1-ILOVA
1. | J.A. Qoʻchqorov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi |
2. | T.A. Ishmetov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari |
3. | Sh.S. Xidoyatov | — | qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari |
4. | S.A. Sadullayev | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
5. | A.N. Karimov | — | adliya vaziri oʻrinbosari |
6. | F.J. Pulatov | — | Kadastr agentligi direktori |
7. | M.M. Mirzayev | — | Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
8. | M.B. Jumaniyazov | — | Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri |
9. | K.K. Xannarov | — | Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi |
10. | Lavozimi boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari |
11. | F.A. Inamov | — | Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori, Respublika komissiyasi masʼul kotibi |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Masʼul ijrochilar |
1. | “Koʻp kvartirali uylar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishda ishtirok etish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, unda, shu jumladan uy-joy qurilishida ulushli ishtirok etish doirasida fuqarolarning mulkdagi investitsiya huquqlari buzilganligi uchun quruvchilarning javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutish. | 1. “Koʻp kvartirali uylar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishda ishtirok etish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Strategik islohotlar agentligi (B. Raxmatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev) |
2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish. | 2025-yil aprel | |||
3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | |||
2. | Quruvchi va ulushdorlarning majburiyatlari hamda “eskrou” hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisida shartnoma tuzish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Strategik islohotlar agentligi (B. Raxmatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev) |
2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish. | 2025-yil aprel | |||
3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | |||
3. | Qurilishda ulush kiritish asosida ishtirok etish toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilash. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Kadastr agentligi (F. Pulatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Strategik islohotlar agentligi (B. Raxmatov) |
2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish. | 2025-yil aprel | |||
3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | |||
4. | Qurilish jarayonida ulushdorlarning huquq va majburiyatlarini hamda tashkil etiladigan elektron platformaga maʼlumotlar joylashtirishda qurilish va developerlarning masʼuliyatini oshirish. Bunda maʼlumotlar joylashtirishdagi qoidabuzarliklar uchun javobgarlikni belgilash. | 1. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Strategik islohotlar agentligi (B. Raxmatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish. | 2025-yil aprel | |||
3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | |||
5. | Ulush kiritish asosidagi qurilish boʻyicha quruvchilarning toʻlovga qobiliyatsizligining oʻziga xos xususiyatlariga oid normalarni takomillashtirish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Davaktiv agentligi (A. Ortikov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy sud (B. Islamov), Strategik islohotlar agentligi (B. Raxmatov) |
2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish. | 2025-yil aprel | |||
3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | |||
6. | Ulush kiritish asosida qurish jarayonlarida mablagʻlarni jalb qilish va ulushdorlarda mulk huquqi vujudga kelishi bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solish. | 1. Qurilayotgan koʻp kvartiradagi xonadonlarni ulushdorlarga oʻtkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Markaziy bank (A. Kamalov), Kadastr agentligi (F. Pulatov) |
2. Loyihani belgilangan tartibda kelishish. | 2025-yil aprel | |||
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | |||
7. | Uy-joy qurilishida ulushli ishtirok doirasida fuqarolarning mulkdagi investitsiya huquqlarini buzganlik uchun quruvchilarning javobgarligini kuchaytirish. | 1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uy-joy qurishda ulushli ishtirok doirasida fuqarolarning mulkdagi investitsiya huquqlarini buzganlik uchun quruvchilarning javobgarligini belgilashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev) |
2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish. | 2025-yil aprel | |||
3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | |||
8. | Uy-joy qurilishi boʻyicha elektron platforma toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash va qurilishga ulushdorlarning mablagʻlarini jalb qiluvchi quruvchi tomonidan qurilish tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni elektron platformaga joylashtirib borish tartibini belgilash. Bunda Uy-joy qurilishi boʻyicha elektron platformada: ulush kiritish asosida faoliyat yuritish huquqiga ega quruvchilarning reyting tizimi joriy qilinadi hamda quruvchi va tijorat banklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq eʼlon qilib boriladi; har bir koʻp kvartirali uy, alohida realizatsiya qilinadigan qismlarini koʻrsatgan holda va unga tutash yer uchastkasi chegarasining topografik rejasi raqamli tarzda shakllantiriladi. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Markaziy bank (A. Kamalov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
2. Loyihani belgilangan tartibda kelishish. 3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | |||
9. | Qurilishda ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi boʻyicha talab qilish va garov huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazishni nazarda tutgan holda ulushli shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda soliq organlariga elektron shaklda taqdim etib borish tizimini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, elektron axborot tizimlari orqali maʼlumotlar almashuvini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil aprel | Kadastr agentligi (F. Pulatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
10. | Obyekt qurilishida quruvchilar tomonidan majburiyatlarni bajarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha mavjud sugʻurta mahsulotlari samaradorligini oshirish yuzasidan taklif tayyorlash. | Takliflarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2025-yil mart | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (D. Li), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Markaziy bank (A. Kamalov) |
11. | Loyihalarni amalga oshirish muddatlarini qisqartirish maqsadida investitsiya-qurilish sikli doirasida maʼmuriy tartib-taomillarni tartibga solishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar. | 1. Loyihalarni amalga oshirish muddatlarini qisqartirish maqsadida investitsiya-qurilish sikli doirasida maʼmuriy tartib-taomillarni tartibga solishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
2. Loyihani belgilangan tartibda kelishish. | 2025-yil aprel | |||
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | |||
12. | Mablagʻlarni jalb qilish uchun ipoteka kreditiga asoslangan yangi moliyaviy vositalarni joriy etish, shu jumladan, ipoteka garovi bilan taʼminlangan qimmatli qogʻozlarni chiqarish va ularning muomalada boʻlishini (sekyuritizatsiya) taʼminlash. | 1. “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (D. Li), Markaziy bank (A. Kamalov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ (M. Farmanov) |
2. Loyihani belgilangan tartibda kelishish. | 2025-yil iyul | |||
3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyul | |||
13. | Aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalari asosida uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat muassasasi shaklidagi “Oʻz uyim” kompaniyasini tashkil etish. | 1. Aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish. | 2025-yil fevral | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Markaziy bank (A. Kamalov) |
2. Oʻrganish natijalariga koʻra respublikada uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat muassasasi shaklidagi “Oʻz uyim” kompaniyasini tashkil etish yuzasidan taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil mart | |||
14. | Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha joriy etilayotgan tartib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati va erishilishi kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | Amaliy chora-tadbirlar. | Rejaga muvofiq | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
3-ILOVA