28.04.2025 yildagi PF-73-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yagona yondashuv asosida tubdan takomillashtirish, mazkur yoʻnalishda oliy taʼlim dasturlarini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish, shuningdek, taʼlim sohasida uzviylik va uzluksizlikni hamda ilm-fan va amaliyot uygʻunligini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari uchun yagona yondashuv asosida pedagog kadrlar tayyorlashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik taʼlim sohasining taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim dasturlariga mos ravishda takomillashtirish hamda dual taʼlim shaklidan keng foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet)ni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni respublikada pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yagona yondashuv asosida yangi sifat bosqichiga olib chiqish maqsadida maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati 1-ilovada keltirilgan pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi pedagog kadrlar tayyorlash sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona konseptual yondashuv asosida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari) boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik taʼlimni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining yangilangan tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Universitetga xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan yoʻnalishlar uchun ularning talablaridan kelib chiqib, talabalarni qabul qilishda mustaqil ravishda qoʻshimcha va alohida imtihonlar (suhbat, test, insho, keys topshiriqlari va boshqalar) tashkil etishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, yuridik shaxs boʻlmagan 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika oliy maktabi dekan tomonidan boshqariladi va taʼlim sifatini taʼminlash, pedagogika maktabini rivojlantirish, ilmiy faoliyatni boshqarish hamda ushbu yoʻnalishlarda xalqaro aloqalarni amalga oshirish uning asosiy vazifalari etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yoʻlga qoʻyiladi hamda “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga birinchi kursdan xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan taʼlim yoʻnalishlarida xalqaro tajribalar asosida talabalar bilimini baholashning yangi tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil bilim olishga oʻrgatishga yoʻnaltirilgan innovatsion taʼlim texnologiyalari pedagogik taʼlim amaliyotiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Universitet va pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan taʼlim yoʻnalishlarida dars berish uchun professor-oʻqituvchilarni tanlab olish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida Universitetga mos ravishda boshqaruv tizimi takomillashtiriladi va xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti sifatida taʼlim dasturlarini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet tarkibidagi Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi faoliyati xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish asosida takomillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha pedagog kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan pedagog kadrlarni davlat buyurtmasidan tashqari tayyorlash pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining takliflari asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika qilish tizimi joriy etiladi. Bunda diagnostika natijalariga koʻra pedagog kadrlar tayyorlash sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlashni cheklash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmalarini prognoz qilish va shakllantirishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼlumotlar almashinuvini avtomatlashtirish va boshqarish boʻyicha yagona dasturiy kompleksi (ERP) maʼlumotlari tahlil qilinadi va tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Universitetning xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan taʼlim yoʻnalishlarida dars berish uchun professor-oʻqituvchilarni tanlab olish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlab olingan professor-oʻqituvchilarni Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xorijiy universitetlarga maqsadli malaka oshirishga yuborish tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) umumiy oʻrta taʼlim maktabining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistraturani joriy etish boʻyicha 2025-yil yakuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2026-yil 1-sentabrdan boshlab respublikadagi mavjud pedagogika texnikumlarining oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti xodimlariga A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlarini tatbiq etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari innovatsion pedagogik taʼlim klasterlarini tashkil etish maqsadida pedagogika oliy taʼlim tashkilotlariga yaqin hududdan kamida bittadan maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarini qurish uchun qoʻshimcha yer maydonlarini ajratish masalasini koʻrib chiqsin hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda 2025-yil yakuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarining mazkur mablagʻlar boʻyicha moliya yili oxiriga qoldiq (tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlar ham inobatga olingan holda) qismining 4 foizi miqdoridagi ajratmalarni Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish amaliyoti bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur mablagʻlar pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan ushbu Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Farmon ijrosi bilan bogʻliq budjet mablagʻlari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-73-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladigan pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Oliy taʼlim tashkiloti nomi

Oliy taʼlim tashkiloti joylashgan hudud

1.

Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti

Toshkent shahri

2.

Nukus davlat pedagogika instituti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

3.

Andijon davlat pedagogika instituti

Andijon viloyati

4.

Buxoro davlat pedagogika instituti

Buxoro viloyati

5.

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Jizzax viloyati

6.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Qashqadaryo viloyati

7.

Namangan davlat pedagogika instituti

Namangan viloyati

8.

Guliston davlat pedagogika instituti

Sirdaryo viloyati

9.

Termiz davlat pedagogika instituti

Surxondaryo viloyati

10.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Toshkent viloyati

11.

Urganch davlat pedagogika instituti

Xorazm viloyati

12.

Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filiali — Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti sifatida

Samarqand viloyati

13.

Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti — Samarqand davlat pedagogika instituti sifatida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

I. Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari uchun yagona yondashuv asosida pedagog kadrlar tayyorlashni amalga oshirish

1.

Pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlarini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkazish.

1. Pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlarini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkazish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh tuzish.

2025-yil iyul

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkazilayotgan taʼlim muassasalarining bino va inshootlari, tovar-moddiy boyliklarini topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

2025-yil avgust

3. Pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlarining nizomi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

2025-yil sentabr

4. Pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlarining guvohnomalarini qayta rasmiylashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2025-yil sentabr

2.

Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarida xalqaro tajriba asosida oʻquv jarayonlarini samarali boshqarish tizimini (LMS — Learning Management System) joriy etish.

1. Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarida xalqaro tajriba asosida oʻquv jarayonlarini samarali boshqarish tizimini (LMS — Learning Management System) joriy etish reja-jadvali va yoʻriqnomasini ishlab chiqish.

2026-yil mart

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Reja-jadval asosida tizimni joriy etish va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

3.

Samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari (KPI) asosida pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar xodimlari faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish.

1. Samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari (KPI) asosida pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar xodimlari faoliyatini baholash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganish.

2026-yil oktabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Respublika pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar xodimlari faoliyati samaradorligining eng muhim koʻrsatkichlari va ularni baholash tartibini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

4.

“Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish.

1. Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlash boʻyicha taklif kiritish.

2025-yil noyabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligining oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil aprel

3. Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligiga talabalarni qabul qilish.

2026-yil avgust

5.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etish.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Bunda:

Universitetda 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etish;

oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarning ishdan ajralmagan holda bilim olishlari uchun taʼlim jarayonini masofaviy taʼlim shaklida tashkil etish;

magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tizimda oliy malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarni qabul qilish;

magistraturada masofadan oʻqish va davlat namunasidagi diplom berish tartibi, toʻlov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqishni nazarda tutish.

2025-yil dekabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

6.

Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida 10 ta shtat birligidan iborat transformatsiya departamenti faoliyatini tashkil etish.

1. Transformatsiya departamentining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda:

Departament xodimlarining vazifa va majburiyatlarini belgilash.

Departament rahbarining lavozim maoshini oliy taʼlim muassasasi dekani, bosh mutaxassis lavozim maoshini oliy taʼlim muassasasi dotsenti, yetakchi mutaxassis lavozim maoshini oliy taʼlim muassasasi katta oʻqituvchisi lavozim maoshiga tenglashtirishni nazarda tutish.

2025-yil 1-sentabr

Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Transformatsiya departamentining shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil 1-sentabr

3. Transformatsiya departamentiga yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish.

2025-yil 1-oktabr

II. Pedagogika taʼlim sohasining taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim dasturlariga mos ravishda takomillashtirish

7.

Pedagogika taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari sonini maqbullashtirish.

1. Pedagogika sohasida kadrlar tayyorlanayotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tahlil qilish.

2025-yil oktabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

2. Jahon tendensiyalariga muvofiq yangi talab qilinayotgan yoʻnalishlar, mehnat bozori konyunkturasi hamda taʼlim sohasi talablarini tahlil qilgan holda maqbullashtirilgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari roʻyxatini ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

3. Maqbullashtirilgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqishning reja grafigi va tarmoq ishchi guruhlari tarkibini tasdiqlash.

2025-yil dekabr

8.

Xalqaro taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim yoʻnalishlari uchun oʻquv-metodik taʼminotni bosqichma-bosqich yaratish.

1. Taʼlim yoʻnalishlari uchun xalqaro taʼlim dasturlari, oʻquv-metodik majmualarni tanlash.

2. Taʼlim dasturlari, oʻquv-metodik majmualarni tarjima qilish boʻyicha malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhni tuzish.

3. Ishchi guruh tomonidan xalqaro taʼlim dasturlari, oʻquv-metodik majmualarni oʻzbek tiliga tarjima qilish.

2025 — 2028-yillar davomida

Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

9.

Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim berishning zamonaviy usullarini qoʻllash imkoniyatlarini yaratish.

1. Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim berishning zamonaviy usullari asosida videokontentlarni ishlab chiqish uchun zamonaviy mediamarkazlar tashkil etish.

2. Fanlar boʻyicha virtual laboratoriyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

3. Inklyuziv taʼlim va gospital pedagogika boʻyicha elektron taʼlim resurslarini yaratish.

4. Har bir pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlarida 2 tadan STEAM yoʻnalishlari laboratoriyalarini tashkil etish choralarini koʻrish.

2027-yil 1-sentabr

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

10.

Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

1. Pedagog kadrlarni tayyorlashga qoʻyilgan malaka talablarini takomillashtirish.

2026-yil yanvar

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibini ishlab chiqish.

2026-yil aprel

3. Davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika qilish tizimini joriy etish.

2026-yil may

4. Tashqi diagnostikani Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi belgilaydigan tizim tashkiloti tomonidan amalga oshirish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

11.

Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilarini kasbiy sertifikatlash tizimini joriy etish.

Pedagog kadrlarni tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlarida xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini kasbiy sertifikatsiya tartibida tashkil etish va baholash tartibini ishlab chiqish. Bunda:

bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi bilan birga kasbiy sertifikatsiyaning nazorat sinovlarini topshirish imkoniyatini yaratish;

yakuniy davlat attestatsiyasida ijobiy baholangan va kasbiy sertifikatlash sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga mutaxassis oʻqituvchi lavozimida ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikat berishni nazarda tutish.

2026-yil avgust

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

III. Pedagog kadrlar tayyorlash mazmuni maktabgacha va maktab taʼlimi dasturlari mazmuni bilan uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash

12.

Pedagog kadrlar tayyorlashda dual taʼlim shaklidan keng foydalanish hamda haftalik oʻquv mashgʻulotlarini “4+2” tartibida tashkil qilish mexanizmini takomillashtirish.

Pedagog kadrlar tayyorlash taʼlimi jarayonlarini dual taʼlim shaklida tashkil etish tartibini ishlab chiqish. Bunda:

“4+2” tartibida pedagogik amaliyotni “bir ustozga bir talaba” tamoyili asosida tashkil etish;

taʼlim dasturlarida “4+2” tartibida pedagogik amaliyot 3-4 bosqich talabalariga joriy etilishini nazarda tutish.

2025-yil sentabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

13.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida foydalaniladigan darslik majmualari hamda metodik qoʻllanmalarni pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari, A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlariga yetkazib berish.

1. Darslik majmualari hamda metodik qoʻllanmalarni pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlariga yetkazib berish tizimini joriy etish.

Bunda yetkazib berishni Davlat budjetidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida darsliklarni yangilash bilan bogʻliq xarajatlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirishni nazarda tutish.

2025-yil avgust

Davlat budjeti mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Darslik majmualari hamda metodik qoʻllanmalar sonining talabalar va tinglovchilar soniga nisbatini belgilash.

2025-yil avgust

3. Darslik majmualari hamda metodik qoʻllanmalarni yetkazib berish.

2026-yildan boshlab har yili sentabr oyida

14.

Maktabgacha taʼlim mazmunini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish hamda zamonaviy metodik yondashuvlarni joriy etish.

“Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlim tarbiyalanuvchilari uchun matematika va STEAM yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro talablarga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlarni joriy etish.

2025-2026-yillar

Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

15.

Oliy pedagogik taʼlim mazmunini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish hamda zamonaviy metodik yondashuvlarni joriy etish.

Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press and Assessment” tashkiloti bilan hamkorlikda pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari uchun xalqaro talablarga muvofiq taʼlim dasturlarini takomillashtirish boʻyicha tadqiqotlar olib borish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.

2025 — 2030-yillar

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

IV. Pedagog kadrlar tayyorlash sohasiga xalqaro tajriba, yuqori malaka va ilmiy salohiyatga ega mutaxassis kadrlarni jalb qilish

16.

Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Universitetning xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan taʼlim yoʻnalishlarida dars berish uchun professor-oʻqituvchilarni tanlab olish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida xalqaro taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida dars beradigan professor-oʻqituvchilarni tanlab olish tartibini ishlab chiqish.

2025-yil avgust

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Tartib asosida bosqichma-bosqich professor-oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilishni joriy etish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

17.

Xalqaro taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim yoʻnalishlari uchun professor-oʻqituvchilarni Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xorijiy universitetlarga maqsadli malaka oshirishga yuborish tizimini joriy etish.

1. Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarining xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirish va stajirovkadan oʻtish holatini tahlil qilish.

2025-yil sentabr

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarining xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirish va stajirovkadan oʻtish reja-jadvalini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

3. Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

Reja-jadval asosida

18.

Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tarkibidagi Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi faoliyatini takomillashtirish.

1. Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi faoliyatini xalqaro taʼlim dasturlari asosida takomillashtirish.

Bunda:

Xalqaro taʼlim dasturlariga oʻqitish mahorat markazida pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari barcha professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirishni yoʻlga qoʻyish;

malaka oshirish taʼlim dasturlarini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish.

2. Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish istiqbol rejasini ishlab chiqish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

19.

Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilish hamda ularni taʼlim jarayoniga jalb etish.

1. Hududlardagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilish va ularni pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim jarayoniga jalb etish choralarini koʻrish.

2025-yil avgustdan boshlab

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Ilgʻor xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining malakali mutaxassislarini pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan taʼlim yoʻnalishlarining taʼlim jarayoniga jalb etish choralarini koʻrish.

2025-yil sentabrdan boshlab

20.

Pedagogika taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilarini xorijiy oliy taʼlim muassasalariga magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali soha xodimlari salohiyatini oshirib borish.

Pedagogika taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilarini “El-yurt umidi” jamgʻarmasining taʼlim dasturlari boʻyicha tanlov asosida xorijiy oliy taʼlim muassasalariga magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Bunda pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun magistratura va doktoranturaga tanlovlarda ishtirok etish koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha oʻquvlar va seminarlar tashkil etishni nazarda tutish.

2026-yil sentabrdan boshlab

-

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

(A. Bekmurodov)

V. Pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonlarining natijadorligini taʼminlash muammolariga qaratish

21.

Pedagogika sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi ilmiy muammolarga yoʻnaltirish.

1. Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimining ilmiy muammolari bankini yaratish.

2. Pedagogika oliy taʼlim muassasalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlarini tizimdagi muammolar yechimiga yoʻnaltirish.

3. Pedagogika sohasidagi ilmiy maktablarning yutuqlari va tajribalarini ommalashtirish.

2025-yil oktabrdan boshlab

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

22.

Pedagog kadrlarni tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari tomonidan “Scopus” va “Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, maqolalarga iqtiboslik koʻrsatkichlari salmogʻini oshirish.

1. Professor-oʻqituvchilar ilmiy jurnallarda maqolalar chop qilishlari uchun seminar-treninglar tashkil etish, konsultatsiya va mahorat darslarini oʻtkazish.

Har yili sentabr-oktabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tahlil qilish.

Har oʻquv yili yakunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik taʼlimni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Respublika kengashi raisi

2.

Lavozimiga koʻra

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Sh.A. Ayupov

Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik

4.

A.T. Ubbiyev

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori

5.

G.I. Muxamedov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori

6.

Sh.S. Sharipov

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori

7.

K.A. Kadirov

Nukus davlat pedagogika instituti rektori

8.

B.B. Maʼmurov

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori

9.

Sh.Q. Nematov

Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori

10.

Lavozimiga koʻra

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori

11.

Lavozimiga koʻra

Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti rektori

12.

J.X. Qarshiboyev

Guliston davlat pedagogika instituti rektori

13.

B.M. Rasulov

Andijon davlat pedagogika instituti rektori

14.

A.B. Xasanov

Termiz davlat pedagogika instituti rektori

15.

B.E. Xusanov

Namangan davlat pedagogika instituti rektori

16.

F.R. Madraximova

Urganch davlat pedagogika instituti rektori

17.

Sh.I. Mustafakulov

Xalqaro Nordik universiteti rektori

18.

B.G. Yuldashev

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori

19.

A.A. Ismailov

A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori

20.

M.A. Tadjibayeva

Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori

21.

M.U. Nasirov

Nukus shahridagi Prezident maktabi direktori

22.

M.A. Yuldashev

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi, Respublika kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik taʼlimni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi tarkibiga Kengash qarori bilan boshqa ishtirokchilar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 — 2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “2 — 4-bosqich talabalari” soʻzlari “3-4-bosqich talabalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovaning “13. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

13. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

4929

4929

shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni

5

5

1.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

73

73

shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni

2

2

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-152-son Farmonining 5-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi PF-70-son Farmoniga 1-ilovaning 56-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3821-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Belgilansinki, Universitet faoliyatining jamoatchilik boshqaruvi oliy organi boʻlib tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Universitetning Kuzatuv kengashi hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son qarorining 10-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Institut va hududiy markazlar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Institut, hududiy markazlar hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-289-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “2 — 4-bosqich talabalari” soʻzlari “3-4-bosqich talabalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandning birinchi xatboshisidan “6-ilovaga muvofiq tarkibda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-290-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 7 va 8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi va toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-231-son qaroriga 2-ilovaning 6-pozitsiyasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Chora-tadbirlar” ustunida “A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarining” soʻzlaridan keyin “, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Amalga oshirish mexanizmi” ustunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Institut va hududiy markazlar” soʻzlaridan keyin “, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “701 nafar” va “421 nafar” soʻzlari tegishincha “738 nafar” va “458 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)