1-ILOVA
T/r | Xizmatlar nomi |
1. | Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish: |
pochta va kuryerlik jo‘natmalarini umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti orqali tashish; | |
ichki qatnovlarda yo‘lovchilarni tashish, yo‘lovchilarni yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda tashish bundan mustasno; | |
shahar atrofida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarida yo‘lovchilarni tashish. | |
2. | Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti infratuzilmasi (yo‘l xo‘jaligi, temir yo‘l yuk stansiyalari, elektr ta’minoti qurilmalari, aloqa tarmoqlari, signalizatsiya, markazlashtirish va bloklash tizimlari, axborot majmualarini, harakatni boshqarish tizimi faoliyatini ta’minlash) xizmatlari: |
yo‘lovchilarni ichki qatnovlarda tashish uchun; | |
ichki qatnovlarda yuklarni tashish uchun. | |
3. | Lokomotivlarni umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda taqdim etish: |
ichki qatnovlarda yuklarni tashish uchun; | |
Ichki qatnovlarda yo‘lovchilarni (yuqori tezlikdagi poyezdlardan tashqari) tashish uchun. | |
|
2-ILOVA
T/r | Xizmatlar nomi |
1. | Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish: |
yuqori tezlikdagi poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish; | |
xalqaro qatnovlarda yo‘lovchilarni tashish; | |
tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish. | |
2. | Yo‘lovchilarni tashishda ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar: |
barcha yo‘nalishlarda yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish; | |
yo‘l davomida ovqatlanish (ketring); | |
yo‘lovchining xohishiga binoan bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda vagonning sinfini o‘zgartirish. | |
3. | Temir yo‘l vokzallarda yo‘lovchilar va kuzatuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar: |
temir yo‘l vokzallari va yo‘lovchi poyezdlarda reklama xizmati; | |
bagaj va yuk bagajini qadoqlash hamda saqlash; | |
“VIP” zaldan foydalanish; | |
“IP” zaldan foydalanish; | |
“biznes” zaldan foydalanish; | |
“komfort” zaldan foydalanish; | |
“yashil yo‘lak” xizmatidan foydalanish | |
dam olish xonasidan foydalanish; | |
planshetda elektron kutubxona taqdim etish; | |
yo‘lovchining qo‘l yuki, bagaj va yuk bagajini tashish; | |
temir yo‘l vokzallari hududidagi binolarni ijaraga berish; | |
temir yo‘l vokzallarda gazeta va jurnallar sotish; | |
yo‘lovchining qo‘l yuki, bagaj va yuk bagajini saqlash; | |
yo‘l hujjatlarini (chiptalarni) uyga yetkazib berish; | |
yo‘l davomida qadoqlangan suv, qahva taqdim etish; | |
massaj kreslosini taqdim etish; | |
sartaroshxona va boshqa maishiy xizmatlarni ko‘rsatish; | |
yo‘l hujjatlarisiz (chiptasiz) jismoniy shaxslarga hojatxona xizmatini ko‘rsatish; | |
bagaj va yuk bagaj tashish. | |
4. | Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportida yuklarni tashish: |
yuk vagonlarini taqdim etish; | |
konteynerlarni taqdim etish; | |
xalqaro (import, eksport va tranzit) qatnovlarda yuk tashish. | |
5. | Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish jarayonlarida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar: |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra MDH, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya va uchinchi davlatlar temir yo‘llari ma’muriyatlari bilan alohida shartlarda eksport va import yuklarni tashish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra davlat ichida alohida shartlarda yuklarni tashish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagonning eski tashish hujjatlari bo‘yicha manzilini o‘zgartirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagonning yangi tashish hujjatlari bo‘yicha manzilini o‘zgartirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagonni yo‘lda ushlab qolish (manzilini o‘zgartirish); | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra xalqaro va ichki qatnovlarda yuk ortish uchun inventar vagonlarga qo‘shimcha rejani ajratish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra xalqaro va ichki qatnovlarda shaxsiy va ijaraga olingan vagonlarni yuklash uchun qo‘shimcha rejani ajratish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra bo‘sh shaxsiy va ijaraga olingan vagonni jo‘natish uchun qo‘shimcha rejaga ruxsatnomani rasmiylashtirish; | |
barcha temir yo‘l ma’muriyatlariga inventar parkiga tegishli katta hajmli vagonlarni tanlash va ular bilan ta’minlab berish (29XXXXXX raqamlangan yopiq vagonlardan tashqari), (barcha temir yo‘llarni xatlovdan o‘tkazish) vagonlarga egalik qiluvchi mamlakatga shoshilinch qaytarishda bo‘shligini tekshirish; | |
yuk jo‘natuvchining buyurtmasiga ko‘ra barcha temir yo‘l ma’muriyatining (29XXXXXXX) raqamli inventar parkiga tegishli katta hajmli vagonni tanlash va ta’minlash; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra yuklash va tushirish temir yo‘l stansiyasiga biriktirilgan temir yo‘l inventar vagonlarida yuklarni tashish; | |
yuklarni tashish uchun qabul qilinganda va topshirishda yuk egalarining buyurtmasiga ko‘ra temir yo‘l vagon tarozilarida yoki umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llar egasi tarozisida yukning vaznini o‘lchash va tekshirish; | |
vagonlarni yuk jo‘natuvchilar vositasida yuklash paytida ularning buyurtmasiga ko‘ra ularning hisobidan vagonni temir yo‘l tamg‘alash moslamalari yordamida tamg‘alash, tamg‘a o‘rnatish va stansiyalarda yopiq turdagi vagonlarni burama sim bilan bog‘lash; | |
umumiy foydalanish joylarida, temir yo‘l xodimlari ishtirokida va (transport) vositalarida yuk ortish-tushirish operatsiyalari hamda tegishli qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish (qadoqlangan yuklar, og‘ir vaznli yuklar, sochma yuklar, yog‘och, metall va metall buyumlar); | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagon yoki konteyner yuklangan vagonlarni ular tomonidan ko‘rsatilgan kunning ma’lum vaqtlarida yuklash va tushirish uchun qo‘yib berish; | |
vagon va konteynerni mijozning buyurtmasiga ko‘ra yetkazib berish muddati tugashidan oldin qidirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagonlarni tushirish va boshqa maqsadlar uchun temir yo‘l lokomotividan siqilgan havo yetkazib berish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagonlarni tushirish va boshqa maqsadlar uchun temir yo‘l stansiya qurilmalaridan (kompressor) siqilgan havo yetkazib berish; | |
yuk jo‘natuvchilarning buyurtmasiga ko‘ra yuklarni yuklash bo‘yicha o‘n kunlik talabnomalarni muddatidan oldin bajarish uchun vagonlar bilan ta’minlash; | |
tashish rejasi ko‘rsatilgan vagon turini, yuk turini, jo‘natish temir yo‘l stansiyasini va temir yo‘l stansiya manzili yuk tashuvchining buyurtmasiga ko‘ra o‘zgartirish (lokomotiv xarajatlari bilan birga); | |
yuk jo‘natuvchining buyurtmasiga ko‘ra vagonlar va konteynerlarni yuk ortish uchun tayyorlash; | |
yuk jo‘natuvchining buyurtmasiga ko‘ra amaldagi qoidalarda texnik ortish me’yori ko‘rsatilmagan yuklar uchun texnik me’yorlarni ishlab chiqish va o‘rnatish; | |
yuk jo‘natuvchining buyurtmasiga ko‘ra amaldagi qoidalarda ko‘rsatilmagan yuklar uchun yuklarni ortish va mustahkamlash sxemasini ishlab chiqish; | |
vagonlarni tozalash va yuk tushirilgandan keyin detallar (rekvezit)ni olib tashlash; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar (yuklarni mustahkamlash, panellarni (shchit) o‘rnatish va olib tashlash, eshik to‘siqlari, qadoqlash); | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra temir yo‘l mutaxassisining joylarga chiqib kelishi; | |
yuk deklaratsiyasini mijozning buyurtmasiga asosan to‘ldirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra qo‘shimcha rejaga muvofiq MDH, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya hamda uchinchi mamlakatlarga eksport tashishlarni (AS Mesplan elektron dasturi orqali) bo‘yicha muvofiqlashtirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra qo‘shimcha rejaga muvofiq MDH, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya hamda uchinchi mamlakatlardan import tashishlarni (AS Mesplan elektron dasturi orqali) muvofiqlashtirish; | |
umumiy foydalanishda bo‘lmagan joylarga yuklash va tushirish uchun yuborilgan vagonlarga bo‘r belgilarini qo‘yish; | |
umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti bilan vagonlarni berish va qaytarib olish uchun shartnomasi yo‘q, o‘z umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘liga ega bo‘lmagan mijozning buyurtmasiga ko‘ra umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘lga vagonlarni berish va qaytarib olish; | |
kontragent mijozning buyurtmasiga ko‘ra umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘lining ortish va tushirish joyiga qo‘yib berish uchun vagon tanlash va ajratish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra bitta vagon(lar)ni bir umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘lidan ikkinchi umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘liga temir yo‘l stansiyasi ichida tashishlarni tashkil etish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportiga taalluqli bo‘lmagan korxonalarga tegishli tarozi asboblarini rejali va rejadan tashqari texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va nazorat tekshiruvlarini bajarish; | |
umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘lning yo‘l o‘tish joylarida joylashgan yo‘l o‘tkazgichlarini (strelka) (markazlashtirilgan) umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti kuchlari va vositalari bilan texnik xizmat ko‘rsatish; | |
umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘lning yo‘l o‘tish joylarida joylashgan umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti kuchlari va vositalari bilan, markazlashtirilmagan (qo‘lda) strelka yo‘l o‘tkazgichlari texnik xizmat ko‘rsatish (bir marotaba berish uchun va alohida bitta olish uchun); | |
umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘lda joylashgan temir yo‘l kesishmasidagi shlagbaum, darvozalarni ochish va yopish xizmatini ko‘rsatish (vagonlarni bir marotaba berish uchun va alohida bir marotaba qaytarib olish uchun); | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra jo‘nash va kelish vaqtini muvofiqlashtirgan holda yuklarni halqali marshrutlarda tashish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra yuk operatsiyalari uchun ochiq bo‘lmagan temir yo‘l stansiyalarida vagonlarni berish va qaytarib olish; | |
poyezd lokomotivi yordamida vagonlarni umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llarga berish va qaytarib olish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra yuk jo‘natuvchilar (yukni oluvchilar)ning shaxsiy va ijaraga olingan vagonlarini umumiy foydalanishdagi temir yo‘llariga joylashtirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra temir yo‘l stansiyasidan 0,5 km dan uzoqroqda joylashgan yuk omborlarida yoki boshqa umumiy foydalanish joylarida yuklash yoki tushirish uchun vagonlarni yetkazib berish va qaytarib olish; | |
yuklarni vagonlarda bepul saqlash uchun belgilangan me’yorlardan ortiq miqdorda saqlash; | |
yuk egasining buyurtmasiga ko‘ra temir yo‘l stansiyasi ortish va tushirish yo‘llarida manyovr ishlarini bajarish; | |
yuklarni qo‘riqlash xizmati; | |
tashuvlardan so‘ng yuvilishi shart bo‘lgan yuklardan bo‘shagan vagonlarni yuvish xizmati uchun; | |
tashish va boshqa hujjatlarini ishlab chiqarish uchun sarf-xarajatlarga asosan tashish hujjatlarini ikkinchi marotaba taqdim etish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra yukni temir yo‘l stansiyadan yukni oluvchining omboriga va yuk jo‘natuvchining omboridan temir yo‘l stansiyasigacha umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportining avtomobil transporti orqali yoki boshqa tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida yuklarni yetkazib berish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra bojxona organlari va ekspeditorlik tashkilotlari uchun tashish shartlari va to‘lovlari to‘g‘risida ma’lumot berish; | |
ro‘yxatga olish kartasining ikkinchi nusxasini to‘ldirish va yuk tashish rejasini bajarish; | |
yuk jo‘natuvchi uchun konteyner va vagonlarga xavfli belgilar chizilgan trafaretni yopishtirish; | |
yuk jo‘natuvchi va yukni oluvchilarga tegishli hujjatlar nusxalarini ikkinchi marotaba taqdim etish; | |
yuk jo‘natuvchi va yukni oluvchilar buyurtmasiga ko‘ra yuklarni avtomobil yoki tirkama (yarim tirkamali) bog‘lab qo‘yish (ajratish); | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra tashish hujjatini to‘ldirish (SMGS, GU-29, GU-29b); | |
yuklar kelgani to‘g‘risida ikkinchi marotaba xabar berish (telefon, telegraf, qo‘lda yetkazib berish orqali); | |
yukni oluvchiga ularning buyurtmasiga ko‘ra yuklarni qadoqlash, o‘rash, bog‘lash va tuzatish; | |
yukni oluvchi va yuk jo‘natuvchining buyurtmasiga ko‘ra umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportiga xabar berish. Yukni oluvchini aniqlashtirish, tovarlarni tashish uchun talabnomani o‘zgartirish, manzilini o‘zgartirish (shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan tovarlar bundan mustasno); | |
Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on liniyasi ishtirokida Tojikistonga/Tojikistondan tashishda; | |
konvension taqiqda turib qolgan xususiy va ijaradagi bo‘sh vagonlarni vagon egasiga qaytarishda; | |
bojxona terminallari va konteyner maydonchalari xizmatlari (yuklarni ortish va tushirish); | |
shartnoma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xususiy (ijaraga olingan) vagonlariga xizmat ko‘rsatish; | |
Qirg‘izistondan Afg‘onistonga yuklarni sisterna vagonda tashish; | |
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar vagonlarda konteynerlarni Afg‘onistonga tashish; | |
Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘onistonga tranzit yuklarni tashishda bojxona ko‘rigidan (uy-ro‘zg‘or buyumlarini tashishdan tashqari) o‘tkazish; | |
Afg‘onistondan eksport qilinadigan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish paytida yuklash-tushirish xizmatlari; | |
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xususiy, ijaraga olingan vagonlarini qaytarish; | |
“tranzit deklaratsiya”ni rasmiylashtirish uchun bojxona organlariga elektron shaklda ma’lumotlarni jo‘natish; | |
Termiz-port temir yo‘l stansiyasida xalqaro tashuvlarni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasining norezident mijozlariga temir yo‘l stansiya xizmatlarini ko‘rsatish; | |
Afg‘onistondan G‘alaba va Termiz chegara o‘tish temir yo‘l stansiyalari orqali yuklangan vagon yoki konteynerda tashishda yuk xatini rasmiylashtirish; | |
Termiz logistika markazida O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitda olib o‘tiladigan (G‘alaba chegara temir yo‘l stansiyasi orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan) tijorat yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazishda yuklash-tushirish operatsiyalari va u bilan bog‘liq boshqa operatsiyalarni amalga oshirish. | |
6. | Vagonlarni umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llarga berish va qaytarib olish xizmatlari: |
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi lokomotivda ushbu jamiyatga tegishli bo‘lmagan umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llarga; | |
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi lokomotivda ushbu jamiyatga tegishli umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llarga; | |
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufida bo‘lmagan lokomotivda ushbu jamiyatga tegishli umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llarga. | |
7. | “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar (logistika markazlarida ortish-tushirish ishlari): |
universal konteynerlarni; | |
qadoqlangan yuklarni; | |
og‘ir yuklarni; | |
sochiluvchan yuklarni; | |
yog‘och-taxta yuklarni; | |
metall va metall buyum yuklarni; | |
don mahsulotlari va sabzavotlarni. | |
Tijorat operatsiyalari uchun xizmatlar: | |
o‘rta tonnajli konteynerlarni bir marotaba jo‘natish uchun yuklash rejasini ajratish; | |
Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida katta tonnajli konteynerlarni bir marotaba jo‘natish uchun yuklash rejasini ajratish; | |
vagonni yoki konteynerni “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ aylanma (to‘qima) temir muhrlar bilan muhrlash; | |
yuklarni katta va o‘rta tonnali konteynerlarga yuklash qoidalari bo‘yicha yuk jo‘natuvchilarga maslahat berish; | |
yukni oluvchilarni Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida tashqari yuk kelgani haqida telefon orqali xabardor qilish; | |
Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida yuk kelgani haqida yukni oluvchilarni telegraf va og‘zaki orqali xabardor qilish; | |
logistika markazlarida 20 va 40 futli konteynerni saqlash; | |
omborxonalarda (bojxona omborlaridan tashqari) qadoqlangan yukni saqlash; | |
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ xodimlari tomonidan bitta vagoni tozalash; | |
konteyner maydonlarida uy-ro‘zg‘or buyumlariga mo‘ljallangan konteynerlar eshik qismlarini o‘rash (qadoqlash). | |
8. | “Temiryo‘lkargo” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar: |
vagonlardan foydalanish; | |
vagonni yuk ortish va tushirish joyi (fronti)ga qo‘yish; | |
yuklarni tushirish uchun vagonni baland yo‘lga qo‘yish; | |
avtotransport vositasini yuk bilan kirib chiqish; | |
bo‘sh avtotransportni yuk ortish uchun kirib chiqish; | |
kranda yuk ortish va tushirish; | |
yukni ochiq omborda saqlash xizmati; | |
yukni yopiq omborda saqlash xizmati; | |
yukni xususiy vagonda saqlash; | |
yukni avtotransportda saqlash; | |
tarozi xizmatidan foydalanish; | |
transport-ekspeditorlik xizmatlari. |
3-ILOVA
T/r | Xizmatlar nomi |
1. | Aravacha taqdim etish xizmati |
2. | Chiptasi bo‘lgan yo‘lovchilarga hojatxonalarda bo‘lish |
3. | Ona va bola xonasidan foydalanish |
4. | Kutish zalida internet jahon axborot tarmog‘i xizmati |
5. | Tibbiy yordam punkti xizmatlari |
6. | Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun o‘rindiqli aravacha |
7. | Yo‘l davomida telefon va noutbuklarni quvvatlash xizmati |
8. | Kutubxona |
9. | Yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar (oq qand) taqdim etish |