Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 15.08.2005 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2005 YIL 11 AVGUSTDAGI PQ-154-SON QARORINING BAJARILIShINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-avgustdagi PQ-154-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazishni tashkil qilish boʻyicha Respublika ekspert komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza defoliatsiyasi oʻtkazilishini nazorat qilish va sifatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika ekspert komissiyasi (Ismoilov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda ana shunday ekspert komissiyalari tuzilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda gʻoʻzani defoliatsiya qilish tadbirlarining butun kompleksi oʻtkazilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻzani defoliatsiya qilishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishning borishi, defoliatsiyani oʻtkazish uchun jalb etilgan texnikadan samarali foydalanilishi yuzasidan kundalik monitoring oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza defoliatsiyasining borishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S.U. Ismoilov zimmasiga hamda Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 15-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-avgustdagi
199-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazishni tashkil qilish boʻyicha Respublika ekspert komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ismoilov S.U.‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, ekspert komissiya raisi ‎
Ibragimov Gʻ.I.‎ —‎‎ “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi, ekspert komissiya raisining oʻrinbosari‎
Xonazarov A.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori ‎
Mengliyev E.‎ —‎‎ Bosh prokuratura boʻlim boshligʻi (kelishuv boʻyicha) ‎
Qoʻldoshev I.‎ —‎‎ Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari‎
Niyozmatov B.‎ —‎‎ Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, bosh sanitariya vrachi ‎
Polvonov E. ‎ —‎‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari‎
Boʻriyev R.‎ —‎‎ “Oʻzstandart” agentligining bosh direktori‎
Dyachkov V.V.‎ —‎‎ “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Ustyugin V.E.‎ —‎‎ Oʻzbekiston “Sifat” markazining bosh direktori‎
Solihboyev D.‎ —‎‎ “Oʻzagromashservis” uyushmasining raisi‎
Matchonov R.D. ‎ —‎‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi raisi‎
Sattorov T.‎ —‎‎ Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi bosh direktori ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-avgustdagi 199-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻza defoliatsiyasi oʻtkazilishini nazorat qilish va sifatini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-avgustdagi PQ-154-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va 2005-yilda gʻoʻza defoliatsiyasi oʻtkazilishini tizimli nazorat qilishni tashkil etish va uning sifatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Gʻoʻza defoliatsiyasi oʻtkazilishini nazorat qilish, ishlatiladigan eritma tayyorlash va defoliantlarni qoʻllashning belgilangan normalariga rioya qilish uchun har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi hamda “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining mutaxassislari ishtirokida ekspert komissiyalari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2005-yil 20-avgustgacha tuman hokimi tomonidan ekspert komissiyasi bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-avgustdagi PQ-154-son qarori bilan tasdiqlangan muddatlardan kelib chiqib joylardagi harorat sharoitlarini, gʻoʻzaning yetilish davri, navi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi boʻyicha gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish muddatlari tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman ekspert komissiyasi tomonidan 2005-yil 22-avgustgacha gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazishda qatnashuvchi mutaxassislarga texnikani tayyorlash, dalalarni tanlash, ishlatiladigan eritmalar tayyorlashga, defoliantlarni solish normalariga qoʻyiladigan talablar, ulardan foydalanish, xavfsizlik qoidalari, signal beruvchilar ishini tashkil etish va boshqa chora-tadbirlar boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar beriladi va ular ushbu ishlarga oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Har kuni defoliatsiya oʻtkazilishidan oldin qishloq xoʻjaligi hududiy organlari hamda “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislari tomonidan mexanizatorlar, samolyot ekipaji va signal beruvchilarga dalalarning relyefi, konturi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda agrotexnika tadbirlarini sifatli oʻtkazish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tayyorlangan defoliantning ishlatiladigan eritmasidan foydalanishdan oldin oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, shuningdek “Oʻzstandart” agentligi organlari mutaxassislari tomonidan majburiy tartibda ishlatiladigan eritmaning sifati va uning qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi tezkor tahlil qilinadi. Eritmaning jihozlanmagan joylarda va mutaxassislar ishtirokisiz tayyorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman ekspert komissiyasi tomonidan kun mobaynida defoliatsiyani oʻtkazish tanlab tekshiriladi, amalga oshirilgan ishlar sifatiga, ishlatiladigan eritma tayyorlashning toʻgʻriligiga va uni qoʻllash normalariga baho beriladi. gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazishda qoʻpol kamchiliklar aniqlangan taqdirda ekspert komissiyasi tomonidan agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazish uchun, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutaxassislar jalb etilgan holda, shoshilinch chora-tadbirlar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman ekspert komissiyasi tomonidan defoliatsiya belgilangan muddatlarda va hajmda oʻtkazilishining kundalik monitoringi belgilanadi, bunda jalb etilgan texnika (purkagichlar va samolyotlar)dan samarali foydalanilishi qatʼiy nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nazarda tutilgan jadvaldan orqada qolish holatlari aniqlangan taqdirda mavjud resurslar safarbar qilingan, texnika va boshqalardan yanada samarali foydalanilgan holda qoloqlikni tugatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Defoliatsiya oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda tuman ekspert komissiyasi tomonidan har bir konturda amalga oshirilgan agrotexnika tadbirining sifati aniqlanadi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
defoliatsiyani oʻtkazish muddatlariga va dalalar konturi toʻliq qamrab olinishiga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
defoliant sarflash normasi va uning foydalaniladigan turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza barglarining bir tekis toʻkilishi foizi (kamida 75%).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Defoliatsiyani oʻtkazish shartlari va amalga oshirilgan ishlar sifatini baholash qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan tegishli shartnomalar tuzishda qatʼiy belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Viloyat ekspert komissiyasi gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish va uning sifati ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi, tasdiqlangan muddatlardan orqada qolishni bartaraf etishga doir zarur tashkiliy chora-tadbirlar koʻradi, joylarda texnikadan samarali foydalanilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi, defoliatsiyani oʻtkazish jarayonida paydo boʻladigan kompleks masalalarni, shu jumladan moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash masalalarini tezkor hal etadi hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har kuni Respublika ekspert komissiyasiga axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Gʻoʻzani defoliatsiya qilishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishning borishi toʻgʻrisidagi hisobot tizimi quyidagi tartib boʻyicha amalga oshiriladi: tuman ekspert komissiyasi — viloyat ekspert komissiyasi — Respublika ekspert komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizomning amalga oshirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri zimmasiga yuklanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 254-modda)