24.12.2024 yildagi O‘RQ-1013-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 15-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 19-dekabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga, aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirishga, shuningdek soliq toʻlovchilar uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga mavjud preferensiyalarning amal qilish muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtinchalik soliq imtiyozlari qoʻllaniladigan faoliyat turlari roʻyxatini kengaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha manbalardan daromad oluvchi budjet tashkilotlari uchun belgilangan soliq stavkalarining amal qilishini 2027-yilning 1-yanvarigacha uzaytirish, shuningdek jami daromadning chegaraviy miqdorini 5 milliard soʻmdan 10 milliard soʻmga oshirish, ushbu daromad mavjud boʻlganda soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlashini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan beriladigan budjet subsidiyalari jami daromad tarkibiga kiritilmasligini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining binolarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarga nisbatan foyda soligʻi boʻyicha vaqtinchalik soliq imtiyozlari berilmoqda. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan vagonlar (konteynerlar) operatorlarining temir yoʻl transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartlari asosida foydalanishga berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish aylanmasi qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan vaqtinchalik ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun taʼlim tizimini takomillashtirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratishga, aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirishga, shuningdek soliq toʻlovchilar uchun soliq yukini kamaytirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, №12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 337-moddaning oltinchi qismidagi “2024” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 340-moddaning sakkizinchi qismidagi “besh milliard” degan soʻzlar “oʻn milliard” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 369-modda birinchi qismining 1-bandidagi “pul mukofoti va sovgʻalar” degan soʻzlar “pul mukofoti, sovgʻalar va budjet subsidiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻttiz sakkizinchi qismidagi “2024” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ellik ikkinchi — ellik beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ikki yil davomida teng ulushlarda tadbirkorlik subyektlari foyda soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari binolarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarini mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul asosda oʻqishga qabul qilish boʻyicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, ushbu moddaning ellik ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya chegirmalari ushbu Kodeksning 306-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya normalarini qoʻllash hisobidan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan 2027-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan vagonlar (konteynerlar) operatorlarining temir yoʻl transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha aylanmasi qoʻshilgan qiymat soligʻidan 2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasi 1, 2-bandlarining hamda 4-bandi ikkinchi xatboshisining qoidalari 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasi 4-bandi oltinchi xatboshisining qoidalari 2024-yil 1-apreldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasi 4-bandi yettinchi xatboshisining qoidalari 2024-yil 1-noyabrdan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1013-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1013/1066-son)