29.04.2025 yildagi 281-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmonida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) xulosasi boʻlmagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish man etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarim tayyor zargarlik buyumi tushunchasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarim tayyor zargarlik buyumini Inspeksiya tomonidan identifikatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya tomonidan taqdim etilgan buyum yarim tayyor zargarlik buyumiga mansubligi yuzasidan xulosa berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarim tayyor zargarlik buyumlarini Inspeksiya xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona xududidan tashqariga olib chiqish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, tayyor zargarlik buyumini xulosa olish uchun Inspeksiyaga yuborish holatlari oldini olish hamda zargarlik buyumlarining olib chiqilishini tezkor hal etishni maqsadida bojxona organlariga Inspeksiya mutaxassislarini jalb qilishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning 2-bandi va unga 1-ilova qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
281-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 281-son qaroriga
1-ILOVA

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) xulosasini olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun xulosa berish vakolatiga ega boʻlgan Inspeksiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlarining muayyan maqsadli qismlari — zargarlik buyumlarining asosiy, qoʻshimcha va ikkilamchi qismlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumining asosiy qismi — zargarlik buyumining tavsifini va foydalanish maqsadini belgilovchi qism;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumining qoʻshimcha qismi — hajmi hamda maqsadi bilan zargarlik buyumining asosiy qismini toʻldiruvchi, lekin mustaqil ravishda foydalanib boʻlmaydigan qism (ulovchi halqachalar, qulflar, shtiftlar va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumining ikkilamchi qismlari — zargarlik buyumining asosiy va qoʻshimcha qismiga kirmaydigan boshqa mayda qismlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus posilka — talabgor tomonidan vakolatli organga taqdim etiladigan, yarim tayyor zargarlik buyumlarini joylashtirish hamda muxrlash imkonini beradigan, qopqoqli shaffof koʻrinishga ega plastik idishlar (konteynerlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
partiya — talabgor tomonidan ariza boʻyicha bir marta topshiriladigan yarim tayyor zargarlik buyumlarining bir yoki bir nechta maxsus posilkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor zargarlik buyumlari — qimmatbaho metallar va ularning qotishmalaridan yasalgan, qonunchilikda belgilangan eng past asillik darajalaridan kam boʻlmagan asillik darajasiga ega, ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi izi va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi yoki ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi izi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi iziga ega boʻlgan, texnologik jarayonning barcha bosqichlari (silliqlash, sayqallash, kavsharlash va boshqalar)dan oʻtgan, zargarlik buyumlariga oid Davlat standarti talablariga toʻliq javob beradigan buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishda boʻlgan, qalbaki tamgʻa izlari mavjud, shikastlangan va/yoki shikast yetkazuvchi zargarlik buyumlari — qimmatbaho metallardan yasalgan, tashqi va ichki yoriqlari va siniqlari mavjud, qirilgan, ortiqcha ilmoqli metall boʻlaklari (zausenes), ezilgan, foydalanish jarayonida zarar yetkazishi mumkin boʻlgan, tirnovchi holatdagi, shuningdek, tayyor zargarlik buyumlari talablariga javob bermaydigan zargarlik buyumlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xomashyo — texnologik jarayon orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan qimmatbaho metallardan tayyorlangan standart va oʻlchovli quymalar, qimmatbaho metallardan iborat simlar, plitalar, lentalar, plastinalar, listlar, granulalar va kavsharlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarim tayyor zargarlik buyumlari — qonunchilikda belgilangan asillik darajalariga muvofiq qimmatbaho metallardan iborat boʻlgan xomashyoga ishlov berilib (qizdirish, eritish, fillerdan oʻtkazish, quyish, qirqish, bukish, egovlash, kavsharlash, arralash, parmalash, joʻvalash, pardozlash, sayqallash, silliqlash va boshqalar), toʻliq tayyor zargarlik buyumiga aylantirish uchun keyingi texnologik jarayonlarni talab etadigan va muayyan maqsadli qismlari jamlangan holdagi zargarlik buyumlari va/yoki ularning muayyan maqsadli qismlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarim tayyor mahsulot — muayyan maqsadli qismlar koʻrinishiga keltirilmagan mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarim tayyor zargarlik buyumlarini identifikatsiya qilish — talabgor tomonidan taqdim etilgan buyumlarning yarim tayyor zargarlik buyumi ekanligini tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizom talablari quyidagilarni olib chiqishga tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor zargarlik buyumlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish uchun respublika hududidan “vaqtinchalik olib chiqish” rejimida olib chiqiladigan yarim tayyor zargarlik buyumlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona hududidan tashqariga qayta ishlash uchun olib chiqiladigan yarim tayyor zargarlik buyumlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yarim tayyor zargarlik buyumlarini vakolatli organ tomonidan identifikatsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yarim tayyor zargarlik buyumlari vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq identifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yarim tayyor zargarlik buyumlarini vakolatli organ tomonidan identifikatsiya qilish uchun talabgor vakolatli organga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Talabgor yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, vakolatli organ xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda 2-ilovaga muvofiq arizani elektron ravishda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma (yuridik shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma bundan mustasno) arizaga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabgor tomonidan arizaga yarim tayyor zargarlik buyumini ishlab chiqarishga oid texnik hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgordan boshqa maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabgor vakolatli organga oʻzi kelib murojaat etganda, ariza bilan birga vakolatli organga yarim tayyor zargarlik buyumlarining partiyasini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza YIDXP orqali taqdim etilganda ariza vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni davomida yarim tayyor zargarlik buyumlarining partiyasi vakolatli organga topshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor vakolatli organga yarim tayyor zargarlik buyumlarini maxsus posilkada topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus posilkalarga talablar vakolatli organ tomonidan belgilanadi va uning veb-saytida barcha uchun ochiq eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ yarim tayyor zargarlik buyumini talabgordan qabul qilish dalolatnomasi asosida qabul qilib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ talabgor tomonidan taqdim etilgan yarim tayyor zargarlik buyumini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yarim tayyor zargarlik buyumini identifikatsiya qilganlik uchun Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga 2-ilovada belgilangan miqdorlarda toʻlov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yarim tayyor zargarlik buyumini identifikatsiya qilish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, belgilangan toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) vakolatli organga kelib murojaat etganda, toʻlov summasining 100 foizi — vakolatli organ hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — vakolatli organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabgor yarim tayyor zargarlik buyumini identifikatsiya qilish xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabgor vakolatli organ tomonidan xizmat koʻrsatishning amalga oshirilgan bosqichlari uchun toʻlov qilishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor xizmatdan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakolatli organ identifikatsiya uchun qabul qilingan yarim tayyor zargarlik buyumlarining ogʻirligiga qarab, quyidagi muddatlarda talabgorga ushbu buyumlarning yarim tayyor zargarlik buyumlariga mansubligi haqida xulosa berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
partiyaning ogʻirligi 3 000 grammgacha boʻlgan yarim tayyor zargarlik buyumlari boʻyicha — 3 ish kuni davomida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
partiyaning ogʻirligi 3 000 grammdan ortiq boʻlgan yarim tayyor zargarlik buyumlari boʻyicha — 5 ish kuni davomida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yarim tayyor zargarlik buyumlari vizual hamda asbob-uskunalar va oʻlchov vositalaridan foydalangan holda talabgor taqdim etgan hujjatlar identifikatsiya qilinadi va quyidagi tekshirish bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarim tayyor zargalik buyumlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga va talabgor tomonidan arizaga ilova qilingan ishlab chiqarishga oid texnik hujjatlarga muvofiqligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan yarim tayyor zargarlik buyumlarining koʻrsatilgan asillik darajasiga muvofiqligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan buyumlarning yarim tayyor zargarlik buyumlariga mansubligini tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida oʻz xodimlari tarkibidan yoki boshqa shaxslarni jalb qilgan holda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etishi, shuningdek, taqdim etilgan buyumlar yarim tayyor zargarlik buyumlariga mansubligini belgilash uchun qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchi tomonidan mazkur Nizomda koʻrsatilgan hujjatlar yoki maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda, ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda, taqdim etilgan yarim tayyor zargarlik buyumlari tavsiflari arizada koʻrsatilgan tavsiflarga mos kelmaganda, vakolatli organ bir ish kuni ichida ariza beruvchiga kamchiliklarni toʻliq koʻrsatgan holda xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun kamida besh ish kunidan kam boʻlmagan muddat (imkoniyat) beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini koʻrsatish muddati xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqti mobaynida toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yarim tayyor zargarlik buyumlarini identifikatsiya qilishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan mazkur Nizomning 7 va 8-bandlari talablari bajarilmagan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarim tayyor zargarlik buyumini identifikatsiya qilganlik uchun talabgor tomonidan belgilangan miqdorda toʻlov amalga oshirilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarda yolgʻon yoki qalbaki maʼlumotlar koʻrsatilgani aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan xatolar belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik vaji bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Talabgor tomonidan taqdim etilgan buyumlarning yarim tayyor zargarlik buyumiga mansubligi haqida xulosa berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarim tayyor zargarlik buyumlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar va talabgor tomonidan arizaga ilova qilingan ishlab chiqarishga oid texnik hujjatlar talablariga mos kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan yarim tayyor zargarlik buyumlarining asillik darajasi arizada koʻrsatilgan darajaga mos kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan buyumlarning yarim tayyor zargarlik buyumlariga mansub emasligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan buyum yarim tayyor mahsulot ekanligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan buyum foydalanishda boʻlgan, qalbaki tamgʻa izlari mavjud, shikastlangan va (yoki) shikast yetkazuvchi zargarlik buyumi ekanligi aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatli organ tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosa berishni rad etish haqidagi xabarnoma 3-ilovaga muvofiq avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning oʻziga qogʻoz shaklida beriladi yoki uning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Talabgor tomonidan taqdim etilgan buyumlarning yarim tayyor zargarlik buyumiga mansubligi, tegishli asillik darajasiga ega ekanligi aniqlanganda hamda ular texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar va talabgor tomonidan arizaga ilova qilingan ishlab chiqarishga oid texnik hujjatlar talablariga muvofiq boʻlganda, vakolatli organ tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosa 4-ilovaga muvofiq avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning oʻziga qogʻoz shaklida beriladi yoki uning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ tomonidan berilgan xulosaning amal qilish muddati 30 kalendar kun etib belgilanadi. Belgilangan muddat tugashi bilan ushbu xulosa haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xabarnoma yoki xulosa bilan birga vakolatli organ talabgorga identifikatsiya qilingan yarim tayyor zargarlik buyumlarni vakolatli organning muhri qoʻyilgan maxsus posilkada topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor vakolatli organdan maxsus posilkani qabul qilib olganidan soʻng qadoqning yaxlitligi va muhrlarning butligi uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Talabgor xulosa berishni rad etish haqidagi xabarnomadan qanoatlanmagan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vakolatli organning xulosasida notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi bir oy ichida toʻlovni amalga oshirmasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega (basharti maxsus posilkada vakolatli organning muhri va plastik idishlar (konteynerlar)ning yaxlitligi buzilmagan taqdirda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xulosani qayta rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Talabgorning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili), ismi, otasining ismi, unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, talabgor xulosani qayta rasmiylashtirish uchun vakolatli organga oʻn ish kuni ichida vakolatli organga bevosita oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda elektron shaklda ariza toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xulosani qayta rasmiylashtirganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vakolatli organ talabgorning arizasi kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda xulosani qayta rasmiylashtiradi va talabgorga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vakolatli organ xulosani qayta rasmiylashtirishda xulosa reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosani qayta rasmiylashtirishda ilgari berilgan xulosaning amal qilish muddati oʻzgarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga faqat zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yarim tayyor zargarlik buyumlari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga bojxona qonunchiligiga muvofiq vakolatli organning muhri bilan muhrlangan maxsus posilkada va vakolatli organning xulosasi asosida olib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bojxona organlari bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida talabgor taqdim etgan maxsus posilkada vakolatli organning muhri mavjudligi, butligi hamda maxsus posilkaning talabgorga tegishli ekanligini koʻzdan kechiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Maxsus posilkada vakolatli organning muhri buzilgan (shikastlangan) boʻlsa, plomba izlari koʻrinmasa yoki plastik idishlar (konteynerlar)ning yaxlitligi buzilgan boʻlsa, ushbu posilkalar bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yarim tayyor zargarlik buyumlarining takroriy indentifikatsiyasi vakolatli organ tomonidan umumiy tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish uchun Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan identifikatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subʼektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Yarim tayyor zargarlik buyumlarini identifikatsiya qilish uchun Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Vakolatli organ

2.  YIDXP

1. Vakolatli organ xodimi arizani toʻldirib, qabul qilib oladi.

2. Toʻldirilgan arizani avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.

1. Ariza toʻldirilgandan

keyin 10 daqiqada

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Talabgor

Vakolatli organga yarim tayyor zargarlik buyumlarining partiyasini topshiradi.

1. Talabgor vakolatli organga oʻzi kelib murojaat etganda ariza bilan birga.

2. Ariza YIDXP orqali taqdim etilganda ariza vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni davomida.

4-bosqich

Vakolatli organ

Yarim tayyor zargarlik buyumini talabgordan qabul qilish dalolatnomasi asosida qabul qilib oladi.

20 daqiqa ichida

5-bosqich

Vakolatli organ

1. Yarim tayyor zargarlik buyumini identifikatsiya qiladi.

2. Identifikatsiya natijasi boʻyicha:

QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan xulosani rasmiylashtiradi va uni talabgorning oʻziga topshiradi yoki YIDXP orqali unga yuboradi;

xulosa berishni rad etadi va bu haqida xabarnoma rasmiylashtirib, talabgorning oʻziga topshiradi yoki YIDXP orqali unga yuboradi.

3. Xabarnoma yoki xulosa bilan birga talabgorga idetifikatsiya qilingan yarim tayyor zargarlik buyumlarini muhr qoʻyilgan maxsus posilkada topshiradi.

Yarim tayyor zargarlik buyumlarining ogʻirligiga qarab:

partiyaning ogʻirligi 3 000 grammgacha boʻlganda — 3 ish kuni davomida;

partiyaning ogʻirligi 3 000 grammdan ortiq boʻlganda — 5 ish kuni davomida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish uchun Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

(xulosa beruvchi organning nomi)

100000, Toshkent sh., Zarafshon koʻchasi, 4-uy, Tel./Faks: (99871) 233-02-33 mail: devonxona@dadni.uz

(xulosa beruvchi organning manzili)

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini

identifikatsiya qilish va xulosa olish uchun

ARIZA

_________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________

(talabgor nomi (ishlab chiqaruvchi), STIR raqami, pochta manzili, bank nomi, hisob raqami)

nomidan ____________________________ shuni maʼlum qiladiki,

(rahbarning F.I.O.)

___________________________________________________________________________________________________________

(metallning turi, buyumning nomi, vazni (gramm), soni (dona), asillik darajasi)

______________________________________________________________________________ga asosan ishlab chiqarilgan,
(zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun xabarnomaning raqami va sanasi)

____________________________________________________________________________________________________

(yarim tayyor zargarlik buyumini ishlab chiqarishga oid texnik hujjatlarining nomi)

________________________________________________________________________________________________ talablariga javob beradi.

(texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning nomi va raqami)

Yuqoridagilardan kelib chiqib, eksport qilish maqsadida ushbu tovarlarning yarim tayyor zargarlik buyumiga mansubligi boʻyicha xulosa berilishini soʻraydi.

Taqdim etilayotgan hujjatlar roʻyxati va soni:

1.

2.

Ariza beruvchi

__________________________________

___________________________

(muhr (agar mavjud boʻlsa), imzo)

(F.I.O.)

Sana

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish uchun Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 281-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovini undirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorga 2-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3.1-pozitsiyaning “Ishlarning nomi” ustunidagi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalari izlarining haqiqiyligini, Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalarining izlari va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi izi hamda belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi qalbakiligini, shuningdek, buyumlarda har xil tamgʻa izlari mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3.2-pozitsiyaning “Ishlarning nomi” ustunidagi ikkinchi va uchinchi xatboshlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oltinning 750, kumushning 925, platinaning 900 va palladiyning 850 asillik darajalaridan yuqori boʻlganlari spektrometrda rentgen-fluoressentli usul bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metall turidan qatʼiy nazar, yuqorida koʻrsatilgan asillik darajalaridan past boʻlganlari namuna toshida tekshirish usuli bilan”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi 3.7-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3.7.

yarim tayyor, tayyor, tugallanmagan, foydalanishda boʻlgan, shikastlangan va/yoki shikast yetkazuvchi zargarlik buyumlarini vizual aniqlash uchun:

200 gacha

gramm

50,0

201 dan 500 gacha

gramm

100,0

501 dan 1 000 gacha

gramm

200,0

1 001 dan 5 000 gacha

gramm

500,0

5 001 dan 10 000 gacha

gramm

1 000,0

10 001 dan yuqori

gramm

3 000,0

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2025-y., 09/25/281/0403-son)