26.06.2025 yildagi PF-105-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda moliya tizimida joriy etilgan zamonaviy xizmatlar hisobiga yoshga doir pensiyalarning 62 foizi proaktiv shaklda tayinlanishiga, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning 90 foizdan ortigʻi bank kartalari orqali toʻlanishiga hamda budjet tashkilotlarining moliyaviy hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirishga erishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining shtat birliklari soni oxirgi ikki yilda 1 940 taga yoki 45 foizga qisqartirildi hamda kelgusi yilda quyi boʻgʻin xodimlari sonini 4 barobargacha qisqartirish koʻzda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar hamda korxona va tashkilotlar uchun pensiya va gʻaznachilik xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish orqali ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy yoʻnalish va maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar pensiya va gʻaznachilik faoliyatiga zamonaviy xizmatlarni joriy etishning asosiy yoʻnalish va maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) gʻaznachilik va pensiya taʼminoti tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali hududlarda ixcham xizmat koʻrsatish ofislarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlarni toʻliq elektron va proaktiv shaklga oʻtkazishga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) moliyaviy operatsiyalarda shaffoflikni taʼminlash uchun sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tejab qolingan budjet mablagʻlarini sohaviy samaradorlikni oshirish uchun maqsadli yoʻnaltirishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Zamonaviy xizmatlar orqali ixcham boshqaruv tizimini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2027-yil 1-yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik qoʻmitasi) hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tuman (shahar) boʻlimlari ishini raqamlashtirish hisobiga ularning faoliyati tugatilsin. Bunda Gʻaznachilik qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalarida har bir tuman va shaharlardagi biznes jarayonlarni va funksiyalarni qamrab oluvchi 1 — 3 shtat birligidan iborat ixcham xizmat koʻrsatish ofislari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-iyuldan boshlab gʻaznachilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga quyidagilarni nazarda tutuvchi Raqamli gʻazna tizimi joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) biznes intellekt (Business intelligence) texnologiyalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni tahlil qilish, likvidlilikni taʼminlashda qisqa va uzoq muddatli prognozlarni ishlab chiqish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida gʻaznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda inson omilini kamaytirishga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) chet el valyutasidagi operatsiyalarni raqamlashtirgan holda amalga oshirish uchun Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimini Butunjahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati (SWIFT) tizimiga integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) davlat xaridlari va toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qonunchilik buzilishi bilan bogʻliq moliyaviy xavflarni “E-risk” dasturiy majmuasida avtomatik aniqlash va aniqlangan xavflar asosida ogohlantirish hamda xabardor qilish mexanizmini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-dekabrdan boshlab pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarga asosan pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash boʻyicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) pensiya taʼminotiga oid barcha xizmatlar toʻliq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Gʻaznachilik qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasida raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda tuman (shahar) boʻlimlaridagi ayrim vazifalarni hududiy boshqarmalarga oʻtkazish natijasida boshqaruv shtat birliklari soni 1 080 taga maqbullashtiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Gʻaznachilik qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlaridagi 594 ta shtat birligi, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 2025-yil 1-avgustdan boshlab 178 ta shtat birligi gʻaznachilik operatsiyalarini elektronlashtirish va avtomatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 2026-yil 1-yanvardan boshlab 208 ta shtat birligi ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni naqd pul shaklida olish jarayonini raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 2026-yil 1-iyuldan boshlab 208 ta shtat birligi davlat xaridlari sohasidagi shartnomalarni tuzish hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish amaliyotini raqamlashtirish hisobiga qisqartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridagi 486 ta shtat birligi, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab 241 ta shtat birligi yoshga doir va nogironlik pensiyalarini proaktiv usulda tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 2026-yil 1-yanvardan boshlab 104 ta shtat birligi pensiyalarni toʻlashda elektron imzo va biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 2026-yil 1-dekabrdan boshlab 141 ta shtat birligi “call-markaz” faoliyatiga sunʼiy intellektni joriy etish hamda maʼlumotlarni toʻliq raqamlashtirish evaziga qisqartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Raqamlashtirish hamda yangicha yondashuv asosida ishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fuqarolarning pensiyaga oid maʼlumotlarini toʻliq raqamlashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-yil 1-oktabrga qadar Majburiy ijro byurosi (M. Egamberdiyev) majburiy ijro jarayonida undiruvni pensiya toʻlovlariga qaratishdan avval dastlab fuqarolarni xabardor qilish tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2025-yil 1-noyabrga qadar Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov) mudofaa ishlari organlarida roʻyxatda turgan va pensiya tayinlanayotgan fuqarolarning harbiy xizmatni oʻtagan davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimiga taqdim etish boʻyicha integratsiya qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2025-yil iyul — oktabr oylari davomida hokim yordamchilari har bir mahalladagi “mahalla yettiligi” bilan birgalikda fuqarolarning mehnat daftarchasi maʼlumotlarini tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari orqali raqamlashtirish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2026-yil 1-avgustga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) fuqarolarning oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq raqamlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vazirlikning elektron bazasiga yuborish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2025-yil 1-avgustdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida mazkur Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) hududlarni raqamlashtirish va ularning master rejalarini ishlab chiqish, renovatsiya loyihalarini jadallashtirish, yer islohotlari strategiyasini takomillashtirish, xizmatlar sohasi va venchur moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, sanoatda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, “yashil” texnologiyalar hamda energiya samaradorligi yoʻnalishlarida ishlarni tashkil etish hamda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini samarali tashkil etish uchun 92 ta shtat birligi ajratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Gʻaznachilik qoʻmitasi raisining raqamli transformatsiya va strategik rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Gʻaznachilik qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasi tuzilmalarida 3 tadan shtat birligidan iborat raqamli rivojlanish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyiha ofisi tashkil etilsin. Bunda loyiha ofisi rahbari ish haqi shartlariga koʻra boshqarma boshligʻiga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) iqtisod qilinadigan mablagʻlar mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining oylik ish haqi miqdorlarini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarga yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) ikki oy muddatda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni raqamlashtirish hisobiga ularning boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan sonini 15 foizgacha qisqartirish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xalqaro tajribani oʻrgangan holda gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari va davlat muassasalari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, shuningdek, pensiyalar bank kartalari orqali toʻlab berilishini ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) Gʻaznachilik qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasi shtat birliklari sonining maqbullashtirilishi hisobiga mehnat shartnomasi bekor qilinadigan xodimlarni ish bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 26-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-105-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “Jami” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “48 496” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “44 582” raqamlari tegishlicha “48 995” va “45 081” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” boʻlimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “5 764” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “5 729” raqamlari tegishlicha “5 618” va “5 583” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1 134” va “1” raqamlari tegishlicha “960” va “2” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) “3. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” boʻlimi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “3 234” raqami tegishlicha “3 257” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) “14. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” boʻlimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “406” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “333” raqamlari tegishlicha “402” va “329” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Innovatsion rivojlanish agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “73” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “59” raqamlari tegishlicha “70” va “56” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bilim va malakalarni baholash agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “111” raqami tegishlicha “108” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “17. Adliya vazirligi” boʻlimidan 2-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) “26. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” boʻlimi “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “134” raqami “157” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vii) izohlar qismining 5.20-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5.20. Soliq qoʻmitasi tizimida Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi va Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 17.2.-kichik bandi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) izohlar qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “70” raqami “69” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “27” raqami “26” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2a-ilovadan 17.2-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-594-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligini negizida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) uchinchi xatboshidagi “yagona gʻaznachilik hisob raqamida” soʻzlari “yagona gʻazna hisobvaragʻida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yettinchi va oʻninchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) sakkizinchi, toʻqqizinchi hamda oʻn birinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) oʻn ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziriga, zarur hollarda, Gʻaznachilikning markaziy apparati va uning boʻlinmalari tuzilmasiga Gʻaznachilik xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻaznachilik raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) uchinchi xatboshidagi “moliya” soʻzi tegishlicha “iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻaznachilik markaziy apparati xodimlari tibbiy va ijtimoiy himoya qilish shartlariga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining gʻaznachiligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) uchinchi xatboshidagi “moliya” soʻzi “iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) 6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) 7-banddagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” hamda “Moliya vazirligi” soʻzlari tegishlicha “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” hamda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) 1 — 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi PQ-1252-son qarori 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati xodimlari tibbiy va ijtimoiy himoya qilish shartlariga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)