1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbalari | Bajarish muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | Respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining sport klublari tarkibida kurash seksiyalarini tashkil etish choralarini ko‘rish. | 1. Oliy ta’lim muassasalariga ularning sport klublarida kurash seksiyalarini tashkil etishga har tomonlama ko‘maklashish hamda uslubiy yordam ko‘rsatib borish. 2. Kurash seksiyalariga trener va boshqa mutaxassislarni jalb etib borish. 3. Oliy ta’lim muassasalari sport klublari o‘rtasida kurash bo‘yicha sport musobaqalarini tizimli o‘tkazib borishni yo‘lga qo‘yish. | Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2025/2026 o‘quv yili | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi |
4. Oliy ta’lim muassasalari sport klublarida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yo‘lga qo‘yilganligi, talabalarining musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallaganligi kabi mezonlarni oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari sifatida belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi | ||||
2. | Kurashning yangi turlari qoidalarini ishlab chiqish, ularni ommalashtirish choralarini ko‘rish, trener va boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish. | 1. Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga kurashning yangi turlari qoidalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish. 2. Kurashning yangi turlarini ommalashtirish bo‘yicha xalqaro seminarlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazib borish. | Kurashga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, Kurash jamg‘armasi mablag‘lari | 2025-yil dekabr | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti |
3. | Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasida joylashgan 1 ga yer maydonida xalqaro kurash musobaqalarini o‘tkazishga mo‘ljallangan Kurash milliy sport markazini barpo etish. | 1. Qurilish ishlari uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlash. 2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Belgilangan tartibda qurilish ishlarini amalga oshirib borish. 4. Kurash milliy sport markazini zarur sport jihozlari, texnika va inventarlar bilan jihozlash. 5. Qurilish ishlarini yakunlash, obyektni topshirish va qabul qilishni amalga oshirish. | Kurashga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, Kurash jamg‘armasi mablag‘lari, homiylar mablag‘lari | 2026-2027-yillar davomida | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Sport vazirligi |
4. | Kurash bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilishini hamda chop etilishini tashkil qilish. | 1. Kurashni o‘qitishga bag‘ishlangan “Kurash texnikasi va taktikasini o‘rgatish metodikasi”, “Yangi o‘rganuvchilar uchun kurash”, “Kurash hamma uchun”, “Kurash usullarini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilishini tashkil qilish. 2. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni chop etish choralarini ko‘rish. | Kurashga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, Kurash jamg‘armasi mablag‘lari | 2025-yil dekabr | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti, Sport vazirligi |
3. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni xorijiy tillarga tarjima qilish hamda xorijiy kurash federatsiyalari orqali targ‘ib qilib borilishini ta’minlash. | 2026-yil mart | ||||
5. | Kurash sport turi bo‘yicha jahon chempionatlarida (kattalar, yoshlar) g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlar uchun belgilangan rag‘batlantirish summalarining yarmi miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirib borish tizimini joriy etish. | 1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Loyihani o‘rnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish. | - | 2025-yil oktabr | Sport vazirligi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi |
6. | Kurash sport turi bo‘yicha trenerlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirib borishni yo‘lga qo‘yish. | 1. O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan chet ellik trenerlar va boshqa mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlash. | Kurashga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, Kurash jamg‘armasi mablag‘lari | 2025-yil iyun | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti |
2. Har yili 50 nafar chet ellik trenerlar va boshqa mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha bepul 2 haftalik o‘quv kurslarini tashkil etib borish. | reja-grafik asosida | ||||
7. | Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha respublika chempionatini tashkil etish hamda o‘tkazib borish. | 1. Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport musobaqalari yillik kalendar rejasiga kurash bo‘yicha musobaqalarni kiritish. 2. Yillik kalendar rejaga muvofiq kurash bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazib borish. | Tashkilotchilar mablag‘lari, homiylar mablag‘lari | 2025-yildan boshlab doimiy | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar |
8. | Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilishni yo‘lga qo‘yish. | 1. Kurashni xorijiy davlatlarda ommalashtirish, mahalliy trener va boshqa mutaxassislarning xalqaro miqyosda faoliyat olib borish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kurash bo‘yicha mahalliy trener va boshqa mutaxassislarga xorijiy tillarni o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish. 2. Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining so‘roviga binoan kurash bo‘yicha mahalliy mutaxassislarni xorijiy davlatlarga yuborish tizimini joriy etish. | - | 2025-yildan boshlab doimiy | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
9. | Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga a’zo milliy federatsiyalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon professionallar seriyasi (World Series Pro) xalqaro musobaqasi muntazam o‘tkazib borilishini ta’minlash. | Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga a’zo milliy federatsiyalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon professionallar seriyasi (World Series Pro) xalqaro musobaqasini muntazam o‘tkazib borish. | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi mablag‘lari, homiylar mablag‘lari | 2025-yildan boshlab har yili | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
10. | Har yili standartlarga javob beradigan 2 000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 komplekt kurash gilamlari tarqatilishini ta’minlash. | 1. Har yili standartlarga javob beradigan 2 000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 komplekt kurash gilamlari xarid qilish. 2. Kurash sport turi bo‘yicha yaktak sport kiyimlari hamda komplekt kurash gilamlarini tegishli jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga tarqatish choralarini ko‘rish. | Kurashga ajratiladigan mablag‘lar doirasida | Doimiy | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Transport vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ, Sport vazirligi |
11. | “Yil kurashchisi”, “Yil treneri” va “Yil hakami” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazib borish. | 1. “Yil kurashchisi”, “Yil treneri” va “Yil hakami” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovlari nizomlarini tasdiqlash. | Kurash jamg‘armasi mablag‘lari | 2025-yil oktabr | Sport vazirligi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi |
2. Har yil yakunida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazib borish. | 2025-yildan boshlab doimiy | ||||
12. | Tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. | 1. Tegishli tadbirkorlik birlashmalari bilan birgalikda yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganish. 2. Yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini yaratish choralarini ko‘rish. 3. Tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga jalb etish. | Tijorat banklari kreditlari, ijrochilar mablag‘lari | 2025 — 2028-yillar davomida | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi |
13. | Elektron ommaviy axborot vositalarida kurash bo‘yicha ma’lumotlar bazasini kengaytirish. | Kurash bo‘yicha nufuzli sport musobaqalari, jumladan Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, Osiyo va jahon chempionatlari g‘olib va sovrindorlari, milliy terma jamoalar a’zolari, shuningdek, nufuzli sport musobaqalari, trenerlar va hakamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning O‘zbekiston kurash federatsiyasi rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlash. | - | 2025-yil dekabr | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Sport vazirligi |
14. | O‘zbek, ingliz va rus tillaridagi “KURASH” nomli ilmiy-ommabop elektron jurnalini chop etish va uni elektron ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish. | 1. “KURASH” nomli ilmiy-ommabop elektron jurnalini ta’sis etish. 2. Jurnalning o‘zbek, ingliz va rus tillarida muntazam nashr qilib borilishini ta’minlash. 3. Jurnalni kurash bo‘yicha axborot va ma’lumotlar bilan boyitib borish choralarini ko‘rish. | Kurash jamg‘armasi mablag‘lari | 2026-yildan boshlab doimiy | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti |
15. | Kurash sport turini xorijiy davlatlarda ommalashtirish maqsadida kurash bo‘yicha maxsus video qo‘llanmalarni ishlab chiqish. | 1. Milliy va jahon sport yulduzlari ishtirokida o‘zbek, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kurash usullarini o‘rgatishga mo‘ljallangan maxsus videoroliklar tayyorlash. 2. Videoroliklarning O‘zbekiston kurash federatsiyasi va Xalqaro kurash instituti rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini ta’minlash. | Kurashga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, Kurash jamg‘armasi mablag‘lari, homiylar mablag‘lari | 2026-yil yanvar | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti, Sport vazirligi |
16. | Kurashni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish va ommalashtirishni tizimli yo‘lga qo‘yish. | 1. Kurash sportini keng targ‘ib qilish bo‘yicha media reja-grafigini tasdiqlash. | Kurashga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, homiylar mablag‘lari | 2025-yil iyun | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Sport vazirligi |
2. Reja-grafik doirasida: “Kurashchilar uchun badantarbiya”, “Bolalar uchun kurash”, “Kattalar uchun kurash”, “Kurash malikasi”, “Kurash milliy g‘ururimiz”, “Kurash millat faxri” va boshqa nomlardagi maxsus roliklar tayyorlash hamda namoyish etib borish; “Bizning kurash” nomli maxsus teleko‘rsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish; yoshlar o‘rtasida kurashni keng targ‘ib etish, ularda vatanparvarlik hissini uyg‘otish, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga undashga qaratilgan ko‘rsatuvlarni namoyish etib borish. 3. Kurashni jahon bo‘ylab targ‘ib qilish bo‘yicha videoroliklar tayyorlash va nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish etilishini tashkil qilish choralarini ko‘rish. 4. Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda bo‘lib o‘tadigan kurash musobaqalari, “to‘y kurashlari”, “kurash sayillari”, “kurash festivallari” va boshqa tadbirlar haqida rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda materiallar tayyorlash, ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish. | reja-grafik asosida | ||||
17. | Kurash bo‘yicha xalqaro sport tadbirlari g‘oliblari ishtirokida kurash mahorat darslarini muntazam tashkil etish hamda ularni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish. | 1. Kurash bo‘yicha xalqaro sport tadbirlari g‘olib va sovrindorlari ishtirokida respublikamizning diqqatga sazovor tarixiy maskanlari va sayyohlar gavjum bo‘lgan boshqa joylarda kurash mahorat darslarini tashkil etib borish. 2. Kurash mahorat darslarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish. | - | Doimiy | O‘zbekiston kurash federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Sport vazirligi |
2-ILOVA
T/r | Kurash markazining manzili | Muddati |
Jami respublika bo‘yicha: (14 ta obyekt) | 2023 — 2027-yillar | |
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Taxiatosh guzari | 2025-yil |
2. | Andijon viloyati, Andijon shahri, Yusuf Otabekov ko‘chasi | 2026-yil |
3. | Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasi | 2026-yil |
4. | Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Obod” MFY | 2025-yil |
5. | Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi | 2025-yil |
6. | Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Yoshlik” MFY | 2027-yil |
7. | Namangan viloyati, Namangan shahri, “Yuksalish” MFY | 2026-yil |
8. | Samarqand viloyati, Samarqand shahri, “Qorasuv” massivi | 2026-yil |
9. | Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Bog‘i shamol” MFY | 2027-yil |
10. | Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, “Zarbdor” suv iste’molchilari uyushmasi | 2027-yil |
11. | Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Birlik” MFY | 2027-yil |
12. | Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Marg‘ilon ko‘chasi, 1-uy | 2026-yil |
13. | Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, “Do‘stlik” MFY (rekonstruksiya qilish hisobiga) | 2023-yil |
14. | Toshkent shahri, Yashnobod tumani, “Olmos” MFY | 2027-yil |