06.05.1994 yildagi 1064-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FUQAROLARNING MUROJAATLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-378-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun fuqarolarning davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat qilish huquqini ifoda etuvchi asosiy qoidalarni, shuningdek fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Fuqarolarning murojaatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ishtirok eta borib, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida oʻzlariga berilgan huquqlar va erkinliklarni roʻyobga chiqara borib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoyalab murojaat qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamoat birlashmalarining vakolatli organlari buzilgan huquqlarini tiklashiga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boshqa shaxslar va tashkilotlarning foydasini koʻzlab murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatlar yakka tartibda yoki jamoa boʻlib ifodalangan boʻlishi mumkin hamda ogʻzaki yoki yozma shakldagi taklif, ariza yoxud shikoyat koʻrinishida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti respublika qonun hujjatlarida fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishning boshqa tartibi nazarda tutilgan boʻlsa, murojaatlar ushbu Qonunga muvofiq qarab chiqilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu Qonunga muvofiq murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar fuqarolarining murojaatlari, basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida ularni qarab chiqishning oʻzga qoidalari nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Qonunda belgilangan tartibda qarab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Murojaatlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatlarda fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan, taklif, ariza yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi lozim. Ushbu maʼlumotlar koʻrsatilmagan murojaatlar anonim xat hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatlar ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish vakolatiga kiradigan davlat organiga, jamoat birlashmasiga, korxona, muassasa, tashkilot yoki mansabdor shaxsga, shuningdek barcha darajadagi deputatlarga yoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatlar ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan davlat organiga, jamoat birlashmasiga, korxona, muassasa yoki tashkilotga yuborilgan boʻlsa, 5 kun muddatdan kechiktirmay tegishli organlar yoki mansabdor shaxslarga joʻnatiladi va bu haqda fuqaroga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda berilgan murojaatlar koʻrib chiqilishi shart. Murojaatlarni qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti murojaatlarda ularni tegishli organlar yoki mansabdor shaxslarga joʻnatish uchun zarur maʼlumotlar aks ettirilmagan boʻlsa, ular xuddi shu muddatda tegishli tushuntirishlar bilan fuqaroga qaytarib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Fuqarolarni murojaat qilganligi uchun taʼqib ostiga olishning va murojaatni himoyalash xatti-harakatlarida ishtirok etishga majbur qilishning taqiqlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni va ularning oila aʼzolarini ular murojaat qilish vositasida oʻz huquqlarini roʻyobga chiqarayotganliklari yoki himoya qilayotganliklari uchun taʼqib ostiga olish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hech kim biron-bir murojaatni himoyalash xatti-harakatlarida ishtirok etishga majbur qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Murojaatlarning koʻrib chiqilish munosabati bilan ayon boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etishning taqiqlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatlarning koʻrib chiqilishi vaqtida davlat organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlari tomonidan fuqarolarning oʻz roziligisiz ularning shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlarning yoki davlat siri yoxud qonun muhofazasidagi boshqa sir hisoblangan maʼlumotlarning, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazadigan oʻzga axborotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek murojaatga daxldor boʻlmagan, fuqaroning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni surishtirib bilishga ham yoʻl qoʻyilmaydi. Fuqaroning iltimosiga binoan uning shaxsiga doir har qanday maʼlumot oshkor etilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ommaviy axborot vositalariga yoʻllangan murojaatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning ommaviy axborot vositalariga yoʻllagan murojaatlaridan jamoat fikrini oʻrganish va matbuotda aks ettirish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal etilishi ommaviy axborot vositalarining vakolatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolarning murojaatlari ushbu Qonunga muvofiq koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Taklifni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takliflar fuqarolarning davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini yaxshilashga qaratilgan murojaatlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organi, jamoat birlashmasi, korxona, muassasa, tashkilot taklifni har tomonlama koʻrib chiqishi va fuqaroning iltimosiga binoan koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida unga maʼlum qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Arizani koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish toʻgʻrisida iltimos bayon etilgan murojaatlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalarni koʻrib chiqish oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari, jamoat birlashmalari, ularning mansabdor shaxslari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizalarni har tomonlama, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga asoslangan qarorlar qabul qilishlari va ularning ijrosini taʼminlashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida fuqarolarga maʼlum qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada bayon etilgan talablarni qondirishning rad etilishi fuqaroga rad etishning sabablari koʻrsatilgan holda yozma tarzda maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror ustidan fuqarolar tomonidan ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Shikoyatni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatlar davlat organlarining, jamoat birlashmalarining, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari yoxud qarorlari tufayli fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash talab qilingan murojaatlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organining, jamoat birlashmasining, korxona, muassasa, tashkilotning, mansabdor shaxsning xatti-harakati yoki qarori ustidan shikoyat boʻysunuv tartibiga qarab, yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori turuvchi davlat organiga, jamoat birlashmasining organiga yoki mansabdor shaxsga davlat organi yoki jamoat birlashmasining organi tomonidan xatti-harakat sodir etilganligi yoki qaror qabul qilinganligi fuqaroga maʼlum boʻlib qolgan vaqtdan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay shikoyat bilan murojaat qilinishi mumkin. Uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddat shikoyatni koʻrib chiqayotgan organ tomonidan tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori turuvchi davlat organining, jamoat birlashmasining, mansabdor shaxsning qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro shikoyatni shaxsan berishga yoki bu ishga boshqa shaxsni vakil qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroning manfaatlarini koʻzlab boshqa shaxs ham shikoyat berishi mumkin. Voyaga yetmaganlar va muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini koʻzlab ularning qonuniy vakillari shikoyat bilan murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatga fuqarolarning murojaati boʻyicha avval qabul qilingan qaror yoki uning koʻchirmasi, shuningdek shikoyatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning shikoyatlarini xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan organlar yoki mansabdor shaxslarning oʻziga joʻnatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Fuqaroning shikoyat koʻrib chiqilishi vaqtidagi huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organi, jamoat birlashmasi, korxona, muassasa, tashkilotga shikoyat bilan murojaat qilgan fuqaro:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatni tekshirayotgan shaxsga oʻz dalil-isbotlarini shaxsan bayon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishga doir materiallar bilan ushbu Qonun 4-moddasining talablariga rioya qilgan holda tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha materiallar taqdim etish yoki shikoyatni koʻrib chiqayotgan organning ularni soʻrab olishini iltimos qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat yoki boshqa shaxsning xizmatlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yozma javob olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazilgan zarar qonunda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning shikoyatlarni koʻrib chiqish borasidagi vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ularning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatlarni xolisona, har tomonlama va oʻz vaqtida tekshirishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatga sabab boʻlgan noqonuniy qarorni bekor qilishlari yoki oʻzgartirishlari, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar koʻrishlari, qoidabuzarliklarga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishini, shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror amalda ijro etilishini taʼminlashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroga shikoyatni tekshirish natijalari va qabul qilingan qarorning mohiyati toʻgʻrisida yozma tarzda maʼlum qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda rahbar yoki uning oʻrinbosari, jamoat birlashmalarida esa saylab qoʻyiladigan organlar yoki ular vakolat bergan shaxslar shikoyat boʻyicha qaror qabul qilishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Takliflar, arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning takliflari taklif tushgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno boʻlib, bu haqda taklif kiritgan shaxsga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar va shikoyatlar davlat organiga, jamoaat birlashmasiga, korxona, muassasa va tashkilotga tushgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida hal etiladi, ular masalani mohiyatan hal etishlari, qoʻshimcha oʻrganishlar va tekshirishni talab qilmaydigan masalalarni esa 15 kundan kechiktirmay hal etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza yoki shikoyat hal etish uchun maxsus tekshiruvlar oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoki boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlsa, tegishli organ, korxona, muassasa, tashkilot rahbari yoki rahbarining oʻrinbosari ariza yoki shikoyatni hal etish muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu muhlat bir oydan oshmasligi lozim boʻlib, bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga maʼlum qilinadi. Bunda murojaatni koʻrib chiqish umumiy muddati ikki oydan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Fuqarolarni shaxsan qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha darajadagi deputatlar, davlat organlarining, jamoat birlashmalarining, mulkchilik shaklidan qayʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslarni fuqarolarni shaxsan qabul qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul muntazam, belgilangan kun va soatlarda, fuqarolar uchun qulay vaqtda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning ogʻzaki murojaatlari va ularni koʻrib chiqish natijalari roʻyxatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni davlat organlarida, jamoat birlashmalarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda qabul qilish tartibi ularning rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatni koʻrib chiqishni gʻayrihuquqiy tarzda rad etganlik, murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzganlik, asossiz, qonunga zid qarorlar qabul qilganlik yoxud fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlarni oshkor etganlik, shuningdek fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzganlik, basharti bunday xatti-harakatlar maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻlmasa, mansabdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni u davlat organiga, jamoat birlashmasiga, korxona, muassasa, tashkilotga murojaat qilganligi sababli yoxud murojaatdagi tanqid uchun taʼqib ostiga olganlik, shuningdek fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini davlat yoki jamoat manfaatlariga yoxud fuqarolarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlariga jiddiy zarar yetkazish tarzida buzganlik aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Fuqaroning shikoyatini koʻrib chiqish vaqtida qonun talablarini buzilishi oqibatida unga yetkazilgan zararni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat qondirilgan taqdirda fuqaroning murojaat boʻyicha gʻayrihuquqiy qaror qabul qilgan davlat organi, jamoat birlashmasi, korxona, muassasa, tashkilot yoki mansabdor shaxs unga shikoyat bilan murojaat qilish va uning koʻrib chiqilishi tufayli koʻrgan moddiy zararini, tegishli organning talabiga binoan shikoyat koʻrib chiqilishi munosabati bilan bir joydan boshqa joyga borish maqsadida qilgan sarf-xarajatlarini va shu vaqt ichida boy bergan ish haqini toʻlaydi. Xarajatlarni undirishga doir nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Fayrihuquqiy tusdagi murojaat berganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroning tuhmat va haqorat ruhidagi yoxud milliy adovat qoʻzgʻatishga va jinoiy tarzda jazolanadigan boshqa xatti-harakatlar sodir etishga daʼvat qiluvchi murojaatni berganligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Atayin soxta maʼlumotlar bayon qilingan murojaatlarni tekshirish uchun ketgan xarajatlarni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organi, jamoat birlashmasi, korxona, muassasa, tashkilot fuqaroning atayin soxta maʼlumotlar bayon etilgan murojaatlarini tekshirish tufayli qilgan xarajatlari sudning qaroriga binoan undirib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini talablariga rioya etilishi usidan nazoratni davlat hokimiyati organlari, shuningdek oʻzlariga boʻysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda — vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokurorlik nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori hamda unga boʻysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar. Ular oʻzlariga berilgan vakolatlarga muvofiq fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, huquqbuzarlarni javobgarlikka tortishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1064-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 140-modda)