27.12.2024 yildagi 894-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda tarif islohotlarining tizimli amalga oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada tarif islohotlarini samarali amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholining ayrim qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, energetika tizimi korxonalarida institutsional oʻzgarishlarni amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish va hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ehtiyot qismlarini, shuningdek, energiya tejovchi zamonaviy romlar va qurilish izolyatsiya materiallarini xarid qilishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan “yashil” isteʼmol kreditlari ajratilishini keng joriy etish hamda kreditlar boʻyicha foizlarning bir qismiga kompensatsiyalar ajratishni yanada kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. A. Qoʻchqorov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
894-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-fevraldagi 108-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 27-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“27. Vazirlik huzurida tashkil etilgan Yoqilgʻi-energetika sohasini isloh qilish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha loyiha ofisi xodimlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari Vazirlik xodimlariga tenglashtiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Yashil” isteʼmol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 29-sentabrdagi 517-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil” isteʼmol krediti quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyasi, mikro va kichik gidroelektr stansiyalari, biogaz ishlab chiqaruvchi uskunalar, biogaz qurilmalari, quyosh suv isitkichlari va issiqlik nasoslarini oʻrnatish, shuningdek, qurilish izolyatsiya materiallari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish maqsadlari uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidan “hamda foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil” isteʼmol krediti quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyasi, mikro va kichik gidroelektr stansiyalari, biogaz ishlab chiqaruvchi uskunalar, biogaz qurilmalari, quyosh suv isitkichlari va issiqlik nasoslarini oʻrnatish shuningdek, qurilish izolyatsiya materiallari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish maqsadlari uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan kredit”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Kompensatsiya ajratish uchun ushbu Nizomga muvofiq Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida kelishuv (keyingi oʻrinlarda — kelishuv) tuziladi va kelishuv tuzilgan sanadan keyin tijorat banklari tomonidan ajratilgan “yashil” isteʼmol kreditlari uchun tatbiq etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-banddan “hamda foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 31-maydagi 319-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“85. Hisob-kitob davrida isteʼmolchilar tomonidan (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr energiyasi isteʼmoli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, mazkur miqdordan ortiq isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida toʻlov undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Qarzdorligi mavjud koʻchmas mulk obyektlari boshqa bir yuridik yoki jismoniy shaxsga onlayn auksion savdolari orqali sotilganda, mavjud qarzdorlikni bartaraf qilish majburiyati, agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha shartlar belgilanmagan boʻlsa, yangi sotib olgan yuridik yoki jismoniy shaxs zimmasida boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoidalarning buzilish holatlari aniqlanganda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va (yoki) Oʻzenergoinspeksiya vakolatli xodimlari tomonidan tegishli elektron tizimlar (E-dalolatnoma) orqali mazkur Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtiriladi. Zarurat boʻlganda, dalolatnomaga holat yuzasidan fotosuratlar va boshqa ashyoviy dalillar ilova qilinishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Dalolatnomani elektron shaklda rasmiylashtirishni imkoni boʻlmaganda, 24 soat ichida tegishli elektron tizimlarga kiritilishini taʼminlash sharti bilan dalolatnoma erkin shaklda qogʻozda rasmiylashtirilishiga ruxsat beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hisob-kitob davrida isteʼmolchilar tomonidan (ushbu Qoidalarga ilovada koʻrsatilgan tabiiy gazni yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar, gaz uzatish tashkiloti va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari hamda maishiy isteʼmolchilardan tashqari) tabiiy gaz isteʼmoli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, mazkur miqdordan ortiqcha isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida toʻlov undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“131. Mazkur Qoidalarning buzilish holatlari aniqlanganda, gaz taʼminoti tashkiloti va (yoki) Oʻzenergoinspeksiya vakolatli xodimlari tomonidan tegishli elektron tizimlar (E-dalolatnoma) orqali tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtiriladi. Zarurat boʻlganda, dalolatnomaga holat yuzasidan fotosuratlar va boshqa ashyoviy dalillar ilova qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomani elektron shaklda rasmiylashtirishni imkoni boʻlmaganda, 24 soat ichida tegishli elektron tizimlarga kiritilishini taʼminlash sharti bilan dalolatnoma erkin shaklda qogʻozda rasmiylashtirilishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma vakolatli xodimlar va isteʼmolchi tomonidan imzolanadi. Isteʼmolchi dalolatnomaga imzo qoʻyishdan bosh tortgan taqdirda, ikki nafar xolis va (yoki) mahalla fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari jalb etilib, holat ularga maʼlum qilinadi hamda ularning dalolatnomaga imzo qoʻyishi taʼminlanadi. Gaz taʼminoti tashkiloti xodimlari darhol mazkur isteʼmolchini tabiiy gaz tarmogʻidan uzib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolchining tabiiy gaz qurilmalari tarmoqdan ajratilgandan soʻng gaz taʼminoti tashkiloti va/yoki Oʻzenergoinspeksiyaning vakolatli xodimlari tomonidan belgilangan namunadagi plomba bilan qayta tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimcha ulanishning oldini olish maqsadida plombalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy gazdan foydalanish qurilmalarining soatlik gaz isteʼmolini aniqlash imkoni boʻlmagan holatlarda, ushbu hajm eksperiment tariqasida aniqlanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son; 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)