1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda umummilliy totuvlik, birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga teng huquq va imkoniyatlar yaratish, koʻp millatli xalqimizning jonajon Oʻzbekistonimiz farovonligiga daxldorligini kuchaytirish, xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Ustuvor vazifalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamiyatda umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashning ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, jamiyatda doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy oʻzlikni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash orqali ularning umummilliy taraqqiyotga daxldorligini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xorijdagi vatandoshlar jamoalari va oʻzbek diasporalarining milliy oʻzligini saqlashga koʻmaklashish hamda ularning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini Vatanimiz rivojiga safarbar etishni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xalq diplomatiyasi mexanizmlari orqali xorijiy mamlakatlar bilan ijtimoiy-madaniy va doʻstlik aloqalari hamda Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Sohani tubdan isloh qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qoʻmita millatlararo munosabatlar hamda xorijdagi vatandoshlar masalalari sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlari va tashkilotlarning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga bevosita hisobdordir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) joylarda millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash masalalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga yuklanadi va ular ushbu masalalar boʻyicha Qoʻmita oldida hisobdordir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Umummilliy totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoʻmita va milliy madaniy markazlarning umummilliy birdamlikni taʼminlash choralarini kuchaytirishga qaratilgan quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) har yili “Oʻzbekiston yagona Vatan!” shiori ostida yurtimizdagi barcha millat va elatlar vakillarining oʻzaro tengligi, birdamligini, ularning Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasini eʼtirof etuvchi anjuman tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan koʻchalarni barcha millat va elatlarning madaniyati, urf-odatlari va anʼanalarini, oʻzaro uygʻunlashgan millatlararo munosabatlarni ifodalagan “Oʻzbekiston madaniy boyligi” nomli koʻchalar sifatida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Birgalikda kuchmiz” shiori ostida turli millat va elatlar vakillaridan iborat eko-volontyorlar ishtirokida ekologik aksiyalarni oʻtkazib borish orqali dolzarb masalalarni hal etishda daxldorlikni anglash tuygʻularini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) turli etno-madaniy guruhlarga mansub taniqli shaxslar ishtirokida umummilliy hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan loyihalar, dasturlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) turli millat va elatlar vakillarining Oʻzbekiston tarixi va bugungi kundagi barqaror rivojlanishiga qoʻshayotgan hissasi haqida hikoya qiluvchi filmlar va turkum koʻrsatuvlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashning yangi mexanizmlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining “Xorijdagi vatandoshlar orqali bilimlarni transfer qilish” (TOKTEN) dasturi namunasida xorijdagi vatandoshlarning Yangi Oʻzbekiston iqtisodiy qudratiga qoʻshayotgan hissasini yanada oshirish maqsadida innovatsion ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiladigan inson kapitali transferini amalga oshirsin, bunda yuqori malakali mutaxassislarni barcha sohalarda sunʼiy intellektni tatbiq etish uchun taʼlim, sogʻliqni saqlash tashkilotlariga, qishloq xoʻjaligi va xususiy sektor korxonalariga yoʻnaltirishga qaratilgan aniq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoʻmita Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xorijdagi vatandoshlar ishtirokini ragʻbatlantirishga qaratilgan aniq asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xorijdagi vatandoshlar, diaspora vakillarining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritishini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xorijdagi vatandoshlarning xayriya pul mablagʻlarini ijtimoiy foydali va maqsadli loyihalarni moliyalashtirishga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xorijdagi vatandoshlar, diaspora vakillarining kapital bozoriga investitsiyalar kiritishini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xorijdagi vatandoshlar, diaspora vakillari turizmini rivojlantirish masalalari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoʻmita va “Vatandoshlar” jamoat fondi vasiylik kengashining tadbirkorlik platformalarini yaratish, jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ekologik barqarorlik, sifatli taʼlim kabi masalalarda oʻzaro fikr-mulohaza almashish maqsadida ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari hisoblangan xorijdagi vatandoshlarning doimiy muloqoti koʻrinishida “Uz Global Think” forumini oʻtkazish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoʻmita “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) har yili xorijdagi vatandoshlarning “Uz Global Think” forumini tashkil etsin va unda ilgari surilgan fikrlar asosida mamlakatimizning barqaror rivojlanish maqsad va vazifalariga xizmat qiluvchi takliflarni shakllantirib, Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2025-yil 1-sentabrga qadar birodar hududlar, doʻstlik jamiyatlarini xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-madaniy aloqalarni rivojlantirishda “madaniy koʻprik”ka aylantirish, xalq diplomatiyasi vositasida Oʻzbekistonning xalqaro imijini mustahkamlash choralarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Madaniyat vazirligida millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash boʻyicha vazifalarning qisqarishi hisobiga 3 ta boshqaruv shtat birligi Qoʻmita tuzilmasiga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari kotibiyatlariga millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash vazifalari yuklatilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Madaniyat vazirligi tuzilmasidagi “Oʻzbekiston” jurnali tahririyati” davlat muassasasi Qoʻmita tuzilmasiga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Qoʻmitaning tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qoʻmita huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, Qoʻmita oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a)Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijdagi vatandoshlar orasidan yuqori malakali mutaxassislarni hamda ekspertlarni, shu jumladan, shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashga doir tashabbuslar bilan chiqish va takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoʻmita raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qoʻmita tarkibiy tuzilmalari oʻrtasida aniq vazifa va funksiyalarni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoʻmita tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qoʻmita tarkibiy tuzilmasini tasdiqlash, xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek, ularni ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoʻmita Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-52-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-son Farmoniga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita
“Oʻzbekiston” jurnali tahririyati” davlat muassasasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-son Farmoniga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5876-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi” soʻzlari “Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 1-ilovaning 8-bandi “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi, 10-bandi “a” kichik bandining birinchi xatboshisi hamda “b” kichik bandidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi” soʻzlari “Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga 4-ilovaning 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.1-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 37-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
37.
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi
Millatlararo munosabatlar qoʻmitasi
KMOS
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-214-son Farmoniga 1-ilovaning 2 va 11-bandlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-114-son Farmoniga 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Madaniyat vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi
Kinematografiya agentligi
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi
“Oʻzbekiston simfonik orkestri” davlat muassasasi
“Oʻzbeksirk” davlat muassasasi
“Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasi
“Respublika baxshichilik sanʼati markazi” davlat muassasasi, “Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya sanʼati markazi” davlat muassasasi
Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbekiston milliy musiqa sanʼati akademiyasi
“Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi
“Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi” davlat muassasasi
“Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi”, Baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati, Buxoro, Fargʻona va Urganch maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari
“Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi” davlat muassasasi
“Binolardan foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat muassasasi
“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi, Islom Karimov nomidagi Fargʻona viloyati teatr va konsert saroyi, “Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi
Davlat teatrlari, teatr studiyalari
“Guliston” va “Teatr” jurnallari birlashgan tahririyati” davlat muassasasi
Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti
“Madaniyat taʼlimi markazi” davlat muassasasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari
Respublika markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi
Oliy taʼlim muassasalari va filiallari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, professional taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari
Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari
Madaniyat markazlari
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-son qaroriga 1-ilovaning yigirma toʻqqizinchi xatboshisidagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi” soʻzlari “Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi “Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5220-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi” soʻzlari “Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 10-bandning beshinchi xatboshisidagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi” soʻzlari “Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandoshlar” jamoat fondi Vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi
2.
Lavozimi boʻyicha
—
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari
3.
Baxtiyor Saidov
—
tashqi ishlar vaziri
4.
Kongratbay Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
5.
Ozodbek Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
6.
Adxam Ikramov
—
sport vaziri
7.
Bexzod Musayev
—
Migratsiya agentligi direktori
8.
Umid Shadiyev
—
Turizm qoʻmitasi raisi
9.
Alisher Saʼdullayev
—
Yoshlar ishlari agentligi direktori
10.
Qudratilla Rafikov
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi
11.
Shavkat Ayupov
—
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti
12.
Sirojiddin Saidov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
13.
Adxam Bekmurodov
—
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori v.b.
14.
Bobur Bekmurodov
—
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi
15.
Eldor Tulyakov
—
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori
16.
Akmal Nuridinov
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi
17.
Olimjon Davlatov
—
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori, adabiyotshunos olim
18.
Yodgor Sagdiyev
—
Oʻzbek milliy akademik drama teatri direktori
19.
Mahmud Toir
—
Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari
20.
Erkin Komilov
—
Oʻzbekiston xalq artisti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandoshlar” jamoat fondining Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandoshlar” jamoat fondining Vasiylik kengashi qarori bilan uning tarkibiga xorijdagi vatandoshlar kiritilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-son Farmoniga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5046-son Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2993-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)