Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.1997 26.12.1994 yildagi 620-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.1997
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI DAVLAT AVTOMOBIL NAZORATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 5-dekabrdagi 539-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
620-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 26-dekabrdagi
620-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-avtomobil nazorati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat avtomobil nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimiga yoʻl harakati xavfsizligi ustidan davlat nazoratini taʼminlovchi yuridik shaxs sifatida kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat avtomobil nazoratining asosiy vazifasi barcha vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha tashkilotlar, muassasalar, korxonalar hamda jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida amalda boʻlgan qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat avtomobil nazoratini qonunchilik bilan uning zimmasiga yuklanmagan vazifalarni bajarishga jalb qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat avtomobil nazoratining faoliyati qonuniylikka qatʼiy rioya qilishga asoslanadi. Davlat avtomobil nazorati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyruqlari va koʻrsatmalariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat avtomobil nazorati zimmasiga yuklangan vazifalarni ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maʼmuriyatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Harbiy avtomobil nazorati, shuningdek faoliyati yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash bilan aloqador jamoat tashkilotlari bilan uzviy oʻzaro hamkorlikda hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat avtomobil nazorati tuzilmasi va shtatdagi xodimlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetlaridan, shuningdek hokimliklar tomonidan avtomobil yoʻllarining (shu jumladan umumfoydalanishdagi va idoralarga qarashli yoʻllarning) uzunligi, aholi hamda roʻyxatga olingan transport vositalari soniga bogʻliq ravishda ajratiladigan mablagʻlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat avtomobil nazorati organlari quyidagi boʻlinmalarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-patrul xizmati, shu jumladan, safdagi xizmat boʻlinmalari, maxsus kuzatib boruvchi va operativ harakat boʻlinmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport hodisalari yuz bergan joylardan qochib ketgan haydovchilarni qidirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport hodisalari holatlari boʻyicha surishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati qoidalarini maʼmuriy buzishlar toʻgʻrisidagi hodisalarni surishtirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy-tahliliy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl nazorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik nazorat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtihon olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya muammolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnika taʼminoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan montaj-foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy-iqtisodiy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tarkib bilan ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat avtomobil nazorati tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa boʻlinmalar ham tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati apparati tuzilmasini va shtatlar sonini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat avtomobil nazorati quyi apparatlari tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy tuzilmaga muvofiq belgilanadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazoratining boshligʻi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati joylardagi Davlat avtomobil nazorati faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi, Davlat avtomobil nazorati faoliyatiga daxldor masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shahar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) Davlat avtomobil nazorati boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshligʻi bilan oldindan kelishilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shaharlar va tumanlar ichki ishlar boʻlimlari Davlat avtomobil nazorati boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) Davlat avtomobil nazorati boshliqlari bilan oldindan kelishilgandan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) Davlat avtomobil nazorati boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, roʻyxatga olish-imtihon qilish boʻlinmalari va tumanlararo roʻyxatga olish imtihon qilish boʻlinmalari boshliqlari, shaharlar va tumanlar ichki ishlar boʻlimlari Davlat avtomobil nazorati boʻlim (boʻlinma) lari boshliqlari, yoʻl-patrul xizmati polklari, batalonlari va rotalarining komandirlari lavozimga tayinlanishda, navbatdagi unvonni olishda, shuningdek uch yilda bir marta yoki belgilangan muddatdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazoratida attestatsiya komissiyasidan oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazoratining attestatsiya komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) davlat avtomobil nazorati attestatsiya komissiyasi qarorlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshligʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) Davlat avtomobil nazorati boshliqlarining notoʻgʻri va qonunga zid qarorlari va koʻrsatmalarini oʻzgartirish va bekor qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) Davlat avtomobil nazorati boshliqlari shaharlar va tumanlar ichki ishlar boʻlimlari Davlat avtomobil nazorati boshliqlarining notoʻgʻri va qonunga zid qaror va koʻrsatmalarini oʻzgartirish va bekor qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat avtomobil nazoratiga xizmatga oʻrta maxsus va oliy maʼlumotli shu sohaga muvofiq keluvchi mutaxassislar va yuristlar qabul qilinadilar. Bunda ular haydovchilar tayyorlash kurslarini tugallagan va transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati va uning joylardagi organlari yuridik shaxs hisoblanadilar, mustaqil smetaga, bankda hisob-kitob schyotlariga, Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yoʻl harakati xavfsizligi sohasida Davlat avtomobil nazorati organlari bilan kelishilmagan normativ hujjatlarni qoʻllash, ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat avtomobil nazoratining asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoidalarga, normativlarga va standartlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va qoʻriqlanadigan boshqa shaxslar (shu jumladan xorijiy davlatlar shaxslari) ning maxsus avtomobillarini kuzatib borishni va ularning toʻsiqsiz oʻtishni, shuningdek, maxsus trassalar va maxsus maqsaddagi avtomobillarning holati ustidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir vaznli va nogabarit yuklarni tashishga ruxsat berish hamda ularni tashishda harakat xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, maxfiy yuklarni tashishni amalga oshiruvchi muassasalar, idoralar va tashkilotlarning maxsus avtomototransport vositalariga maxsus talonlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini roʻyxatga olish, roʻyxatga olingan transport vositalari va tirkamalarga hisobga olish — roʻyxatga olish hujjatlari va nomer belgilari berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar tomonidan mustaqil tayyorlangan avtomototransport vositalarini militsiya operativ xizmati xodimlarining tegishli tekshiruvidan keyin roʻyxatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport haydovchilarini tayyorlovchi oʻquv tashkilotlarini roʻyxatga olish, yoʻl harakati qoidalari va transport vositalarini boshqarish malakalari boʻyicha imtihonlar olish, ushbu transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el elchixonalari (konsulliklari) xodimlariga va boshqa xorijiy fuqarolarga haydovchi guvohnomalari va maxsus nomer belgilari berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib qochilgan va oʻgʻirlangan avtomototransport vositalarini hamda yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan joydan qochgan haydovchilarni qidirish ishini tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
militsiyaning boshqa xizmatlari xodimlariga jinoyatlarni ochishda va jinoyat qilgan shaxslarni ushlashda yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik xizmat koʻrsatish va avtomobillarni tuzatish stansiyalarida yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi hodisasi boʻyicha surishtiruv ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan joyda kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish (yoʻl-transport hodisasi ishtirokchilarini ushlash, guvohlarni aniqlash, yoʻl-transport hodisasi boʻyicha materiallarni rasmiylashtirish, transport va piyodalar harakatini tartibga solish, jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati sohasidagi maʼmuriy qonun buzishlar hodisalarini surishtirish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati sohasida amalda boʻlgan qonunchilikni tushuntirish ishlarini olib borish, shu maqsadda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino, video va shu kabilar) dan foydalanish, yoʻl harakati qoidalarni targʻib va tashviqot qilishda koʻriklar, tanlovlar, musobaqalardan keng foydalanish va ularni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati sharoitlarini oʻrganish, koʻchalar va yoʻllarda transport hamda piyodalar qatnovini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakatini tartibga solish, shu jumladan texnik vositalar va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarini belgilangan tartibda kuzatib borishni amalga oshirish, shu jumladan shartnoma asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat transporti muntazam qatnaydigan yoʻnalishlarni koʻrib chiqish va ochish toʻgʻrisida xulosalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda roʻyxatga olingan avtomototransport vositalari sodir etgan yoʻl-transport hodisalarini, yoʻl harakati qoidalari buzilishini va ular boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarning hisobini olib borish, yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan birgalikda yoʻl harakati xavfsizligini oshirish, yoʻl harakati sohasida huquq buzilishining oldini olish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport hodisalari sodir etilishiga, yoʻl harakati qoidalari buzilishiga, yoʻl harakati sohasida boshqa huquqqa zid harakatlarga olib keluvchi sabablarni aniqlash, oʻz vakolati doirasida ularni bartaraf qilish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllari, koʻchalar, yoʻl inshootlari, temir yoʻldan oʻtish joylari, shahar elektr transporti yoʻnalishlarini qurish va ularni qayta qurish, avtomototransport vositalari tuzilishi loyihalarini koʻrib chiqish va yoʻl harakati havfsizligini taʼminlash nuqtai nazaridan ular boʻyicha xulosalar berish, koʻrsatilgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof muhitni avtomototransport vositalarining zararli taʼsiridan himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish, bu sohada normativ hujjatlar bajarilishini nazorat qilish, vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bolalar oʻrtasida yoʻl-transport hodisalari sodir qilinishining oldini olishga doir amaliy chora-tadbirlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat avtomobil nazorati shaxsiy tarkibi tomonidan qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, ularga berilgan Huquqlardan toʻgʻri foydalanish, ularda yuksak madaniyat, ishda vijdonli va adolatli boʻlishni tarbiyalash, yoʻl harakati qatnashchilari bilan odobli va muloyim muomalada boʻlishni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat avtomobil nazoratining tegishli organlari, mansabdor shaxslari hamda xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan militsiyaga berilgan barcha huquq va imtiyozlardan oʻz vakolatlari doirasida foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat avtomobil nazorati zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga va atrof muhitni avtomototransportning zararli taʼsiridan himoya qilishga oid qoidalar, normativlar hamda standartlarning bajarilishini tekshirish, bu maqsadda ularga toʻsiqsiz kirish, zarur maʼlumotlar va hujjatlarni tekin olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslar va fuqarolarga yoʻl harakati xavfsizligini va atrof muhitni himoya qilishni taʼminlashga oid qoidalar, normativlar va standartlar buzilishlarini bartaraf qilish toʻgʻrisida bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar berish, bunday koʻrsatmalar boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrmagan shaxslarni javobgarlikka tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlar va texnik kengashlar, avtomobil yoʻllari, koʻchalar, yoʻl inshootlari, temir yoʻldan oʻtish joylari, shahar elektr transporti yoʻnalishlarini va avtomototransport texnikasining yangi namunalarini foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida hal qiluvchi ovoz huquqi bilan qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari oʻtkazilayotganda yoki transportdan foydalanish yoʻl harakati xavfsizligiga xavf tugʻdirganda yoʻl uchastkalarida yoʻl harakatlarini vaqtincha cheklash yoki taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda foydalanishga topshirilmagan avtomobil yoʻllari, koʻchalar, temir yoʻldan oʻtish joylarida harakatni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllari, koʻchalar, temir yoʻldan oʻtish joylarida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha belgilangan qoidalar, normativlar va standartlar buzilgan holda bajarilayotgan tuzatish-qurilish yoki boshqa ishlar amalga oshirilishini taqiqlash yoki toʻxtatib qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha belgilangan qoidalar, normativlar va standartlar buzilgan holda yoki Davlat avtomobil nazorati rahbariyatining yozma ruxsatisiz bajarilayotgan koʻchalar va yoʻllarni loyihalash, yoʻllarni qurish, qayta qurish va tuzatishni toʻxtatish yoki taqiqlash toʻgʻrisida koʻrsatmalar bering;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik talablariga rioya etilmagan hollarda belgilangan yoʻnalishda qatnovchi jamoat transporti harakatini, shuningdek, ogʻir vaznli va nogabarit yuklarni tashishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tashkilotlarga yoʻl harakatini tartibga soluvchi texnik-vositalarni oʻrnatish va olib tashlash toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish yoki ruxsat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar transport vositalarining konstruksiyalari yoki texnik holatlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, normativlari va standartlari talablariga muvofiq kelmasa, shuningdek, agar transport vositalari davlat texnik nazoratidan oʻtmagan boʻlsa yoki nomer belgisiga ega boʻlmasa yoki yashirin oʻtirilgan, qalbaki yoki qandaydir usulda oʻzgartirilgan uzellar, agregatlar nomyerlarga, nomer belgilariga ega boʻlsa, bunday transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash, shu jumladan nomer belgilarini olib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini toʻxtatish va ulardan foydalanish hamda ularni boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, shuningdek, transport vositalari va tashilayotgan yuk hujjatlarini tekshirish, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda bu hujjatlarni ushlab qolish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlar talablarini buzib, loyiha hujjatlarsiz (bundan hujjatning boʻlishi tegishli normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda) yoki belgilangan tartibda kelishib olinmagan hujjatlarsiz tayyorlangan yoki qayta jihozlangan transport vositalaridan (va qoʻshimcha qurilmalardan), shuningdek, egalari uzellar va agregatlar qonuniy xarid qilmaganligi toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni taqdim etmagan transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mast yoki kasal holatda deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan shaxslarni transport vositalarini boshqarishdan chetlatish, ularni belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtishga yuborish va transportni boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini boshqarish yoki ulardan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlari toʻlmagan shaxslarni transport vositalarini boshqarishdan chetlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat sodir qilishga yoki maʼmuriy huquqni buzishda gumon qilinayotgan shaxslarni organizmda alkogol yoki giyohvand moddalar bor-yoʻqligini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazish, agar tekshirish natijasi huquq buzilganligini tasdiqlash yoki rad etish yoxud huquq buzilishi toʻgʻrisidagi ishni xolis koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hollarda bunday shaxslarni tibbiy muassasalarga yoʻllash yoki olib kelish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati qoidalari buzilganligini aniqlash va qayd etish, transport vositalari hamda avtomobil yoʻllarining texnik holatini nazorat qilish uchun maxcuc texnik va transport vositalaridan foydalanish, toʻxtatish va toʻxtab turish joylari qoidalari buzilgan hollarda transport vositalarini va ularni tashishni majburiy toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati qoidalarini buzgan transport vositalari egalari va fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ushlab turishni, haydovchi transport vositasidan huquqga zid maqsadlarda foydalanayotganligi gumon qilinganda transport vositasini shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni, shuningdek, yuk noqonuniy tashilayapti deb gumon qilish uchun asos boʻlganda yuklarni tekshirishdan oʻtkazishni amalga oshiradi, qonunchilikda belgilangan holatlardan tashqari fuqarolarni shaxsan tekshirishdan oʻtkazish bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat sodir etilgan yoki yoʻl-transport hodisasi roʻy bergan joydan qochgan va ichki ishlar organlari xodimlarining toʻxtash toʻgʻrisidagi talablariga boʻysunmagan transport vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda majburan toʻxtatish va haydovchilarni ushlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati sohasidagi qonunchilikning buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan maʼmuriy protokollar tuzish hamda berilgan vakolatlar doirasida maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va mansabdor shaxslarni koʻrib chiqilayotgan ishlar va materiallar boʻyicha Davlat avtomobil nazorati idorasiga chaqirish va ulardan yozma hamda ogʻzaki tushuntirishlarni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bilimlarini, transport vositalarini boshqarish malakalarini tekshirish, shuningdek, ulashning transport vositalarini boshqarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash maqsadida belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishga yoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariyalarda shikastlangan transport vositalarini tashishda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning transport vositalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari yoki fuqarolarga tegishli aloqa vositalaridan xizmat maqsadlarida toʻsiqsiz foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus vakil qilingan komissiyalariga davlat texnika koʻrigini oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, yoʻl-transport hodisalari sodir etilgan joylarda ularning ogʻir oqibatlarini pasaytirish maqsadlarida qoʻllaniladigan texnik vositalarni, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini oshirishga yordam beruvchi avariya-qutqaruv asbob-uskunalarini ishlab chiqish va tayyorlashda buyurtmachi vazifasini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan birgalikda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash masalalariga oid ilmiy tadqiqotlarning ustuvor mavzulari va yoʻnalishlarini aniqlashda qatnashish hamda ularni oʻtkazishda buyurtmachi boʻlish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar ishida belgilangan tartibda qatnashish manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining ushbu masalalar boʻyicha davlat va xalqaro bitimlarda ishtirokidan kelib chiquvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli ruxsatnomalari va moddiy-texnika bazalari boʻlmagan oʻquv tashkilotlarining haydovchilarni tayyorlash borasidagi faoliyatlarini toʻxtatib qoʻyish yoki taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat avtomobil nazorati schyotidagi mablagʻlardan belgilangan tartibda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati qoidalarini ishlab chiqish va ularni oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta kompaniyalari va boshqa tashkilotlar beradigan mablagʻlardan (soliqlar toʻlangandan keyingi daromadlardan) yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda Davlat avtomobil nazoratining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida doimiy targʻibot va tashviqot ishlarini olib borishda, shuningdek, ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda, avtohalokatlar, yoʻl va koʻchalardagi yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir etuvchi murakkab ob-havo sharoitlari va boshqa salbiy holatlar toʻgʻrisida shoshilinch xabarlar berishni tashkil etishda ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, matbuot) imkoniyatlaridan bepul foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablarda va boshqa bolalar muassasalarida yoʻl harakati qoidalari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati, quyi Davlat avtomobil nazoratlari tarkibida avtomototransport vositalari haydovchilari tayyorlaydigan va ularning malakalarini oshiradigan oʻquv tashkilotlari, Davlat avtomobil nazoratiga qarashli avtomototransportga texnik xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish uchun tuzatish ustaxonalari tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat avtomobil nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligiga tegishli transport vositalariga nisbatan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi-tomonidan belgilangan va yuqorida qayd etilgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xorijiy tashkilotlar (elchixonalar, konsulliklar va shu kabilar) ga tegishli transport vositalari va haydovchilarga, shuningdek, xorijiy fuqarolarga nisbatan Davlat avtomobil nazorati oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar belgilaydigan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat avtomobil nazorati xodimlari qonunga zid harakatlari yoki harakatsizliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat avtomobil nazoratining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.