1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish. | 1. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni ularda huquqiy kolliziyalar, huquqni qoʻllashda turlicha yondashuvlar va murakkabliklar mavjudligi nuqtai nazaridan tahlil etish. Tahlil asosida tashqi mehnat migratsiyasi sohasini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarni bekor qilish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2. Migratsiya agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan xususiy bandlik agentliklari faoliyatini litsenziyalash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya olish uchun zaxira qilinadigan mablagʻlar miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravaridan toʻrt ming baravarigacha tushirish; xususiy bandlik agentliklariga chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish hamda ushbu jarayonga hamkor xorijiy ish beruvchilarni jalb qilish huquqini berish; xususiy bandlik agentliklarining moddiy-texnika bazasi va ular rahbarining malakasiga qoʻyiladigan talablarni belgilash; xususiy bandlik agentliklari xodimlari uchun odob-axloq qoidalarini joriy etish; xususiy bandlik agentliklari faoliyatini baholash mezonlarini belgilash va ularning reytingini tuzish; xususiy bandlik agentliklari va xorijiy ish beruvchilarning fuqarolar oldida solidar javobgar boʻlishini belgilovchi tartibni joriy etish; firibgarlik, odam savdosi, terrorizm, ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar tashkil etgan yoki rahbari boʻlgan xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berilishini, shuningdek, xususiy bandlik agentliklari tomonidan ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar bilan mehnat, fuqarolik-huquqiy va agentlik shartnomalari tuzilishini taqiqlash; xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmat koʻrsatish shartnomalari boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni sugʻurtalash tartibini joriy etish va sugʻurta mukofoti miqdorini xizmat koʻrsatish shartnomasi summasiga hamda fuqaroning Oʻzbekistonga qaytish xarajatlariga mutanosib miqdorda belgilash. | 2024-yil dekabr | Migratsiya agentligi, Adliya vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Bosh prokuratura, Biznes-ombudsman |
4. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurtalash, shuningdek, mazkur sohadagi sugʻurta mahsulotlarini rivojlantirish orqali Migratsiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini oshirish masalalariga oid ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va natijasi boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 5. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning pul oʻtkazmalarini amalga oshirish boʻyicha xarajatlarini kamaytirish masalalariga oid ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritish. | 2025-yil yanvar | |||
6. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat organlari va boshqa ishtirokchilarning vazifa va majburiyatlari aniq belgilash; xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketgan fuqarolarning huquqlari va majburiyatlarini, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish choralarini belgilash. | 2025-yil mart | |||
7. Mehnat migratsiyasi sohasidagi milliy qonunchilikni xalqaro hujjatlarga moslashtirish choralarini koʻrish. | 2025-yil aprel | |||
8. Fuqarolarni xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborish jarayonida xususiy sektorning ishtiroki kengaytirilayotganligi munosabati bilan mazkur sohada xorijiy davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarni qayta koʻrib chiqish. 9. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni tashkillashtirilgan holda tanlashning yangi shakllarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish. | 2025-yil sentabr | |||
2. | Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarning chet mamlakatga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va ularga sifatli xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash. | Quyidagilarni belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda rivojlangan mamlakatlarga chiqib ketayotgan fuqarolarga tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 10 million soʻmgacha miqdorda Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) ikki yil muddatga mikrokreditlar ajratish tartibini; xalqaro tan olingan dasturlarni joriy qilgan taʼlim tashkilotlarida kasbga oʻqimoqchi boʻlgan fuqarolarga Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini; “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida (keyingi oʻrinlarda — Dasturiy majmua) kasbiy taʼlim muassasalari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining reytingini tuzish tartibini; ingliz, koreys, nemis va yapon tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilar soni eng koʻp boʻlgan 50 nafar oʻqituvchiga Jamgʻarma hisobidan 50 million soʻmdan subsidiya toʻlash tartibini. | 2024-yil dekabr | Migratsiya agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
3. | 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya uchun huquqiy hamda tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan harakatlar rejasini ishlab chiqish. | 2025 — 2030-yillarda xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya uchun huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan harakatlar rejasini ishlab chiqish. Bunda Harakatlar rejasida, jumladan: tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani va tashkiliy asoslarni takomillashtirish; fuqarolik jamiyati institutlari rolini yanada oshirish; qonunchilik buzilishi holatlarining monitoringi tizimini yoʻlga qoʻyish; xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va axborot-maʼrifiy ishlarni jadallashtirishni nazarda tutish. | 2025-yil fevral | Migratsiya agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat va tijorat xizmatlarini koʻrsatishning, chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarga subsidiyalar ajratishning maʼmuriy tartib-taomillarini maqbullashtirish hamda biznes jarayonlari reyinjiniringini (BPR) oʻtkazish. | 1. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat va tijorat xizmatlarini koʻrsatishning, chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarga subsidiyalar ajratishning maʼmuriy tartib-taomillarini tahlil etish hamda biznes jarayonlari reyinjiniringini (BPR) oʻtkazish. 2. Oʻtkazilgan tahlil natijalariga asosan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat va tijorat xizmatlarini koʻrsatishning, chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarga subsidiyalar ajratishning maʼmuriy tartib-taomillarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 4. Kelishilgan loyihalarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil mart | Migratsiya agentligi, Adliya vazirligi |
5. | Dasturiy majmuani takomillashtirish. | 1. Dasturiy majmuaning mobil ilovasini ishlab chiqish. | 2024-yil dekabr | Migratsiya agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
2. Dasturiy majmua va uning mobil ilovasida quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratish: xorijiy mamlakatlarda talab yuqori boʻlgan kasblar, ularni oʻzlashtirish uchun davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari, shuningdek, ushbu kasblarga oʻqitadigan taʼlim tashkilotlari haqida maʼlumot olish; fuqarolarning xorijiy ish beruvchilar buyurtmasida koʻrsatilgan talablarga javob berishini idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring qilish); xususiy bandlik agentliklarining xorijiy ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan tuzgan shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish; xususiy bandlik agentliklari va xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilayotgan fuqarolarga “shaxsiy kabinet” orqali xizmat koʻrsatish; shaxsni “One-ID”, “Face-ID”, “Mobile-ID” kabi tizimlar orqali identifikatsiya qilishni yoʻlga qoʻyish; xususiy bandlik agentligi va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolar oʻrtasidagi xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani elektron tarzda rasmiylashtirish; xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarni faqat hamkor xorijiy ish beruvchilar va (yoki) rekruting agentliklari buyurtmanomalarida koʻrsatilgan boʻsh ish oʻrinlari doirasida tuzish; fuqarolarga xizmat koʻrsatish shartnomalari bandlari xususiy bandlik agentliklari tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq bajarilmaganligi hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida murojaat qilish. 3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi ishonchsiz xorijiy ish beruvchilar va rekruting agentliklari reyestrini yuritish tartibini tasdiqlash: xorijiy ish beruvchilar va rekruting agentliklarini reyestrga kiritish va chiqarish mezonlarini; reyestrni Dasturiy majmuada ochiq eʼlon qilib borishni; xususiy bandlik agentliklarining ishonchsiz xorijiy ish beruvchilar va rekruting agentliklari reyestriga kiritilgan subyektlar bilan tuzilgan shartnomalarini Dasturiy majmuada roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishni. 4. Xorijda tashkillashtirilgan mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaroga masofadan turib onlayn roʻyxatdan oʻtish va toʻlovlarni amalga oshirish imkonini yaratish maqsadida Dasturiy majmuani Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, Ichki ishlar vazirligi, tijorat banklari va sugʻurta kompaniyalarining axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilish. | 2025-yil yanvar | |||
6. | Fuqarolarni tashkillashtirilgan holda tanlash hamda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuborish jarayonlarida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish: xususiy bandlik agentliklariga ular tomonidan Jamgʻarmada zaxira qilinadigan mablagʻlarni tegishli litsenziya amal qilish muddatiga mutanosib davrga, Agentlik roziligisiz sarflamaslik va mablagʻlar sarflangan taqdirda, belgilangan muddatlarda oʻrnini toʻldirish sharti bilan tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish huquqini berish; xususiy bandlik agentliklariga zaxira qilinadigan mablagʻlarni depozitga qoʻyish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ishlatishga ruxsat berish; xususiy bandlik agentliklarining xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarida belgilangan majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni ushbu depozitga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan Agentlik koʻrsatmasiga asosan qoplash. 2. Agentlik tomonidan xorijiy ish beruvchilar va (yoki) rekruting agentliklaridan jalb qilingan ish oʻrinlarini litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida taqsimlash tartibini ishlab chiqish va joriy etish. | 2024-yil dekabr | Migratsiya agentligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi |
7. | Xususiy bandlik agentliklarining fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish borasidagi imkoniyatlarini kengaytirish. | 1. Xususiy bandlik agentliklariga chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish uchun davlat taʼlim tashkilotlari bino va inshootlarini tekin foydalanishga berish. | 2025-yil yanvar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Migratsiya agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
2. Xususiy bandlik agentliklari tomonidan tashkil qilingan oʻquv kurslarining taʼlim sifatini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan monitoring qilish. | Doimiy | |||
8. | Xorijga ishlash maqsadida ketayotgan fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish, malakasini baholash va ketishdan oldin moslashtirish majmuasini tashkil etish. | Toshkent shahridagi Kasbiy koʻnikmalar markazining Uchtepa filiali binosida xorijga ishlash maqsadida ketayotgan fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish, malakasini baholash va ketishdan oldin moslashtirish majmuasini tashkil etish. | 2026-yil yanvar | Migratsiya agentligi |
9. | Migratsiya sohasida vakolatli davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni kengaytirish va ijtimoiy sherikchilikni mustahkamlash. | 1. Migratsiya sohasidagi mexanizmlarni takomillashtirish, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor boʻlgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalar yuzasidan ijtimoiy sherikchilik toʻgʻrisidagi bitim va shartnomalar tuzish. 2. Hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning natijalarini tizimli ravishda OAV va Internet tarmogʻida yoritishni taʼminlash. | 2024-yil noyabr | Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
10. | Xorijdagi oʻzbek diasporalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ularni migratsiya sohasidagi masalalarni hal etishga jalb etish. | 1. Xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini yanada himoya qilish va migratsiya sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish maqsadida: xorijdagi oʻzbek diasporalari va nodavlat notijorat tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish hamda ular bilan mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; nodavlat notijorat tashkilotlarning migratsiya sohasini takomillashtirish, migrantlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan grantlarini jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borish; mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda migrantlarning nufuzini koʻtarishga qaratilgan materiallarni joylashtirish, ushbu mavzuga oid tok-shou va koʻrsatuvlar tashkil qilish; xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda mediaforum, boʻsh ish oʻrinlari koʻrgazmalari va ish beruvchilar uchun infoturlar tashkil etish. 2. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida chet elga chiqayotgan fuqarolar uchun qisqa qoʻllanmalarni chop etish, ularga, shu jumladan aeroport va aholi gavjum joylarda, chet mamlakatlarda boʻlish tartibi toʻgʻrisida birlamchi maʼlumotlar berish. | 2025-yil mart | Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
11. | Xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrish. | 1. Xorijda ishlayotgan fuqarolar ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan muzokaralar olib borish. 2. Hukumatlararo bitimlar tuzish boʻyicha takliflar kiritish. | 2024-yil dekabr | Soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi |
12. | Turkiya Respublikasi bilan taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish boʻyicha hukumatlararo bitim loyihasini ishlab chiqish. | 1. Turkiya Respublikasining vakolatli organlari bilan taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish boʻyicha hukumatlararo bitim loyihasini ishlab chiqish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. | 2025-yil may | Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi |
2. Turkiya vakolatli organi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolariga Turkiyada mehnat faoliyatini olib borish uchun ruxsatnomalar berilmasligiga sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha hukumatlararo muzokaralar oʻtkazish. | 2025-yil iyun | |||
13. | Xorijiy davlatlarga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish tizimini takomillashtirish. | 1. Janubiy Koreyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin tayyorlovning 4 ta bosqichini Oʻzbekistonda oʻtkazish yuzasidan Koreya tomoni bilan muzokaralar olib borish. | 2025-yil yanvar | Migratsiya agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Koreya kasbiy taʼlim tizimiga asoslangan oʻquv kurslarini Oʻzbekistonda tashkil etish. | 2025-yil iyun | |||
14. | Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. | Quyidagilar toʻgʻrisida maxsus dastur va lavhalarni efirga uzatib borish: xorijiy mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi va shartlari, chet davlatlarning mehnat va migratsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar, mazkur kasblarga oʻqitadigan taʼlim muassasalari; Agentlik, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, sektorlar, “mahalla yettiligi”, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar; xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari. | 2024 — 2026-yillar davomida | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi |
15. | Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish. | Ketishdan oldin moslashtirish tadbirlari doirasida oʻtkaziladigan kurslarda fuqarolarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirishga doir mavzular boʻyicha dasturlar ishlab chiqish va mashgʻulotlar tashkil etish. | 2024-yil noyabr | Migratsiya agentligi, Markaziy bank |
2-ILOVA
T/r | Hudud nomi | Tasarruf etuvchi vazirlik | Kasbga oʻqitish muassasasi nomi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | |
Andijon viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Buxoro viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Jizzax viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Qashqadaryo viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Navoiy viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Namangan viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Samarqand viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Surxondaryo viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Sirdaryo viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Toshkent viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Fargʻona viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Xorazm viloyati | Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi | ||
Toshkent shahri | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | Toshkent shahridagi Kasbiy koʻnikmalar markazining Uchtepa filiali |
3-ILOVA
T/r | Hudud nomi | Tasarruf etuvchi vazirlik | Kasbga oʻqitish muassasasi nomi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
Andijon viloyati | Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Buxoro viloyati | Afshona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Jizzax viloyati | Jizzax Abu Ali ibn Sino nomli Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Qashqadaryo viloyati | Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Navoiy viloyati | Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Namangan viloyati | 2-son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Samarqand viloyati | Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Surxondaryo viloyati | Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Sirdaryo viloyati | Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Toshkent viloyati | Yangiyoʻl Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Fargʻona viloyati | 1-son Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Xorazm viloyati | Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Toshkent shahri | 2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | ||
Qashqadaryo viloyati | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | Qashqadaryo viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi | |
Samarqand viloyati | Samarqand viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi | ||
Fargʻona viloyati | Fargʻona viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi | ||
Toshkent shahri | Toshkent shahri kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi |
4-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Masʼul ijrochilar |
I. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xorijiy davlatlarda tashkillashtirilgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirishini tashkil etish boʻyicha istiqbolli loyihalarni aniqlash | ||||
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari (Koreya Respublikasi, Yaponiya, Avstraliya) | ||||
1. | “Mavsumiy ishlar uchun E-8” viza turi orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreyaga yuborish boʻyicha memorandum imzolash. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston fuqarolarini vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishish. | 2025-yil mart | Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy ijroiya hokimiyati organlari oʻrtasida uchrashuvlar tashkil etish va Koreya Respublikasining “Mavsumiy ishlar uchun E-8” viza turi orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreyaga yuborish toʻgʻrisida memorandum loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil may | Migratsiya agentligi | ||
3. Koreya Respublikasi (tumanlar maʼmuriyati) va Oʻzbekiston Respublikasi (tuman va shahar hokimliklari) mahalliy ijroiya hokimiyati organlari oʻrtasida memorandum imzolash. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | |||
2. | Yaponiya yirik ish beruvchilari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Yaponiya davlatida bandligini taʼminlash yuzasidan kelishuvlarga erishish. | 1. Yaponiya ish beruvchilari talabiga mos kadrlar bazasini yaratish. | 2025-yil mart | Migratsiya agentligi, Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Yaponiya yirik ish beruvchilari bilan kelishuvlar imzolash. | 2025-yil iyun | |||
3. Yaponiya ish beruvchilari talablaridan kelib chiqib, kasbiy taʼlim tashkilotlarida qurilish, tibbiyot, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish kasblari va yapon tili boʻyicha qoʻshma oʻquv kurslarini tashkil qilish. 4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda Yaponiyaga ishga yuborish choralarini koʻrish. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | |||
3. | Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlariga Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish boʻyicha imkoniyatlarni yaratish. | 1. Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlarining tegishli vazirlik va idoralari bilan muzokaralar oʻtkazish. 2. Migratsiya agentligi vakillarining mazkur davlatlarga ishchi tashriflarini amalga oshirish hamda tegishli vazirlik va idoralari, salohiyatli ish beruvchilari bilan muzokaralar tashkil etish. | 2025-yil fevral | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Singapurdagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
3. Oʻzaro hamkorlik masalalarida kelishuvlarga erishish va mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish masalalarini oʻrganish. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | |||
Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlari ( Kuvayt, Qatar) | ||||
4. | Kuvayt Davlatida Oʻzbekiston fuqarolarini munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlashga qaratilgan huquqiy bazani yaratish maqsadida tegishli kelishuvlarni imzolash. | 1. Kelishuv loyihasini ishlab chiqish. 2. Xorijiy tomon bilan kelishuv loyihasi va uni imzolash yuzasidan muzokaralar olib borish. | 2025-yil mart | Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. Ikki tomonlama hujjatlarni imzolash. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | Migratsiya agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
5. | Qatar Davlatida Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish imkoniyatlarini yaratish. | 1. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil fevral | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi | ||
3. Kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish. | Migratsiya agentligi | |||
Yevropa davlatlari (Avstriya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Belgiya, Niderlandiya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Litva, Latviya, Estoniya, Finlyandiya, Italiya, Ispaniya, Chexiya, Germaniya, Shvetsiya, Turkiya) | ||||
6. | Avstriya davlatining yirik ish beruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish. | 1. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil mart | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish imkoniyatlarini oʻrganish. | 2025-yil iyun | |||
3. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi | ||
4. Kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish. | Migratsiya agentligi | |||
7. | Slovakiyaning avtosanoat va mashinasozlik sohasidagi kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish. | 1. Slovakiyaning avtosanoat va mashinasozlik sohasidagi kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish. 2. Oʻzaro hamkorlik masalalarida kelishuvlarga erishish va mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish masalalarini oʻrganish. 3. Slovakiyaning avtosanoat va mashinasozlik sohasidagi yirik ish beruvchi kompaniyalari bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil may | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini yuk tashuvchi avtomashina va avtobus haydovchiligiga oʻqitishni tashkil etish. | 2025-yil dekabr | Ichki ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
5. Yuk tashuvchi avtomashina va avtobus haydovchiligiga oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil mart | Migratsiya agentligi | ||
8. | Sloveniya va Xorvatiya davlatlarining yirik ish beruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish. | 1. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil fevral | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash. | 2025-yil may | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi | ||
3. Kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil noyabr | Migratsiya agentligi | ||
9. | Belgiya bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik oʻrnatish. | 1. Belgiya hukumati bilan mehnat migratsiyasi boʻyicha kelishuvlarni tuzish, Oʻzbekistonning mehnat migrantlari uchun yillik kvotalar sonini oshirish, viza talablarini yengillashtirish boʻyicha muzokaralar olib borish. | 2025-yil sentabr | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Oʻzaro hamkorlik masalalarida kelishuvlarga erishish va mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish masalalarini oʻrganish. | 2025-yil noyabr | |||
3. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi | |||
4. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolariga ingliz va fransuz tillarini oʻrgatish, kasbga tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini (dasturlash, qurilish, tibbiyot) tashkil etib, ularni tamomlagan fuqarolarga sertifikatlar taqdim qilish. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | |||
5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish. | Migratsiya agentligi | |||
10. | Niderlandiyaning yirik ish beruvchi korxonalari bilan hamkorlik oʻrnatish. | 1. Niderlandiya Hukumati bilan mehnat migratsiyasi boʻyicha kelishuvlarni tuzish, Oʻzbekistonning mehnat migrantlari uchun yillik kvotalar sonini oshirish, viza talablarini yengillashtirish boʻyicha muzokaralar olib borish. | 2025-yil aprel | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Oʻzaro hamkorlik masalalarida kelishuvlarga erishish va mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish masalalarini oʻrganish. | 2025-yil avgust | |||
3. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi | |||
4. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolariga ingliz va fransuz tillarini oʻrgatish, kasbga tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini (dasturlash, qurilish, tibbiyot) tashkil etib, ularni tamomlagan fuqarolarga sertifikatlar taqdim qilish. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | |||
5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish. | Migratsiya agentligi | |||
11. | Vengriyada Oʻzbekiston fuqarolarini munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlashga qaratilgan huquqiy bazani yaratish maqsadida tegishli kelishuvlarga erishish. | 1. Kelishuv loyihasini ishlab chiqish. 2. Xorijiy tomon bilan kelishuv loyihasi va uni imzolash yuzasidan muzokaralar olib borish. | 2025-yil mart | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Vengriyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. Ikki tomonlama hujjatlarni imzolash choralarini koʻrish. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | |||
12. | Buyuk Britaniyada hamshiralarni ishga joylashtirish uchun qulaylik yaratish va ish bilan taʼminlash koʻlamini oshirish. | 1. Tibbiyot terminologiyasiga asoslangan ingliz tili tayyorlov kurslarini tashkil etish. | 2025-yil iyun | Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi |
2. “Occupational English Test” (OET) tibbiyot sohasida ingliz tilini baholash markazi filiali faoliyatini Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokara oʻtkazish va filialni ochish. | 2025-yil sentabr | |||
13. | Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha Yevropa davlatlariga tashrif rejasini tasdiqlash va amalga oshirish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha Yevropa davlatlariga tashrif rejasini kelishish uchun Migratsiya boʻyicha respublika komissiyasiga taklif kiritish. | 2024-yil noyabr | Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Tasdiqlangan tashrif rejasi bajarilishini taʼminlash. | 2025-yil dekabr | |||
3. Tashriflar yakuni boʻyicha erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash. | Kelishuvlarda belgilangan muddatlarda | |||
14. | Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi fuqarolar uchun viza rasmiylashtirishda qulay shart-sharoitlar yaratish. | 1. “VFS Global” viza markazi bilan muzokaralar olib borish. | 2025-yil mart | Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi |
2. Hamkorlik memorandumini imzolash va Migratsiya agentligi binosida viza markazlarining front ofisini tashkil etish choralarini koʻrish. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | |||
15. | Latviya, Litva, Estoniya va Finlyandiyaning yirik ish beruvchi kompaniyalari bilan Oʻzbekistondan malakali ishchi kuchini jalb qilish boʻyicha manzilli va tizimli muzokaralar olib borish. | 1. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil aprel | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Latviyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi | ||
3. Kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish. | Migratsiya agentligi | |||
16. | Italiyaning yirik ish beruvchilari bilan Oʻzbekiston fuqarolarini qishloq xoʻjaligi, qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarida yuqori malaka talab etilmaydigan ishlarga jalb etish yuzasidan muzokaralar oʻtkazish. | 1. Italiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy siyosat vazirligi bilan muzokaralar oʻtkazish va “Decreto Flussi” dasturiga Oʻzbekistonni qoʻshish. | 2025-yil fevral | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va ular bilan Oʻzbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi yuzasidan muzokaralar olib borish. | 2025-yil iyun | |||
3. Oʻzbekistonlik ishchilarni ish beruvchi korxonalarga va mavsumiy ishga joylashtirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish. | 2025-yil noyabr | |||
17. | Ispaniya davlati bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik oʻrnatish. | 1. Oʻzbekiston fuqarolarining ispan tilini oʻrganish darajasini oshirish maqsadida Servantes institutining filialini mamlakatimizda ochish masalasini koʻrib chiqish. | 2025-yil mart | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish imkoniyatlarini oʻrganish. | 2025-yil iyul | |||
3. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi | ||
4. Oʻzbekistonlik ishchilarni ish beruvchi korxonalarga ishga joylashtirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish. | Migratsiya agentligi | |||
18. | Chexiya Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi bilan muzokaralar olib borish. | 1. Chexiya Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi hamda sohaga aloqador boshqa idoralar bilan muzokaralar olib borish. | 2024-yil dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Oʻzbekistonlik ishchilarni jalb qilish uchun ajratiladigan kvotalar sonini koʻpaytirish masalalarini kelishish. | 2025-yil mart | |||
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish imkoniyatini oʻrganish. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | |||
19. | Oʻzbekistonlik ishchilarning nemis tilini V1-V2 darajasida bilishi va tegishli diplom (sertifikat) bilan tasdiqlangan kasbiy malakani egallashi uchun imkoniyatlar yaratish. | Germaniyaning nemis tili va kasb-hunarni oʻqitishga ixtisoslashgan muassasa va shirkatlarini jalb qilgan holda oʻzbekistonlik ishchilar uchun oʻquv kurslarini tashkil qilish. | 2024 — 2026-yillar | Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, boshqa aloqador vazirlik va idoralar |
20. | Shvetsiyaning yirik ish beruvchi kompaniyalari bilan Oʻzbekistondan tegishli talablarga javob beradigan ishchi kuchini jalb qilish boʻyicha manzilli va tizimli muzokaralar olib borish. | 1. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish. 2. Mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish imkoniyatlarini oʻrganish. | 2025-yil mart | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
3. Oʻzbekistonlik ishchilarni Shvetsiyada mavsumiy ishlarga jalb qilish imkoniyatini oʻrganish. | 2025-yil iyun | |||
4. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi | ||
5. Taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarni tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish. | Migratsiya agentligi | |||
21. | Turkiya bilan Oʻzbekiston fuqarolari uchun “ishchi viza”ni rasmiylashtirish va ish ruxsatnomasini berish jarayonlarini soddalashtirishga kelishish. | 1. Tegishli vazirlik va idoralar bilan muzokaralar oʻtkazish. | 2025-yil mart | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Muzokaralar natijasi boʻyicha Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish choralarini koʻrish. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | |||
Amerika Qoʻshma Shtatlari | ||||
22. | Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni oʻrnatish masalalarida muzokara oʻtkazish. | 1. Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida oʻtkaziladigan siyosiy maslahatlashuvlar, shuningdek, har yili oʻtkaziladigan Oʻzbekiston-AQSh strategik sheriklik muloqoti (SPD) kun tartibi doirasida Oʻzbekistonni “N-2” ishchi vizasini olishi mumkin boʻlgan davlatlar roʻyxatiga kiritish masalasini koʻrib chiqish. | 2025-yil may | Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi, Migratsiya agentligi |
2. Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida konsullik maslahatlashuvlarini tashkil qilish masalasini koʻrib chiqish. 3. AQShning Toshkentdagi elchixonasi va Oʻzbekistonning manfaatdor idoralari oʻrtasida boʻlib oʻtadigan muzokaralarda xorij tomoniga Oʻzbekistonda migratsiya sohasida olib borilayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yetkazish. | 2025-yil oktabr | |||
4. Masʼul vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan delegatsiyaning AQShga tashrifini amalga oshirish. | 2025-yil noyabr | |||
5. Tashkillashtirilgan tartibda migrantlarni AQShga yuborish boʻyicha ikki tomonlama bitim ishlab chiqish hamda xorij tomoni bilan kelishish. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq | |||
II. Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish | ||||
Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlari (Koreya Respublikasi, Yaponiya) | ||||
23. | Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining nufuzini koʻtarish, ish beruvchilar tomonidan ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish, shuningdek, Koreya Respublikasida noqonuniy boʻlishning salbiy oqibatlarini keng jamoatchilikka yoritib borish. | 1. Mehnat migrantlari faoliyatida duch keladigan muammolarni oʻrganish. 2. Fuqarolarning huquq va manfaatlari buzilganlik holatlari yuzasidan monitoring olib borish. 3. Elchixona va vakolatxona tomonidan tashkil etilgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar va tadbirlarga keng ommani jalb qilish. 4. Noqonuniy mehnat migratsiyasiga oid axboriy buklet va flayerlarni tayyorlash. 5. Internet tarmogʻi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa OAV orqali migratsiyaga oid maʼlumotlarni yoritib borish. 6. Uchrashuv va tadbirlarda mazkur masalalarning mohiyatini yoritib borish. | 2024 — 2026-yillar | Migratsiya agentligi, Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi |
24. | Xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyish orqali Yaponiyadagi mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish mexanizmini yaratish. | 1. Mehnat migrantlari faoliyatida duch keladigan muammolarni oʻrganish. 2. Fuqarolarning huquq va manfaatlari buzilganlik holatlari yuzasidan monitoring olib borish. 3. Xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish. | 2024 — 2026-yillar | Migratsiya agentligi, Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi |
Yevropa davlatlari | ||||
25. | Yevropa davlatlaridagi vatandoshlarimiz va Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa davlatlaridagi elchixonalari oʻrtasidagi munosabatni va oʻzaro ishonchni mustahkamlash hamda fuqarolarimiz bilan ular boʻlib turgan davlatda ish bilan taʼminlash borasida hamkorlik oʻrnatish. | 1. Oʻzbek diasporasi vakillari va yetakchilari bilan mustahkam aloqalarni oʻrnatish va ular orqali barcha vatandoshlarimiz bilan yaqindan muloqot oʻrnatish. | 2025-yil mart | Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa davlatlaridagi elchixonalari, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Oʻzbek diasporasi vakillari bilan mehnat migrantlari masalasida hamkorlik tizimini tashkil qilish. 3. Diaspora vakillari yordamida Yevropa davlatlarida ishsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish. | 2025-yil dekabr | |||
Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanada | ||||
26. | AQShdagi Oʻzbekiston fuqarolari va vatandoshlarimiz bilan yaqindan hamkorlik aloqalarni yoʻlga qoʻyish va mazkur davlatlarda fuqarolarimizni ish bilan taʼminlash borasida hamkorlik oʻrnatish. | 1. Oʻzbek diasporasi vakillari va yetakchilari bilan mustahkam aloqalarni oʻrnatish va ular orqali barcha vatandoshlarimiz bilan yaqindan muloqot oʻrnatish. 2. Oʻzbek diasporasi vakillari bilan mehnat migrantlari masalasida hamkorlik tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2024 — 2026-yillar | Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi, Tashqi ishlar vazirligi |
27. | Kanadadagi Oʻzbekiston fuqarolari va vatandoshlarimiz bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda vatandoshlar uyushmalari salohiyatidan keng foydalanish. | 1. Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni oʻqitish va ishga joylashishiga yordam berish, turli xayriya aksiyalarini uyushtirishda vatandoshlar uyushmalari salohiyatidan keng foydalanish. 2. Vatandoshlar uyushmalari bilan birgalikda sport va madaniy tadbirlarni uyushtirish. 3. Vatandoshlar uyushmalari bilan birgalikda Kanadada Oʻzbekiston madaniy, ilmiy va maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, oʻzbek tili, madaniyati va anʼanalarini saqlab qolish ishlarini amalga oshirish. | 2024 — 2026-yillar | Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi |