21.01.2025 yildagi 353-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 21.01.2025 yildagi 353-V-son
Kuchga kirish sanasi
21.01.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasini tuzish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining oʻz deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chogʻida deputatlik odob-axloq qoidalariga hamda umum qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining odob-axloq qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 11-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 3161-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 5, 354-modda) Qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
353-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 21-yanvardagi 353-V-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Odob-axloq komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xodjayeva Moxira Mirzaxmadovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi, komissiya raisi

Kurbonboyev Maqsudbek Komulovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

Aripov Davron Raximovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Zaxidov Erkin Agzamovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Zoxidov Zokirjon Tuxtasinovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Litvinova Olga Ivanovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi

Utemuratova Sapargul Shashetovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 21-yanvardagi 353-V-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasining (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) vazifalarini, vakolatlarini, faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini, shuningdek uning ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi Reglamenti deb yuritiladi) normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining odob-axloq qoidalariga (bundan buyon matnda Odob-axloq qoidalari deb yuritiladi) rioya etilayotganligi ustidan nazoratni taʼminlash va ularga rioya etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiyaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, ushbu Nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlisida salmoqli tajribaga va Qonunchilik palatasining deputatlari (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan deputatlar orasidan Qonunchilik palatasi vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasining qarori bilan tuziladi hamda Komissiya raisi, uning oʻrinbosari va aʼzolarini qoʻshganda yetti nafardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya aʼzolarining soni va uning tarkibi Qonunchilik palatasining qaroriga asosan oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya oʻz faoliyatini qonuniylik, xolislik va adolatlilik prinsiplariga asosan olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiyaning faoliyati Qonunchilik palatasining qarori bilan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari hamda vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odob-axloq qoidalari loyihasini ishlab chiqish va Qonunchilik palatasi tasdigʻiga kiritish, Odob-axloq qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlar tomonidan Odob-axloq qoidalariga, shuningdek umum qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etilishi masalalarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlar oʻrtasida qoidabuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odob-axloq qoidalariga rioya etish boʻyicha deputatlarga maslahat va tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputat maqomini tartibga soluvchi normalar buzilganligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatning Qonunchilik palatasining, oʻzi tarkibiga kirgan siyosiy partiya fraksiyasining (bundan buyon matnda fraksiya deb yuritiladi), shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiyaning majlislarida uzrli sababsiz hozir boʻlmasligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi topshiriqlarining deputat tomonidan bajarilmayotganligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlarning, Qonunchilik palatasi Spikerining va Spiker oʻrinbosarlarining, fraksiyalar rahbarlarining, komissiyalar, qoʻmitalar raislarining deputatning umum qabul qilingan odob-axloq normalarini, Odob-axloq qoidalarini buzadigan, deputat obroʻsiga va Qonunchilik palatasi nufuziga putur yetkazadigan xatti-harakatlar sodir etilganligi bilan bogʻliq murojaatlarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning ayrim deputatlarning xatti-harakatlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻz vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan deputatlarning huquqlari buzilishi haqidagi arizalarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish hamda deputat faoliyatining boshqa kafolatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odob-axloq qoidalarini buzgan deputatga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllash, shuningdek Qonunchilik palatasi Reglamenti qoidalarining buzilishi holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasining Kengashiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining yoki Qonunchilik palatasi Kengashining topshirigʻiga binoan Odob-axloq qoidalariga deputatlar tomonidan rioya etilish holatini oʻrganib chiqib, uning natijalari haqida Qonunchilik palatasini yoki Qonunchilik palatasining Kengashini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish va uni chaqirib olish toʻgʻrisidagi materiallarni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiyaning vakolatlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlarning Qonunchilik palatasi Reglamentining normalariga va Odob-axloq qoidalariga rioya etishi, shu jumladan Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida doimiy ishtirok etishi yuzasidan monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi boʻyicha deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish toʻgʻrisidagi materiallarni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi materiallarni Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish uchun tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi, fraksiyalar va qoʻmitalarning majlislarida Komissiya xulosasini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputat tomonidan Odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda, deputatdan hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan zarur axborotni soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi koʻrib chiqishi uchun kiritilgan masalalarni hal etishda Komissiya majlislariga ekspertlar va mutaxassislarni taklif qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya fraksiyalar, qoʻmitalar, Qonunchilik palatasi Devonining tarkibiy boʻlinmalari, boshqa organlar, mansabdor shaxslar va jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya oʻz vakolati doirasidagi masalalarni Qonunchilik palatasining yoki uning Kengashining topshirigʻiga binoan yoxud oʻz tashabbusi bilan koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Komissiya ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya oʻz ishini majlis shaklida tashkil etadi. Komissiya majlislari zaruriyatga qarab oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislari ochiq tarzda oʻtkaziladi. Zarur hollarda, Komissiya yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya majlislarida unga taklif etilgan manfaatdor shaxslar ishtirok etishi mumkin. Komissiya sayyor majlislar oʻtkazishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya majlisini Komissiya raisi, u yoʻqligida esa uning topshirigʻiga binoan uning oʻrinbosari yoki Komissiya aʼzolaridan biri olib boradi. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, uni raislik qiluvchi imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya majlislari, agar ularda Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiyaning navbatdagi kelgusi majlisi toʻgʻrisida uning raisi Komissiya aʼzolariga yozma ravishda, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin xabar beradi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori, agar uni majlisda hozir boʻlgan Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Qarorni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Komissiya majlisiga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiya qarori raislik qiluvchi tomonidan majlisning oʻzida imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislarini chaqiradi va olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolariga topshiriqlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fraksiyalar, qoʻmitalar, Qonunchilik palatasi Devonining tarkibiy boʻlinmalari, boshqa organlar, mansabdor shaxslar va jamoatchilik bilan munosabatlarda Komissiya nomidan ish koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan tayyorlangan qarorlarni, xulosalar va takliflarni Qonunchilik palatasiga, Qonunchilik palatasining Kengashiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolarini Komissiyaga kelib tushayotgan barcha hujjatlar va materiallardan xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislarida ishtirok etish uchun manfaatdor shaxslarni taklif etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolarini Komissiya qarorlarining bajarilishi haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya raisining oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ish yurituvini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislari uchun materiallarni tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolarini majlislar vaqti va kun tartibi toʻgʻrisida xabardor etish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi yoʻqligida uning vazifalarini bajarib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiya aʼzosi Komissiya majlisida hozir boʻlishi va oʻz zimmasiga yuklatilgan topshiriqlarni, majburiyatlarni bajarishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzosi Komissiya majlisida hozir boʻlish imkoni boʻlmaganda u Komissiya raisini oldindan xabardor etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya aʼzosi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan barcha masalalar boʻyicha ovoz berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya koʻrib chiqishi uchun masalalar va takliflar kiritishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorlarni tayyorlashda, muhokama qilishda, qabul qilishda, shuningdek ularning amalga oshirilishini tashkil etish hamda bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrib chiqilayotgan masalaga doir hujjatlar, maʼlumotnomalar va boshqa zarur axborot bilan tanishishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda, oʻz nuqtai nazarini bayon etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzosi ushbu Nizomga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Odob-axloq qoidalari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish va Komissiya majlislarini oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Odob-axloq qoidalarining deputat tomonidan buzilishi bilan bogʻliq oʻrganishni dastlabki tarzda oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan deputat tomonidan Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq shikoyatlarning kelib tushganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan deputatning nojoʻya harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputat tomonidan qonun hujjatlari, umum qabul qilingan odob-axloq normalari va Odob-axloq qoidalarini buzish faktlari boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish haqida Qonunchilik palatasining, uning Kengashining topshirigʻi yoki Qonunchilik palatasi Spikerining, deputat tarkibiga kiritilgan fraksiya rahbarining, tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya raisining taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputat degan nomga dogʻ tushiruvchi nojoʻya xatti-harakatlar sodir etilganligi haqidagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslar tomonidan berilgan xabarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy xabarlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq oʻrganishlar Komissiya tomonidan bunday axborot kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan ayrim hollarda, yuqoridagi muddat Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan koʻpi bilan yana oʻn besh kunga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Deputat oʻzining huquqiga, shaʼniga, qadr-qimmatga va ishchanlik obroʻsiga daxl qiladigan murojaat boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻzini himoya qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Haqiqiy holatlarni aniqlash va xolisona qaror qabul qilish maqsadida, Komissiya majlisiga oʻziga nisbatan masala koʻrib chiqilayotgan deputat, zarur boʻlgan hollarda esa murojaat qiluvchi va boshqa shaxslar taklif etiladi. Komissiya majlisining vaqti va joyi haqida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning kelmaganligi murojaatni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiya majlisida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibidagi masala oʻqib eshittiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining, uning Kengashining topshirigʻi, Qonunchilik palatasi Spikerining, deputat oʻzi tarkibiga kiritilgan fraksiya rahbarining, oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya raisining taklifi yoki deputat tomonidan Odob-axloq qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi murojaat oʻqib eshittiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odob-axloq qoidalari buzilganligi toʻgʻrisida oʻziga nisbatan murojaat kelib tushgan deputat, zarur boʻlgan hollarda esa murojaat qiluvchi eshitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻziga nisbatan oʻrganish oʻtkazilayotgan deputat quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish tayinlanganligi va unga asos boʻlgan hujjatning mazmuni bilan tanishib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish oʻtkazish boʻyicha Komissiya aʼzolari xususida eʼtirozi mavjud boʻlgan taqdirda, Qonunchilik palatasining Spikeriga asoslantirilgan raddiya berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar, maʼlumotnomalarni va boshqa dalillarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish natijasidan norozi boʻlgan taqdirda Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Deputatning zimmasiga koʻrilayotgan ish yuzasidan aybsizligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyatini uning zimmasiga yuklatish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Deputat oʻrganish yuzasidan soʻralgan zarur hujjatlarni va boshqa axborotni Komissiyaga taqdim etishi shart. Bunda oʻrganishni oʻtkazishga toʻsqinlik qilishga, Komissiya aʼzolariga oʻz vazifalarini amalga oshirishiga xalaqit berishga va ularga taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Murojaat materiallari, Qonunchilik palatasining yoki uning Kengashining topshirigʻi yoxud Qonunchilik palatasi Spikerining, deputat oʻzi tarkibiga kiritilgan fraksiya rahbarining, oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya raisining taklifi bilan tanishib chiqish yakunlari boʻyicha Komissiya deputatning harakatlarida Odob-axloq qoidalari buzilishi faktining mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Odob-axloq qoidalarining deputat tomonidan buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odob-axloq qoidalarini buzishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtilgan holda deputatga ogohlantirish berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatdan tegishincha Qonunchilik palatasi, shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya majlislarida uzr soʻrashni talab qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odob-axloq qoidalari buzilishiga deputat tomonidan yoʻl qoʻyilganligi faktini palata majlisida oʻqib eshittirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining Kengashiga deputatning ish haqidan ushlab qolish boʻyicha taklif kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasiga deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish va uni chaqirib olish boʻyicha taklif kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Deputatlarning xatti-harakatiga doir quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyada oldin koʻrib chiqilgan murojaat va aynan shu mazmundagi takroriy murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anonim murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularga tegishli vakolat berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Komissiya qabul qilingan qaror haqida murojaat qiluvchiga, oʻziga nisbatan masala koʻrib chiqilgan deputatga va Qonunchilik palatasining Kengashiga yozma ravishda maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi qarorining loyihasi Komissiya tomonidan Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritilganda unga qisqa tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Komissiya qarori ustidan Qonunchilik palatasiga shikoyat qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi Komissiya qarorini bekor qilishga va oʻz vakolatlari doirasida boshqa qaror qabul qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Deputat tomonidan Qonunchilik palatasining majlisi jarayonida Odob-axloq qoidalarining buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq choralar koʻradi, shuningdek Komissiyaga deputat tomonidan Odob-axloq qoidalari talablarining buzilganligi masalasini koʻrib chiqishni taklif etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Murojaat Komissiya qarori qabul qilinguniga qadar uning tashabbuskori tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Taraflarning yarashuvi munosabati bilan, shuningdek deputat oʻz xohishi bilan oshkora uzr soʻragan hollarda, deputat taʼsir choralari qoʻllanilishidan ozod etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Komissiya faoliyatiga moddiy-texnika, axborotga oid va boshqa xizmatlar koʻrsatish Qonunchilik palatasining Devoni tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Mazkur Nizom talablarini buzish tegishli huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 21-yanvardagi 353-V-sonli qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining odob-axloq qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda Odob-axloq qoidalari deb yuritiladi) “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, umum qabul qilingan odob-axloq normalariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) uchun uning oʻz deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida majburiy boʻlgan xulq-atvorning maʼnaviy-axloqiy prinsiplari va qoidalari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Odob-axloq qoidalari deputatning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarini cheklamaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Deputat oʻz vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga, shuningdek Odob-axloq qoidalariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Deputat oʻz faoliyatida umum qabul qilingan odob-axloq normalariga qatʼiy rioya etishi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquqlarini, shaʼnini, qadr-qimmatini va ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi, shuningdek deputat nomiga dogʻ tushiradigan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) nufuziga, umuman davlat manfaatlariga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan oʻzini tiyishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Deputat oʻz vazifalarini vijdonan va halol bajarishi, oʻzi tarkibiga kirgan siyosiy partiya, siyosiy partiya fraksiyasining (bundan buyon matnda fraksiya deb yuritiladi), shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmitaning, komissiyaning ish rejalarida, qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashi, oʻz malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, nazariy bilimlarini va amaliy koʻnikmalarini takomillashtirib borishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Deputat oʻz vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas. Deputatning ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi uning asosiy kasbiy vazifalarini bajarishiga zarar yetkazmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Deputat oʻz kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson va fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilarning, oʻzini deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiyaning manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlik faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi, oʻz faoliyati toʻgʻrisida saylovchilarni doimiy ravishda xabardor qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qonunchilik palatasi, uning Kengashi, fraksiya, qoʻmita va komissiya majlislarida deputatning oʻzini tutishi qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Deputat Qonunchilik palatasining, fraksiyaning, oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita va komissiyaning majlislarida ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, deputat bu haqda tegishincha Qonunchilik palatasi Spikeriga, fraksiya rahbariga, qoʻmita, komissiya raisiga kamida bir kun oldin (majlisda ishtirok etish imkoniyatiga toʻsqinlik qiluvchi toʻsatdan yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha majlis boshlanishidan oldin) xabar qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat Qonunchilik palatasi, fraksiya, shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, har bir ishtirok etilmagan holat uchun deputatning bir kunlik ish haqi uning roziligisiz ushlab qolinadi. Bunda deputatning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, xizmat safarida, mehnat taʼtilida yoki ijtimoiy taʼtilda boʻlganligi, shuningdek Qonunchilik palatasi Spikeriga, fraksiya rahbariga, qoʻmita, komissiya raisiga oldindan xabar berilgan, mazkur majlislarda ishtirok etmaslikning boshqa sabablari Qonunchilik palatasi, fraksiya, shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya majlislarida ishtirok etmasligi uchun uzrli sabablar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qonunchilik palatasining, uning Kengashining, fraksiyaning, qoʻmita va komissiyaning majlislarida deputat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz nutqida deputatlarning yoki boshqa shaxslarning shaʼniga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni, imo-ishoralarni qoʻllamasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlislarni oʻtkazishga xalaqit beradigan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi: soʻzga chiqqanlarning soʻzini boʻlmasligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 81 va 82-moddalarida nazarda tutilgan tartibga zid ravishda oʻz fikrini bayon qilishga urinmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtirgan joyidan baqirmasligi, muhokama etilayotgan masala yuzasidan soʻzga chiqqanlarning oʻz nuqtai nazarini erkin bayon etishiga toʻsiqlar yuzaga keltirmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli uzrsiz sabablarga koʻra majlislar zalidan namoyishkorona chiqib ketmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibidagi muhokama qilinayotgan masaladan imkon qadar chetga chiqib soʻzlamasligi, biror shaxsning shaʼniga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi asossiz ayblovga yoʻl qoʻymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻzga chiqishlar, deputatlik faoliyatining boshqa shakllarini amalga oshirish chogʻida bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining va Odob-axloq qoidalarining talablarini buzadigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Deputat Odob-axloq qoidalarining 9-bandida koʻrsatilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda, majlisda raislik qiluvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida deputatni ogohlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatni soʻzlash huquqidan mahrum qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatdan majlislar zalini tark etishni talab qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tegishli deputatning xatti-harakatiga baho berishni soʻrashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Deputat majlisda shaxsan ovoz berishi hamda ovoz berish kartochkasining lozim darajada saqlanishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berishni boshqa deputatga yoki oʻzga shaxsga bergan deputatning xatti-harakatlari boʻyicha Komissiya yoki uning taklifi bilan palata tomonidan Odob-axloq qoidalarida hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Deputatning boshqa deputatlar, saylovchilar, siyosiy partiya va fraksiya, Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari hamda yordamchilari bilan oʻzaro munosabati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Deputatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, teng huquqlilik, bir-birini oʻzaro hurmat qilish asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Deputatlar tanqidga sabr-toqat bilan yondashishi, oʻziga nisbatan bildirilgan tanqidiy fikrlarga qoʻpollik bilan munosabat bildirmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Deputatlar oʻz ishida har qanday masalani erkin jamoaviy muhokama qilishi, fikrlar xilma-xilligini hurmat qilishi, nizolarga yoʻl qoʻymasligi, kelishmovchiliklarni ochiq fikr almashish orqali bartaraf etish yoʻllarini birgalikda izlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Deputat oʻz okrugidagi saylovchilar bilan doimiy ravishda aloqada boʻlib turadi. Deputatning saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlari oʻzaro hurmat, saylovchilar tomonidan koʻtariladigan muammolar va masalalarga deputatning eʼtibor bilan munosabatda boʻlishiga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Deputat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz saylovchilarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash choralarini koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilardan tushgan takliflarni, arizalarni, shikoyatlarni koʻrib chiqishi, ularda koʻrsatilgan masalalarning toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etilishiga oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini oldindan belgilangan jadval asosida shaxsan qabul qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Deputat saylovchilar bilan ishlashga vijdonan va halol yondashishi, ular bilan boʻladigan uchrashuvlarda shaxsan ishtirok etishi, bu jarayonda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymasligi hamda soxta hisobotlar taqdim etmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Deputat oʻz ishi haqida saylovchilarni belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat tomonidan saylovchilarga taqdim etiladigan axborot toʻliq, toʻgʻri va xolisona boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Deputat uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya va fraksiya bilan aloqa bogʻlab turadi hamda ularning ustavida (nizomida) belgilangan odob-axloq va intizom qoidalariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat Qonunchilik palatasida uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya manfaatlarini ifoda etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Deputatning Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari hamda yordamchilari bilan oʻzaro munosabati hurmat, professionallik asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari hamda yordamchilari uchun oʻrnak boʻlishi, ularga xushmuomalalik bilan munosabatda boʻlishi, ularni jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar boʻyicha kamsitmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari hamda yordamchilaridan shaxsiy manfaatlari yoʻlida foydalanmasligi yoki ularning zimmasiga xizmat majburiyatlari jumlasiga kirmaydigan vazifalarni yuklatmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandi, eri (xotini), shuningdek erining (xotinining) ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari) uning yordamchisi boʻlishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi qonun talabiga qatʼiy rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Deputat tomonidan joylardagi ishlarning holatini oʻrganishda deputatlik odobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Deputat joylarga chiqib, aholi bilan oʻtkazilgan muloqotlar chogʻida va sohalarni oʻrganish jarayonida oldiga qoʻyilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi, oʻrganilayotgan masalaning tub mohiyatiga yetishi, uchrashuvlarda shaxsan ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Joylarga chiqqanda rasmiyatchilikka va koʻzboʻyamachilikka yoʻl qoʻymasligi hamda xolis va haqqoniy hisobotlar taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Joylardagi ishlarning holatini oʻrganishda deputatning davlat organlariga, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tazyiq oʻtkazishiga, ular faoliyatiga aralashishiga yoki ularning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilishiga, oʻz faoliyatini qonunchilikka zid ravishda amalga oshirishga undashiga, bunday harakatni bajarmaganlik uchun doʻq-poʻpisa qilishiga va bosim oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ommaviy chiqishlar chogʻidagi deputatlik odobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Deputat ommaviy axborot vositalaridagi, matbuot konferensiyalaridagi, boshqa jamoat tadbirlaridagi va omma oldidagi bayonotlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ochilgan shaxsiy sahifalarida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida (blog, post, izoh qoldirishda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining, uni nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya va fraksiyaning nufuzini tushirishga olib kelishi yoki oʻz vakolatlarini vijdonan amalga oshirishiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining xatti-harakati, axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramasligi hamda asosli va konstruktiv tanqidni toʻgʻri qabul qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar faoliyatiga hamda fuqarolarga nisbatan eʼtirozlari mavjud boʻlsa, ularni asoslangan, aniq muammoga qaratilgan holda bayon etishi, tekshirilmagan, isbotlanmagan maʼlumotlar va dalillardan foydalanmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning ishchanlik obroʻsiga, jismoniy shaxslarning shaʼniga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan asossiz, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar bilan muloqotda ularning shaʼniga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz iboralar va soʻzlarni qoʻllamasligi hamda asossiz ayblovlarga yoʻl qoʻymasligi, qonunga xilof xatti-harakatlarga daʼvat etmasligi hamda bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat ommaviy chiqishlari chogʻida sud tizimi va sudyalar haqida tanqidiy fikr bildirishda ularning mustaqilligi va xolisligiga taʼsir koʻrsatmasligi, tanqidiy fikrlar dalillar bilan asoslangan va aniq boʻlishi hamda sudga hurmatsizlikni ifoda etmasligi kerak. Deputat sudlar siyosatdan xoli ekanligini va tanqidlarga javob berishi uning xolisligini shubha ostiga qoʻyishi mumkinligini inobatga olishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agar deputatning omma oldidagi bayonotlarida fuqarolarning shaʼniga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga, yuridik shaxsning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan fikrlar mavjud boʻlsa, deputat oʻz fikrlariga yanglishligini yoki notoʻgʻriligini oshkora tan olishi hamda shaʼniga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga daxl qilingan fuqarodan va (yoki) yuridik shaxsdan uzr soʻrashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Deputat boshqa deputatlarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini oshkora shubha ostiga qoʻymasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Deputat oʻziga rasman vakolat berilgan hollardagina Qonunchilik palatasi nomidan soʻzlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Deputatning maqomidan gʻayriqonuniy ravishda foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Deputat oʻz maqomidan fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda foydalanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning oʻz maqomidan, shu jumladan nazorat vakolatlaridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi, qarindoshlari va oʻziga yaqin boshqa shaxslar uchun manfaat, xizmatlar, tijoratga oid naf yoki boshqa naf olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hokimiyati organlari faoliyatiga aralashish, shaxsiy masalalar boʻyicha davlat organlariga va tashkilotlariga, davlat xizmatchilariga va boshqa shaxslarga taʼsir oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi hokimiyat organlarining kadrlar siyosatiga aralashishga, muayyan shaxslarni ishga qabul qilishga, lavozimini koʻtarishga yoki moddiy yoxud maʼnaviy ragʻbatlantirishga undash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklar olish maqsadida yoxud qonunchilikka zid boʻlgan boshqa maqsadlarda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Deputat moddiy manfaatdorlik evaziga Qonunchilik palatasi, fraksiya, qoʻmita, komissiya majlisida biror masalani olib chiqishi yoki uni qoʻllab-quvvatlab ovoz berishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Deputat deputatlik blankalaridan faqat deputatlik vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan rasmiy xatlari, soʻrovlarni va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda foydalanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat davlat mulkining but saqlanishini taʼminlashi hamda oʻziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan deputat tomonidan olingan maʼlumotlarning oshkor etilmasligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Deputat deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni, agar ushbu maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining, uning Kengashining, fraksiyaning, qoʻmita va komissiyaning yopiq majlislarida koʻrib chiqilgan masalalarga taalluqli boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siriga va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga taalluqli boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatning daxlsizligini cheklash yoki deputat tomonidan Odob-axloq qoidalarining buzilganligi bilan bogʻliq boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchining yoki boshqa shaxsning shaxsiy hayotiga oid siri boʻlsa va deputatga ularni oshkor etmaslik sharti bilan ishonib maʼlum qilingan boʻlsa, oshkor etmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Deputat davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan oʻziga taqdim etilgan xizmatga oid rasmiy maʼlumotdan shaxsiy naf koʻrish uchun foydalanishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Xorijga xizmat safari davrida, chet el fuqarolari bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Deputat rasmiy delegatsiyalar tarkibida va chet el fuqarolari bilan uchrashuvlarda oliy davlat vakillik organining vakili ekanligini namoyish eta bilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Deputat rasmiy delegatsiyalar tarkibida chet davlatlarda boʻlgan paytida xizmat safarining maqsadlari va vazifalarini amalga oshirishga, Qonunchilik palatasi nufuzini va, umuman, Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashishi, oʻzi borgan mamlakatning qonunchiligi talablariga hamda rasmiy va norasmiy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida umum qabul qilingan odob-ahloq normalariga rioya etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Xizmatdan tashqari vaqtda oʻzini tutish, shuningdek kiyinish odobi qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Deputat xizmatdan tashqari vaqtda deputatning yuksak nomiga dogʻ tushiradigan, oʻzining shaʼniga, qadr-qimmatiga va ishchanlik obroʻsiga, Qonunchilik palatasi nufuziga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan tiyilishi, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa koʻngilochar maskanlarda) oʻzini tutish qoidalariga rioya etishi, atrofdagilarning eʼtiborini tortuvchi ortiqcha va salbiy harakatlarga yoʻl qoʻymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlarga yoʻl qoʻymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etmasligi hamda boshqalarni gʻayriqonuniy harakatlarga daʼvat qilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy munosabatlarda kamtar, halol, xushmuomala boʻlishi va hech kimga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Kundalik turmushda odob normalariga rioya etish Odob-axloq qoidalarining ajralmas qismidir. Deputat kiyinish uslubining sipoligi va kamtaronaligi bilan ajralib turishga harakat qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat, ayniqsa, deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chogʻida oʻta dabdabali kiyim-bosh kiymasligi, ortiqcha bezaklar va boshqa aksessuarlar taqmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiyaga aʼzoligi toʻxtatilgan Qonunchilik palatasi rahbariyati palata, fraksiya va qoʻmitalar majlislarida ishtirok etganda kiyim-boshida biror-bir siyosiy partiyaning shiori yoki ramzi boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi choralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Deputat oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi, begʻaraz va xolis boʻlishi kerak. Basharti Qonunchilik palatasining, uning Kengashining, fraksiyaning, qoʻmitaning, komissiyaning majlisida bevosita yoxud yaqin qarindoshlar orqali shaxsiy manfaatdorlikka ega boʻlgan masala koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, deputat bu haqda raislik qiluvchini xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish maqsadida shaxsiy manfaatdorligi boʻlgan deputatning muhokamalarda soʻz olish huquqini cheklashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Deputatning oʻz vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovgʻa olishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat alohida xizmatlari uchun Qonunchilik palatasining yoki uning Kengashining qarori asosida olingan sovgʻalar, shuningdek musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, davlat bayramlari, nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida yoxud xizmat safarlari, chet el delegatsiyalarining Oʻzbekistonga tashrifi vaqtida, shuningdek xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovgʻalar olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat safarlari, chet el delegatsiyalarining Oʻzbekistonga tashrifi vaqtida, shuningdek xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olingan sovgʻa qiymati bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridan oshmasligi lozim, ushbu miqdordan oshadigan sovgʻalar Qonunchilik palatasi muzeyiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Deputat oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar deputat korrupsiya faktlari toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar koʻrishi, shu jumladan Qonunchilik palatasini yoki uning organlari rahbarlarini yoki korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organini darhol xabar qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala Komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi hamda Komissiya taklifiga binoan Qonunchilik palatasiga yoki uning Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odob-axloq qoidalarini buzgan deputatga nisbatan quyidagi taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatga Odob-axloq qoidalarini buzishga yoʻl qoʻyilmasligini koʻrsatib oʻtgan holda ogohlantirish berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatdan Komissiya yoki Qonunchilik palatasi, shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya majlislarida uzr soʻrashni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odob-axloq qoidalari buzilishiga deputat tomonidan yoʻl qoʻyilganligi faktini palata majlisida oʻqib eshittirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatning ish haqidan ushlab qolish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish va uni chaqirib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda, Komissiya yoki Qonunchilik palatasi, uning Kengashi qaroriga asosan deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi hamda unga nisbatan ushbu bandning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllaniladi. Ushbu bandning oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsir chorasi Qonunchilik palatasi Kengashining qaroriga asosan qoʻllaniladi, ushbu bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsir chorasi esa Qonunchilik palatasining qaroriga asosan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Deputat tomonidan Odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda, alohida hollarda, Qonunchilik palatasi deputatni “adolatli deputat”, “xalqparvar deputat” yoki “mehnatkash deputat” maqomidan mahrum qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Deputat tomonidan umum qabul qilingan odob normalarini, deputatlik odobini qoʻpol tarzda buzadigan, deputatning yuksak nomiga dogʻ tushiradigan xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda, u qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi yoxud Qonunchilik palatasi qarori bilan uning vakolatlari muddatidan oldin tugatilishi mumkin.