15.10.2024 yildagi 679-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda axborot tizimlaridan foydalangan holda, ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishning yagona tartibini belgilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son Farmoniga muvofiq fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartibini takomillashtirish, ularni tizimlashtirish va raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikati pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa pasporti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizomga muvofiq ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun undiriladigan yigʻimlar quyidagi tartibda taqsimlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, mazkur qarorga ilovaning 2-bandida koʻrsatilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun arizani koʻrib chiqish hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun vakolatli organning hisobvaragʻiga kelib tushadigan yigʻimlarning 40 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 15-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
679-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil  15-oktabrdagi 679-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “2 — 50-ilovalarda” soʻzlari “2 — 58-ilovalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi mazmundagi 51 — 58-ilovalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
51-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ruxsatnoma olish uchun obyektning nomi, maqsadi va manzili koʻrsatilgan ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs boʻlgan talabgor uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

jismoniy shaxs boʻlgan talabgor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

b) obyekt joylashgan joydagi yerning dengiz sathidan mutlaq balandligi, obyektning balandligi, eng yaqin aerodrom uchish-qoʻnish yoʻlagining ikki tarafi boshlanish joyidan X va U boʻyicha koordinatalari haqidagi maʼlumotlar;

v) obyektning 1984-yilgi butunjahon geodeziya koordinatalar tizimi WGS-84dagi geografik koordinatalari (kenglik va uzunlik);

g) radioaloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari (shu jumladan, yuqori voltli), radio va elektromagnit nurlanishlar tarqatuvchi obyektlar, elektr yoritish obyektlari, shuningdek, ish jarayonida samoviy hududda elektromagnit, yorugʻlik, akustik, korpuskulyar va boshqa turdagi nurlanishlar paydo boʻlishiga sabab boʻladigan obyektlarning texnik parametrlari;

d) radioaloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalarining nomlari, elektr uzatish liniyalarining kuchlanishi, aerodromlarning nazorat nuqtasidan 46 km radiusdagi barcha tayanch ustunlarining balandligi va koordinatalari, ular oʻtadigan tuman va viloyatlar, shuningdek, ularning boshlangʻich va tugash punktlari haqidagi maʼlumotlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Har bir obyektga ruxsatnoma berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravariga teng boʻlgan miqdorda yigʻim shartnoma tuzmasdan undiriladi.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 kun

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Quyidagilarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash uchun ruxsatnoma olish zarur:

aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan binolar, inshootlar, shuningdek, odamlar, qushlar hamda yovvoyi hayvonlar (kemiruvchilar) koʻplab toʻplanishiga sabab boʻladigan obyektlar;

aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan radioaloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari (shu jumladan, yuqori kuchlanishli), radio va elektromagnit nurlanishli boshqa obyektlar, shuningdek, yoritish texnikasi obyektlari;

aerodrom nazorat nuqtasidan 15 km radiusda joylashtiriladigan portlash xavfi boʻlgan obyektlar (balandligidan qatʼi nazar);

joylashtiriladigan joyidan qatʼi nazar, chiqarib yuboriladigan gazlarni favqulodda yoqish uchun mashʼala qurilmalari;

aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan sanoat va boshqa korxonalar hamda inshootlar, parvoz koʻrinishini va aerodrom uchish maydonlarining holatini yomonlashtiruvchi obyektlar;

joylashtiriladigan yeridan qatʼi nazar, mutlaq balandligi 50 m va undan ortiq boʻlgan obyektlar.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi joylashtiriladigan joyidan qatʼi nazar, mutlaq balandligi 50 m va undan ortiq boʻlgan obyektlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 5 kun muddat ichida kelishadi.

2. Ruxsatnoma Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 4-bobida koʻrsatilgan hollarda va belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiriladi.

Har bir obyektga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun mazkur Pasportning 7-bandida nazarda tutilgan yigʻimning yarmi undiriladi.

3. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazishi uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

4. Arizaning namunaviy shakli

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga

Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish haqida

ARIZA

_____________________________________________________________________________________________ga

(ariza beruvchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli)

yegishli __________________________________________________________________________________ obyektga

(obyektning nomi va foydalanish maqsadi, joylashgan joyi, balandligi, oʻlchovlari)

ruxsatnoma berishingizni soʻraymiz.

Shu bilan birga ________________________________________________________________________________

(ariza beruvchining nomi)

tomonidan mazkur obyekt qurilishi tugagandan soʻng obyektda kunduzgi markirovkalash va yoritish boʻyicha talablar bajarilishi kafolatlanishini tasdiqlaymiz.

Ilova: ruxsatnoma olish uchun talab etiladigan hujjatlar ____ varaqda.

__________

___________

___________________________

(rahbar)

(imzo)

(F.I.O.)

Izoh. Jismoniy shaxslar uchun familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.

5. Arizaga ilova etiladigan maʼlumotnomaning namunaviy shakli

Ruxsatnoma olinishi zarur boʻlgan obyektning joylashgan joyi haqida

MAʼLUMOTLAR

1.

Obyekt nomi

2.

Obyektning pochta manzili

3.

Obyekt joylashgan joydagi yerning dengiz sathidan mutlaq balandligi

No = ______ m

4.

Bino (inshoot) balandligi

N = ______ m

5.

Obyekt balandligi

N = ______ m

6.

Obyektning eng yuqori qismi

N = ______ m

7.

Obyektning 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimi WGS-84dagi geografik koordinatalari (kenglik va uzunlik)

L = ______ m

B = ______m

8.

Eng yaqin aerodrom uchish-qoʻnish yoʻlagining ikki tarafi boshlanish joyidan X va U boʻyicha koordinatalari haqidagi maʼlumotlar

X = (+) (-) _____m,

U = (+) (-) _____m,

X = (+) (-) _____m,

U = (+) (-) _____m,

Izoh. Mazkur maʼlumotnoma ushbu yoʻnalishda tegishli litsenziyaga ega geodeziya tashkiloti tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanib, arizaga ilova qilingan holatda ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladi.

6. Ruxsatnomaning namunaviy shakli

Ariza beruvchiga

“Oʻzaviatsiya” agentligi, ________________________________________________________________________________________________________________

(ariza beruvchining nomi)

tomonidan parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish uchun taqdim etilgan materiallarni belgilangan tartibga muvofiqligini tahlil qilib, arizada koʻrsatilgan _____________________________________________________________ (obyektning nomi, joylashgan joyi, obyektning eng yuqori qismi balandligi va geografik koordinatalari) obyektning joylashishiga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganini maʼlum qiladi (yoki asoslangan tarzda ruxsatnoma berishni rad etadi).

Ariza beruvchi _________________________________________________________________________________________________________________________

(ariza beruvchining nomi)

parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan obyekt qurilishi (uyali aloqa tizimining tayanch stansiyalari machtalarini oʻrnatish) tugallangandan soʻng yetti ish kuni ichida “Oʻzaviatsiya” agentligiga ixtisoslashtirilgan geodeziya tashkiloti tomonidan obyektning yuqori qismi balandligini tasdiqlovchi hujjatlarni, qurilishi tugallangan obyektning komissiya tomonidan qabul qilish dalolatnomalari va sanitariya pasportlarini (zarur hollarda) taqdim etishingiz shart ekanligini maʼlum qilamiz.

Rahbar

_______________________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
52-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati

PASPORTI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar tomondan fuqaro havo kemasidan foydalanish bilan bogʻliq fuqaro aviatsiyasidagi faoliyatni amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ekspluatant sertifikatini olish uchun ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

1. yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.

2. Quyidagilarni belgilash:

ekspluatant sertifikatini berish;

ekspluatant sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish;

ekspluatant sertifikatini qayta rasmiylashtirish;

ekspluatant sertifikatining amal qilishini tiklash;

ekspluatant sertifikatining dublikatini berish;

ekspluatant sertifikatining amal qilishini toʻxtatish;

ekspluatant sertifikatini bekor qilish.

3. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

yuridik shaxslar uchun:

1) Tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq nomi;

2) Joylashgan joyi (pochta manzili);

3) Telefon raqamlari;

jismoniy shaxslar uchun:

1) Familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) Fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;

3) Turar joy manzili;

4) Telefon raqamlari.

4. Ilova (hujjatlar nomi, ularning raqamlari, imzolangan sana, varaqlar soni, taqdim qilish shakli);

b) Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati.

Yuridik shaxslar uchun:

1. Havo kemasi joylashgan manzil, taklif qilinadigan parvozlar va faoliyat turlari, foydalanish geografik zonalari (regionlari) haqida maʼlumotlar.

2. Ariza beruvchi tashkilotning tasdiqlangan tarkibiy sxemasi.

3. Havo kemasiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.

4. Mazkur Pasportning 9-pozitsiyasidagi talablar va shartlarning 5-bandida koʻrsatilgan boshqaruv xodimlari boʻyicha ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar lavozimlari, familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning malakalari va fuqaro aviatsiyasida tegishli rahbarlik ishidagi tajribasi koʻrsatilgan maʼlumotlar.

5. Aviatsiya ekipajlari tarkibi va texnik-muhandis xodimlarning malakalari va ruxsatnomalari toʻgʻrisida nomma-nom maʼlumotlar.

6. Foydalaniladigan havo kemalarining turi, modeli, seriyasi, tanish belgilari, parvozga yaroqlilik holati koʻrsatilgan maʼlumotlar.

7. Havo kemalari joylashgan aeroportda parvozlarni taʼminlash turlari uchun shartnomalar nusxalari.

8. Barcha turdagi majburiy sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta polislari nusxalari.

9. Parvozlarni amalga oshirishga doir qoʻllanma, havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat koʻrsatishni boshqarishga doir qoʻllanmasi, havo kemasiga yer ustida xizmat koʻrsatishga doir qoʻllanma, xavfli yuklarni tashish boʻyicha taʼlim va tartibotlarga doir qoʻllanma, havo kemasi ogʻirligi va markazlanishini rostlashga doir qoʻllanma, ekipajning yer ustida va parvozdagi tayyorgarlik dasturi, ekspluatantning aviatsiya xavfsizligini taʼminlash dasturi.

10. Havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), texnik xizmat koʻrsatish dasturi (har bir turdagi havo kemasi uchun), minimal uskunalar roʻyxati (har bir turdagi havo kemasi uchun), asosiy minimal uskunalar roʻyxati (har bir turdagi havo kemasi uchun), konfiguratsiyadan ogʻishlar roʻyxati (har bir turdagi havo kemasi uchun).

Jismoniy shaxslar uchun:

1. Havo kemasi joylashgan manzil, taklif qilinadigan parvozlar, parvozlarning geografik zonalari (regionlari) haqida maʼlumotlar.

2. Havo kemasiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.

3. Ariza beruvchining havo kemasida parvozlarni bajarish uchun malakalari va ruxsatnomalari toʻgʻrisida maʼlumotlar.

4. Havo kemalarining turi, modeli, seriyasi, tanish belgilari, parvozga yaroqlilik holati koʻrsatilgan maʼlumotlar.

5. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxalari.

6. Havo kemalari joylashgan aeroportda parvozlarni taʼminlash turlari uchun shartnomalar nusxalari.

7. Barcha turdagi majburiy sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta polislari nusxalari.

8. Parvozlarni amalga oshirishga doir qoʻllanma, havo kemasining ekspluatatsiyasiga doir qoʻllanma, havo kemasining uchish ekspluatatsiyasi boʻyicha qoʻllanma, havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish dasturi, ekspluatantining aviatsiya xavfsizligini taʼminlash dasturi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Ariza beruvchi

Yigʻim

Jismoniy shaxslar uchun

Bazaviy hisoblash miqdorining 165,3 baravari

Yuridik shaxslar uchun

Bazaviy hisoblash miqdorining 393,5 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 57,3 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

60 ish kuni

9.

Ruxsat beruvchi talablar va shartlar:

Ekspluatant tomonidan faoliyatni amalga oshirishda ruxsat beruvchi talablar va shartlar quyidagilardan iborat:

a) qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish;

b) ariza beruvchi oʻzgargan (yuridik shaxs uchun — uning nomi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) oʻzgargan, jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi oʻzgargan) holatda qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yetti ish kuni mobaynida “Oʻzaviatsiya” agentligini xabardor qilish;

v) havo kemasi ekspluatantining belgilangan ruxsat beruvchi talablar va quyida keltirilgan shartlarga muvofiqligi:

yuridik shaxslar uchun:

1. Ekspluatant havo kemasiga (mulkka egalik huquqlarida yoki ekipajsiz ijara shartlarida), parvozlarni tashkil etish, amalga oshirish va taʼminlash uchun aviatsiya xodimlariga va ishlab chiqarish bazasiga ega boʻlishi shart. Ekspluatantning asosiy faoliyat yuritish va havo kemasini joylashtirish manzili Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi shart.

2. Ekspluatantning havo kemasi belgilangan turlardagi va mintaqalardagi parvozlarni amalga oshirishi uchun tegishli ravishda jihozlangan boʻlishi, aviatsiya xodimlari esa zarur malakaga va tayyorgarlikka ega boʻlishlari shart.

3. Ekspluatant belgilangan turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun yetarlicha moliyaviy resurslar mavjudligini tasdiqlashi shart.

4. Ekspluatant quyidagilarga ega boʻlishi shart:

aviatsiya xizmati;

texnik xizmat;

ishlab chiqarish-dispetcherlik boʻlinmasi yoki parvozlarni tashkiliy taʼminlash boʻyicha tegishli ravishda tayyorlangan xodim (dispetcher);

parvozlar xavfsizligi boʻyicha inspeksiya yoki parvozlar xavfsizligi boʻyicha ekspluatant rahbarining oʻrinbosari (maslahatchisi);

aviatsiya xavfsizlik xizmati yoki aviatsiya xavfsizligi boʻyicha ekspluatant rahbarining oʻrinbosari;

havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlarini tashkil etish xizmati yoki havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlarini tashkil etish uchun masʼul tegishli ravishda tayyorlangan xodim;

tibbiy boʻlinma yoki parvozlarning tibbiy taʼminotini tashkil etish uchun masʼul shifokor;

parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv taʼminot xizmati yoki parvozlarning avariya-qutqaruv taʼminoti uchun tegishli ravishda tayyorlangan masʼul xodim;

aeronavigatsion taʼminot xizmati yoki aeronavigatsiya taʼminotini tashkil etish uchun tegishli ravishda tayyorlangan masʼul xodim.

5. Ekspluatant quyidagilar uchun masʼul boshqaruv xodimlariga ega boʻlishi shart:

havo kemasidan aviatsiyada foydalanish va aviatsiya ishlarini tashkil etish qoidalariga rioya etish (fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining amaldagi guvohnomasi bilan);

havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish va uning qoidalariga rioya etish;

parvozlarni tashkil etish, rejalashtirish va amalga oshirishning operativ nazoratini taʼminlash;

havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlari taʼminlanishini tashkil etish;

aviatsiya xavfsizligini taʼminlash;

parvozlar xavfsizligini taʼminlash nazoratini tashkil etish.

6. Ekspluatant havo kemasining ekipajini tashkil etuvchi, ekspluatantning belgilangan parvozlar dasturini bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlarga va havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat koʻrsatishni boshqarishga doir qoʻllanmasiga muvofiq havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish va bajarish uchun texnik-muhandis xodimlarga ega boʻlishi shart.

7. Aviatsiya tarkibi va ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, ekspluatantning texnik-muhandis xodimlari aviatsiya mutaxassisining kerakli malakaviy belgilar va ruxsatlar qayd etilgan amaldagi guvohnomalari bilan tasdiqlangan tegishli maxsus tayyorgarlikka va malakaga ega boʻlishlari shart.

8. Ekspluatant normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, parvozlar xavfsizligini va aviatsiya xavfsizligini taʼminlashga doir axborotni olish, oʻz aviatsiya xodimlariga yetkazish hamda ularning ijrosini nazorat qilish tizimiga ega boʻlishi shart.

9. Ekspluatant parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimiga ega boʻlishi kerak. Ekspluatant parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimi doirasida rahbarlik va oʻz aviatsiya xodimlari tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan parvozlarning xavfsizligiga doir hujjatlar tizimiga ega boʻlishi shart.

Maksimal sertifikatlangan 27 000 kg dan koʻproq oirlikdagi havo kemasi ekspluatanti parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida parvoz maʼlumotlarini tahlil qilish dasturini ishlab chiqishi va bajarishi shart.

10. Ekspluatant havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlarini operativ boshqarish uchun har bir havo kemasi bilan aloqa mavjud boʻlishini taʼminlashi kerak. Havo kemasi bilan aloqa ekspluatant tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli ishlarni bajarish huquqiga ega tashkilot bilan shartnoma asosida taʼminlanishi mumkin.

11. Ekspluatant xavfli yuklarni tashish uchun quyidagilarga ega boʻlishi kerak:

xavfli yuklarni tashish qoidalari boʻyicha malaka darajasini tasdiqlovchi sertifikatga, shuningdek, ekspluatant nomidan aviatsiyada xavfli yuklarni tashish uchun ruxsat berish (ruxsat berishni rad etish) hamda xavfli yuklarning sinfiga (toifasiga) qarab ularni tashish shartlari toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega masʼul mutaxassis;

aviatsiya tarkibi va ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlarida xavfli yuklarni tashish qoidalari boʻyicha malaka darajasini tasdiqlovchi sertifikat;

“Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan xavfli yuklarni tashish boʻyicha taʼlim va tartibotlarga doir qoʻllanma.

12. Ekspluatant oʻzi foydalanayotgan har bir havo kemasi:

parvozga yaroqli holatda saqlanishini;

rejalashtiriladigan parvoz uchun kerakli ishga yaroqli foydalanish va avariya uskunalariga ega boʻlishini;

fuqaro havo kemasi parvozga yaroqliligining amaldagi sertifikatiga ega boʻlishini taʼminlashi shart.

13. Ekspluatant quyidagi axborot hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlashi shart:

havo kemasi hamda cheklangan resursli va xizmat muddatli barcha agregatlaridan umumiy foydalanish vaqti (tegishli ravishda soatlar, kalendar vaqti va sikllar);

barcha majburiy axborotning muvofiqligi, parvozga yaroqlilikni saqlash toʻrisidagi joriy maʼlumotlar;

modifikatsiyalar va taʼmirlashlar toʻgʻrisida tegishli batafsil maʼlumotlar;

havo kemasi yoki uning agregatlari soʻnggi kapital taʼmirlashdan keyin ulardan foydalanish vaqti (tegishli ravishda soatlar, kalendar vaqti va sikllar) toʻrisida maʼlumotlar;

havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish dasturining bajarilishi toʻrisida joriy maʼlumotlar;

texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolashda barcha talablar bajarilganligini tasdiqlovchi texnik xizmat koʻrsatish toʻrisida batafsil maʼlumotlar.

Mazkur bandning yettinchi xatboshisidan tashqari axborot tegishli agregat foydalanishdan butkul olib tashlangandan soʻng 90 kundan kam boʻlmagan muddatda saqlanishi kerak. Ushbu bandning yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan axborot texnik xizmat koʻrsatish toʻrisidagi dalolatnoma imzolangandan soʻng eng kamida bir yil saqlanishi shart.

Ekspluatant oʻzgargan holatda, mazkur bandda qayd etilgan axborot yangi ekspluatantga taqdim qilinishi shart.

14. Maksimal sertifikatlangan ogʻirligi 5 700 kg dan koʻproq boʻlgan havo kemasi ekspluatanti texnik xizmat koʻrsatish va foydalanish tajribasini nazorat qilishi, umumlashtirishi va baholashi hamda havo kemasini ishlab chiquvchiga havo kemasining parvozga yaroqliligini taʼminlashga salbiy taʼsirni yuzaga keltiradigan yoki yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan ishdan chiqishlar, nosozliklar, nuqsonlar va boshqa hodisalar toʻrisidagi axborotni taqdim qilishi shart. Ekspluatant havo kemasini ishlab chiqaruvchidan parvozga yaroqliligini taʼminlashga doir barcha zarur maʼlumotlar va tavsiyalarni olib, ularni atroflicha tahlil qiladi va tegishli harakatlarni “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiradi.

15. Ekspluatantning havo kemasini barcha modifikatsiyalari va taʼmirlash ishlari havo kemasining parvozga yaroqliligiga doir talablarga javob berishi shart.

16. Ekspluatant havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatilgan va texnik xizmat koʻrsatish toʻrisidagi tegishli dalolatnoma “Oʻzaviatsiya” agentligi tasdiqlagan tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan holatda, havo kemasida parvozlarni amalga oshiradi.

Agar havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish shartnomaga asosan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti tomonidan bajarilsa, ushbu shartnomaning texnik sohalari “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan oʻzaro muvofiqlashtirilishi shart.

17. Havo kemasi parvozga yaroqlilik meʼyorlariga asosan va aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanmadagi foydalanish cheklanishlari doirasida ishlatilishi shart.

18. Havo kemasi ekipajning uchuvchilar tarkibiga havo kemasi parvozining trayektoriyasini nazorat qilish, qoidalar bilan talab qilinadigan har qanday harakatlarni bajarish, kutilgan foydalanish sharoitlarida ushbu havo kemasiga tegishli foydalanish cheklovlariga rioya etish imkonini beradigan asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.

19. Ekspluatant havo kemasining yuklanishini parvozlarni amalga oshirishga doir qoʻllanmaga va ekspluatantning tegishli foydalanish hujjatlariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiradi.

20. Ekspluatant aviatsiya xodimlarining oʻz funksional vazifalari doirasida aviatsiya xavfsizligi chora-tadbirlari bilan tanishib chiqishlarini taʼminlaydi va ekspluatantning aviatsiya xavfsizligini taʼminlash dasturi xodimlar tomonidan bajarilishini tashkil etadi.

21. Ekspluatant ekipajining aviatsiya tarkibi xorijiy mamlakatlarning oʻz vazifalariga tegishli va uchib oʻtiladigan hududlarga, foydalaniladigan aerodromlarga va tegishli aeronavigatsion vositalarga (xalqaro parvozlarni bajarish uchun) qoʻllaniladigan qonunlari, qoidalari va tartibotlari bilan tanishib chiqishi shart.

22. Ekspluatant har bir foydalaniladigan havo kemasi ekipajining uchuvchilar tarkibini havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma va aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma bilan taʼminlashi shart.

23. Ekspluatant ekipajining uchuvchilar tarkibi havo kemasi bortida ularning havo kemasi uchib oʻtadigan hududda qidiruv-qutqaruv xizmatlariga tegishli barcha zarur axborotga ega boʻlishi shart.

24. Ekspluatant ekipajining uchuvchilar tarkibi radiotelefon aloqa yuritishda ishlatiladigan ingliz tilida soʻzlashishi va uni tegishli darajada tushunishi shart (xalqaro parvozlarni bajarish uchun).

25. Ekspluatant ekipajining uchuvchilar tarkibi va xizmat koʻrsatuvchi tarkibi oʻzining muayyan vazifalari va javobgarliklari yuzasidan instruktajdan oʻtishlari shart.

26. Ekspluatant tashkiliy tuzilmani, boshqaruv va nazorat metodikasini oʻz ichiga oladigan yer ustida xizmat koʻrsatish tizimiga ega boʻlishi shart.

27. Ekspluatant Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy turdagi suurtalanishlarni taʼminlaydi.

28. Ekspluatant quyidagilarga ega boʻlishi va ularni bajarishi shart:

“Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan parvozlarni amalga oshirishga doir qoʻllanma, havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat koʻrsatishni boshqarishga doir qoʻllanmasi, parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimiga doir qoʻllanma, havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), havo kemasi oirligi va markazlanishini rostlashga doir qoʻllanma, havo kemasiga yer ustida xizmat koʻrsatishga doir qoʻllanma;

“Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), texnik xizmat koʻrsatish dasturi (har bir turdagi havo kemasi uchun), ekipaj aʼzolarining yer ustida va parvozdagi tayyorgarlik dasturi, minimal uskunalar roʻyxati (har bir turdagi havo kemasi uchun), aviatsiya xavfsizligini taʼminlash dasturi.

Hujjatlar inson omili sohalari hisobga olingan holda, ishlab chiqiladi, ularning tuzilishi va mazmuni esa standartlar talablariga va Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) tomonidan tavsiya etiladigan amaliyotga muvofiq boʻlishi shart.

29. Agar ekspluatant boshqa davlatda roʻyxatdan oʻtkazilgan havo kemasidan foydalansa, u havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatga tegishli standartlar talablarini va Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) tomonidan tavsiya etiladigan amaliyotni bajarishi shart.

30. Ekspluatant oʻz faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bajarishi shart;

jismoniy shaxslar uchun:

1. Ekspluatant havo kemasiga mulkka egalik huquqlarida yoki ekipajsiz ijara shartlarida ega boʻlishi shart. Ekspluatantning asosiy faoliyat yuritish va havo kemasini joylashtirish manzili Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi shart.

2. Ekspluatant fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining kerakli malaka belgilari va ruxsatlar qayd etilgan amaldagi guvohnomalari bilan tasdiqlangan tegishli maxsus tayyorgarlikka va malakaga ega boʻlishi shart.

3. Yuqoridagi talab va shartlarning 12, 15, 22, 23, 27 va 30-bandlari talablariga javob berishi va ularni bajarishi shart.

4. Ekspluatant “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan parvozlarni amalga oshirishga doir qoʻllanma, havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma, aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma, havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish dasturi va aviatsiya xavfsizligini taʼminlash dasturiga ega boʻlishi va ularni bajarishi shart.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

3 yil

12.

Izoh:

1. Ekspluatant sertifikati “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan havo kemasidan foydalanish bilan bogʻliq fuqaro aviatsiyasida faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi.

Ekspluatant sertifikati jismoniy shaxsga faqat uning shaxsiy ehtiyojlari uchun beriladi.

2. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi.

3. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, ekspluatant sertifikati asl nusxasini beradi.

4. Ekspluatant sertifikati “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi.

5. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun ekspluatant sertifikati matni ingliz tilida boʻlishi lozim.

6. Havo kemasining hujjati hisoblangan ekspluatant sertifikati nusxasi “Oʻzaviatsiya” agentligining masʼul mutaxassisi imzosi bilan tasdiqlanadi.

7. Ekspluatant sertifikatiga muvofiq rasmiylashtirilgan foydalanish xususiyatlari ilova qilinadi. Spetsifikatsiyalar tavsiflarning har bir varagʻi “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi.

8. Ekspluatant sertifikati ikki yoki undan koʻp yuridik (jismoniy) shaxslarga berilishi mumkin emas va boshqa shaxsga berilmaydi.

9. Ekspluatant faqat amaldagi ekspluatant sertifikati mavjud boʻlgan holatda va foydalanish xususiyatlaridagi shartlar hamda cheklanishlarga muvofiq havo kemasidan fuqaro aviatsiyasida faoliyatni amalga oshirish maqsadlarida foydalanishi mumkin.

10. “Oʻzaviatsiya” agentligi belgilangan tartibda ekspluatant sertifikatini berish uchun kerakli hujjatlarni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlaridagi maʼlumotlarni axborot hamkorligi tizimi vositasida, shu jumladan, elektron hujjat shaklida oladi.

11. Ekspluatant faoliyatini nazorat qilish ekspluatant sertifikatini berish uchun belgilangan ekspluatantning ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligini baholash maqsadida inspeksiya tekshiruvlarini oʻtkazish shaklida amalga oshiriladi.

Inspeksiya tekshiruvi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya tekshiruvining natijalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

12. Ekspluatant sertifikatini berish yoki uning berilishini rad qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun “Oʻzaviatsiya” agentligi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar baholanishini va ariza beruvchining sertifikatlash tekshiruvini amalga oshiradi.

13. Hujjatlarning baholanishida ularning butligi hamda ekspluatantga belgilangan faoliyatga doir ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligi tekshiriladi.

14. Sertifikatlash tekshiruvi ariza beruvchining havo kemasi joylashgan manzilda ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

15. Sertifikatlash tekshiruvi “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan tayinlangan komissiya tomonidan oʻtkaziladi, ushbu buyruqda komissiya tarkibi, dasturi va tekshiruvni oʻtkazish muddatlari koʻrsatiladi.

16. Hujjatlar va sertifikatsiyaviy tekshiruv baholanishi natijalariga asosan “Oʻzaviatsiya” agentligi ariza beruvchiga ekspluatant sertifikatini beradi (yuboradi) yoki uni ekspluatant sertifikatini berish rad etilganligi haqida tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda xabardor qiladi.

17. Ekspluatant sertifikatining amal qilishini toʻxtatish uchun asos hisoblangan bir martalik qoʻpol qoida buzilishiga quyidagi holatlar tegishlidir:

havo kemasidan, dvigatellar yoki ularning agregatlaridan belgilangan resurslar va xizmat muddatlaridan yuqori foydalanish;

nosoz havo kemasida parvozlarni amalga oshirish;

maxsus tayyorgarlikka va/yoki tegishli amaldagi aviatsiya mutaxassisi guvohnomasiga ega boʻlmagan shaxslarga parvozlarni amalga oshirish yoki aviatsiya texnikasiga xizmat koʻrsatish uchun ruxsat berish;

uchuvchi ekipaj tarkibi aʼzolari tomonidan belgilangan parvoz ish vaqti va dam olish vaqti meʼyorlarining buzilishi;

havo kemasini tashkil etish, taʼminlash, undan foydalanish va parvozlarni amalga oshirish qoidalarining aviatsiya hodisasiga olib kelgan buzilishi;

uchuvchi ekipaj tarkibi aʼzolarini tayyorlash, taʼminlash va malakasini oshirishga doir belgilangan majburiy talablarning buzilishi;

fuqaro aviatsiyasida tekshirilishi lozim boʻlgan aviatsiya hodisalari va noxush voqealarni yashirish;

belgilangan tartibotlar buzilgan holda, havo kemasining tuzilishiga parvozlar xavfsizligiga taʼsir etuvchi oʻzgartishlarni kiritish;

aviatsiya xavfsizligi yuzasidan parvozdan oldingi tekshiruvdan oʻtkazilmagan yoʻlovchilarni, qoʻldagi yuklarni, bagajni, yuklarni, pochtani, bort zaxiralarini tashish;

yoʻlovchilarni, bagajni yoki yuklarni tashish boʻyicha foydalanish cheklovlari buzilishi, havo kemasining yuk ortish yoki yoʻlovchilar kabinalarining meʼyordan yuqori yuklanishi.

18. Ekspluatantlar inspeksiya tekshiruvlari quyida belgilanganidan kam boʻlmagan muddatlarda amalga oshiriladi:

perrondagi inspeksiya — uch oyda bir marta;

marshrutdagi (parvozdagi) inspeksiya — uch oyda bir marta;

asosiy obyektlar inspeksiyasi — yiliga bir marta.

19. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
53-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma

PASPORTI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaro havo kemasini uchishga yaroqlilik sertifikatni olish chogʻida taqdim etish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomani olish uchun:

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasining turi;

zavodda berilgan raqami;

ishlab chiqarilgan sanasi;

havo kemasini ishlab chiqaruvchi;

maksimal uchish vazni;

oʻrnatilgan dvigatellarning ishlab chiqaruvchisi (tashkilot nomi), turi va soni;

bazasi joylashgan manzil;

3) mulkdor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami / e-mail;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;

yashash joyi manzili;

telefon raqami / e-mail;

b) havo kemasi turining sertifikati;

v) jismoniy yoki yuridik shaxsning fuqaro havo kemasiga boʻlgan mulkiy huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (shu jumladan, shartnomalar);

g) havo kemasi xorijiy davlat havo kemalari reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisida hujjat;

d) havo kemasi xorijiy davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga kelganda, uchishga yaroqlilik eksport sertifikati.

2. Fuqaro havo kemasini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarish uchun:

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

arizani berish sababi:

fuqaro havo kemasini chegirib tashlash

fuqaro havo kemasini foydalanishdan chiqarish

fuqaro havo kemasini belgilangan tartibda xorijiy davlatga, xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsiga sotish yoki topshirish

fuqaro havo kemasini davlat yoki eksperimental aviatsiyaga oʻtkazish

2) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasining turi;

milliy va roʻyxatga olish belgilari;

zavodda berilgan raqami;

havo kemasini ishlab chiqaruvchi;

maksimal uchish vazni;

oʻrnatilgan dvigatellarning ishlab chiqaruvchi, turi va soni;

yangi egasi/mulkdorning nomi agar havo kemasi sotilsa yoki topshirilsa;

yangi roʻyxatga oluvchi davlat, agar havo kemasi sotilsa yoki topshirilsa;

3) mulkdor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami / e-mail;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;

yashash joyi manzili;

telefon raqami / e-mail;

b) ilgari berilgan hujjatlarning asl nusxalari:

fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati;

fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat;

fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat;

v) fuqaro havo kemasining 24-bitli manzili (Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) identifikatsiya kodi) fuqaro havo kemasining radiojihozlar tizimidan chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;

g) SELCAL tizimi ASRI (Aviation Spectrum Resources) kompaniyasining roʻyxatidan chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat (agar ushbu tizim havo kemasida mavjud boʻlsa);

d) avariya radiomayoqlari KOSPAS-SARSAT tizimining roʻyxatidan chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Havo kemasi

Yigʻim

Maksimal uchish massasi 15 000 kg dan yuqori boʻlmagan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 63,7 baravari

Maksimal uchish massasi 15 000 kg va undan yuqori boʻlgan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 75,8 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) fuqaro havo kemasining turiga tegishli boʻlgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligi normalariga muvofiqligini taʼminlash;*

b) belgilangan resurslar va xizmat muddati doirasida fuqaro havo kemasidan foydalanish;*

v) fuqaro havo kemasida uning parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan konstruktiv oʻzgartirishlar yoʻqligini taʼminlash;*

g) Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Ushbu Pasportning qoidalari davlat va eksperimental havo kemalari, deltaplanlar, paraplanlar, parashyutlar, boshqarilmaydigan uchuvchisiz aerostatlar, uchuvchisiz uchish qurilmalari hamda meteorologik maqsadlarda ishlatiladigan uchuvchi sharlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2. Guvohnomani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun “Oʻzaviatsiya” agentligining vakolatli shaxsi fuqaro havo kemasida tekshiruvni oʻtkazib, fuqaro havo kemasining texnik holatini tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

3. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi.

4. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay guvohnomaning asl nusxasini beradi.

5. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun guvohnomaning matni ingliz tilida boʻlishi lozim.

6. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida guvohnoma havo kemasida boʻlishi lozim. Amaldagi guvohnoma boʻlmagan hollarda havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga guvohnoma quyidagi hollarda berilishi mumkin:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilishda;

b) havo kemasini sotib olishda (ijaraga olish).

8. Guvohnomani berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida guvohnomani berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq guvohnomani berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemasini qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar tekshiruv oʻtkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin.

10. Guvohnoma fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — davlat reyestri) kiritilganligini va Oʻzbekiston Respublikasining milliy mansubligiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

11. “Oʻzaviatsiya” agentligi davlat reyestrini yuritadi.

12. Davlat reyestri qooz va elektron shaklda yuritiladi. Qooz shaklidagi yozuvlar bilan elektron shakldagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, qooz shaklidagi yozuvlar ustuvorlikka egadir.

13. Davlat reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar “Oʻzaviatsiya” agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.

14. Fuqaro havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar davlat reyestriga kiritilganda, fuqaro havo kemasiga ushbu kemaga qayd etiladigan davlat tanish va roʻyxat belgilari tayinlanadi. Davlat tanish belgisi lotin alifbosining “UK” ikkita harfidan, roʻyxat belgisi besh arab raqamlaridan tashkil topadi.

Fuqaro havo kemasiga tayinlangan davlat tanish va roʻyxat belgilari, havo kemasining modifikatsiyasi va/yoki egasi oʻzgarishidan qatʼi nazar, havo kemasini ekspluatatsiya qilinishi, butun muddati davomida saqlanib qoladi.

15. Davlat reyestriga kiritilgan fuqaro havo kemasi talabgorning murojaati asosida davlat reyestridan chiqariladi.

16. Taqdim etilgan hujjatlar asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi fuqaro havo kemasini davlat reyestridan chiqaradi va talabgorga fuqaro havo kemasi davlat roʻyxatidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi. Fuqaro havo kemasi davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.

17. Talabgor fuqaro havo kemasi davlat roʻyxatidan chiqarilganligi toʻgʻrisida guvohnomani olganidan keyin fuqaro havo kemasiga qayd etilgan davlat tanish va roʻyxat belgilarini havo kemasidan oʻchirib tashlaydi (yoʻq qiladi).

18. Fuqaro havo kemasi mulkdorining yozma murojaatiga koʻra Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar toʻrisidagi konvensiya (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) asosida fuqaro havo kemasini davlat reyestridan chiqarish tartib-taomillari amalga oshirilishi mumkin.

19. Hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab besh ish kunidan oshmagan muddatda fuqaro havo kemasini davlat reyestridan chiqarish va havo kemasi davlat roʻyxatidan chiqarilganligi toʻrisida guvohnomani berish tartib-taomillari amalga oshiriladi.

20. Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan havo kemasi egasi/mulkdorining maʼlumotlari oʻzgartirilgan taqdirda, talabgor tomonidan fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ariza berilishi shart.

21. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
54-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati

PASPORTI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikatni olish uchun:

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) havo kemasi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududi joylashgan;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan;

3) arizani berish sababi;

4) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasining turi;

davlat tanish va roʻyxat belgilari;

zavodda berilgan raqami;

ishlab chiqarilgan joyi va sanasi;

dvigatellar / havo vintlari turi;

havo kemasi toifasi va/yoki qoʻllanilishi;

taʼmirlashlarning soni, joyi va oxirgi taʼmirlash sanasi;

havo kemasi bazirovka (arenda) joyi;

havo kemasi vaznini oxirgi oʻlchash sanasi va joyi;

boʻsh havo kemasi vazni, kg Sentrovkasi (CAX), %;

jihozlangan havo kemasining boʻsh vazni (Basic Empty Weight), kg Sentrovkasi (CAX), %;

maksimal uchish vazni, kg;

tayinlangan resurs va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikl/sana);

taʼmirlararo resursi va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikli/sana);

ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

oxirgi taʼmirdan keyin havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

5) dvigatellar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

Dvigatelning tartib raqami

1

2

3

4

Zavod raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

Taʼmirlashlarning soni, oxirgi taʼmirlash sanasi va joyi

Tayinlangan resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Taʼmirlararo resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran ishlagan vaqti (soat/sikli)

Oxirgi taʼmirdan keyin ishlagan vaqti (soat/sikli)

6) havo vintlari toʻrisidagi maʼlumotlar:

Havo vintlarining tartib raqami

1

2

3

4

Zavod raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

Taʼmirlashlarning soni, oxirgi taʼmirlash sanasi va joyi

Tayinlangan resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Taʼmirlararo resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran ishlagan vaqti (soat/sikli)

Oxirgi taʼmirdan keyin ishlagan vaqti (soat/sikli)

uchishga yaroqlilik boʻyicha barcha bajarilishi shart boʻlgan byulletenlar va koʻrsatmalar, ariza berish kuniga qadar bajarilgan, havo kemasi ishlab chiqaruvchining talablariga muvofiq jihozlangan, reglamentda koʻrsatilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilgan;

havo kemasi ishlaydigan holatda va foydalanish uchun yaroqlidir;

7) talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami / e-mail;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;

yashash joyi manzili;

telefon raqami / e-mail;

b) havo kemasida uning uchishga yaroqliligini aniqlash uchun nazorat-sinov parvozlari (nazorat uchishlari) bajarilganligi toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi, ushbu parvoz amalga oshirilgan boʻlsa;

v) ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan havo kemasini tashqi boʻyash individual/namunaviy sxemasi;

g) havo kemasining vazni va sentrovkasini aniqlash toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi;

d) ariza beruvchi tomonidan oʻtkazilgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi;

e) havo kemasi komponentlarining resursini hisobga olish, dvigatellari, uchishga yaroqlilik boʻyicha direktivalar, servis byulletenlari va texnik xizmat koʻrsatish dasturi ishlari boʻyicha hujjatlar (reyestrlar, qaydnomalar, hisobga olish kartochkalari va boshqalar) nusxalari;

j) ushbu havo kemasiga tegishli boʻlgan “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan texnik xizmat koʻrsatish dasturi va minimal jihozlar roʻyxati;

z) havo kemasi formulyari (maksimal uchish vazni 5000 kg dan kam boʻlgan havo kemalari uchun);

i) resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish boʻyicha ishlar bajarilgan havo kemasiga uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat berilgan boʻlsa, quyidagi hujjatlar nusxalari:

aniq bir namunaviy havo kemasi uchun resurs va/yoki xizmat muddatini belgilash toʻgʻrisidagi havo kemasi loyihachisining (ishlab chiqaruvchisining) qarorlari (xulosalari va boshqalar);

resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish mumkinligini aniqlash maqsadida havo kemasining texnik holatini tadqiq etish boʻyicha havo kemasi loyihalovchisining (ishlab chiqaruvchisining) dasturi;

havo kemasining texnik holatini tadqiq etish boʻyicha dastur natijalariga koʻra havo kemasining texnik holatini baholash toʻgʻrisidagi dalolatnoma;

havo kemasining texnik holatini baholash toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi dalolatnoma.

2. Uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikatni olish uchun

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) Havo kemasi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan;

3) arizani berish sababi;

4) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasining turi;

davlat tanish va roʻyxat belgilari;

zavodda berilgan raqami;

ekspluatatsiyasi boshlangan vaqtdan eʼtiboran havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

oxirgi taʼmirdan keyin havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

oxirgi operativ/davriy texnik xizmat koʻrsatish (sana, texnik xizmat koʻrsatish uchun karta/naryadlarining raqami);

parvozning maqsadi va moʻljallangan yoʻnalishi;

maxsus parvozni amalga oshirish uchun ekipaj tarkibi;

havo kemasining konstruksiyasi va xarakteristikalari uning konstruksiyasi turiga nomuvofiqligi haqida batafsil tavsif;

parvozni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ekspluatatsion cheklovlar va maxsus jihozlar roʻyxati;

parvoz xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tegishli tekshiruvlar yoki sinovlarning natijalari;

parvoz uchun aviatsiya yoqilgʻisining hisoblangan miqdori va havo kemasining aslida uchib chiqish vazni;

havo kemasi belgilangan maqsadlar va cheklovlar bilan xavfsiz parvozni taʼminlashga qodirligi haqida maʼlumot;

b) havo kemasi joylashgan joyda bartaraf etilishi mumkin boʻlmagan, ushbu turdagi havo kemasining ekspluatatsiya hujjatlariga koʻra ruxsat berish va cheklovlar doirasidan chetga chiqqan zarar va/yoki nosozliklar havo kemasining konstruksiyasi yoki uning komponentlarida mavjud boʻlgan hollarda parvozni amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisida fuqaro havo kemasining ishlab chiqaruvchisi (loyihalovchi) bilan kelishuv;

v) ariza beruvchining uchuvchi-texnik komissiyasi tomonidan tayyorlangan, xavfsiz parvozni amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosa qayd etilgan fuqaro havo kemasining texnik holatini baholash dalolatnomasi.

3. Uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikatini olish uchun

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) arizani berish sababi;

3) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasining turi;

davlat tanish va roʻyxat belgilari;

zavodda berilgan raqami;

ishlab chiqarilgan joyi va sanasi;

dvigatellar / havo vintlari turi;

havo kemasi toifasi va/yoki qoʻllanilishi;

taʼmirlashlarning soni, joyi va oxirgi taʼmirlash sanasi;

havo kemasi bazirovka joyi;

havo kemasi vaznining oxirgi oʻlchash sanasi va joyi;

boʻsh havo kemasi vazni, kg Sentrovkasi (CAX), %;

jihozlangan havo kemasining boʻsh vazni (Basic Empty Weight), kg Sentrovkasi (CAX), %;

maksimal uchish vazni, kg;

tayinlangan resursi va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikl/sana);

taʼmirlararo resursi va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikli/sana);

ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

oxirgi taʼmirdan keyin havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

4) dvigatellar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

Dvigatelning tartib raqami

1

2

3

4

Zavod raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

Taʼmirlashlarning soni, oxirgi taʼmirlash sanasi va joyi

Tayinlangan resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Taʼmirlararo resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran ishlagan vaqti (soat/sikli)

Oxirgi taʼmirdan keyin ishlagan vaqti (soat/sikli)

5) havo vintlari toʻrisida maʼlumotlar:

Havo vintlarining tartib raqami

1

2

3

4

Zavod raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

Taʼmirlashlarning soni, oxirgi taʼmirlash sanasi va joyi

Tayinlangan resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Taʼmirlararo resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran ishlagan vaqti (soat/sikli)

Oxirgi taʼmirdan keyin ishlagan vaqti (soat/sikli)

uchishga yaroqlilik boʻyicha barcha bajarilishi shart boʻlgan byulletenlar va koʻrsatmalar, ariza berish kuniga qadar bajarilgan, havo kemasi komplektlab qoʻyilgan, reglamentda koʻrsatilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilgan;

havo kemasi ishlaydigan holatda va baza joyigacha uchish uchun yaroqlidir;

6) talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami / e-mail;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;

yashash joyi manzili;

telefon raqami / e-mail;

b) vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan havo kemasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasining nusxasi;

v) yangi roʻyxatga olish davlatining Aviatsiya maʼmuriyatidan fuqaro havo kemasi ushbu davlatda roʻyxatga olinishi toʻrisidagi xabarnomaning nusxasi;

g) havo kemasida uning uchishga yaroqliligini aniqlash uchun nazorat-sinov parvozlari (nazorat uchishlari) bajarilganligi toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, dalolatnoma va hokazo) nusxasi, ushbu parvoz amalga oshirilgan boʻlsa;

d) havo kemasining vazni va sentrovkasini aniqlash toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va hokazo) nusxasi;

e) ariza beruvchi tomonidan oʻtkazilgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va hokazo) nusxasi;

j) havo kemasi komponentlarining resursini hisobga olish, dvigatellari, uchishga yaroqlilik boʻyicha direktivalar, servis byulletenlari va texnik xizmat koʻrsatish dasturi ishlari boʻyicha hujjatlar (reyestrlar, qaydnomalar, hisobga olish kartochkalari va boshqalar) nusxalari;

z) havo kemasi formulyari (maksimal uchish vazni 5 000 kg dan kam boʻlgan havo kemalari uchun);

i) resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish boʻyicha ishlar bajarilgan havo kemasiga uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat berilgan boʻlsa, quyidagi hujjatlar nusxalari:

aniq bir namunaviy havo kemasi uchun resurs va/yoki xizmat muddatini belgilash toʻgʻrisidagi havo kemasi loyihachisining (ishlab chiqaruvchisining) qarorlari (xulosalari va boshqalar);

resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish mumkinligini aniqlash maqsadida havo kemasining texnik holatini tadqiq etish boʻyicha havo kemasi loyihalovchisining (ishlab chiqaruvchisining) dasturi;

havo kemasining texnik holatini tadqiq etish boʻyicha dastur natijalariga koʻra havo kemasining texnik holatini baholash toʻgʻrisida dalolatnoma;

havo kemasining texnik holatini baholash toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida dalolatnoma;

k) ilgari berilgan uchishga yaroqlilik sertifikatining asl nusxasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Havo kemasi

Yigʻim

Maksimal uchish massasi 15 000 kg dan yuqori boʻlmagan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 153,7 baravari

Maksimal uchish massasi 15 000 kg va undan yuqori boʻlgan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 278,2 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligi saqlanishini taʼminlash;*

b) havo kemasi quyidagilarga ega boʻlishi kerak:

havo kemasida roʻyxatga olish va davlat belgilari aks ettirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasvirini ifodalovchi belgi tushirilgan holda tashqi boʻyalishi;*

havo kemasining asosiy kirish yoʻlagida koʻrinadigan joyga oʻrnatilgan, havo kemasining turi, havo kemasining roʻyxatga olish va davlat tanish belgilari koʻrsatilgan tanituvchi tablo;*

v) belgilangan resurslar va xizmat muddati doirasida fuqaro havo kemasidan foydalanish;*

g) belgilangan muddatlarda uchishga yaroqlilik direktivalari, majburiy byulletenlar va nazorat tariqasida tekshiruvlarni bajarish;*

d) Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1. Uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat bir kalendar yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.

2. Uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikat oʻn besh kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.

3. Uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikati bir kalendar oydan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.

12.

Izoh:

1. Uchishga yaroqlilik sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish uchun fuqaro havo kemasi uchishga yaroqliligi normalariga muvofiqligini tasdiqlaydi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchishga yaroqlilik sertifikatining uch turi qoʻllaniladi:

uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat;

uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikat;

uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikati.

3. Uchishga yaroqlilik sertifikatiga sertifikatning aniq turini aniqlaydigan ikkita harfdan iborat raqam (CA — uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat, SC — uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikat, YEC — uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikati) va tartib raqami, ortib boruvchi oraliq raqam beriladi.

4. Quyidagi hollarda uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat beriladi:

fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga kiritilgandan (uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikatini dastlabki berish), radiojihozlar sertifikati va shovqinlar boʻyicha sertifikat olgandan keyin;

avval berilgan uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;

fuqaro havo kemasining toifasi va/yoki qoʻllanilishi oʻzgarganda.

Uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat raqami ekspluatatsiyada boʻlgan butun davr mobaynida aniq bir fuqaro havo kemasida saqlanib qoladi.

5. Fuqaro havo kemasi va/yoki parvozlarni amalga oshirish sharoitlari uchishga yaroqlilik normalari talablariga javob bermasa, quyidagi hollarda uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikat beriladi:

taʼmirlash, modifikatsiyalash yoki texnik xizmat koʻrsatish lozim boʻlgan joyga, shuningdek, saqlab turish joyiga havo kemasi uchib borishi uchun;

havo kemasi joylashgan joyda bartaraf etilishi mumkin boʻlmagan, ushbu turdagi havo kemasining ekspluatatsiya hujjatlariga koʻra ruxsat berish va cheklovlar doirasidan chetga chiqqan zarar va/yoki nosozliklar havo kemasining konstruksiyasi yoki uning komponentlarida mavjud boʻlsa;

xavf solishi mumkin boʻlgan hududdan yoki fors-major holati yuzaga kelganda fuqaro havo kemasini evakuatsiya qilish uchun;

“Oʻzaviatsiya” agentligi qaroriga koʻra boshqa har qanday holatlarda.

Uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikat faqat maʼlum bir parvozni amalga oshirish uchun haqiqiy hisoblanadi va fuqaro havo kemasi sertifikatda koʻrsatilgan ekspluatatsiya cheklovlarini hisobga olgan holda, belgilangan yoʻnalish boʻylab xavfsiz parvozni amalga oshirishga qodirligini tasdiqlaydi.

6. Uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikati, fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilib, uni xorijiy davlatning aviatsiya maʼmuriyati yurisdiksiyasiga oʻtkazish chogʻida beriladi.

7. Uchishga yaroqlilik standart sertifikatini berish uchun fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv oʻtkaziladi. Tekshiruv dasturi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi. Maksimal uchish vazni 5 700 kg dan kam boʻlgan fuqaro havo kemasida “Oʻzaviatsiya” agentligi mutaxassisi tomonidan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv oʻtkazilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.

8. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi.

9. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay uchishga yaroqlilik sertifikatining asl nusxasini beradi.

10. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun uchishga yaroqlilik sertifikati matni ingliz tilida boʻlishi lozim.

11. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida uchishga yaroqlilik sertifikati havo kemasida boʻlishi lozim. Amaldagi uchishga yaroqlilik sertifikati boʻlmagan hollarda havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

12. Fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, uchishga yaroqlilik sertifikati avtomatik ravishda bekor qilinadi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga uchishga yaroqlilik sertifikati quyidagi hollarda berilishi mumkin:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilish;

b) havo kemasini sotib olish (ijaraga olish).

14. Uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi.

15. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq uchishga yaroqlilik sertifikatini berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemani qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar, tekshiruv oʻtkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin.

16. Talabgor ekspluatatsiya qiladigan fuqaro havo kemalariga xorijiy davlat Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikatini, bunday sertifikatni berish talablari Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlariga muvofiq boʻlishi sharti bilan “Oʻzaviatsiya” agentligi haqiqiy deb tan oladi.

17. Fuqaro havo kemasini ishlab chiqaruvchi davlat yoki havo kemasining turiga doir sertifikatni bergan vakolatli organ tomonidan belgilangan uchishga yaroqlilik normalarini “Oʻzaviatsiya” agentligi tan oladi.

18. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
55-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat

PASPORTI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasini ishlab chiqaruvchi;

havo kemasining turi;

havo kemasining modeli;

havo kemasining toifasi;

milliy va roʻyxatga olish belgilari;

zavodda berilgan raqami;

ishlab chiqarilgan joyi va sanasi;

maksimal uchish vazni;

maksimal qoʻnish vazni;

shovqin boʻyicha sertifikatlash standarti;

3) dvigatellar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

Dvigatelning tartib raqami

1

2

3

4

Ishlab chiqaruvchi

Turi

Modeli

Zavod raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

4) havo vintlari toʻrisidagi maʼlumotlar:

Havo vintining tartib raqami

1

2

3

4

Ishlab chiqaruvchi

Turi

Modeli

Zavod raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

5) talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami / e-mail;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;

yashash joyi manzili;

telefon raqami / e-mail;

b) fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

v) havo kemasida parvoz qilish choida ishlatiladigan qoʻllanma;

g) shovqin boʻyicha sertifikatsiya oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;

d) havo kemasidan foydalanish paytida shovqin darajasi meʼyorlariga taʼsir qiladigan modifikatsiyalar va oʻzgartirishlar havo kemasida bajarilmaganligini tasdiqlovchi hujjat;

e) qoʻshimcha maʼlumotlar, agar havo kemasida ruxsat etilgan shovqin darajasi meʼyorlariga erishish uchun zarur boʻlgan tegishli konstruktiv oʻzgartirishlar bajarilgan boʻlsa.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Havo kemasi

Yigʻim

Maksimal uchish massasi 15 000 kg dan yuqori boʻlmagan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 41,1 baravari

Maksimal uchish massasi 15 000 kg va undan yuqori boʻlgan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 54 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) fuqaro havo kemasining amaldagi shovqin standartlariga mosligi koʻrsatilgan, tasdiqlangan namunaviy konstruksiyaga muvofiqligini taʼminlash;*

b) fuqaro havo kemasida uning shovqin xususiyatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan konstruktiv oʻzgartirishlar yoʻqligini taʼminlash;*

v) Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Shovqinlar boʻyicha sertifikat Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida roʻyxatga olingan va shovqin boʻyicha sertifikatlash oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlgan fuqaro havo kemalariga beriladi.

2. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi.

3. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay shovqinlar boʻyicha sertifikatning asl nusxasini beradi.

4. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun shovqinlar boʻyicha sertifikat matni ingliz tilida boʻlishi lozim.

5. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida shovqinlar boʻyicha sertifikat havo kemasida boʻlishi lozim. Amaldagi shovqinlar boʻyicha sertifikat boʻlmagan hollarda havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

6. Fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, shovqinlar boʻyicha sertifikat avtomatik ravishda bekor qilinadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga shovqinlar boʻyicha sertifikat quyidagi hollarda berilishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilish;

havo kemasini sotib olish (ijaraga olish).

8. Shovqinlar boʻyicha sertifikatni berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida shovqinlar boʻyicha sertifikatni berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq shovqinlar boʻyicha sertifikatni berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemani qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar, tekshiruv oʻtkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin.

10. Shovqinlar boʻyicha sertifikatda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgartirilgan taqdirda, havo kemasida modifikatsiyalar bajarilgan hollarda, talabgor tomonidan shovqinlar boʻyicha sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berilishi shart.

11. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
56-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat

PASPORTI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro havo kemalarining radiojihozlari uchun sertifikat

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasini ishlab chiqaruvchi;

havo kemasining turi;

milliy va roʻyxatga olish belgilari;

zavodda berilgan raqami;

3) radiosignallarni uzatuvchi radiojihozlar toʻrisidagi maʼlumotlar:

T/r

Turi

Tizimlar nomi

Soni, dona

Chastotasi (MGs)


 


 


 


 

4) havo kemasiga tegishli boʻlgan chaqiruv signallari, kodlar va manzillar toʻrisidagi maʼlumotlar:

Telefon:

Telegraf:

SELCAL kodi:

Havo kemasining 24-bitli manzili:

5) talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami / e-mail;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;

yashash joyi manzili;

telefon raqami / e-mail;

b) fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

v) havo kemani ishlab chiqaruvchisining oʻrnatilgan uskunalari roʻyxati yoki ekvivalent hujjat;

g) arizada koʻrsatilgan komponentlar uchun texnik xizmat koʻrsatish qoʻllanmalari (component maintenance manual);

d) avariya radiomayoqlarini qayta dasturlashni tasdiqlovchi hujjat;

e) fuqaro havo kemasining 24-bitli manzili (Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) identifikatsiya kodi) fuqaro havo kemasining radiojihozlar tizimiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat;

j) avariya radiomayoqlari KOSPAS-SARSAT tizimining roʻyxatiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat;

z) ASRI (Aviation Spectrum Resources) kompaniyasida roʻyxatiga kiritilganligi bilan birga havo kemasiga SELCAL kodi berganligini tasdiqlovchi hujjat, agar ushbu tizim havo kemasida mavjud boʻlsa.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Havo kemasi

Yigʻim

Maksimal uchish massasi 15 000 kg dan yuqori boʻlmagan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 45,64 baravari

Maksimal uchish massasi 15 000 kg va undan yuqori boʻlgan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 67,3 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) fuqaro havo kemasining turiga tegishli boʻlgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligi normalariga muvofiqligini taʼminlash;*

b) maʼlum bir havo kemasiga tegishli boʻlgan chaqiruv signallarini, kodlarni va manzillarni qoʻllashni taʼminlash, bunda ularni boshqa havo kemasida qoʻllash huquqi berilmaydi;*

v) Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Radiojihozlar sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida roʻyxatga olingan fuqaro havo kemalariga beriladi.

2. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay radiojihozlar sertifikatining asl nusxasini beradi.

3. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun radiojihozlar sertifikatining matni ingliz tilida boʻlishi lozim.

4. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida radiojihozlar sertifikati havo kemasida boʻlishi lozim. Amaldagi radiojihozlar sertifikati boʻlmagan hollarda, havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

5. Fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, radiojihozlar sertifikati avtomatik ravishda bekor qilinadi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga radiojihozlar sertifikati quyidagi hollarda berilishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilish;

havo kemasini sotib olish (ijaraga olish).

7. Radiojihozlar sertifikatini berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasining radiojihozlar sertifikatini berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq radiojihozlar sertifikatini berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemani qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar, tekshiruv oʻtkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin.

9. Radiojihozlar sertifikatida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgartirilgan taqdirda, havo kemasiga boshqa chizma raqami bilan radiojihozlar oʻrnatilgan hollarda, talabgor tomonidan radiojihozlar sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ariza berilishi shart.

10. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
57-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikati

PASPORTI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikati

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

1) arizani berish sababi:

sertifikatni berish

faoliyat sohasini kengaytirish

faoliyat sohasini qisqartirish

boshqa sabablar (koʻrsatilsin) __________

2) talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

tashkilotning roʻyxatga olingan nomi;

tashkilotning roʻyxatga olingan joyi, roʻyxat raqami;

tashkilotning joylashgan joyi, manzili;

tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi boʻyicha ishlarni bajarish manzili (davlat, shahar, aeroport nomi va boshqalar);

telefon raqami / e-mail;

tashkilot rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi va bogʻlanish uchun maʼlumotlari;

sifat tizimiga nisbatan vakolatli shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi va bogʻlanish uchun maʼlumotlari.

3) maʼlum qilinayotgan faoliyat sohasi haqida maʼlumot:

KLASS

BERILGAN RUXSAT

CHEKLOVLAR

DAVRIY TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH

OPERATIV TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH

Toifa

Aviatsiya texnikasi yoki ishlarning turi

HAVO KEMALARI:

A1

Uchib chiqish massasi 5 700 kg dan yuqori boʻlgan samolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A2

Uchib chiqish massasi 5 700 kg dan yuqori boʻlmagan samolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A3

Vertolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A4

A1, A2 va A3 toifalariga taalluqli boʻlmagan havo kemalari

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

AVIATSIYA DVIGATELLARI:

V1

Gaz turbinali dvigatellar

Dvigatellarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

V2

Porshenli dvigatellar

Dvigatellarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

V3

Yordamchi kuch qurilmalari

Qurilmalarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

KLASS

BERILGAN RUXSAT

CHEKLOVLAR

ATA / GOST 18675 boʻyicha kod

Toifa

Aviatsiya texnikasi yoki ishlarning turi

DEMONTAJ QILINGAN KOMPONENTLAR, YIGʻILGAN HOLDAGI ASOSIY AVIATSIYA DVIGATELI VA YORDAMCHI KUCH QURILMALARI BUNDAN MUSTASNO

S1

Kema kabinasini konditsionerlash va bosimini boshqarish tizimlari

Havo kemasi va/yoki komponentlar yoxud aniq komponentlar va/yoki tashkilotning faoliyat boʻyicha qoʻllanmasida ishlab chiqarish imkoniyatlari roʻyxati bilan oʻzaro havolalari va/yoki bajariladigan texnik xizmat turlari koʻrsatiladi

21

S2

Avtopilot

22

S3

Aloqa va navigatsiya jihozlari

23, 34

S4

Eshiklar va lyuklar

52

S5

Elektr toki bilan taʼminlash tizimlari

24

S6

Maishiy va maxsus jihozlari

25, 38, 45

S7

Dvigatel va yordamchi kuch qurilmalari tizimlari

49, 71 — 83

S8

Havo kemasini boshqarish tizimlari

27, 55, 57

S9

Yonilgʻi — planer tizimi

28

S10

Vertolyotning asosiy vintlari

62, 64, 66, 67

S11

Vertolyotning transmissiyasi

63, 65

S12

Gidrotizimlar

29

S13

Asbob-jihozlar

31

S14

Shassi

32

S15

Kislorod jihozlari

35

S16

Havo vintlari

61

S17

Pnevmotizimlar

36, 37

S18

Muzlashga qarshi va yongʻinga qarshi tizimlar

26, 30

S19

Derazalar

56

S20

Planerning konstruksiyasi

53, 54, 57

MAXSUS ISHLAR TURI

D1

Putur yetkazmasdan nazorat qilish

Aniq ishlar yoki ish va xizmatlar turi koʻrsatiladi

D2

Payvand va boshqalar

Aniq ishlar yoki ish va xizmatlar turi koʻrsatiladi

b) talabgor tomonidan amalga oshirilgan, tashkilotning maʼlum qilinayotgan faoliyat sohasiga muvofiqligini tekshirish toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi;

v) kelishilgan tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanma;

g) kelishilgan sifati boʻyicha qoʻllanma;

d) kelishilgan parvoz xavfsizligini boshqarish qoʻllanmasi;

e) rahbar xodimlarning shaxsiy maʼlumotlari, shuningdek, ularning maʼlumoti va ish tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

j) ruxsat beruvchi xodimlarning roʻyxati;

z) boshqa davlatlarning aviatsiya maʼmuriyatlarini tasdiqlash (sertifikatlar) toʻgʻrisidagi mavjud hujjatlar roʻyxati, mavjud boʻlsa.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti xodimlari soni

Yigʻim

10 dan 49 gacha

BHMning 196,6 baravari

50 dan 99 gacha

BHMning 294,9 baravari

100 dan 499 gacha

BHMning 442,35 baravari

500 dan 999 gacha

BHMning 663,5 baravari

999 dan ortiq

BHMning 995,25 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti xodimlari soni

Yigʻim

10 dan 49 gacha

BHMning 109,5 baravari

50 dan 99 gacha

BHMning 164,2 baravari

100 dan 499 gacha

BHMning 246,3 baravari

500 dan 999 gacha

BHMning 369,4 baravari

999 dan ortiq

BHMning 548,1 baravari

Toifali ruxsat klassi uchun yigʻim

1-Jadvalga muvofiq

1-jadval

Toifali ruxsat klassi

Havo kemasi va ish turi

Toifali ruxsat klassi uchun yigʻim

A1

Uchib chiqish vazni 5 700 kg dan ortiq boʻlgan samolyotlar

612,2 BHM

A2

Uchib chiqish vazni 5 700 kg dan oshmaydigan samolyotlar

153 BHM

A3

Vertolyotlar

306,1 BHM

A4

A1, A2 va A3 toifalariga taalluqli boʻlmagan havo kemalari

30,6 BHM

V1

Gazoturbinali dvigatellar

306,1 BHM

V2

Porshenli dvigatellar

153 BHM

V3

Yordamchi kuch qurilmalari

30,6 BHM

C/D

Demontaj qilingan komponentlar, yigʻilgan holdagi asosiy aviatsiya dvigateli va yordamchi kuch qurilmalari bundan mustasno

30,6 BHM

Izoh. Bir nechta A va/yoki V toifali ruxsatlarga ega boʻlgan tashkilotlar uchun faqat eng yuqori toʻlov olinadi.

Bir nechta C va/yoki D toifali ruxsatlarga ega boʻlgan tashkilotlar uchun har bir toifali ruxsati uchun toʻlov olinadi.

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

45 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Umumiy talablar

1. Tashkilot quyidagi talablarga javob berishi lozim:

a) ishlab chiqarish masalalarining samarali hal qilinishini taʼminlovchi tashkiliy tuzilmasiga va oʻzining faoliyatini boshqarish tizimiga ega boʻlish;*

b) belgilangan faoliyat sohasiga muvofiq ishlar tashkil etilishi va bajarilishiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan amaldagi hamda belgilangan tartibda hisobga olingan ekspluatatsiya hujjatlariga ega boʻlish;*

v) texnik xizmat koʻrsatish (reglament) dasturi, uchishga yaroqlilik direktivalari, “Oʻzaviatsiya” agentligining buyruq va koʻrsatmalari, havo kemasini loyihalashtiruvchining (ishlab chiquvchining) byulletenlari boʻyicha havo kemasiga va uning komponentlariga texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilishini taʼminlash;*

g) fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari va ularning talablarini hamda tashkilotning ichki hujjatlarini (shu jumladan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan hamda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda) oʻz vaqtida oʻrganish va ijro etish maqsadida xodimlar eʼtiboriga yetkazish tartib-taomillariga ega boʻlish;*

d) ishlarni bajarish va xodimlar uchun kerakli sharoitlarni yaratish uchun binolar, inshootlar, zarur energiya turlari, ishlab chiqarish xonalari, omborxona, ofis va maishiy binolarga ega boʻlish;*

e) havo kemasini loyihalovchining (ishlab chiquvchining) hujjatlariga muvofiq zarur boʻlgan uskunalar va asboblarga, shuningdek, ularni yaroqli holda saqlash tizimiga ega boʻlish;*

j) havo kemasini loyihalashtiruvchining (ishlab chiquvchining) hujjatlariga muvofiq ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan komponentlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallarining kerakli zaxirasiga ega boʻlish;*

z) tashkilot shtatida rejalashtirilgan ishlarning bajarilishini taʼminlashga yetarlicha malakaga ega boʻlgan xodimlarning mavjud boʻlishi;*

i) xodimlarning malaka darajasini saqlash (oshirish), ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimiga ega boʻlish;*

k) aviatsiya texnikasida texnik xizmat koʻrsatish, modifikatsiyalash, taʼmirlash ishlari va boshqa ishlar toʻla hajmda va texnik xizmat koʻrsatish (reglament) dasturi, uchishga yaroqlilik direktivalari, “Oʻzaviatsiya” agentligining buyruq va koʻrsatmalari, havo kemasini loyihalovchi (ishlab chiquvchi)ning byulletenlariga muvofiq bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning roʻyxatga olinishi va saqlanishini taʼminlash;*

l) barcha texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarning tegishli darajada bajarilishini kafolatlaydigan sifatni taʼminlash tizimiga ega boʻlish;*

m) tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmaga va sifat boʻyicha qoʻllanmaga ega boʻlish;*

n) parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimiga ega boʻlish.*

Ishlab chiqarish obyektlari

2. Tashkilot quyidagi shartlar bajarilishini taʼminlashi kerak:

a) barcha rejalashtiriladigan ishlarni bajarish uchun, xususan, ob-havoning noqulay sharoitlaridan himoya qilishni taʼminlaydigan ishlab chiqarish obyektlarining mavjudligi. Quyidagi ishlarni amalga oshirish vaqtida bir-biridan ajratilgan, ifloslanish va atrof-muhit taʼsiridan himoya qilishni taʼminlaydigan sex va angarlarning mavjudligi:

havo kemalariga davriy texnik xizmat koʻrsatish — davriy texnik xizmat koʻrsatishning rejalashtirilgan ish hajmiga koʻra, havo kemalarning soni va oʻlchami boʻyicha yetarli boʻlgan angarlar;

komponentlarga texnik xizmat koʻrsatish — komponentlarga texnik xizmat koʻrsatishning rejalashtirilayotgan ish hajmini taʼminlash uchun yetarlicha keng boʻlgan sex (laboratoriya, uchastka)lar;

b) ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan barcha rejalashtirilgan ishlarni boshqarishni taʼminlash, shuningdek, texnik xizmat koʻrsatish standartlarida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga sharoit yaratish maqsadida ruxsat beruvchi xodimlarni joylashtirish uchun xizmat (ofis) xonalarining mavjudligi;

v) ishlab chiqarish muhiti, shu jumladan, uskunalar bilan ishlash uchun angarlar, sexlar (laboratoriyalar, uchastkalar) sharoitlari ehtimoliy maxsus talablarni hisobga olgan holda, u yerda bajariladigan ishlarga mos boʻlishi. Alohida sharoitlarda maxsus ishlar turlarini bajarish hollaridan tashqari mehnat sharoitlari xodimlarning samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak, shu bilan birga:

harorat rejimi xodimlar ortiqcha noqulayliksiz, ularga yuklangan ishlarni bajarish uchun mos ravishda taʼminlanishi kerak;

chang va boshqa shunga oʻxshash havo ifloslanishi omillari minimallashtirilgan boʻlishi kerak, havo kemasi va/yoki komponent yuzasida koʻrinadigan chang qoplamasi paydo boʻlishiga, ish joyining bunday ifloslanish darajasiga yoʻl qoʻyilmaydi. Chang yoki yuza qismida koʻrinadigan chang qoplamasi shaklida boshqa ifloslanishlar paydo boʻlsa, qulay ish sharoitlari tiklanguniga qadar barcha ifloslanishga sezgir tizimlarning joylarini zich ravishda yopish kerak;

yorugʻlik barcha turdagi tekshiruvlar, koʻriklar va boshqa texnik ishlar samarali bajarilishini taʼminlash kerak;

shovqin xodimlarga ishlarni bajarishda xalaqit bermasligi kerak. Shovqin manbaini rostlashning imkoni boʻlmagan hollarda, koʻrsatilgan xodimlar ortiqcha shovqinning ishlarni bajarishga salbiy taʼsirini istisno qiluvchi zarur shaxsiy shovqindan himoya qilish vositalari bilan taʼminlanishi kerak;

texnik xizmat koʻrsatishda aniq bir ish uchun yuqorida tavsiflanganlardan farq qiladigan ishlab chiqarish muhiti maxsus sharoitlari yaratilishi talab qilinadigan boʻlsa, bunday sharoitlar yaratilishi kerak boʻladi. Bunday maxsus sharoitlar texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarida koʻrsatiladi;

tezkor texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish sharoitlari ishlar ortiqcha zoʻriqish va charchash holatlarisiz bajarilishini taʼminlashi lozim. Shu sababli, ish sharoitlari harorat, namlik, tuman, muz, qor, shamol, yorugʻlik, chang yoki havoning boshqa tarzda ifloslanishi sababli noqulay darajagacha yomonlashgan hollarda, aniq ish yoki texnik xizmat koʻrsatish turi qulay ish sharoitlari tiklanguniga qadar toʻxtatib turilishi kerak;

g) komponentlar, uskunalar, asboblar va materiallarni joylashtirish uchun xavfsizlik vositalari bilan jihozlangan omborxonalarning mavjudligi. Saqlash sharoitlari talablarga javob beradigan hamda bermaydigan komponentlar va materiallarni hamda barcha komponentlar, materiallar, uskunalar va asboblarni alohida saqlash imkoniyatini taʼminlashi kerak. Saqlash sharoitlari aviatsiya texnikasi ishlab chiqaruvchilarining koʻrsatmalariga javob berishi, ushbu xonalarga kirish esa chegaralangan boʻlib, faqat vakolatli xodimlarga kirish ruxsati berilishi kerak.

Xodimlar

3. Tashkilotda masʼul rahbarga ishlar buyurtmachisining talablariga muvofiq texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha barcha ishlarni oʻz vaqtida bajarish va moliyalashtirish uchun javobgarlik yuklanadi.

Tashkilot masʼul rahbarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

a) ushbu Talablarning 55-bandiga muvofiq texnik xizmat koʻrsatish uchun barcha zarur resurslar mavjudligini taʼminlash. Bu tashkilot tomonidan tasdiqlashning haqiqiyligini saqlab qolish uchun zarur boʻlgan omildir;

b) ushbu Talablarning 54-bandiga muvofiq parvozlar xavfsizligi va aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish sifati sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va joriy qilish.

4. Tashkilotning ushbu talablarga doimo muvofiq boʻlishi boʻyicha javobgarlik yuklangan rahbar xodimlari tayinlangan boʻlishi zarur. Rahbar xodimlar bevosita tashkilotning masʼul rahbariga boʻysunadi, shu bilan birga:

a) bir kishi yoki vakolatli shaxslar guruhi (rahbar xodimlar) oʻzida ushbu tashkilotdagi texnik xizmat koʻrsatishni boshqarish tuzilmasini namoyon qiladi va ushbu talablarda nazarda tutilgan barcha vazifalarning bajarilishi yuzasidan javobgar boʻladi;

b) rahbar xodimlar havo kemalariga yoki komponentlarga texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tegishli bilim, ish tajribasi va koʻnikmalarga ega boʻlishi shart.

5. Mazkur Talablarning 3-bandiga koʻra masʼul rahbar sifat tizimiga, jumladan mazkur Talablarning 62-bandiga asosan qaytadigan aloqa tizimiga javobgar shaxsni tayinlashi zarur. Ushbu tayinlagan shaxs tashkilotning masʼul rahbariga sifat va talablarga muvofiqlik masalalari toʻgʻrisida axborot berilishini taʼminlash maqsadida masʼul rahbar oldiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish huquqiga ega boʻlishi lozim.

6. Tashkilot quyidagilarga ega boʻlishi shart:

a) tasdiqlanish sohasiga muvofiq ishlarni rejalashtirish, bajarish, ishlab chiqarishni boshqarish, tashkilotda sifatni nazorat qilish uchun yetarli boʻlgan oʻz xodimlariga egaligini tasdiqlovchi ish bilan taʼminlanganlik rejasi;

b) shtatdagi haqiqiy xodimlarning soni aniq ish smenasiga yoki ish davriga rejalashtirilgandan kam boʻlgan hollarda, bajarishga qabul qilingan ishlarni tezkorlik bilan qayta rejalashtirish tartib-taomillari;

v) tashkilot va ekspluatant oʻrtasidagi texnik xizmat koʻrsatish shartnomasida nazarda tutilgan ishchi texnologik kartalarni, texnik xizmat koʻrsatish dasturlarini, minimal uskunalar roʻyxatini va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun muhandislik boʻlimi.

7. Tashkilot “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan tartib-taomillarga muvofiq texnik xizmat koʻrsatishni bajarishda, boshqarishda yoki sifatni nazorat qilishda ishtirok etuvchi xodimlarning bilim va malaka darajasini belgilashi va nazorat qilishi kerak. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi barcha xodimlarning oʻziga yuklangan vazifalar va masʼuliyatlarga muvofiq dastlabki va keyingi taʼlim olishini taʼminlaydi. Tashkilot tomonidan joriy etiladigan oʻquv dasturida inson imkoniyatlari sohasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish, shu jumladan, havo kemasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanadigan boshqa xodimlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish maqsadida mashgʻulotlar koʻzda tutilishi kerak.

8. Tashkilot havo kemalarini va/yoki komponentlarni putur yetkazmasdan nazorat qilish kabi uchishga yaroqlilikni taʼminlash bilan bogʻliq maxsus turdagi ishlarni bajaruvchi yoki nazorat qiluvchi xodimlar havo kemalarini va/yoki komponentlarini ishlab chiqaruvchilarning normativ talablariga javob beradigan malakaga ega boʻlishini taʼminlashi zarur.

9. Sifat tizimiga javobgar shaxs ishlarni bajarish uchun ruxsat berilgan xodimlarga tashkilot nomidan ruxsatnomalar berilishi uchun ham javobgar boʻlishi kerak. Bunday shaxs sifat boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan tartib-taomillarga muvofiq yuqorida koʻrsatilgan ruxsatnomalarni berish yoki qaytarib olishni amaliy jihatdan rasmiylashtirish boʻyicha vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega.

10. Tashkilot barcha muhandis-texnik xodimlarning roʻyxatini yuritishi lozim. Xodimlar roʻyxatida quyidagilar koʻrsatilishi zarur:

a) “Oʻzaviatsiya” agentligi va tashkilot tomonidan texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarga berilgan guvohnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

b) xodimlarning barcha oʻtgan tayyorgarliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

v) berilgan ruxsatnomalarning sohalari;

g) chegaralangan yoki bir martalik ruxsatnomalarga ega boʻlgan xodimlar boʻyicha maʼlumotlar.

11. Tashkilot roʻyxatidagi maʼlumotlarni shaxs muhandis-texnik xodimlar tarkibidan ishdan boʻshagan kundan yoki ruxsatnoma bekor qilingan kundan eʼtiboran kamida ikki yil davomida saqlashi shart. Bundan tashqari, muhandis-texnik xodimlar tarkibidan ishdan boʻshayotgan xodimning soʻrovi boʻyicha tashkilot unga yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatdan koʻchirma berishi shart.

12. Muhandis-texnik xodimlar tarkibidagi shaxsning soʻroviga koʻra unga yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatdan shaxsiy maʼlumotlarni olishga ruxsat berilishi shart.

13. Texnik xizmat koʻrsatishdan keyin havo kemasini parvozga qoʻyish huquqini beruvchi ruxsatnoma tashkilot tomonidan ruxsat beruvchi xodimlarga qogʻoz yoki elektron koʻrinishda beriladi.

14. Ruxsat beruvchi xodimlar ushbu boʻlimning 13-bandiga muvofiq berilgan ruxsatnoma mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni 24 soat ichida vakolatli shaxsga taqdim etishi shart.

Uskunalar, asboblar va materiallar

15. Tashkilot faoliyatning tasdiqlangan sohasiga muvofiq aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan uskunalar, asboblar va materiallarga ega boʻlishi lozim.

Aviatsiya texnikasini ishlab chiqaruvchi koʻrsatmasi boʻyicha aniq uskunalar yoki asboblardan foydalanish belgilangan boʻlsa, tashkilot aynan shu uskunalar yoki asboblardan foydalanishi lozim, tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmada uskunalar yoki asboblarning boshqa turlaridan foydalanish boʻyicha tartib-taomillar bayon etilgan hollar bundan mustasno.

Uskunalar va asboblar doimiy ravishda tashkilotning tasarrufida boʻlishi lozim, uskunalar va asboblar kamdan-kam hollarda kerak boʻlib, ular doimiy tasarrufda mavjud boʻlishi zarur boʻlmagan hollar bundan mustasno. Bunday holatlar tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmada batafsil bayon etilgan boʻlishi zarur.

Davriy texnik xizmat koʻrsatish uchun tasdiqlangan tashkilot havo kemasini tekshirish va koʻzdan kechirish ishlarining puxta bajarilishi uchun zarur boʻlgan barcha platformalar (yoki bunga ekvivalent boʻlgan uskunalar) va boshqa zarur vositalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.

16. Tashkilot barcha uskunalar va asboblarning, ayniqsa, nazorat qilish vositalarining hisobi yuritilishini hamda ishlash layoqati va aniqlikni taʼminlash davrida metrologik nazoratdan oʻtkazilishini taʼminlashi zarur. Tashkilot bunday metrologik nazoratni va bu hollarda foydalaniladigan standartlar boʻyicha hisobga olish hujjatlarining yuritilishini taʼminlashi lozim.

Komponentlar

17. Barcha komponentlar, standart mahsulotlar va materiallar quyidagicha tasniflanishi va ajratilishi kerak:

a) qoniqarli holatda boʻlgan, foydalanish uchun ruxsat berilgan (masalan, FAA 8130-3 yoki EASA Form 1 yoki ekvivalent hujjat) va ushbu boʻlimning 18-bandiga muvofiq markirovka qoʻyilgan komponentlar;

b) ishga yaroqsiz, mazkur boʻlimning talablariga muvofiq texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilishi zarur boʻlgan komponentlar;

v) ushbu Talablarning 25-bandiga muvofiq tasniflanadigan, tiklab boʻlmaydigan komponentlar;

g) ishlab chiqaruvchi tomonidan asosiy qismlarning tasvirlangan katalogida va/yoki texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarida koʻrsatilgan, havo kemasida, dvigatelda, havo vintida yoki havo kemasining boshqa komponentida foydalaniladigan standartli mahsulotlar;

d) texnik xizmat koʻrsatish jarayonida sarflash materiallari va xomashyo sifatida foydalaniladigan materiallar. Barcha materiallar materialning aniq markasi uchun rasmiylashtirilgan, talablarga (oʻziga xos xususiyatlarga) muvofiqligini tasdiqlovchi maʼlumotlardan va materialning ishlab chiqaruvchisi hamda yetkazib beruvchisi koʻrsatilgan kelib chiqish manbaidan iborat kuzatuv hujjatlariga ega boʻlishi lozim.

18. Texnik xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasida almashtirilishi mumkinligi koʻzda tutilgan komponentlarda mahsulot kodi, chizma va zavod raqami markirovkasi tushirilgan boʻlishi kerak.

Agar komponentning oʻlchami kichik boʻlsa va markirovkani toʻliq hajmda bajarish mumkin boʻlmasa, zarur maʼlumotlar kuzatuv hujjatlariga kiritilishi kerak.

19. Ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan komponentlarning pasportlariga (yorligʻiga) nisbatan tashkilot ularni rasmiylashtirish va yuritish tartib-taomillariga ega boʻlishi kerak.

20. Komponentni havo kemasiga oʻrnatishdan oldin tashkilot turli modifikatsiyalar va/yoki uchishga yaroqlilik direktivalari qoʻllanilishini hisobga olgan holda aniq komponent oʻrnatilishining toʻgʻriligini, kuzatuv hujjatlarning mavjudligini va ular tashkilotda belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishi zarur.

21. Havo kemasiga kuzatuv hujjatlari (masalan, EASA Form 1, formulyar, pasport, yorliq, talon, birka) rasmiylashtirilgan, aniq turdagi havo kemasining tasdiqlangan konstruktorlik-texnologik hujjatlariga muvofiq boʻlgan, zarur reglament ishlari oʻtkazilgan (kirish nazorati, texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash) faqat konditsion (tasdiqlangan) komponentlarni oʻrnatish mumkin.

22. Havo kemasidan yechilgan komponentlar uchun kuzatuv hujjatlari rasmiylashtirilishi, ulash joylari teshiklari va ulagichlar begona predmetlar tushishidan va ifloslanishdan himoyalangan boʻlishi kerak.

23. Tashkilot havo kemasi va/yoki komponent turiga berilgan sertifikat egalariga “Oʻzaviatsiya” agentligiga texnik xizmat koʻrsatish jarayonida aniqlangan, nokonditsion (tasdiqlanmagan) butlovchi qismlar, standart mahsulotlar yoki komponentlar va ularning kuzatuv hujjatlari toʻgʻrisida haqqoniy va toʻla maʼlumot taqdim etishi zarur.

Komponentlarning va kuzatuv hujjatlarining yuqorida qayd etilgan talablarga nomuvofiqligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlganda yoki nomuvofiqligi tasdiqlanganda, ularni havo kemasiga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollarda komponentlarni nokonditsion (tasdiqlanmagan) va havo kemasida foydalanish uchun yaroqsiz deb tasniflash kerak. Bunday mahsulotlar aniqlangan nomuvofiqlikning aniq xususiyatini tavsiflagan holda zudlik bilan izolyatsiya qilinishi lozim.

24. Tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmada tegishli tartib-taomillar va texnologiyalar koʻrsatilgan boʻlsa, tashkilot texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish chogʻida oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanish uchun tarkibiy qismlarning cheklangan nomenklaturasini ishlab chiqarish huquqiga ega. Standart mahsulotlar va komponentlar (mahkamlash elementlari va boshqalar) qabul qilingan milliy yoki tarmoq standartlariga va konstruktorlik-texnologik hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgandagina, ulardan maʼlum bir turdagi havo kemasida texnik xizmat koʻrsatish jarayonida foydalanishga ruxsat etiladi. Oʻta masʼuliyatli detallar toifasiga kiradigan komponentlardan havo kemasida foydalanishga ularni havo kemasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarish maʼqullangan holda ruxsat etiladi.

25. Belgilangan resurslarini yoki xizmat muddatini ishlab boʻlgan yoxud taʼmirlab boʻlmaydigan buzilish holatiga kelgan (shikastlangan) komponentlar qayta tiklanmaydigan deb tasniflanadi hamda ekspluatatsiyaga, shu jumladan, komponentlarning aylanma tizimiga qaytarilmaydi, komponentning resursi (xizmat muddati) uzaytirilgan yoki uni taʼmirlash uchun hujjatlar ishlab chiqilib, tasdiqlangan hollar bundan mustasno.

Quyidagi komponentlar turlari odatda qayta tiklab boʻlmaydigan deb tasniflanadi:

1) taʼmirlab boʻlmaydigan nuqsonli komponentlar;

2) ishlab chiqarilganiga doir hujjatlarga nomuvofiq boʻlgan va bunday hujjatlarga muvofiq keltirish imkoni boʻlmagan komponentlar;

3) nomaqbul modifikatsiyaga yoki qayta ishlashga yuborilgan, toʻgʻrilab boʻlmaydigan komponentlar;

4) cheklangan yaroqlilik muddati yetib kelgan yoki oshib ketgan yoxud kuzatuv hujjatlarida mavjud boʻlmagan yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlarga ega boʻlgan mahsulotlar;

5) ekstremal sharoitlarda boʻlganligi, qizib ketish yoki zararli sharoitlar tufayli uchishga yaroqliligi holatini qaytarish imkoniyati boʻlmagan komponentlar;

6) qoʻllaniladigan uchishga yaroqlilik direktivalariga muvofiqlashtirish imkoni boʻlmagan komponentlar;

7) texnik xizmat koʻrsatish va/yoki ishlab chiqarishni kuzatish va ekspluatatsiya maʼlumotlarini tiklab boʻlmaydigan komponentlar.

26. Tashkilot yaroqsiz komponentlar xizmat koʻrsatishga va belgilangan maqsadlariga koʻra ekspluatatsiyaga qaytishini istisno etuvchi sharoitlarda joylashtirilishi choralarini koʻrishi lozim.

Texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari

27. Tashkilot oʻz tasarrufida texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan, modifikatsiyalash va taʼmirlash ishlarini bajarishda qoʻllaniladigan texnik xizmat koʻrsatish hujjatlariga ega boʻlishi va ulardan foydalanishi zarur.

28. Texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻllaniladigan hujjatlar quyidagilar hisoblanadi:

a) havo kemasi yoki komponentga nisbatan nazoratni amalga oshiruvchi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan chiqarilgan va qoʻllaniladigan har qanday talablar, texnologiyalar va ekspluatatsiya direktivalari yoki boshqa maʼlumotlar;

b) havo kemasi yoki komponent boʻyicha nazoratni amalga oshiruvchi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan chiqarilgan va qoʻllaniladigan har qanday uchishga yaroqlilik direktivalari;

v) havo kemasi turiga berilgan sertifikat (shu jumladan uning qoʻshimchalari) egalari tomonidan hamda aviatsiya texnikasini sertifikatlash talablariga muvofiq bunday koʻrsatmalarni chiqaradigan tashkilotlar tomonidan chiqarilgan uchishga yaroqlilikni talab darajasida saqlash boʻyicha qoʻllaniladigan koʻrsatmalar, xorijiy havo kemalari yoki komponentlar uchun esa — havo kemalari yoki komponentga nisbatan nazoratni amalga oshiruvchi xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan uchishga yaroqlilik boʻyicha ishlab chiqilgan majburiy maʼlumotlar;

g) mazkur Talablarning 30-bandiga muvofiq chiqarilgan har qanday qoʻllaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar.

29. Tashkilot ishlab chiqarish xodimlari tomonidan foydalaniladigan texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarida toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri tartib-taomillar yoki texnologiyalar, maʼlumotlar yoki koʻrsatmalar aniqlangan taqdirda, bunday maʼlumotlarning roʻyxatga olinishini va texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari muallifiga xabar berilishini taʼminlovchi tartib-taomillarni belgilashi shart.

30. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatmalarga tashkilotning sifat boʻyicha qoʻllanmasida belgilangan tartibdagina oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Ushbu oʻzgartirishlarga nisbatan tashkilot ular texnik xizmat koʻrsatishning ekvivalent yoki yanada yuqoriroq standartlari taʼminlashini ifodalab berishi hamda havo kemasi turiga berilgan sertifikat egasini bunday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qilishi zarur.

31. Tashkilot oʻz faoliyatida qoʻllash uchun ishchi texnologik kartalarini ishlab chiqish boʻyicha umumiy tizimni yaratishi shart. Bundan tashqari, tashkilot mazkur Talablarning 27 va 28-bandlari bilan nazarda tutilgan texnik xizmat koʻrsatish hujjatlaridan ushbu ishchi texnologik kartalariga toʻla va aniq maʼlumotlarni kiritishi lozim yoki texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarida koʻrsatilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish boʻyicha muayyan koʻrsatmalarga doir aniq havolalarni ishchi texnologik kartalarida berishi zarur.

Ishchi texnologik kartalarini kompyuterdan foydalangan holda shakllantirishga va maʼlumotlar bazasini ruxsatsiz oʻzgartirishlardan toʻgʻri himoyalash sharoitlarini yaratish va zaxira maʼlumotlar bazasiga ega boʻlish sharti bilan elektron bazada saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda zaxira maʼlumotlar bazasi asosiy maʼlumotlar bazasiga har qanday oʻzgartirish kiritilgan vaqtdan boshlab 24 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda yangilanishi lozim. Texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha murakkab ishlar bajarilishining hisobini yuritish uchun ularning texnologiyalari ishlarni aniq va tushunarli bosqichlarga taqsimlagan holda ishchi texnologik kartalarga kiritilishi kerak.

Tashkilot oʻzining ishchi texnologik kartalari tizimidan foydalanishni talab qilgan havo kemasi ekspluatantiga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarini taqdim etayotganda, ekspluatantning bunday kartalar tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda tashkilot havo kemasi ekspluatantining ishchi texnologik kartalari toʻgʻri bajarilishini taʼminlaydigan tartib-taomillarni qabul qilishi shart.

32. Tashkilot oʻz xodimlariga texnik xizmat koʻrsatish hujjatlaridan toʻsiqsiz foydalanish imkoniyatini taʼminlashi zarur.

33. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari holatini nazorat qilish uchun ushbu hujjatlar oʻz vaqtida yangilanishini taʼminlaydigan tartib-taomillarni belgilashi zarur. Hujjatlar holatining bu kabi nazoratini ekspluatant va/yoki buyurtmachining oʻzi amalga oshirib, oʻzi texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarini taqdim etayotgan boʻlsa, tashkilot ekspluatant va/yoki buyurtmachining texnik xizmat koʻrsatish hujjatlariga barcha zarur oʻzgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi xatni yoxud havo kemasining ekspluatanti va/yoki buyurtmachi taqdim etgan va foydalanilishi lozim boʻlgan texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari mavqeyi belgilangan shartnomani yoxud texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarining oʻzgartirishlarni hisobga olish varagʻini taqdim etishi zarur.

Ishlab chiqarishni rejalashtirish

34. Tashkilot bajariladigan ishlarning hajmi va murakkabligiga javob beradigan hamda barcha resurslarni, shu jumladan xodimlar, uskunalar, asboblar, materiallar, texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari, texnik xizmat koʻrsatish ishlarini xavfsiz bajarish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish xonalarini rejalashtirishda foydalaniladigan ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimiga ega boʻlishi shart.

35. Texnik xizmat koʻrsatish ishlarini rejalashtirish va smenali ishlarni tashkil etish insonning psixofiziologik cheklovlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur.

36. Smena almashishi yoki bajaruvchilar tarkibining oʻzgarishi sababli texnik xizmat koʻrsatish ishlarini davom ettirish yoki tugatish boshqa shaxslarga topshirilishi zarurati tugʻilganda, tegishli maʼlumotlar ishni topshiruvchi tomonidan yangi kelayotgan xodimlarga tegishlicha topshirilishi lozim.

Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma

37. Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma mazkur Talablarning “Texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari” boʻlimida koʻrsatilgan texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarining mavjudligini va ulardan foydalanilganligini hisobga olgan holda, tashkilot tomonidan texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha barcha ishlar shartnomaga muvofiq toʻliq va sifatli bajarilgani tekshirilgandan soʻng, shuningdek, parvozlar xavfsizligiga jiddiy taʼsir koʻrsatuvchi nomuvofiqliklarning yoʻqligi tasdiqlangandan keyin tashkilot nomidan ishlarni bajarishga tegishli ruxsatnoma berilgan ruxsat beruvchi va muhandis-texnik xodimlar tomonidan rasmiylashtiriladi.

38. Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma har qanday texnik xizmat koʻrsatish ishlari yakuniga yetgandan keyin parvozlar tiklanguniga qadar rasmiylashtirilishi zarur.

39. Bajarilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlari jarayonida yangi aniqlangan buzilishlar, shikastlanishlar yoki yakuniga yetkazilmagan ishlar havo kemasi ekspluatanti eʼtiboriga yetkazilishi zarur, bunda buzilishlar, shikastlanishlarni bartaraf etish yoki shartnoma boʻyicha yakuniga yetkazilmagan operatsiyalarni oxiriga yetkazish uchun havo kemasi ekspluatanti roziligini olish koʻzda tutiladi. Havo kemasi ekspluatanti mazkur bandda koʻrsatilgan ishlar bajarilishiga rozilik bermagan hollarda, mazkur Talablarning 41-bandi qoidalari tatbiq etiladi.

40. Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma havo kemasi bortidan demontaj qilingan har qanday komponentda texnik xizmat koʻrsatish ishlari yakuniga yetkazilganidan keyin rasmiylashtirilishi zarur. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan komponentning formulyarida (pasporti, yorligʻi) qoʻyilgan belgi yoki xorijiy komponentlar uchun — yorliq (EASA Form 1 yoki uning ekvivalenti) komponentda texnik xizmat koʻrsatish bajarilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma hisoblanadi.

41. Mazkur Talablarning 39-bandidan, istisno tariqasida, tashkilot tomonidan shartnomada nazarda tutilgan barcha texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻla-toʻkis yakuniga yetkazilishining imkoni boʻlmagan hollarda, tashkilot berilgan havo kemasi uchun tasdiqlangan cheklovlar doirasida texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani berishga haqli. Tashkilot bunday guvohnomani imzolashdan oldin havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomada umumiy ravishda ushbu holatni aks ettirishi lozim.

42. Mazkur Talablarning “Komponentlar” boʻlimi va 38-bandidan, istisno tariqasida, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan komponent yoʻqligi tufayli asosiy bazirovkasi yoki texnik xizmat koʻrsatish liniyasi/tashqi liniya stansiyasi hisoblanmagan joyda havo kemasi majburan turib qolganda, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma berilmagan komponentni koʻpi bilan 30 soat uchish vaqtiga teng boʻlgan muddatga yoxud asosiy bazirovkasi yoki texnik xizmat koʻrsatish liniyasi/tashqi liniya stansiyasiga birinchi bor qaytishigacha boʻlgan vaqtga, qaysi biri ertaroq boʻlishiga qarab, havo kemasiga vaqtincha oʻrnatishga ruxsat beriladi.

Bunday istisno havo kemasi ekspluatantining koʻrsatilgan komponent qoʻyilishiga roziligi hamda ushbu komponent uning ekspluatatsiyasiga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlishi sharti bilan qoʻllaniladi. Ushbu shartlarga rioya qilinmagan hollarda, texnik xizmat koʻrsatish ishlariga nisbatan qoʻllaniladigan barcha talablarga va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi lozim. Bunday komponentlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vaqt cheklovlari boʻyicha muddatlar tugaganidan keyin havo kemasi bortidan demontaj qilinishi lozim, mazkur Talablarning 38-bandi va “Komponentlar” boʻlimiga muvofiq texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan hollar bundan mustasno.

Texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻgʻrisida hisobga olish maʼlumotlari

43. Tashkilot bajarilgan ishlar boʻyicha barcha maʼlumotlarni hisobga olishi zarur.

44. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomaga nisbatan barcha talablarga rioya qilinganligini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan hisobga olish maʼlumotlarini, shu jumladan, subpudratchi (boshqa tashkilot)lar tomonidan rasmiylashtiriladigan aviatsiya texnikasini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni saqlashga majbur.

45. Tashkilot mazkur Talablarning 47-bandida koʻrsatilgan muddatlarda quyida qayd etilgan maʼlumotlar saqlanishini taʼminlashi shart:

1) havo kemasini va xizmat muddati cheklangan barcha komponentlarni ekspluatatsiya qilishning umumiy vaqti (soatlar, kalendar vaqti va sikllarga nisbatan);

2) uchishga yaroqlilikni saqlash haqidagi barcha majburiy maʼlumotlar muvofiqligi toʻgʻrisida joriy maʼlumotlar;

3) modifikatsiyalar va taʼmirlashlar boʻyicha tegishli batafsil maʼlumotlar;

4) majburiy taʼmirlararo xizmat muddatiga muvofiq havo kemasini yoki uning komponentlarini oxirgi taʼmirdan keyin ekspluatatsiya qilish vaqti (soatlar, kalendar vaqti va sikllarga nisbatan);

5) havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish dasturiga rioya qilinganligi haqida joriy maʼlumotlar;

6) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani imzolashda barcha talablar bajarilganligini tasdiqlaydigan texnik xizmat koʻrsatishga doir batafsil maʼlumotlar.

46. Tashkilot havo kemasining ekspluatantiga tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan har bir texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini, shuningdek, taʼmirlash yoki modifikatsiya qilish ishlarini bajarishda foydalanilgan taʼmirlashga yoki modifikatsiyaga doir har qanday hujjatlarning nusxasini taqdim etishi zarur.

47. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻgʻrisidagi hisobga olish maʼlumotlarini va texnik xizmat koʻrsatish ishlari bilan bogʻliq hujjatlarni ushbu ishlar bajarilgan aniq havo kemasi yoki havo kemasi komponenti tashkilotdan chiqarilgan sanadan boshlab ikki yil davomida quyidagicha saqlashi shart:

a) mazkur bandda nazarda tutilgan maʼlumotlar shikast yetkazilishidan va yoʻq qilinishdan himoyalangan boʻlishi lozim;

b) maʼlumotlarni arxivlashtirish va zaxira sifatida saqlash uchun foydalaniladigan barcha kompyuter jihozlari maʼlumotlarning ishchi nusxalari kiritilgan jihozlardan alohida hamda ushbu jihozlar va arxiv maʼlumotlari yaxshi holatda saqlanishini taʼminlovchi sharoitlarda joylashtirilishi lozim;

v) tashkilot oʻz faoliyatini tugatgan taqdirda, oxirgi ikki yil davomida bajarilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻgʻrisidagi barcha saqlangan hisobga olish maʼlumotlari oxirgi buyurtmachiga yoki tegishli havo kemasining yoki komponentning egasiga topshirilishi yoki “Oʻzaviatsiya” agentligining koʻrsatmalariga binoan saqlanishi taʼminlanishi lozim.

Uchishga yaroqlilik meʼyorlari buzilishi boʻyicha hisobot yuritish

48. Tashkilot “Oʻzaviatsiya” agentligiga, havo kemasini roʻyxatdan oʻtkazgan davlatga va havo kemasi yoki komponentning namunaviy konstruksiyasi yoki namunaviy konstruksiyasi modifikatsiyasi uchun javobgar boʻlgan tashkilotga, zaruratga koʻra ekspluatant davlatiga mazkur tashkilot tomonidan aniqlangan havo kemasining yoki komponentning parvozlar xavfsizligiga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan yoki bunday taʼsir koʻrsatilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan uchishga yaroqlilik meʼyorlarining har qanday buzilishlari holatlari toʻgʻrisida hisobot yuborishi shart.

49. Tashkilot hech boʻlmaganda quyidagi sabablar va holatlar bilan bogʻliq holda sodir boʻlgan yoki aniqlangan har qanday buzilish, nosozlik yoki nuqson haqida xabar berishi kerak:

a) tegishli yongʻin signalizatsiyasi tizimi toʻgʻri ishlagan yoki ishlamaganligini koʻrsatgan holda parvoz vaqtidagi yongʻinlar;

b) tegishli yongʻin signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanmagan havo kemasining parvozi vaqtidagi yongʻinlar;

v) parvoz vaqtida yongʻin haqidagi signalizatsiya notoʻgʻri ishlab ketgani;

g) dvigateldan chiquvchi gaz oqimi, dvigatelning oʻzi, unga yaqin joylashgan konstruksiyalar, uskunalar yoki komponentlarning taʼsiri oqibatida parvoz vaqtida yuzaga kelgan shikastlanishlar;

d) parvoz vaqtida ekipaj kabinasi yoki yoʻlovchilar salonida havo kemasi komponentlarining biri oqibatida tutun, bugʻlar, zaharli yoki zaharli boʻlmagan bugʻlanishlar toʻplanishi yoki sirkulyatsiyasi paydo boʻlishi;

e) parvoz vaqtida dvigatel oʻz-oʻzidan oʻchib qolishi;

j) havo kemasining dvigateliga yoki konstruksiyasiga tashqi shikast yetkazilishi oqibatida parvoz vaqtida dvigatelning oʻchib qolishi;

z) begona obyektlar tushishi yoki muz bilan qoplanishi tufayli parvoz vaqtida dvigatelning oʻchib qolishi;

i) parvoz vaqtida bittadan ortiq dvigatelning oʻchib qolishi;

k) flyuger tizimi orqali havo vintining shamol yoʻnalishi boʻylab aylanishi yoki ushbu tizim parvoz vaqtida aylanishlar soni oshib ketishini nazorat qila olmasligi;

l) parvoz vaqtida yoqilgʻi tizimida yoki yoqilgʻi drenaj tizimida yoqilgʻi uzatishda yuzaga kelgan kamchiliklar yoki xavfli tarzda yoqilgʻining oqib chiqishi;

m) parvoz vaqtida shassi chiqarilishi yoki yigʻishtirilishi, shassining tavaqasi ochilishi yoki yopilishi;

n) havo kemasi yerda harakatlanishi vaqtida tormoz tizimining komponentlaridan kelib chiqqan tormoz boshqaruvi kuchining yoʻqolishi;

o) havo kemasi planerida yirik taʼmirlash ishlarini oʻtkazish zarurati;

p) ishlab chiquvchi/ishlab chiqaruvchi tomonidan ruxsat etilgan maksimal darajadan oshadigan yoriqlar, doimiy deformatsiya yoki havo kemasining planer konstruksiyasidagi korroziya;

r) parvoz vaqtida havo kemasining tizimlari yoki komponentlaridan kelib chiqqan avariya holatlari (dvigatel oʻchib qolishi bundan mustasno);

s) maʼlum yoki shubha qilinayotgan mexanik shikastlanishlar yoki buzilishlar oqibatida yuzaga kelgan parvozni har qanday holda toʻxtatib qoʻyish, yoʻnalishda havo kemasini rejadan tashqari almashtirish yoki parvoz rejasini oʻzgartirish holatlari;

t) nosozlik, buzilish yoki nuqson tufayli muddatidan oldin yechib olingan dvigatellarning soni, bunda ularning seriyasi, modeli va ular oʻrnatilgan havo kemasi turi koʻrsatiladi;

u) havo vinti parvoz vaqtida shamolning yoʻnalishi boʻylab oʻrnatilishi, bunda havo vintining, u oʻrnatilgan dvigatel va havo kemasining turi koʻrsatiladi;

Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, tashkilot havo kemasida oʻrin olgan yoki har qanday vaqtda aniqlangan buzilish, nosozlik yoki nuqson havo kemasining xavfsiz ekspluatatsiyasiga tahdid solishi yoki tahdid solishi mumkinligi toʻgʻrisidagi fikrda boʻlsa, har bir tashkilot bunday buzilish, nosozlik yoki nuqson haqida xabar berishi kerak.

50. Tashkilot uchishga yaroqlilik meʼyorlarining buzilishlari toʻgʻrisida ichki hisobot tizimini yaratishi va tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmada bayon etishi zarur. Ushbu tizim bunday hisobot maʼlumotlarini yigʻish va baholashni, shu jumladan, mazkur Talablarning 49-bandiga binoan hisobot berilishi lozim boʻlgan holatlarni baholash natijalari boʻyicha saralash tartib-taomillarini taʼminlashi lozim. Koʻrsatilgan tartib-taomillar salbiy tendensiyalarni, kamchiliklarni bartaraf etish uchun amalga oshirilgan tuzatish ishlarini belgilashi, shuningdek, koʻrib chiqilayotgan holatlar boʻyicha barcha mavjud maʼlumotlarni tahlil qilish tartibi hamda zaruratga koʻra ushbu maʼlumotlarni tarqatish uslublarini oʻz ichiga olishi kerak.

51. Tashkilot aniqlagan barcha qoidabuzilishlar, ularni aniqlash sharoitlari va tahlil qilish natijalari toʻgʻrisida barcha kerakli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hisobotlar tashkilot tomonidan yuborilishi kerak.

52. Tashkilot havo kemasining uchishga yaroqliligi talab darajasida boʻlishini uning tijorat ekspluatanti bilan tuzilgan shartnoma asosida taʼminlayotgan boʻlsa, bu holda tashkilot belgilangan ekspluatantga qarashli havo kemasining yoki komponentning uchishga yaroqlilik meʼyorlariga taʼsir koʻrsatuvchi har qanday holat toʻgʻrisida havo kemasining ekspluatantiga ham hisobot yuborishi zarur.

53. Tashkilot imkon qadar qisqa muddatda, ammo hisobot berilishi majburiy boʻlgan holatlar aniqlangan vaqtdan eʼtiboran 72 soatdan kechiktirmagan holda hisobot tayyorlashi va yuborishi shart.

Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish xavfsizligi va sifati sohasidagi siyosat, sifat tizimi va qoʻllaniladigan texnik xizmat koʻrsatish texnologiyalari

54. Tashkilot aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish xavfsizligi va sifati sohasida oʻzining siyosatini oʻrnatishi hamda mazkur Talablarning “Tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanma” boʻlimiga muvofiq tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmaga tegishli qoidalar kiritishi zarur.

55. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish ishlari amalga oshirilgan havo kemasi va komponentlar belgilangan talablarga javob berishini taʼminlash vositasi sifatida hujjatlar bilan rasmiylashtiriladigan sifat tizimini ishlab chiqishi va taʼminlab borishi lozim. Sifat tizimi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan va tizimning asosiy hujjati hisoblangan sifat boʻyicha qoʻllanma, shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi standartlar, koʻrsatmalar va boshqa hujjatlar bilan tartibga solinishi kerak:

tashkilotning sifat sohasidagi siyosati;

tashkilotning tashkiliy va ishlab chiqarish tuzilmasi;

sifat tizimi tuzilmasi va boshqaruvining tashkil etilishi;

sifat tizimi elementlari (funksiyalari) tarkibi va ularga qoʻyiladigan talablar, shu jumladan, ularni amalga oshirish tartib-taomillari;

tashkilot mansabdor shaxslarining sifat tizimiga doir vazifalari va javobgarligi;

tarkibiy boʻlinmalar oʻrtasida funksiyalarning taqsimlanishi;

turli xil havo kemalariga va mahsulotlarga texnik xizmat koʻrsatish xususiyatlari.

56. Sifat tizimi talablari tushunarli shaklda bayon etilishi va bajaruvchilarga yetkazilishi lozim.

57. Sifat tizimi hujjatlari samarali qoʻllanilishi va ularda belgilangan tartib va talablar amalga oshirilishi lozim.

58. Tashkilotda joriy etilgan sifat tizimi ushbu talablarga va sifat standartlari talablariga javob berishi kerak.

59. Tashkilotning sifat boʻyicha qoʻllanmasida havo kemasining xususiyatlari va texnologik jarayonlarning ekspluatatsiya hujjatlari talablaridan chetga chiqishlarni (nomuvofiqliklar) koʻrib chiqish tartib-taomillari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Havo kemasining xususiyatlari va parametrlari hamda mahsulotlar namunaviy konstruksiyaga nomuvofiqligi boʻyicha qabul qilingan qarorlar ularning ishlab chiquvchisi (ishlab chiqaruvchisi) bilan kelishilgan boʻlishi kerak. Mahsulotlar xususiyatlarining ruxsat etilgan nomuvofiqliklarini koʻrib chiqish materiallari (texnik yechimlar varaqalari, ruxsat berish kartalari va boshqalar) havo kemasiga (komponentga) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan birga saqlanishi lozim.

60. Ishlarning metrologik taʼminoti Oʻlchashlar birligini taʼminlash tizimi standartlariga rioya etgan holda amalga oshirilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

metrologiya laboratoriyalari mutaxassislarini tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish;

oʻlchash vositalarini tekshirish;

oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish va pasportlashtirish;

oʻlchash vositalarining reyestrini yuritish;

tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan texnologik va konstruktorlik hujjatlarning metrologik ekspertizasini oʻtkazish.

61. Tashkilotning sifat boʻyicha qoʻllanmasida ushbu talablarga muvofiq texnik xizmat koʻrsatish ishlarining toʻgʻri bajarilishini taʼminlovchi tartib-taomillar va texnologiyalar nazarda tutilgan boʻlishi kerak.

Ushbu tartib-taomillarda inson omilining jihatlari va insonning psixofiziologik xususiyatlari hisobga olingan boʻlishi hamda mazkur Talablarning “Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma” boʻlimiga muvofiq havo kemasi yoki komponent ekspluatatsiyasiga ruxsat berilishini taʼminlash uchun ishlarni bajarishga doir aniq buyurtma yoki shartnoma mavjud boʻlishi nazarda tutilishi kerak.

Mazkur boʻlimning talablariga muvofiq tashkilot tomonidan belgilangan yoki belgilanishi lozim boʻlgan texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillarida va texnologiyalarida texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga doir barcha jihatlar, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan xizmatlarni jalb etish va ularning bajarilishini nazorat qilish holatlari qamrab olingan boʻlishi, shuningdek, tashkilot tomonidan ishlash uchun qabul qilingan tartib nazarda tutilgan boʻlishi lozim.

Havo kemasiga operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish ishlariga nisbatan tashkilot koʻp sonli xatoliklarni kamaytiruvchi va oʻta masʼuliyatli funksional tizimlardagi ishlarda xato harakatlarning oldini oluvchi tartib-taomillarni belgilashi zarur.

Belgilangan tartib-taomillarda aniq turdagi (shakldagi) texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish chogʻida bir xil ekzemplyardagi havo kemasining bittadan ortiq funksional tizimida oʻrnatilgan bir nechta bir xil turdagi komponentlar qismlarga ajratilishi va yigʻilishini talab qiladigan ishlarni hamda tekshirishlarni bajarish bitta shaxsga ruxsat berilmasligi kafolatlanishi lozim. Ammo, tashkilotda koʻrsatilgan ishlarni bajaradigan shaxs bitta boʻlsa, u holda barcha bir xil turdagi ishlar yakuniga yetkazilgandan keyin koʻrsatilgan ishlar ushbu shaxs tomonidan qoʻshimcha ravishda nazorat qilinishiga doir operatsiya tashkilotning ishchi texnologik kartalariga kiritilishi shart.

“Oʻzaviatsiya” agentligi yoki havo kemasini ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan hujjatlardan foydalangan holda, shikastlanishlar baholanishini hamda modifikatsiya qilish va taʼmirlash ishlari bajarilishini taʼminlovchi texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillari va texnologiyalari belgilangan boʻlishi shart.

62. Tashkilot quyidagi elementlarni oʻz ichiga olgan sifat tizimini yaratishi lozim:

a) havo kemasiga va/yoki komponentlarga nisbatan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini va uchishga yaroqlilik holatida boʻlgan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻgʻri bajarilishini taʼminlash uchun tartib-taomillar va texnologiyalarning toʻgʻriligini nazorat qilish maqsadida mustaqil auditorlik tekshiruvlari. Eng kichik tashkilotlarda sifat tizimining auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish qismi ushbu Pasport asosida berilgan sertifikatga ega boshqa tashkilot bilan yoki tegishli texnik bilimlarga hamda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha hujjatlar bilan tasdiqlangan qoniqarli tajribaga ega boʻlgan jismoniy shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida tuzilishi mumkin;

b) mazkur Talablarning 4-bandiga binoan tayinlangan shaxsga yoki shaxslar guruhiga, shuningdek, mazkur bandning “a” kichik bandiga muvofiq oʻtkazilgan mustaqil auditorlik tekshiruvlarining natijalari boʻyicha tuzilgan hisobotlar asosida tuzatish choralarining oʻz vaqtida koʻrilishini taʼminlovchi tashkilot masʼul rahbariga taqdim etiladigan sifat sohasidagi hisobot maʼlumotlari boʻyicha oʻzaro muloqot tizimi.

63. Sifat boʻyicha qoʻllanmada tashkilotning bugungi holatini aks ettiruvchi oʻzgartirishlar oʻz vaqtida kiritilishi kerak. Sifat boʻyicha qoʻllanma va unga kiritiladigan oʻzgartirishlar “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilishi shart.

64. Tashkilotning hajmi, faoliyat doirasi, bajariladigan ishlar hajmi va turiga qarab, tashkilotning xohishiga koʻra sifat boʻyicha qoʻllanma tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmaning havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha tarkibiy qismi boʻlishi mumkin.

Tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanma

65. Tashkilot “Oʻzaviatsiya” agentligiga quyidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmani (keyingi oʻrinlarda — faoliyat boʻyicha qoʻllanma) taqdim etishi zarur:

a) tashkilot faoliyati ushbu Pasport asosida berilgan sertifikat shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida tashkilot rahbari tomonidan imzolangan deklaratsiya, shuningdek, ushbu muvofiqlikni talab darajasida muntazam ravishda taʼminlash boʻyicha majburiyatlar;

b) ushbu Talablarning “Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish xavfsizligi va sifati sohasidagi siyosat, sifat tizimi va qoʻllaniladigan texnik xizmat koʻrsatish texnologiyalari” boʻlimiga muvofiq tashkilotda oʻrnatilgan tashkilotning parvoz xavfsizligi va sifat sohasidagi siyosati, sifat tizimi va qoʻllaniladigan texnik xizmat koʻrsatish texnologiyalari;

v) ushbu Talablarning 4-bandiga binoan tayinlangan shaxslarning ismi, familiyasi, otasining ismi va lavozimlari roʻyxati, huquq va majburiyatlari, ularning boʻysunuvi koʻrsatilgan tashkilot boshqaruv tuzilmasi, shu jumladan, ular tashkilot nomidan toʻgʻridan-toʻgʻri “Oʻzaviatsiya” agentligiga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan masalalar;

g) soʻralayotgan tasdiqlash sohasiga muvofiq tashkilot faoliyat sohasining tavsifi;

d) tashkilotning arizasida koʻrsatilgan har bir manzilda joylashgan ishlab chiqarish obyektlarining umumiy tavsifi;

e) texnik xizmat koʻrsatish xodimlarining malaka darajasini belgilash uchun ishlatiladigan tartib-taomillarning tavsifi;

j) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani imzolash vakolatiga ega boʻlgan xodimlar va ularning vakolatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;

z) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi hisobga olish maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va saqlash usullarining tavsifi. Hisobga olish maʼlumotlarida texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani imzolashga doir barcha talablar bajarilganligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak;

i) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani tayyorlash tartibining taʼrifi hamda bunday guvohnomani imzolash uchun talab etiladigan shartlar va holatlarning taʼrifi;

k) tashkilot texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarini taqdim etayotgan havo kemasi ekspluatanti va/yoki tashkilot (shundaylar mavjud boʻlsa) bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi;

l) havo kemasining uchishga yaroqliligini saqlashga salbiy taʼsir koʻrsatgan yoki salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan buzilishlar, nosozliklar, nuqsonlar va boshqa hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni havo kemasi ishlab chiqaruvchisiga va “Oʻzaviatsiya” agentligiga taqdim etish tartib-taomillarining taʼrifi;

m) havo kemasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan yuboriladigan uchishga yaroqlilikka oid maʼlumotlarni olish, oʻzining hujjatlariga oʻzgartirishlarni kiritish va tarqatish tartib-taomillarining taʼrifi;

n) texnik xizmat koʻrsatish liniyasi/tashqi liniya stansiyasi bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi (mavjud boʻlsa);

o) zaruratga koʻra ekspluatantning texnik xizmat koʻrsatish talablari va tartib-taomillariga muvofiqlikni taʼminlash uchun foydalaniladigan qoʻshimcha tartib-taomillarning taʼrifi.

66. Faoliyat boʻyicha qoʻllanmada tasdiqlanishi lozim boʻlgan faoliyat sohasi belgilanishi kerak (ushbu Pasportning 12-bandida “Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvali keltirilgan).

67. Faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga tashkilotning joriy holatini aks ettiruvchi oʻzgartirishlar oʻz vaqtida kiritilishi kerak. Faoliyat boʻyicha qoʻllanma va unga kiritiladigan barcha oʻzgartirishlar “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilishi zarur.

Faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga kiritilgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar nusxalari qoʻllanma taqdim etilgan barcha tashkilotlarga yoki shaxslarga darhol yuboriladi.

68. Mazkur Talablarning 67-bandiga rioya qilinishini istisno qilmagan holda, faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga kiritilayotgan ikkilamchi oʻzgartirishlar tashkilot tomonidan qoʻllanmani yuritish boʻyicha oʻrnatilgan tartiblarni bajarish jarayonida tasdiqlanishi mumkin.

69. Yuqoridagi talablarga qoʻshimcha ravishda faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga quyidagi qoidalarni kiritish kerak:

a) tashkil etish va boshqarish:

tashkilotning tartib-taomillari va xodimlarning ular bilan bogʻliq vakolatlari, shuningdek, ularga doimiy ravishda rioya etib borilishi faoliyat boʻyicha qoʻllanmada belgilanganligini tasdiqlaydigan va rahbar tomonidan imzolangan ariza;

65-bandning “v” kichik bandiga muvofiq tayinlangan shaxslar vakolatlarining taqsimoti va oʻzaro bogʻliqligi koʻrsatilgan tashkilot sxemasi;

tashkilotning tasdiqlangan faoliyat turlari, ruxsat beruvchi ruxsatnomalari, joylashgan joyi va xodimlariga nisbatan kiritilayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida “Oʻzaviatsiya” agentligini xabardor qilish tartib-taomillari;

tasdiqlangan faoliyat turlari bilan bogʻliq xizmatlarni taqdim etuvchi boshqa tashkilotlar bilan munosabatlar yoki shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga oʻzgartirish kiritish tartibi;

b) texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillari:

yetkazib beruvchilarni baholash;

tashqi yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazilgan havo kemalari komponentlari va materiallarning kirish nazorati;

texnik xizmat koʻrsatishda foydalanish uchun havo kemalarining komponentlarini va materiallarni omborga joylash, markirovkalash, hujjatlashtirish va omborxonadan berish;

asboblar va uskunalarni qabul qilish;

asboblar va uskunalarni kalibrovkalash;

xodimlar tomonidan asbob va uskunalardan foydalanish, shu jumladan, ruxsat etilgan boshqa turdagi asbob va uskunalardan foydalanish;

texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun ishlab chiqarish bazasining tozalik standartlari;

texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish boʻyicha koʻrsatmalar hamda ularning havo kemalari va komponentlarini yetkazib beruvchilarning ekspluatatsiya maʼlumotlari bilan oʻzaro bogʻliqligi, shu jumladan, oʻz vaqtida oʻzgartirishlarni kiritish hamda shtatdagi xodimlar foydalanishi uchun imkoniyat yaratish masalalari;

taʼmirlashning tartib-qoidalari va texnologiyalari;

havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat koʻrsatish dasturiga muvofiqlikni taʼminlash tartib-taomillari;

uchishga yaroqlilik direktivalarini amalga oshirish tartibi;

majburiy boʻlmagan modifikatsiyalarni bajarish tartibi;

texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha foydalaniladigan hujjatlar va ularni yuritish;

hisobga olinadigan texnik maʼlumotlarni nazorat qilish;

texnik xizmat koʻrsatishda aniqlangan nuqsonlar bilan ishlash;

texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish;

ekspluatant uchun maʼlumotlarni hisobga olish (tashkilotning oʻzi ekspluatant boʻlmasa);

ushbu Talablarning “Uchishga yaroqlilik meʼyorlari buzilishi boʻyicha hisobot yuritish” boʻlimiga binoan nuqsonlar va boshqa hodisalar haqida hisobotlar;

havo kemalarining nuqsonlari boʻlgan komponentlarini omborga qaytarish tartibi;

taʼmirlash va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun tashqi pudratchilarga yuborilgan nuqsonli komponentlarning aylanmasini nazorat qilish;

texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi hisobga olish maʼlumotlarini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni boshqarish;

subpudratchilar bilan ishlash tartibi;

texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha maxsus tartib-taomillar, masalan:

dvigatelni sinash (tekshirish);

havo kemasining germetikligini tekshirish (bosim ostida sinab koʻriladi);

havo kemalarini shatakka olish;

havo kemalarini yerda boshqarish;

v) operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillari:

havo kemalari komponentlari, asboblar, uskunalar va boshqalar aylanmasini nazorat qilish;

havo kemalariga yoqilgʻi quyish, tayyorlash, muz qoplashiga qarshi himoya qilish va boshqa ishlar bilan bogʻliq boʻlgan operativ texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillari;

texnik xizmat koʻrsatish vaqtida nuqsonlar va takrorlanuvchi nuqsonlar bilan ishlash;

birgalikda foydalaniladigan tarkibiy qismlardan va ijaraga olingan tarkibiy qismlaridan (pooling) foydalanish tartibi;

texnik xizmat koʻrsatish vaqtida aniqlangan havo kemalarining nuqsonli komponentlarini omborga qaytarish tartibi;

g) sifat tizimi tartib-taomillari:

tashkilotda foydalaniladigan tartib-taomillar (quality audit) sifatini nazorat qilish;

havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish sifatni nazorat qilish;

kamchiliklarni bartaraf etish sifatini nazorat qilish;

texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani imzolaydigan xodimlarni (ruxsat beruvchi xodimlar — certifying staff) tayyorlash va ishga qoʻyish tartib-taomillari;

ruxsat beruvchi xodimlar reyestrini yuritish;

sifat tizimi xodimlarini (quality audit personnel) tayyorlash va ishga qoʻyish tartib-taomillari;

aviamexaniklarni tayyorlash va ishga qoʻyish tartib-taomillari;

qabul qilingan tartib-taomillarga rioya qilishdan ozod qilish tartibi (exemption process);

tashkilotda qabul qilingan tartib-taomillardan chetga chiqish uchun ruxsat berish tartibi;

putur yetkazmasdan nazorat qilish (NDT), payvandlash kabi va boshqalar maxsus ishlar turlariga ruxsat berish tartibi;

ushbu tashkilotda joylashgan va berilgan tasdiqlash sertifikatida nazarda tutilgan faoliyatga aloqador ishlarda band boʻlgan yetkazib beruvchilar brigadalarining faoliyatini nazorat qilish;

subpudratchilar bilan ishlash sifatini tekshirish (yoki ularning akkreditatsiyasini uchinchi shaxslar tomonidan tan olish, masalan, putur yetkazmasdan nazorat qilish sohasida ishlaydigan va “Oʻzaviatsiya” agentligidan boshqa davlat tomonidan tartibga solish organi tomonidan tasdiqlangan tashkilotlarning xizmatlaridan foydalanish);

d) berilgan tasdiqlash sertifikati vakolatlari va shartlariga muvofiq tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatda foydalaniladigan standart hujjatlarning misollari, masalan:

texnik hujjatlarni yuritish shakllari;

nuqsonlarni va ularni bartaraf etish ishlarini hisobga olish shakllari.

Tashkilotning huquqlari

70. Tashkilot quyidagi ishlarni bajarish huquqiga ega:

a) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasiga va/yoki komponentga sertifikatda va faoliyat boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan joylashish manzilida texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish;

b) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasiga va/yoki komponentga birinchi tashkilotning sifat tizimi doirasida ishlaydigan boshqa tashkilotda texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilishini tashkil etish. Mazkur holat bu kabi texnik xizmat koʻrsatish ishlarini hamda mazkur Talablarning 66-bandiga muvofiq tasdiqlangan faoliyat sohasi bilan cheklangan ishlarni bajarish uchun ushbu Pasportga binoan tasdiqlash sertifikatiga ega boʻlmagan tashkilotlar tomonidan bajariladigan ishlarga tegishlidir.

Faoliyatining bu sohasiga havo kemasiga davriy texnik xizmat koʻrsatish yoki dvigatel yoxud uning modulini rejali nazorat koʻrigidan oʻtkazish yoki taʼmirlash ishlarining toʻla hajmini kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi;

v) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasiga va/yoki komponentga har qanday joylarda texnik xizmat koʻrsatish, bunda quyidagi shartlar belgilanadi:

aniqlangan buzilishlar va shikastlanishlarni bartaraf etish yoxud texnik xizmat koʻrsatishni operativ bajarish uchun birdan paydo boʻlgan zaruratni taʼminlash maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirish zarurati boʻlganda;

bu kabi ishlarni faoliyat boʻyicha qoʻllanmaning qoidalariga rioya qilgan holda bajarish;

g) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasi va/yoki komponentga faqat murakkab boʻlmagan texnik xizmat koʻrsatish turlarini bajarish imkoniyatiga ega boʻlgan, operativ texnik xizmat koʻrsatish punkti deb belgilangan joylarda texnik xizmat koʻrsatish, bunda faoliyat boʻyicha qoʻllanmada bunday joylar roʻyxati mavjud boʻlishi va koʻrsatilgan ishlarni ushbu joylarda bajarish uchun ruxsat berilgan boʻlishi shart;

d) texnik xizmat koʻrsatish ishlari yakuniga yetkazilgandan soʻng mazkur Talablarning “Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma” boʻlimiga binoan texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish.

Tashkilotning ishlar turi boʻyicha cheklovlari

71. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun ishlab chiqarish binolari, uskunalar, asboblar, materiallar, texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha hujjatlar va ruxsat beruvchi xodimlar mavjud boʻlgandagina tasdiqlash sertifikati berilgan havo kemasiga va/yoki komponentga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishi mumkin.

Tasdiqlangan tashkilotda oʻzgarishlar

72. “Oʻzaviatsiya” agentligi tashkilotning ruxsat berishga oid talab va shartlarga doimiy ravishda muvofiqligini oʻrnatishi va zarurat boʻlganda tasdiqlash sertifikatiga oʻzgartirishlar kiritishi uchun tashkilot barcha rejalashtirilayotgan quyidagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida, ular kiritilmasidan oldin xabar berishi zarur:

a) tashkilotning nomi;

b) tashkilot joylashgan manzil;

v) masʼul rahbar;

g) mazkur Talablarning 4-bandiga muvofiq tayinlangan har qanday shaxs (rahbar xodimlarning shaxsiy maʼlumotlari, shuningdek, qaysi taʼlim muassasasini tamomlaganligi hamda ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etgan holda);

d) tasdiqlashga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish binolari, uskunalar, asboblar, materiallar, ish tartibi, texnologiyalar va ruxsat beruvchi xodimlar.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

3 yil

12.

Izoh:

Umumiy qoidalar

1. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini tasdiqlangan faoliyat sohasi roʻyxati ilova qilingan tashkilot sertifikati mavjudligi sharti bilan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha tasdiqlangan tashkilot (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) amalga oshiradi. Sertifikatga ega boʻlmagan tashkilot havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga ega emas.

2. Tashkilotning quyidagi faoliyat sohasi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlanishi lozim:

a) havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish dasturiga (reglamentiga) muvofiq havo kemasi, aviadvigatellar va ularning komponentlariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarining barcha turlari;

b) maxsus ishlar (putur yetkazmasdan nazorat qilish, havo kemasi modifikatsiyalarini bajarish, havo kemasining massasi va markazlanishini aniqlash, dvigatellar diagnostikasi va boshqalar).

3. Faoliyat sohasini tasdiqlash uchun tashkilotni sertifikatlash va sertifikatni berish “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan mazkur Pasport asosida amalga oshiriladi.

4. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazishi uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi.

5. Tasdiqlangan faoliyat sohasi toʻliq havo kemasiga yoki uning komponentlariga texnik xizmat koʻrsatish yoki ushbu ishlarni birgalikda turli koʻrinishda bajarish ishlarini oʻz ichiga olishi mumkin.

6. Tashkilot quyidagicha faoliyat yuritishi mumkin:

a) havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish asosiy faoliyat turi boʻlgan mustaqil tashkilot sifatida;

b) havo kemasi ekspluatanti, aviakompaniya, aeroport, aviataʼmirlash yoki aviasozlik zavodining havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan, havo kemalariga asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajaradigan boʻlinmasi sifatida.

7. Tasdiqlangan tashkilot havo kemasi ekspluatantiga qarashli tashkilotning bir qismi hisoblanmasa, u holda havo kemasi ekspluatanti va tashkilot oʻrtasida yozma shaklda rasmiylashtirilgan, havo kemasining uchishga yaroqliligini saqlash boʻyicha tomonlarning vazifalari va majburiyatlari belgilangan shartnoma tuzilishi kerak.

Mazkur shartnomaning texnik jihatlari “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilishi lozim.

8. Tashkilot havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish vaqtida texnik xizmat koʻrsatish dasturida (reglamentida) nazarda tutilgan baʼzi turdagi ishlarni boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida topshirishi mumkin. Bu shartnomaning texnik tomonlari “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishib olinishi lozim.

9. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay sertifikatning asl nusxasini beradi.

Sertifikat ingliz va rus tillariga tarjima qilingan boʻlishi mumkin.

Sertifikat “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi.

10. Tashkilot havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bitta yoki bir nechta liniya/tashqi liniya stansiyasiga ega boʻlsa, bu holda tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi roʻyxatlari havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy stansiyaga va havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha har bir liniya yoki tashqi liniya stansiyasiga beriladi.

Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxati “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi.

11. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

Ariza beruvchini sertifikatlash

12. Ariza beruvchini sertifikatlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

a) ariza beruvchi tomonidan rasmiy ariza taqdim etish;

b) arizani dastlabki baholash;

v) asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish;

g) ariza beruvchining ruxsat etishga oid talab va shartlarga muvofiqligini tekshirish boʻyicha inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish hamda tekshiruv natijalari boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklar koʻrsatilgan hisobot rasmiylashtirish;

d) ariza beruvchidan asoslovchi hujjatlarning ekspertizasi natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni va 1-toifali nomuvofiqliklar bartaraf qilingani toʻgʻrisidagi hisobotni olish;

e) tekshiruv natijalari boʻyicha sertifikat berish yoki bermaslik toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatilgan xulosa tayyorlash;

j) sertifikatni va tashkilot tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxatini rasmiylashtirish.

Arizani dastlabki baholash va asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish

13. Arizani dastlabki baholash arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganidan soʻng amalga oshiriladi.

Arizani dastlabki baholashda quyidagilar tekshiriladi:

a) ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning yetarliligi va arizaning uni rasmiylashtirish boʻyicha belgilangan talablarga muvofiqligi;

b) asoslovchi hujjatlarning toʻliqligi.

14. Ariza va asoslovchi hujjatlar kelib tushgandan soʻng, “Oʻzaviatsiya” agentligi asoslovchi hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi.

Inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish

15. Asoslovchi hujjatlar ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng ariza beruvchi bilan kelishilgan holda inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish sanasi va muddati aniqlanadi.

16. “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori tomonidan inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyani tuzish toʻgʻrisida buyruq chiqarilib, unda komissiya tarkibi hamda inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish dasturi va muddati belgilanadi.

17. Komissiya tarkibiga boshqa tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishilgan holda ularning mutaxassislari (ekspertlari) kiritilishi mumkin.

18. Inspektorlik tekshiruvlarining dasturi aniq bir ariza beruvchining xususiyatlari hisobga olingan holda, inspektorlik tekshiruvlarining namunaviy dasturi asosida ishlab chiqiladi. Inspektorlik tekshiruvlarining namunaviy dasturi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi.

19. Inspektorlik tekshiruvlarining bevosita oʻtkazilishi, komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishi va tekshiruv natijalarining rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik komissiya raisi zimmasiga yuklanadi.

20. “Oʻzaviatsiya” agentligining buyrugʻi va inspektorlik tekshiruvlarining dasturi inspektorlik tekshiruvlari boshlanishidan besh kundan oshmagan muddatda ariza beruvchiga yuboriladi va komissiya aʼzolarining eʼtiboriga yetkaziladi.

21. Inspektorlik tekshiruvlarining maqsadi ariza beruvchi oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini hamda tashkilotning haqiqiy holati va arizada koʻrsatilgan ishlarning barcha turlari boʻyicha ariza beruvchining faoliyati taqdim etilgan hujjatlarda toʻgʻri aks ettirilganligini tasdiqlashdan iborat.

22. Tashkilotda inspektorlik tekshiruvlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:

a) ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;

b) axborot bilan taʼminlanganlik;

v) xodimlar bilan taʼminlanganlik;

g) ishlab chiqarish bazasi;

d) texnik xizmat koʻrsatish jarayonlarining tashkil etilishi;

e) texnik xizmat koʻrsatishning sifat tizimi;

j) texnik xizmat koʻrsatish jarayonlarining moddiy-texnik taʼminoti;

z) texnik xizmat koʻrsatish jarayonlarining moliyaviy taʼminoti.

Inspektorlik tekshiruvlarining natijalarini rasmiylashtirish

23. Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari har bir tekshiruv yoʻnalishi boʻyicha hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Nomuvofiqliklar mavjud boʻlgan taqdirda, hisobot ariza beruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi shart. Hisobot shakli va uni rasmiylashtirish tartibi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi.

24. Inspektorlik tekshiruvlari jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar 1-toifali va 2-toifali nomuvofiqliklarga boʻlinadi.

1-toifali nomuvofiqliklar — havo kemasining uchishga yaroqlilik darajasini saqlab turishni taʼminlashga toʻsqinlik qiladigan har qanday nomuvofiqliklar. 1-toifali nomuvofiqliklar sertifikatning berilishiga toʻsqinlik qiladi va Ruxsat etishga oid talab va shartlarda “*” bilan belgilangan.

2-toifali nomuvofiqliklar — havo kemasining uchishga yaroqlilik darajasini saqlab turish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan, ammo belgilangan talablar yoki tartiblardan chetga chiqishlarni namoyon etuvchi har qanday nomuvofiqliklar 2-toifali nomuvofiqliklar boʻlib, sertifikatning berilishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari boʻyicha qaror qabul qilish

25. Xulosa — inspektorlik tekshiruvlarining natijalari boʻyicha yakuniy hujjat hisoblanib, unda tekshiruvlarning natijalari, “Oʻzaviatsiya” agentligi komissiyasining xulosalari, bajarilishi majburiy boʻlgan tavsiyalar va 1-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddatlari aks ettiriladi. Xulosaning nusxasi ariza beruvchiga yuboriladi.

26. Ariza beruvchi xulosalarni va tavsiyalarni inobatga olgan holda, “Oʻzaviatsiya” agentligiga quyidagilarni taqdim etishi kerak:

a) 1-toifali nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisida hisobot (zarurat boʻlganda, “Oʻzaviatsiya” agentligining qarori boʻyicha, nomuvofiqliklarning haqiqatan bartaraf etilganligi tekshiruvi oʻtkaziladi);

b) 2-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi. Bu rejada inspektorlik tekshiruvlarida aniqlangan nomuvofiqliklar, ularning bartaraf etilishi boʻyicha tadbirlar, bajarish muddati va tadbirlarning bajarilishi boʻyicha masʼul shaxslar koʻrsatiladi.

27. 2-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan boʻlishi kerak. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni hisobga olgan holda, ariza beruvchi tomonidan chora-tadbirlar va muddatlar toʻgʻrilangan boʻlishi kerak.

28. 25-bandning “a” kichik bandiga muvofiq aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan yoki xulosada belgilangan muddatda bartaraf etilmagan boʻlsa, “Oʻzaviatsiya” agentligi sertifikatni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Sertifikat berish

29. Sertifikatning asl nusxasi xulosada qayd etilgan “Oʻzaviatsiya” agentligining qarori boʻyicha rasmiylashtiriladi.

30. Ariza beruvchi yangi sertifikat yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxatini olgandan keyin ilgari berilgan sertifikat yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxati “Oʻzaviatsiya” agentligiga qaytarilishi kerak.

Sertifikatni qayta rasmiylashtirish

31. Sertifikat Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 4-bobida koʻrsatilgan hollarda va oʻrnatilgan tartibda hamda Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasini qisqartirish hollarida qayta rasmiylashtiriladi.

Tasdiqlangan faoliyat sohasini kengaytirish

32. Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasini kengaytirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

a) tashkilot tomonidan yangi turdagi havo kemalari, komponentlar va texnologik jarayonlarni oʻzlashtirish;

b) liniyali/tashqi liniyali stansiyani tashkil etish.

33. Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi sertifikatni berish uchun oʻrnatilgan tartibda kengaytiriladi.

34. Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasini kengaytirish boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun mazkur Pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan yigʻim undiriladi.

35. Faoliyat sohasi yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxatini berish orqali kengaytiriladi.

36. Yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxatining amal qilish muddati sertifikatning amal qilish muddati doirasida belgilanadi.

Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va sertifikatni bekor qilish

37. Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va sertifikatni bekor qilish Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 5-bobida koʻrsatilgan hollarda va oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

38. Sertifikatning amal qilishi quyidagi hollarda ham toʻxtatib turiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida amal qilgan va tashkilotni tasdiqlashda rioya etilgan talablarni buzish (ularga rioya qilmaslik) hollari aniqlanganda;

“Oʻzaviatsiya” agentligining parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki umuman tashkilotning faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalari bajarilmaganda.

Xorijiy tashkilotlarni sertifikatlash

39. Xorijiy tashkilotlarni sertifikatlash jarayoni mazkur tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi ekspluatantlarining havo kemalariga va/yoki ularning komponentlariga reja asosida texnik xizmat koʻrsatish ishlarini uzoq muddatli shartnomalar asosida bajarishni koʻzda tutgan holda va texnik xizmat koʻrsatgan havo kemasiga (komponentiga) ekspluatatsiya qilishga ruxsat beruvchi guvohnomani berish huquqiga ega boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.

40. Xorijiy tashkilotni sertifikatlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotini sertifikatlash tartibidan farq qilmaydi.

41. Xorijiy tashkilotlar quyidagi shartlarga rioya etilgandagina sertifikatlanadi:

a) havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjat Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga (IKAO) aʼzo boʻlgan xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan boʻlishi lozim;

b) havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatni bergan vakolatli organ tomonidan tashkilotga qoʻyilgan talablar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tomonidan belgilangan minimal standartlarga javob berishi yoki ulardan yuqori boʻlishi lozim.

42. Xorijiy tashkilot masʼul rahbar (bosh boshqaruvchi) boshchiligidagi tashkilotga nisbatan umumiy ravishda sertifikatlanadi. Tashkilotning masʼul rahbari sertifikatni bergan vakolatli organ va “Oʻzaviatsiya” agentligi oldida sertifikatning shartlari hamda cheklovlariga muvofiqlikni taʼminlash uchun toʻliq javobgarlikni zimmasiga olishi lozim.

43. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan tashkilotlar bilan shartnoma asosida ishlarni bajaradigan xorijiy tashkilotlarga sertifikat berilishi talab qilinmaydi. Bunda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmasida quyidagi talablarga asoslangan tegishli tartib-taomillar mavjud boʻlish sharti qoʻyiladi:

a) tashkilot shartnoma boʻyicha topshirilayotgan ishlarga nisbatan sertifikatga ega boʻlishi kerak;

b) tashkilot yordamchi pudratchining muvofiqligini baholashni (audit) amalga oshirishi kerak;

v) tashkilot shartnoma boʻyicha topshirilgan ishlar bajarilgandan keyin sifatni nazorat qilish va ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish, shu jumladan, havo kemasining uchishga yaroqliligini tegishli darajada saqlab turishga doir tegishli talablarga rioya qilish boʻyicha javobgarlikni oʻz zimmasida saqlab qolishi lozim;

g) tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmada shartnoma asosida topshirilgan faoliyat turlariga nisbatan boshqarish va nazorat qilish zarur boʻlgan tartib-taomillarning taʼrifi, shuningdek, ushbu faoliyat turlarini boshqarish topshirilgan xodimlar uchun koʻrsatmalar boʻlishi kerak.

Tashkilotning faoliyatini nazorat qilish

44. Tashkilotning faoliyati “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan inspektorlik tekshiruvlari orqali quyidagi maqsadlarda nazorat qilinadi:

a) tashkilotni tasdiqlashda rioya etilgan talablarga tashkilot shu kunda muvofiqligini baholash;

b) tashkilotning faoliyati jarayonida yuzaga keladigan, tashkilotning amaldagi hujjatlariga kiritilishi talab etiladigan oʻzgarishlarni aniqlash, bu oʻzgarishlarning tashkilot faoliyatiga koʻrsatadigan taʼsirini baholash;

v) tasdiqlangan faoliyat sohasi roʻyxatiga kiradigan aniq ishlarning bajarilishini nazorat qilish.

45. Tekshiruvlar quyidagi turlarga boʻlinadi:

a) reja asosida inspeksiya tekshiruvlari;

b) rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvlari.

46. Reja asosida inspeksiya tekshiruvlari fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilish jadvaliga muvofiq, lekin oʻn ikki oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.

47. Rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvlari sertifikat berishda belgilangan shartlar va cheklovlar talablariga muvofiqlikni baholash uchun oʻtkaziladi.

48. Tashkilotda rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:

a) havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish sifatining darajasi pasayganligi va havo kemalarining parvozlar xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi jiddiy qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

b) tashkilotning faoliyati jarayonida vujudga kelgan belgilangan talablarga nomuvofiqligi.

49. Inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi ushbu Pasport talablariga javob berishi kerak. Tekshiruvlar boʻyicha hujjatlar “Oʻzaviatsiya” agentligida 1 yil davomida saqlanadi.

50. Tashkilot “Oʻzaviatsiya” agentligining komissiyasi uchun barcha ish sharoitlarini yaratib berishi shart. Komissiyaning ish tartibi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi.

51. Inspektorlik tekshiruvlari natijalari boʻyicha hisobot rasmiylashtiriladi. Hisobotda tekshirish jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar va tekshirilayotgan tashkilot faoliyatining tekshirilgan yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan talablarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.

Nomuvofiqliklar aniqlanganda, hisobot tekshirilayotgan tashkilotning vakili tomonidan imzolanishi lozim.

52. Sertifikat egasi aniqlangan nomuvofiqliklar toʻgʻrisida hisobotni olgach, nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqishi va kelishilgan muddatda nomuvofiqliklarning muvaffaqiyatli bartaraf etilganligi toʻgʻrisida “Oʻzaviatsiya” agentligiga hisobot taqdim etishi lozim.

Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar

TIZIMI

1. Ishlarning turlari boʻyicha standartlashtirilgan ruxsatlar va aviatsiya texnikasi klasslari roʻyxati “Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvalida berilgan.

Tashkilot tegishli cheklovlar bilan tasdiqlangan ruxsatni olishi kerak (bir klassda bitta ruxsat yoki barcha klasslarda barcha ruxsat shaklida oʻzgarishi mumkin).

2. Tashkilot ushbu ruxsatlar tizimining 11-bandi talablarini hisobga olgan holda, “Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvaliga muvofiq tegishli klasslar va ishlarni bajarishga beriladigan ruxsatlarni tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmasining tasdiqlangan faoliyat sohasida koʻrsatishi shart.

3. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan ishlarning turlari boʻyicha klasslar va ruxsatlar doirasida tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmasida koʻrsatilgan faoliyat sohasi, tasdiqlashning aniq chegaralari belgilanadi. Shuning uchun ham ishlarning turlari boʻyicha tasdiqlangan klasslar va beriladigan ruxsatlar hamda tashkilot faoliyat sohasi bir-biri bilan uygʻunlashgan boʻlishi lozim.

4. “A” toifali ruxsat klassi tashkilot havo kemasi bortidan komponentlarni demontaj qilmagan holda, havo kemalariga va komponentlarga (shu jumladan, dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga) texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Istisno tariqasida, “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan faoliyat boʻyicha qoʻllanmada nazorat tartib-taomillari koʻrsatilganda, texnik xizmat koʻrsatish imkonini yaratish maqsadida demontaj qilish havo kemasining ekspluatatsiya hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsat etilganda, texnik xizmat koʻrsatish vaqtida komponentlarni vaqtincha demontaj qilish mumkin. Cheklovlar boʻlimi texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bunday ishlarning taʼrifini oʻz ichiga oladi.

5. “V” toifali ruxsat klassi tashkilot demontaj qilingan dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga faqat dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalaridan komponentlar demontaj qilinmagan holda, texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Texnik xizmat koʻrsatish imkonini yaratish maqsadida demontaj qilish dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalarining ekspluatatsiya hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsat etilganda, texnik xizmat koʻrsatish vaqtida komponentlarni vaqtincha demontaj qilish hollari bundan mustasno. Cheklovlar boʻlimi texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bunday ishlarning taʼrifini oʻz ichiga oladi va bu tasdiqlashning amal qilish doirasini belgilaydi. “V” toifali ruxsat klassiga ega boʻlgan tashkilot nazorat qilish boʻyicha tegishli tartib-taomillar faoliyat boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan boʻlsa, operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish vaqtida havo kemasiga oʻrnatilgan dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga ega. Faoliyat boʻyicha qoʻllanmadagi tasdiqlangan faoliyat sohasida “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan ruxsat berilgan faoliyat turlari aks ettirilgan boʻlishi lozim.

6. “S” toifali ruxsat klassi tashkilot havo kemasiga yoki dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga oʻrnatish uchun moʻljallangan, havo kemasi bortidan demontaj qilingan komponentlarga (dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalari bundan mustasno) texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Cheklovlar boʻlimi texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bunday ishlarning tavsifini oʻz ichiga oladi. Tasdiqlashning amal qilish doirasini belgilaydi.

Shu bilan birga, “S” toifali ruxsat klassiga ega boʻlgan tashkilot faoliyati boʻyicha qoʻllanmasida nazoratga oid tegishli tartib-taomillar koʻrsatilgan boʻlsa, havo kemasiga operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish jarayonida yoxud dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish bazasida havo kemalariga oʻrnatilgan komponentlarga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga ega. Faoliyat boʻyicha qoʻllanmadagi tasdiqlangan faoliyat sohasida “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan ruxsat berilgan faoliyat turlari aks ettirilgan boʻlishi lozim.

7. “D” toifali ruxsat klassini taʼriflash ehtiyoji yoʻq va ushbu klass aniq bir havo kemasi, dvigatel yoki komponent bilan bogʻliq emas. Maxsus ishlar turiga kompozit materiallarning yuzasiga ishlov berish, qum (drob) bilan ishlov berish (mustahkamlash), qoplamalar, boʻyash, putur yetkazmasdan nazorat (NDT) qilish, payvandlash va boshqalar kiradi.

8. “A” toifali ruxsat klasslari “operativ texnik xizmat koʻrsatish” yoki “davriy texnik xizmat koʻrsatish” turlariga boʻlinadi. Tashkilot tomonidan davriy texnik xizmat koʻrsatish, operativ texnik xizmat koʻrsatish yoki ikkala toifa boʻyicha ham tasdiqlangan boʻlishi mumkin. Tashkilot manzilida joylashgan operativ texnik xizmat koʻrsatish xizmati operativ texnik xizmat koʻrsatish toifasi boʻyicha tasdiqlanishi lozim.

9. “Cheklovlar” boʻlimi muayyan bir tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi roʻyxatini shakllantirishda foydalaniladi. “Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvali mumkin boʻlgan cheklovlar turlarini belgilaydi, bunda texnik xizmat koʻrsatish ishlarining turlari har bir ruxsat klassi oxirida yoziladi, shuning uchun havo kemasi yoki dvigatelning turi yoki ishlab chiqaruvchisiga emas, balki har bir tashkilotga muhimroq boʻlgan texnik xizmat koʻrsatish ishlariga koʻproq urgʻu berish mumkin.

10. “A” va “V” toifali ruxsat klasslari uchun cheklovlar boʻlimining “Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvali turkumlar (seriya), turlar va guruhlar boʻyicha havolalarni oʻz ichiga oladi. “Turkum” soʻzi bir xil turdagi havo kemalarning va/yoki dvigatellarning toʻplamini anglatadi, jumladan, Airbus 300, Airbus 320 yoki Boeing 737 yoxud RB211. Bunday turkum yoki turlarning har qanday soni koʻrsatilishi mumkin. “Tur” soʻzi aniq bir tur yoki modelni bildiradi, misol uchun Airbus 310-240 yoki RB 211-524B4. “Guruh” esa, jumladan, “Cessna” porshenli bir dvigatelli samolyotlar yoki “Lycoming” turbinasiz porshenli dvigatellar va boshqalarni anglatadi.

11. Ishlab chiqarish imkoniyatlarining tez-tez oʻzgartirish kiritib boriladigan kengaytirilgan roʻyxatiga “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan va faoliyat boʻyicha qoʻllanmada aks ettirilgan tartib-taomillarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.

Ushbu tartib-taomillarda ishlab chiqarish imkoniyatlari roʻyxatini (capability list) yuritish, oʻzgartirishlarni kiritishni nazorat qilish va buning uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshirish boʻyicha javobgar shaxs belgilanishi kerak. Mazkur harakatlar roʻyxatga kiritiladigan mahsulotlar va ishlar turi mazkur Pasportda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligini taʼminlaydi.

12. Barcha texnik xizmat koʻrsatish ishlarini rejalashtirish va bajarish uchun faqat bitta xodimni yollaydigan tashkilot ishlar turi boʻyicha chegaralangan ruxsatlar soniga ega boʻlishi mumkin. Ruxsat beriluvchi chegirmalar quyidagilardan iborat:

KLASS

TOIFA

BERILGAN RUXSAT

Havo kemasi

A2 samolyotlar

Uchish massasi dan yuqori boʻlmagan porshenli samolyotlarga operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish

Havo kemasi

A2 ruxsati — samolyotlar

Gaz turbinali dvigatellar oʻrnatilgan, uchish massasi 5 700 kg dan yuqori boʻlmagan samolyotlarga operativ texnik xizmat koʻrsatish

Havo kemasi

A3 ruxsati — vertolyotlar

Uchish massasi 3 175 kg dan yuqori boʻlmagan, bir dvigatelli vertolyotlarga operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish

Havo kemasi

A4 A1, A2 va A3 toifalariga taalluqli boʻlmagan havo kemalari

Cheklanmagan

Havo kemasi

V2 porshenli dvigatellar

Quvvati 450 ot kuchidan past

Komponentlar (yigʻilgan holdagi asosiy aviatsiya dvigateli va yordamchi kuch qurilmasi bundan mustasno)

S1 …S20 komponentlar

Ishlab chiqarish quvvatlarining roʻyxati boʻyicha

Maxsus ishlar

D1 — putur yetkazmasdan nazorat qilish

Putur yetkazmasdan nazorat qilish turlari koʻrsatiladi

Muayyan tashkilotning ishlab chiqarish imkoniyatlariga qarab, bunday tashkilotga “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan faoliyat sohasiga nisbatan qoʻshimcha cheklovlar qoʻyilishi mumkin.

Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi jadvali

KLASS

BERILGAN RUXSAT

CHEKLOVLAR

DAVRIY TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH

OPERATIV TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH

Toifa

Aviatsiya texnikasi yoki ishlarning turi

HAVO KEMALARI

A1

Uchish massasi 5 700 kg dan yuqori boʻlgan samolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A2

Uchish massasi 5 700 kg dan yuqori boʻlmagan samolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A3

Vertolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A4

A1, A2 va A3 toifalariga taalluqli boʻlmagan havo kemalari

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

AVIATSIYA DVIGATELLARI

V1

Gaz turbinali dvigatellar

Dvigatellarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

V2

Porshenli dvigatellar

Dvigatellarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

V3

Yordamchi kuch qurilmalari

Qurilmalarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

KLASS

BERILGAN RUXSAT

CHEKLOVLAR

ATA / GOST 18675 boʻyicha kod

Toifa

Aviatsiya texnikasi yoki ishlarning turi

DEMONTAJ QILINGAN KOMPONENTLAR, YIGʻILGAN HOLDAGI ASOSIY AVIATSIYA DVIGATELI VA YORDAMCHI KUCH QURILMALARI BUNDAN MUSTASNO

S1

Kema kabinasini konditsionerlash va bosimini boshqarish tizimlari

Havo kemasi va/yoki komponentlar yoxud aniq komponentlar va/yoki tashkilotning faoliyat boʻyicha qoʻllanmasida ishlab chiqarish imkoniyatlari roʻyxati bilan oʻzaro havolalari va/yoki bajariladigan texnik xizmat turlari koʻrsatiladi

21

S2

Avtopilot

22

S3

Aloqa va navigatsiya jihozlari

23, 34

S4

Eshiklar va lyuklar

52

S5

Elektr toki bilan taʼminlash tizimlari

24

S6

Maishiy va maxsus jihozlar

25, 38, 45

S7

Dvigatel va yordamchi kuch qurilmalari tizimlari

49, 71 — 83

S8

Havo kemasini boshqarish tizimlari

27, 55, 57

S9

Yonilgʻi — planer tizimi

28

S10

Vertolyotning asosiy vintlari

62, 64, 66, 67

S11

Vertolyotning transmissiyasi

63, 65

S12

Gidrotizimlar

29

S13

Asbob-jihozlar

31

S14

Shassi

32

S15

Kislorod jihozlari

35

S16

Havo vintlari

61

S17

Pnevmotizimlar

36, 37

S18

Muzlashga qarshi va yongʻinga qarshi tizimlar

26, 30

S19

Derazalar

56

S20

Planerning konstruksiyasi

53, 54, 57

MAXSUS ISHLAR TURI

D1

Putur yetkazmasdan nazorat qilish

Aniq ishlar yoki ish va xizmatlar turi koʻrsatiladi

D2

Payvandlash va hokazo

Aniq ishlar yoki ish va xizmatlar turi koʻrsatiladi

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
58-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

1) ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami;

elektron manzili;

2) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasi haqida maʼlumot:

nomlanishi (turi);

belgilangan maqsadi;

seriya raqami (zavod, identifikatsiya raqami va boshqalar);

ishlab chiqarilgan sana;

ishlab chiqaruvchining nomi;

ishlab chiqaruvchi joylashgan joy;

maksimal uchish vazni;

oʻrnatilgan dvigatellar turi;

oʻrnatilgan dvigatellar soni;

dvigatel kuchi (tortish);

radioelektron vositalar haqida maʼlumot;

vakolatli organning radiochastota spektridan foydalanishga ruxsatnomasi;

fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasi saqlanadigan manzil (joy);

3) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalari operatorlari toʻgʻrisida maʼlumot:

F.I.O.;

maxsus tayyorgarligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasi operatorining oʻz vazifalarini bajarishga yaroqliligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa;

4) idoraviy vazifalar roʻyxati:

1. ______________________;

2. ______________________;

b) uchuvchisiz uchish qurilmasiga mulk huquqi, mulkni sotish yoki ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomalar nusxasi;

v) uchuvchisiz uchish qurilmasi uchun ishlab chiqaruvchining pasporti nusxasi yoki unga tenglashtirilgan hujjat (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati);

g) uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanish boʻyicha ishlab chiqaruvchining hujjati (qoʻllanma, yoʻriqnoma, texnik tavsif) nusxasi;

d) ariza beruvchining parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 69,5 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat beruvchi talablar va shartlar:

a) fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmalarining parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi;

b) zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlaridan ruxsat olingandan keyingina fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishga ruxsat berilishi;

v) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalari faqat ajratilgan havo hududidan foydalanishi;

Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalarini saqlashga qoʻyiladigan umumiy talablar:

a) uchuvchisiz uchish qurilmalarini saqlash uchun begonalar kirishi man etilgan va signalizatsiya vositalari (zarurat boʻlganda, videokuzatuv vositalari) bilan jihozlangan, harorat rejimi, toʻgʻri tushadigan quyosh nurlarining, issiqlik va boshqa turdagi nurlanishning yorugʻlik taʼsiri, shuningdek, yongʻinga qarshi xavfsizlik boʻyicha ishlab chiqaruvchi talablariga mos keladigan ixtisoslashtirilgan bino ajratish;

b) uchuvchisiz uchish qurilmalarini ularning turiga mos keladigan maxsus konteynerlarda saqlash;

v) uchuvchisiz uchish qurilmalarini qisman yoki demontaj qilingan holda, ularning darhol uchishini istisno qiladigan sharoitda saqlash;

g) uchuvchisiz uchish qurilmalarini dala (ishlab chiqarish) sharoitida ularning turiga qarab maxsus joylash konteynerlarida akkumulyatordan alohida ajratilgan holda saqlash. Bunda joylash konteyneri muhrlangan boʻlishi va saqlash uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxs nazorati ostida boʻlishi kerak;

d) saqlash uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxsga uchuvchisiz uchish qurilmasini tashlab ketish yoki boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi.

2. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa asl nusxasini beradi.

3. Uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi.

4. Uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa nusxasi “Oʻzaviatsiya” agentligida saqlanadi.

5. Uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslarga berilishi mumkin emas va boshqa shaxsga berilmaydi.

6. Ekspluatant amaldagi uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosadan faqat oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadlarida foydalanishi mumkin.

7. “Oʻzaviatsiya” agentligi belgilangan tartibda mustaqil ravishda uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa berish uchun kerakli hujjatlarni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlaridagi maʼlumotlarni axborot hamkorligi tizimi vositasida, shu jumladan elektron hujjat shaklida oladi.

8. “Oʻzaviatsiya” agentligi ekspluatant uchun belgilangan ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi.

9. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa berish yoki berishni rad qilish toʻgʻrisida qaror ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar asosida qabul qilinadi.

10. Hujjatlarning baholanishida ularning butligi hamda ekspluatantga belgilangan faoliyatga doir ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligi tekshiriladi.

11. Hujjatlar baholanishi natijalariga asosan “Oʻzaviatsiya” agentligi ariza beruvchiga uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa beradi (yuboradi) yoki uni uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosani berish rad etilganligi haqida tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirilmagan holda yozma shaklda xabardor qiladi.

12. Ekspluatantning manzili oʻzgarganda, uchuvchisiz uchish qurilmasi uni qayta jihozlash bilan bogʻliq modifikatsiya qilinganda (nomi oʻzgarganda), foydalanilayotgan uchuvchisiz uchish qurilmasi roʻyxatdan chiqarilganda, uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan uchuvchisiz uchish qurilmasi operatori (operatorlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganda, ekspluatant yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga yetti ish kuni ichida “Oʻzaviatsiya” agentligiga xulosani qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.

Ekspluatant tomonidan yuqoridagi talablar bajarilmaganda, fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat etish toʻgʻrisidagi xulosa toʻxtatiladi.

13. Ekspluatant faoliyati uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosada belgilangan ekspluatantning ruxsat beruvchi talablar va shartlarga joriy muvofiqligini baholash maqsadida inspeksiya tekshiruvlarini oʻtkazish shaklida nazorat qilinadi. Inspeksiya tekshiruvining natijalari hisobotlar shaklida rasmiylashtiriladi.

14. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanadigan ekspluatantlarning inspeksiya tekshiruvlari ikki yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.

15. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil  15-oktabrdagi 679-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 31-dekabrdagi 354-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 11-avgustdagi 226-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son Qonuni)” 2015-yil 16-apreldagi 93-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 1-martdagi 58-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 43-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 74-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro havo kemalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) va Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar toʻgʻrisidagi konvensiyaning aviatsiya uskunalari boʻyicha protokoliga (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) qoʻshilishi toʻgʻrisida” 2017-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-453-son Qonuni)” 2019-yil 6-martdagi 194-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 33-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qarori)” 2020-yil 16-yanvardagi 30-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 27, 32 va 39-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari koʻrsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 15 va 19-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga 3-ilovaning 9 va 12-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ilova.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son)