1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar |
I. Buxoro davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish | |||||
1. | Buxoro davlat texnika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish. | 1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 2. Universitetning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash. | 2025-yil fevral | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Universitet |
2. | Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti faoliyatini tugatish hamda ularning asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazib, Universitetga berish. | 1. Asosiy aktivlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 2. Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarining asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazish va Universitetga berish. | 2025-yil fevral-mart | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi |
3. | Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish. | 1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish. | 2025-yil mart | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil mart | ||||
3. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash. | 2025-yil aprel | ||||
4. Kafedralar professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil aprel | ||||
4. | Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan toʻldirish. | 1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish. | 2025-yil mart | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Universitet |
2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish. | 2025-yil mart | ||||
3. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchilarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2025-yil aprel | ||||
II. Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish | |||||
5. | Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish. | 1. Malaka talablari va fan dasturlarini shakllantirish maqsadida ish beruvchilar takliflari hamda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlarini tahlil qilish. | 2025-yil iyul | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Ish beruvchilar takliflari va xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida taʼlim yoʻnalishlari fanlar katalogini maqbullashtirish. | 2025-yil avgust | ||||
6. | Talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish. | 1. Mustaqil taʼlimni tashkil etish boʻyicha xorijiy pedagog xodimlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish. | 2025/2026 oʻquv yili | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Talabalarning mustaqil taʼlim olishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish. | 2025/2026 oʻquv yili | ||||
3. Mustaqil taʼlim jarayonini talabalarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirish. | 2026/2027 oʻquv yili | ||||
4. Oʻquv jarayoniga kasbiy kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish. | 2026/2027 oʻquv yili | ||||
7. | Universitetning professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalari uchun xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish. | 1. Nufuzli ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga ega kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish. | 2025-yil avgust | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Elektron maʼlumotlar bazalariga obunani tashkil qilish hamda ulardan professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalar uchun bepul foydalanish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil sentabr | ||||
8. | Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va taʼlim jarayoniga tatbiq etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish. | 1. Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish uchun professor-oʻqituvchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish asoslarini belgilash. | 2025-yil oktabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Darslik va oʻquv qoʻllanmalarni, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam mablagʻ ajratish. | 2025-yil noyabr | ||||
3. Universitet taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini yangi avlod oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash maqsadida tahririyat-nashriyot boʻlimi faoliyatini tashkil etish, bosmaxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan taʼminlash. | 2026-yil dekabr | ||||
9. | Hamkor tashkilotlarda kadrlar tayyorlovchi kafedralar filiallarini tashkil etish. | 1. Tashkilot va korxonalarda Universitet mutaxassislik kafedralarining filiallarini tashkil etish. | 2025-yil sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Universitet, hamkor tashkilotlar |
2. Kafedralar filiallarida mashgʻulotlar oʻtkazgan hamda malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi toʻlash tartibini joriy etish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
10. | Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-500 talik roʻyxatdan oʻrin olgan oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish. | 1. Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-500 talik roʻyxatdan oʻrin olgan oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. | 2025-yil noyabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan tegishli taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish yuzasidan hamkorlik memorandumi va shartnomalarni rasmiylashtirish. | 2025-yil dekabr | ||||
3. Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida muhandislik sohasida malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | ||||
11. | Universitetda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP-1000 talik roʻyxatga kiruvchi xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish. |
2. Universitet oʻquv jarayonlariga yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan har yili eng kamida 10 nafar yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish. | 2025 — 2027-yillar | Xalqaro grantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
12. | Dunyoning yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish. |
| 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Xalqaro grantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
13. | Muhandislik sohalariga oid 2 ta taʼlim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 1. Ichki va tashqi taʼlim sifatini taʼminlashda xorijiy tajribalarni oʻrganish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish. | 2026-yil mart | ||||
3. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ichki va tashqi sifatni taʼminlash boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish. | 2026-yil iyun | ||||
4. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 2026/2027 oʻquv yili | ||||
14. | Universitetda muhandislik fanlaridan dars beradigan professor-oʻqituvchilarning respublika ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish. | 1. Professor-oʻqituvchilarning respublika ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida qisqa muddatli stajirovka oʻtashini tashkil etish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil iyun | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Universitet |
2. Respublika ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashlarini tashkil etish. | reja-grafik asosida | ||||
15. | Universitetda taʼlim sifati va samaradorligini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish maqsadida professor-oʻqituvchilarni xorijda tajriba orttirish uchun yuborish. | 1. Xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik shartnomalarini tuzish. | 2025-2026-yillarda | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Oʻzaro hamkorlik shartnomalari asosida xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga Universitet professor-oʻqituvchilarini tajriba orttirish uchun yuborish. | 2026-2027-yillarda | ||||
16. | Universitetni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi TOP-1000 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha tizimli va samarali ishlarni olib borish. | 1. Universitet xalqaro reytingini oshirish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish. | 2025-yil fevral | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Tahlil natijalariga qarab xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar tomonidan eʼlon qilingan reytinglarda ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijroga yoʻnaltirish. | 2025-yil may | ||||
17. | Universitet talabalarini bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish. | 1. Talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish maqsadida ularni asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlarga biriktirish. | Har yili oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Universitet |
2. Tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar amaliyotlarini muayyan tashkilot va korxonalarida kelishuv asosida tizimli tashkil etish. 3. Talabalarning, amaliyot oʻtash davrida muayyan tashkilotlar va korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ish joylashishlariga koʻmaklashish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
18. | Universitet tizimidagi akademik litseyning maʼnan eskirgan oʻquv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan oʻtkazish hamda yangi laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash. | 1. Akademik litseyning maʼnan eskirgan oʻquv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Universitet tizimidagi akademik litseyni yangi laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash. | 2026/2027 oʻquv yiliga qadar | ||||
19. | Universitet tizimida ilgʻor xorijiy tajribalar asosida respublika neft-gaz sanoati ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda Ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish. | 1. Ilgʻor muhandislik maktabi moddiy-texnika bazasini (oʻquv hamda ishlab chiqarish laboratoriyalari) shakllantirish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, hamkor ishlab chiqarish korxonalari mablagʻlari, Innovatsion rivojlanish agentligi grantlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi, Universitet |
2. Talabalar ichidan tanlov asosida neft-gaz sanoati ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqotchi muhandis-texnologlarni tayyorlash. 3. Ilgʻor muhandislik maktabi talabalari tomonidan ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor ilmiy innovatsion loyihalarni bajarishni tashkil etish. | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | ||||
20. | Ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida mahallalardagi ishsiz hamda imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni jalb qilish orqali xotin-qizlar uchun IT markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. IT markaz nizomi va markaz faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil aprel | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Universitet |
2. Markaz oʻquvchilari uchun malakali dasturchilar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish choralarini koʻrish. | 2025-yil iyun | ||||
3. Xotin-qizlarning IT sohasi boʻyicha eng yaxshi startap loyihalarini moliyalashtirib borish. | 2025-yil avgust | ||||
21. | Yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini tashkil etish. | “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” AJ, “Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi”, “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini tashkil etish. Bunda biriktirilgan sanoat hamkorlari Universitetga: ilmiy loyihalar uchun mablagʻ ajratishini; kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmalar sonini belgilashini; moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun moliyaviy koʻmak summasi ajratishini taʼminlash. | 2025-yildan boshlab doimiy | Universitetga biriktirilgan sanoat hamkorlari mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Universitetga biriktirilgan hamkor korxona va tashkilotlar |
III. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash | |||||
22. | Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini tizimli tashkil etish. | 1. Ehtiyoj yuqori boʻlgan ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. 2. Universitet tadqiqotchilarini xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli doktoranturaga oʻqishga yuborish. | 2025-yil may | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
23. | Universitet professor-oʻqituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari va talabalarining innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini oshirish. | 1. Universitetning ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan yashil iqtisod, ekologik muammolar, inklyuzivlik, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish, raqamlashtirish sohasida tadqiqotlarni amalga oshirishda Davlat budjeti va xalqaro grantlar mablagʻlarini keng jalb qilish. | 2025-yil aprel | Davlat budjeti, grant va xalqaro grant mablagʻlari | Universitet, Buxoro viloyati hokimligi, hamkor korxona va tashkilotlar |
2. Innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tadqiqotchilarning tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kichik innovatsion korxona tashkil etish. | 2025-yil may | ||||
24. | Universitet tadqiqotchilari uchun ilmiy stajirovkalarni tashkil etish orqali ilmiy ishlar koʻlamini oshirish. | 1. Universitet yosh olimlari, ilmiy-texnik va muhandis xodimlarining respublika va xorijiy davlatlar yetakchi oliy taʼlim tashkilotlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkalarini tashkil etish. 2. Buxoro viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtash boʻyicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Universitet, Innovatsion rivojlanish agentligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi |
25. | Universitetning ilm-fan sohasidagi faoliyatini xalqaro miqyosda eʼtirof etish va hamkorlikni rivojlantirish. | 1. Universitetning professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilarini xalqaro tadqiqot dasturlarida ishtirok etish koʻlamini oshirish. 2. Ilm-fanning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fanlararo xalqaro konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish. 3. Hamkorlikda xalqaro ilmiy loyihalarni bajarish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Universitet |
26. | Buxoro shahri, “Bukhara City” zamonaviy turarjoy va biznes markazi majmuasi hududidagi 1,8 ga maydondan iborat 49-lotning 1,0 ga yer maydonida qurilishi rejalashtirilgan “Inno” innovatsion oʻquv ishlab-chiqarish texnopark faoliyatini Buxoro davlat texnika universiteti hududida tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil mart | - | Buxoro viloyati hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Universitet | |
IV. Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish | |||||
27. | Universitetda besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari tashkil etish uchun zarur xona, jihozlar ajratish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil aprel | ||||
28. | Universitetda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish. | 1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibini (nizomi) ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi asosida tanlovlarni yuqori saviyada oʻtkazish. | 2025-yil may | ||||
29. | Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida xalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uygʻotish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish. | 1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, jadid bobolarimiz, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish. | 2025-yil aprel | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Talabalarning teatr va muzeylarga tashrifini tashkil etish. 3. Talabalarga filmlar namoyishini tashkil etish. | reja asosida | ||||
V. Universitet moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | |||||
30. | Universitetda “Fizik-kimyoviy tahlillar”, “Neft-gaz, oziq ovqat va kimyo sanoat muammolari” hamda “Yashil energetika, energoaudit” va boshqa yoʻnalishlarda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini oʻzida biriktirgan markazlashgan ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash. | 1. Laboratoriya loyihasini ishlab chiqish, smeta hujjatlarini tayyorlash. | 2025-yil aprel | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Laboratoriya jihozlari, asbob va uskunalari roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil may | ||||
3. Markazlashgan laboratoriya tashkil etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil oktabr | ||||
31. | Universitetning bino va inshootlarini kapital taʼmirlash. | 1. Bino va inshootlarni kapital taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Bino va inshootlarni kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. Bunda Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq Universitet kampusini bosqichma-bosqich inklyuziv va “yashil kampus”ga aylantirishni nazarda tutish. | 2025-yil sentabr | ||||
VI. Universitet faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish | |||||
32. | Oliy taʼlim tashkiloti kampusi va ulardagi bino-inshootlarning AKT infratuzilmasini takomillashtirish. | 1. Oliy taʼlim tashkilotining mavjud binolarida IT infratuzilma holatini xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Universitet |
2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan IT qurilmalarni xarid qilish. | 2025-yil iyun-iyul | ||||
3. Oliy taʼlim tashkilotining barcha binolarini optik tolali kanallar orqali yuqori tezlikdagi internetga ulash. | 2025-yil avgust | ||||
4. Oliy taʼlim tashkilotidagi serverlarni uzluksiz zaxira elektr manbai bilan taʼminlash. | 2025-yil sentabr | ||||
33. | Universitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash. | 1. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (NEMIS)”ni oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish. | 2025-yil aprel | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Axborot tizimiga Universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash hamda oliy taʼlim tashkilotlariga tegishli maʼlumotlarni birlashtirish. | 2025-yil iyun | ||||
34. | Talabalarga onlayn usulda shartnomalar olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish. | 1. “Oliy taʼlim tizimida toʻlov xizmatlarini yagona hisob raqami orqali qabul qilish va taqsimlash hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish (billing.edu.uz)” tizimini sozlash va alohida profil yaratish, oliy taʼlim tashkilotlariga tegishli maʼlumotlarni birlashtirish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Talabalarga shartnomalarni onlayn taqdim etish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil aprel | ||||
35. | Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida “Registrator ofisi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Registrator ofisi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil aprel | ||||
36. | Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish. | 1. Universitetda mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Roʻyxat asosida resurslarni “Unilibrary” elektron kutubxona platformasiga kiritish. | 2025-yil aprel | ||||
2-ILOVA
T/r | Obyekt nomi | Manzili | Egallagan maydoni, (m2) | Balansda saqlovchi |
1. | 1-oʻquv-laboratoriya binosi | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy | 13 476,1 | Buxoro muhandislik-texnologiya instituti |
2. | 2-oʻquv-laboratoriya binosi | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy | 14 354,8 | |
3. | 3-oʻquv-laboratoriya binosi | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy | 6 647,4 | |
4. | 4-oʻquv binosi | Buxoro shahri Navoiy shoh koʻchasi 12 a-uy | 2 646,3 | |
5. | 1-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Navoiy shoh koʻchasi 12-uy | 6 037,8 | |
6. | 2-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Navoiy shoh koʻchasi 12 a-uy | 2 418,1 | |
7. | 3-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Navoiy shoh koʻchasi 12 b-uy | 6 626,5 | |
8. | Sport zal | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy | 1 071,8 | |
9. | Laboratoriya binosi | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy | 257,9 | |
10. | Trenajyor zali | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy | 174,5 | |
11. | Avtogaraj | Buxoro shahri A. Boboqulov koʻchasi 10-uy | 2 541,7 | |
12. | Oshxona (2-oʻquv-laboratoriya binosi hududida) | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy | 74,0 | |
13. | Xizmat uyi | Buxoro shahri Piridastgir koʻchasi 3-uy | 444,5 | |
14. | Hojatxona (1-talabalar turarjoyi hududida) | Buxoro shahri Navoiy shoh koʻchasi 12-uy | 178,5 | |
15. | Bosh oʻquv binosi | Buxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy | 1 438,2 | Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti |
16. | 2-oʻquv binosi | Buxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy | 3 504,8 | |
17. | ARM va laboratoriya | Buxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy | 2 967,5 | |
18. | 1-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy | 789,2 | |
19. | 2-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy | 789,2 | |
20. | 3-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy | 1 069,3 | |
21. | Texnopark | Buxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy | 3 520,4 | |
22. | Oʻquv-amaliyot poligoni | Romitan tumani “Qoqishtuvon” MFY | 24 500,0 |
3-ILOVA
T/r | Taʼlim tashkiloti nomi | Quvvati |
I. Oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti | ||
1. | Buxoro davlat texnika universiteti akademik litseyi (Buxoro muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi) | 825 |
II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari | ||
2. | Buxoro tuman politexnikumi | 720 |
3. | Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumi | 900 |
4. | Vobkent sanoat va transport texnikumi | 780 |
5. | Gʻijduvon agrotexnologiyalar texnikumi | 600 |
6. | Gʻijduvon tuman 1-son politexnikumi | 720 |
7. | Gʻijduvon tuman 2-son politexnikumi | 900 |
8. | Gʻijduvon tuman 3-son politexnikumi | 645 |
9. | Jondor tuman politexnikumi | 900 |
10. | Jondor agrotexnologiyalar texnikumi | 645 |
11. | Kogon shahar politexnikumi | 720 |
12. | Qorakoʻl tuman 1-son politexnikumi | 555 |
13. | Qorakoʻl tuman 2-son politexnikumi | 615 |
14. | Qorovulbozor tuman politexnikumi | 600 |
15. | Olot tuman politexnikumi | 810 |
16. | Peshku tuman 1-son politexnikumi | 900 |
17. | Peshku tuman 2-son politexnikumi | 615 |
18. | Romitan tuman 1-son politexnikumi | 720 |
19. | Romitan tuman 2-son politexnikumi | 795 |