtirilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Tijorat banki bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun har oy Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bandning “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ekilgan urugʻlik bugʻdoyning muvofiqlik sertifikati nusxasi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi va 1-banddagi “moyli va sholi” soʻzlari “moyli, sholi va ozuqabop” soʻzlariga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-band quyidagi mazmundagi “d” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) ozuqabop ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisidagi bitim ekish mavsumi boshlangunga qadar (hosil yilida) tuziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning uchinchi xatboshisidagi “moyli va sholi” soʻzlari “moyli, sholi va ozuqabop” soʻzlariga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ozuqabop ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun har bir gektarga 15 million soʻmgacha, Markaziy bankning yillik asosiy stavkasidan 2 punkt pasaytirilgan foizda 6 oy muddatga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bandning uchinchi xatboshisidagi “sabzavot” soʻzi “meva-sabzavot” soʻzlariga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ozuqabop ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun har bir gektarga 15 million soʻmgacha, Markaziy bankning yillik asosiy stavkasida (shundan bank marjasi 2 foiz) 6 oy muddatga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgisidagi “dukkakli va moyli” soʻzlari “dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop” soʻzlariga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “moyli va sholi” soʻzlari “moyli, sholi va ozuqabop” soʻzlariga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqich pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “Har oyning 5-sanasiga qadar” soʻzlari “Har oyda” soʻzlariga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7 va 8-bosqich pozitsiyalar “Muddati” ustunidagi “9 oy” soʻzlari “Ekin turi boʻyicha 6 oy va 12 oy” soʻzlariga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaning belgisidagi “dukkakli va moyli” soʻzlari “dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop” soʻzlariga almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyundagi 227-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki bozorda bugʻdoy narxi barqarorligini taʼminlash uchun bugʻdoyni xarid qilish va birja savdolari orqali sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-bandning oltinchi xatboshisidagi “2024-yil 1-oktabrga qadar” soʻzlari “2025-yil 1-oktabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “2024-yil hosilidan bugʻdoy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 11-iyundagi 325-son qarorining 8-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urugʻlik bugʻdoy tayyorlash korxonalariga 2023-2024-yillar hosilidan urugʻlik bugʻdoyni xarid qilish, tayyorlash va sugʻurta toʻlovlari uchun Jamgʻarmadan ajratilgan qarz mablagʻlarini qaytarish muddati, istisno tariqasida, 2025-yil 1-oktabrga qadar uzaytiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “2025-yil hosilidan bugʻdoy xarid qilish va ichki bozorni don bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 31-maydagi 345-son qarorining 14-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. Jamgʻarmaga donni qabul qilish va omborlardan chiqarish jarayonini, shuningdek, Jamgʻarma, tijorat vakili va bugʻdoy yetishtiruvchilar oʻrtasidagi moliyaviy hisob-kitoblarning tezkor va shaffof amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida “d-xarid.uz” axborot tizimini “Realsoft” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xarid qilishga ruxsat berilsin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son; 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son; 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son; 07.08.2026-y., 09/26/435/0827-son)