27.12.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3596
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 27.12.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3596
Kuchga kirish sanasi
14.01.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3596]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 2-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 29-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 11-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 2-dekabrdagi 12-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, infratuzilma obligatsiyalari va qimmatli qogʻozlarning hosilalarining (bundan buyon matnda qimmatli qogʻozlar deb yuritiladi) oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozori qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan uyushtirilgan, qimmatli qogʻozlarning sotib olish va sotish operatsiyalari amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdo tizimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tizimi (bundan buyon matnda BTST deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni toʻplash va qanoatlantirishni taʼminlaydigan, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan uyushtirilgan qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari elektron savdo tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz — BTSTda qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotishga buyurtmani rasmiylashtirgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning investitsiya vositachisi — tuzilgan shartnomaga muvofiq mijozga xizmatlar koʻrsatuvchi investitsiya vositachisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasi asosida qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosini tashkil etish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining sherigi — jismoniy va yuridik shaxslardan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni toʻplash va ushbu buyurtmalarni BTSTga yuborish uchun birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmalarni qabul qilish punkti (bundan buyon matnda BQQP deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni qabul qilish, kiritish va dastlabki koʻrib chiqishni hamda ularni BTSTga yuborilishini amalga oshiruvchi birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining hududiy alohida boʻlinmasi yoki uning sherigining boʻlinmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi depozitariy — “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi” AJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalari qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish va ularni muomaladan olish toʻgʻrisidagi normalarni, qimmatli qogʻozlar kotirovkalarini, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi tomonidan ishtirokchilarni BTSTga kiritish, axborotni oshkor qilish va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shartlarni oʻz ichiga oluvchi qimmatli qogʻozlar savdosi qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtma — birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi talablariga muvofiq bitimlarni tuzish uchun kerak boʻladigan barcha shartlarni oʻz ichiga oluvchi qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimini tuzish toʻgʻrisida taklif;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriq — birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, mijozning investitsiya vositachisi, xizmat koʻrsatuvchi depozitariy tomonidan qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni oʻtkazish uchun elektron yoki qogʻoz shaklda beriladigan farmoyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi oʻz mijozlariga quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni qabul qilish va ularning qanoatlantirilishi uchun buyurtmaning shartlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisi boʻyicha savdolarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqlarini oʻtkazishni rasmiylashtirish uchun barcha zaruriy harakatlarni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BTSTda muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar kotirovkasi haqida maʼlumot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni aniqlash va hisobga olish (kliring).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi oʻzi tomonidan uyushtirilgan savdolardagi bitimlarda taraflardan biri sifatida ishtirok etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom talablariga rioya etgan holda quyidagilarni belgilaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalar turlari va shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotishga buyurtmalar berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlarni kiritish va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi, shakli va muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish muddati va tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. BTST savdolarida tuzilgan bitimlar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan savdolar natijalari asosida birjadan tashqari bitimlarni hisobga olish registri shaklida roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Fond birjasining birja kotirovkalash varagʻida mavjud boʻlmagan qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozoridagi savdolarga qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish elektron shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. BTSTda mijozlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi BTSTda roʻyxatdan oʻtkazilgan mijozlargagina xizmat koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mijozni BTSTda roʻyxatdan oʻtkazish mijoz tomonidan taqdim etilgan buyurtmaga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi mijozning toʻgʻri toʻldirilgan buyurtmasi topshirilganidan soʻng bir ish kuni davomida uni BTSTda roʻyxatdan oʻtkazishi va unga mijozning identifikatsiya raqamini berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mijoz birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining BQQP orqali, shuningdek birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi sherigining BQQP orqali ham BTSTda roʻyxatdan oʻtkazilishi va unga xizmat koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mijoz qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi yoki uning sherigining istalgan BQQPlaridan biriga, shuningdek maxsus veb-ilova orqali topshirishi mumkin. Bunda mijozning BTSTdagi identifikatsiya raqami oʻzgarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmalar mijozning investitsiya vositachisi tomonidan BQQP orqali topshirilgan taqdirda, buyurtmaga mijoz va investitsiya vositachisi oʻrtasidagi investitsiya vositachisiga mijozning nomidan buyurtmalar berish huquqini nazarda tutuvchi shartnoma nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish boʻyicha buyurtmalar qanoatlantirilgan taqdirda, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi mijozga bitim roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran bir ish kuni mobaynida birjadan tashqari bitimlarni hisobga olish registridan koʻchirma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi mijoz roʻyxatdan oʻtganidan soʻng bir kun ichida, agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, unga shaxsiy hisobvaraq ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi mijozlar tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish (sotish)ga berilgan buyurtmalar va savdolar yakunlarining markazlashtirilgan xronologik roʻyxatini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mijozlarni roʻyxatdan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. BTSTda mijozlarga xizmat koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mijoz va (yoki) mijozning investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida bitimlarni amalga oshirish uchun buyurtmalarni birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida belgilangan shaklda va tartibda berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Buyurtmada, agar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BQQPning masʼul xodimi tomonidan kiritilgan buyurtmaning berilgan sanasi va vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (jismoniy shaxslar uchun), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (yuridik shaxslar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning yoʻnalishi (sotib olish yoki sotish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir dona qimmatli qogʻozni sotib olishning eng yuqori narxi (qimmatli qogʻozni sotib olishga buyurtma uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir dona qimmatli qogʻozni sotishning eng past narxi (qimmatli qogʻozni sotishga buyurtma uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimlarni amalga oshirish uchun birjadan tashqari savdolar tashkilotchisida mijozning deponentlangan mablagʻlari summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni hisobga olish (hisobdan chiqarish) uchun mijozning investitsiya vositachisidagi depo hisobvaragʻi rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amal qilish muddati tugashining aniq sanasi koʻrsatilgan holda buyurtmaning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BQQPning buyurtmani qabul qilib olgan masʼul xodimining imzosi (buyurtmani elektron tarzda kiritish bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mijozning (sotuvchining) qimmatli qogʻozlarni sotishga buyurtma berishi uning nomidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning qimmatli qogʻozlarini deponentlash uchun hisobvaraq ochishga topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga mijozning qimmatli qogʻozlarini xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga (mijozning hisobvaragʻiga) topshirish (deponentlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga mijozning BTSTda savdo qilishi uchun xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar harakatini toʻxtatishga topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga mijozning qimmatli qogʻozlarini depo hisobvaragʻidan hisobdan chiqarib uning xizmat koʻrsatuvchi depozitariydagi hisobvaragʻiga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga kliring oʻtkazilgandan soʻng bir ish kuni mobaynida savdo natijalari asosida sotilgan qimmatli qogʻozlar uchun mijozning (sotuvchining) hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga kliring oʻtkazilgandan soʻng xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga savdo natijalari asosida mijozning savdo hisobvaragʻidan qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarishga topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi topshirigʻiga asosan xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning hisobvaragʻidan qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarishni amalga oshirish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mijozning qimmatli qogʻozlarni sotishga buyurtmalarini qaytarib olishi yoki ularning amal qilish muddatining tugashi uning nomidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga realizatsiya qilinmagan qimmatli qogʻozlarni blokirovkadan yechishga topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi topshirigʻiga asosan realizatsiya qilinmagan qimmatli qogʻozlarni sotuvchining hisobvaragʻidan mijozning investitsiya vositachisidagi depo hisobvaragʻiga oʻtkazishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning investitsiya vositachisiga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining topshirigʻiga asosan xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning qimmatli qogʻozlarini blokirovkadan yechish, ularni xizmat koʻrsatuvchi depozitariydagi mijozning hisobvaragʻidan mijozning investitsiya vositachisidagi LORO hisobvaragʻiga hisobdan chiqarishga topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning investitsiya vositachisi topshirigʻiga asosan xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning realizatsiya qilinmagan qimmatli qogʻozlarini blokirovkadan chiqarish, ularni mijozning hisobvaragʻidan mijozning investitsiya vositachisidagi LORO hisobvaragʻiga hisobdan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning investitsiya vositachisiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyning ogohlantirishiga asosan mijozning realizatsiya qilinmagan qimmatli qogʻozlarini uning depo hisobvaragʻiga oʻtkazish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mijozning (xaridorning) qimmatli qogʻozlarni sotib olishga buyurtma berishi uning nomidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga mijozning investitsiya vositachisiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyda mijozning hisobvaragʻini ochishi uchun topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning investitsiya vositachisiga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining topshirigʻiga asosan xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning hisobvaragʻini ochishga topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi yoki mijozning investitsiya vositachisi topshirigʻiga asosan mijozning hisobvaragʻini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga kliring oʻtkazilganidan soʻng birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi mijozining hisobvaragʻi boʻyicha savdo natijalari asosida sotib olingan qimmatli qogʻozlar uchun pul mablagʻlarini hisobdan chiqarishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga kliring oʻtkazilganidan soʻng xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga savdolar natijalariga asosan mijozning hisobvaragʻiga qimmatli qogʻozlarni oʻtkazishga topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi topshirigʻiga asosan BTSTda xarid qilingan qimmatli qogʻozlarni mijozning hisobvaragʻiga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning hisobvaragʻidan qimmatli qogʻozlarni mijozning investitsiya vositachisidagi LORO hisobvaragʻiga hisobdan chiqarishga topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi topshirigʻiga asosan mijozning savdo hisobvaragʻidan naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlarni mijozning investitsiya vositachisidagi LORO hisobvaragʻiga hisobdan chiqarishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi topshirigʻiga asosan mijozning depozitariysidagi uning depo hisobvaragʻiga oʻtkazishga topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz depozitariysiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariy topshirigʻiga asosan mijozning qimmatli qogʻozlarini uning depo hisobvaragʻiga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga BTSTdagi savdolar yakunlariga koʻra mijoz depozitariysidagi mijozning depo hisobvaragʻi boʻyicha koʻchirmani olish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Birjadan tashqari savdo tashkilotchisi hamda mijozning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mijoz quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdo tashkilotchisidan qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga berilgan buyurtmalarni qondirish toʻgʻrisidagi hisobotni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BTSTga kelib tushgan qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolar oʻtkazilguniga qadar oʻz buyurtmalarining qondirilmagan qismini qaytarib olish. Savdolar oʻtkazilguniga qadar birjadan tashqari savdolar tashkilotchisida deponentlangan pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va buyurtmalarni qaytarib olish tartibi birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mijoz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek BTSTda savdolarni oʻtkazish qoidalariga rioya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni sotib olishga buyurtmalarni qondirishni nazarda tutgan, hisob-kitob kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalarida belgilangan miqdor va shartlarda birjadan tashqari savdolar tashkilotchisida pul mablagʻlari deponentlanishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning investitsiya vositachisining depo hisobvaragʻida buyurtmada sotish uchun koʻrsatilgan hajmda qimmatli qogʻozlar mavjudligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli buyurtmani qaytarib olmasdan turib, deponentlangan pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlarni olmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi xizmatlarni taqdim etishi uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida BQQPlari faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni sotishga berilgan buyurtmalar asosida xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga mijozning qimmatli qogʻozlarini deponentlashni taʼminlashga va ularni birjadan tashqari savdolarini toʻxtatib qoʻyishga topshiriq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya vositachilari bilan bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi depozitariydan birjadan tashqari savdolarda deponentlangan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni sotib olishga buyurtmalarni mijozning deponentlangan pul mablagʻlari miqdoriga mutanosib hajmda qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni sotishga buyurtmalarni mijozning deponentlangan qimmatli qogʻozlar miqdoriga mutanosib hajmda qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan buyurtmalar haqidagi barcha maʼlumotlarni (mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bundan mustasno) eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarning BTSTga bevosita kirishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq muntazam savdolar oʻtkazilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslarga qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarini savdoga kiritish qoidalarini, qimmatli qogʻozlarni savdoga qoʻyish qoidalarini, bitimlarni tuzish va taqqoslash qoidalarini, bitimni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, bitimlarni bajarish tartibini, narxlar bilan manipulyatsiya qilishni cheklash qoidalarini, qimmatli qogʻozlar bozorida birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar koʻrsatish jadvalini, yuqorida sanab oʻtilgan holatlar va savdolarga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar roʻyxatiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish reglamantini, shuningdek hisob-kitob kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalarini oshkor etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslarning BTSTda mavjud boʻlgan qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga takliflar va oʻtkazilgan savdolar natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga toʻsiqsiz kirishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarning qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga buyurtmalarini buyurtmada hamda oʻzining qoidalarida belgilangan shartlarga muvofiq qanoatlantirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qanoatlantirilgan buyurtmalarga muvofiq mijozga pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar oʻtkazilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida belgilangan tartibda mijozga uning qanoatlantirilgan buyurtmalari bilan bogʻliq birjadan tashqari bitimlarni hisobga olish registridan koʻchirma nusxalarini berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarning roziligisiz ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilmasligi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining soʻroviga koʻra, roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslar soni va toifalari toʻgʻrisidagi, bozor faolligi parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning xavfsizligini va ularning ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning soʻrovi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni sotib olishga/sotishga berilgan buyurtmalari qondirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida savdolar natijalari, emitentlarning nomlari, sotib olishga yoki sotishga taklif etilgan qimmatli qogʻozlarning soni, turi va bahosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam eʼlon qilinishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz qimmatli qogʻozlarni sotishga buyurtmani qaytarib olganida yoki sotishga buyurtmaning amal qilish muddati tugaganda, mijozning qimmatli qogʻozlarini BTSTda sotishga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar roʻyxatidan chiqarishi hamda investitsiya vositachisidagi mijozning depo hisobvaragʻiga qimmatli qogʻozlarning qaytarilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi mijozlarga savdolarda ishtirok etish imkoniyatining quyidagi usullarini taʼminlashi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BQQP operatorlari orqali qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga qogʻoz shaklidagi buyurtmalarni berish bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BQQPda oʻrnatilgan terminallar orqali qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga toʻgʻridan-toʻgʻri elektron buyurtmalar kiritish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qoidalarida belgilangan boshqa usullar bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. BTSTda savdolarni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qatʼiy belgilangan vaqt oraligʻida savdolarni muntazam ravishda oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Savdolar qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga buyurtmalarni yigʻish yoʻli bilan qatʼiy belgilangan muddat ichida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mijozlarning buyurtmalarini qanoatlantirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqichda sotuvchilardan qimmatli qogʻozlarning eng koʻp miqdorini sotib oluvchilarning mol-mulkiga oʻtkazilishini taʼminlovchi kotirovka bahosi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqichda qimmatli qogʻozlarni sotib olish narxi kotirovka bahosidan yuqori yoki teng va sotish bahosi kotirovka bahosidan past yoki teng boʻlgan barcha buyurtmalar qanoatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qoidalarini va birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining BQQP hamda investitsiya vositachilari bilan hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi va xizmat koʻrsatuvchi depozitariy oʻrtasidagi hamkorlik qilish shartlari hamda tartibi qonunchilik hujjatlari va ular oʻrtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va mijozning investitsiya vositachisining elektron hujjatlarni qabul qilish va yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Savdoga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarning mavjudligini taʼminlash va hisobga olish xizmat koʻrsatuvchi depozitariy tomonidan amalga oshiriladi, roʻyxatdan oʻtkazilgan mijozlarning pul mablagʻlari hisobi va saqlanishi esa birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Mijozlar bilan hisob-kitob qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi oʻz xizmatlari uchun tariflarni belgilash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kliring amalga oshirilgandan soʻng qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Kliring amalga oshirilgandan soʻng qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblar xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Birjadan tashqari savdolar ishtirokchilarining javobgarligi va hisoboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Birjadan tashqari savdolar tashkil etilishining hamda BTSTda amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor qilinishi ustidan nazorat qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga har oyning birinchi ish kunida roʻyxatdan oʻtkazilgan bitimlarning hisob registridan koʻchirma taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va mijozning investitsiya vositachisi mijozga yetkazilgan haqiqiy zarar, shuningdek oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida mijozning ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) uchun toʻliq moddiy javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va mijozning investitsiya vositachisi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularning tasarrufida boʻlgan maʼlumotlarning xavfsizligi va maxfiyligi hamda ularning oshkor qilinishi natijasida yetkazilgan barcha zararlarni qoplash uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Mijoz, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi, xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va mijozning investitsiya vositachisi oʻrtasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. BTSTda roʻyxatdan oʻtkazilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 2-dekabrdagi 12-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 10-iyundagi 2004-13-son “Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384, 2004-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 325-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 2-avgustdagi 2007-07-son “Uyushgan birjadan tashqari bozorda korporativ qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitishuvlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-1, 2007-yil 18-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 395-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 24-sentabrdagi 2008-16-son “Uyushgan birjadan tashqari bozorda korporativ qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitimlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-2, 2008-yil 22-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 43-son, 438-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi qoshidagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 23-martdagi 2010-06-son “Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitishuvlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-3, 2010-yil 8-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 114-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 31-iyuldagi 2012-15-son “Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitishuvlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 34-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-4, 2012-yil 10-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 32-son, 387-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 4-martdagi 2014-13-son “Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitimlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-5, 2014-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 13-son, 149-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 29-avgustdagi 2014-26-son “Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitishuvlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-6, 2014-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 37-son, 476-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 19-oktabrdagi 2018-11-son “Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-7, 2018-yil 23-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 10/18/1384-7/2223-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-fevraldagi 2019-05-son “Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384-8, 2019-yil 6-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/1384-8/2719-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2025-y., 10/25/3596/0030-son)