OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
“OʻZBEKISTON SSJ XALQ HOFIZI” FAXRIY UNVONI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. “Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” faxriy unvoni taʼsis etilsin.
3. “Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” faxriy unvoni taʼsis etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSJ davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi Nizomga quyidagi oʻzgarishlar kiritilsin:
10-moddaning “d” boʻlimi “Oʻzbekiston SSJ xalq artisti” soʻzlaridan soʻng “Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
12-modda “Oʻzbekiston SSJ xalq artisti” boʻlimidan soʻng quyidagi mazmundagi boʻlim bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” — ashulachilarga yuksak ijrochilik mahorati, klassik musiqiy merosni, Oʻzbekiston musiqiy-nazm sanʼatining anʼanaviy shakllarini oʻzlashtirganlik va rivojlantirganlik va faol targʻib etganlik uchun”.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 26-iyun,
PF-17-son
“Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” faxriy unvoni taʼsis etish toʻgʻrisida
NIZOM
1. “Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” faxriy unvoni ashulachilarga yuksak ijrochilik mahorati, klassik musiqiy merosni hamda Oʻzbekiston musiqiy-nazm sanʼatining anʼanaviy shakllarini oʻzlashtirganlik va rivojlantirganlik, faol targʻib etganlik uchun beriladi.
2. “Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” faxriy unvoni Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining, Oʻzbekiston SSJ Madaniyat vazirligining, Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish qoʻmitasining, Oʻzbekiston Kompartiyasi viloyat qoʻmitalarining, Qoraqalpogʻiston MSSJ Oliy Kengashining va Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashining, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston SSJ Prezidenti tomonidan beriladi.
3. “Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” faxriy unvonini berish toʻgʻrisida odatda faxriy unvon berishga taqdim etilayotgan shaxs ishlayotgan kollektiv maʼmuriyati tomonidan partiya, kasaba uyushmasi, komsomol tashkilotlari bilan birgalikda iltimos qilinadi.
Shahar, rayon partiya idoralari, xalq deputatlari shahar, rayon, shahar, rayon Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari ham iltimos qilishlari mumkin.
4. “Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” faxriy unvoni berilgan kishilarga belgilangan namunadagi guvohnoma va koʻkrak nishoni topshiriladi.
“Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” faxriy unvoni egalari huquqlari va imtiyozlari jihatdan “Oʻzbekiston SSJ xalq artisti” faxriy unvoniga sazovor boʻlgan shaxslarga tenglashtiriladi.
5. “Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” nishoni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.
6. “Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” guvohnomasi va koʻkrak nishoni Oʻzbekiston SSJ Prezidenti nomidan tantanali va keng oshkoralik vaziyatida topshiriladi.
7. Faqat Oʻzbekiston SSJ Prezidenti “Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” faxriy unvonidan mahrum etishi mumkin.
“Oʻzbekiston SSJ xalq hofizi” koʻkrak nishoni
TASVIRI
Diametri 30 millimetrli doira shaklidagi koʻkrak nishoni kumush hal berilgan neyzilbergdan yasaladi.
Nishonning biroz botiq yuzida parda ochilgan teatr sahnasining bir qismi, oʻng chetida Dafna shoxi tasviri bor. Parda ostida, nishon markazining chaprogʻida, silliq yuzida “Xalq hofizi” va uning tagida “Narodniy xofiz” yozuvi bor.
Nishonning orqa tomonida markazdan yuqorida quyosh nurlarida “OʻzSSJ” yozuvi, pastida paxta shoxidan chambar tasviri boʻlib, uning ustida nishon raqami yozilgan tasma tasviri bor.
Tasvir va yozuvlar boʻrtiqdir.
Koʻkrak nishoni teshikcha va halqa yordamida kolodka bilan tutashtirilgan boʻlib, kolodkaning ichki qismi Oʻzbekiston SSJ davlat bayrogʻi rangidagi lenta bilan qoplangan.
Koʻkrak nishoni toʻgʻnogʻich bilan qadaladi va koʻkrakning oʻng tomonida taqib yuriladi.
(Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 25-27-son, 318-modda)