14.10.2024 yildagi PQ-357-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, barqaror startap loyihalar ekotizimini shakllantirish va venchur kapital bozorini kengaytirish orqali mamlakatimizga xorijiy venchur investitsiyalarini jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturini amalga oshirish (keyingi oʻrinlarda — Dastur) toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Dasturda quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat davomiyligi — 5 yilgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalendar yilida jami daromadi — 10 milliard soʻmdan oshmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori oʻsish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati boʻlgan biznes modelga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyihalar ekotizimi platformasida roʻyxatdan oʻtgan;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) startap ekotizimi ishtirokchilari — venchur jamgʻarmalar va xususiy investorlar hamda startap loyihalar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkillashtirish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Dastur ishtirokchilariga quyidagi qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqaruvi ostidagi investitsiya aktivlari qiymati 50 million AQSH dollaridan koʻp boʻlgan xorijiy venchur jamgʻarmalardan investitsiya jalb qilgan startap loyihalarga mazkur investitsiyaga teng miqdorgacha boʻlgan, biroq 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda investitsiya mablagʻlarini ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi xarajatlarni qoplab berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritayotgan hamda kamida 100 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilgan yetakchi xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish, shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq tadbirkorlik, biznes va korporativ boshqaruv yoʻnalishlaridagi kurslarda oʻqish va sertifikat olish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 50 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patentlash hamda intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — IT-park) huzuridagi venchur jamgʻarma tomonidan garov taʼminotisiz, Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 300 million soʻmgacha miqdorda startap loyihalarga qarz mablagʻlarini ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) IT-Visa berish amaliyotini startap loyihalarning taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislariga ham tatbiq etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Raqamli texnologiyalar vazirligining Dastur uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan IT-park huzurida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida ustav fondi 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamgʻarma tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda “UzVC” milliy venchur fondi butun moddiy-texnika bazasi bilan birga va uning ustav kapitalidagi davlat ulushi nominal qiymatda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “UzVC” milliy venchur fondi faoliyati venchur jamgʻarmalarni moliyalashtiruvchi “Fondlar fondi” sifatida qayta tashkil etilsin, uning vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya portfellarini shakllantirish va ularga mahalliy hamda xorijiy investorlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grant mablagʻlari hamda qoʻshma moliyalashtirish mexanizmlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratiladigan resurslardan kam boʻlmagan miqdorda moliyaviy resurs ajratish sharti bilan xorijiy va mahalliy venchur jamgʻarmalarga talab qilib olish mexanizmi asosida oʻz moliyaviy resurslarini ishonchli boshqaruvga berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga 50 million AQSH dollari miqdorida foizsiz kredit ajratilishini taʼminlasin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan kredit mablagʻlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-yanvardan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligining soʻrovlariga muvofiq ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzilli ravishda Dasturni amalga oshirish va raqamli texnologiyalar sohasidagi venchur jamgʻarma faoliyatini yoʻlga qoʻyishga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi, startap loyihalardagi ulushlarni sotishdan tushgan daromadlar, shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tijorat banklari va xoʻjalik jamiyatlariga quyidagilarga ruxsat berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
venchur jamgʻarmalar tashkil etish, venchur investitsiyalarni amalga oshirish hamda ishonchli boshqarish shartnomasi asosida boshqa venchur jamgʻarmalarga oʻz mablagʻlarini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyihalarga ulush bilan kirganda oʻziga tegishli boʻsh turgan koʻchmas mulk obyektlarini va texnik vositalarni tekin foydalanishga berishni nazarda tutgan holda startap-studiyalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap-studiyalarni boshqarish huquqini IT-park, uning filiallari va startap ekotizimi ishtirokchisi boʻlgan boshqa tashkilotlarga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini startap loyihalar ekotizimi platformasida roʻyxatdan oʻtgan startap loyihalarga davlat mulki obyekti uchun belgilangan ijara stavkasining minimal miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish (qoʻllab-quvvatlash) boʻyicha bir moliya yili davomida umumiy qiymati 500 million soʻmgacha boʻlgan bitta shartnoma doirasida startap loyiha bilan, ushbu startap loyihaning ustav fondi (kapitali)da 5 foizdan kam boʻlmagan ulushiga egalik qilish sharti bilan xarid jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 million soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdordagi, biroq bir moliya yilida 200 million soʻmgacha, bir martalik xizmatlar (ishlar) boʻyicha Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslar uchun moʻljallangan mahalliy raqamli platformalarda toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtmalarni rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2025-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar Dastur doirasida 1-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmonida belgilangan tartib asosida raqamli startaplar sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi (keyingi oʻrinlarda — maxsus huquqiy rejim) joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi 2027-yil 1-yanvarga qadar maxsus huquqiy rejim natijalari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot, zarurat tugʻilganda, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan joylashtiriladigan hamda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xususiyatiga ega, shu jumladan, turli qatlamdagi aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan startap loyihalar toʻgʻrisidagi reklama ijtimoiy axborot sifatida eʼtirof etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2024 — 2026-yillarda startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-357-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-357-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli startaplar sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Maxsus huquqiy rejim ishtirokchilari

Ishtirokchilarga beriladigan huquqlar

Muvofiqlashtiruvchi davlat organi

Davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan venchur jamgʻarmalar va startaplar

Startap loyihalarga, jumladan, rentabellikka erishish ehtimoli kam boʻlgan loyihalarga investitsiya kiritish hamda ularning ustav fondida ulush asosida ishtirok etish

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Oʻz mablagʻlarini yangi ishlanmalarni amalga oshirish uchun garovsiz, kafilliksiz va kafolatsiz qarz sifatida berish

Qarz yoki kreditni kelgusida startap loyiha ulushining (aksiyalari) bir qismiga aylantirish imkonini beruvchi ayirboshlanadigan qarz toʻgʻrisidagi shartnoma tuzish

Startap loyiha rivojlanishning maʼlum bir bosqichiga yetganida yoki ustav fondini (kapitalini) oshirganida ulush olish huquqini beruvchi kelajakdagi kapital toʻgʻrisidagi shartnoma tuzish

Ishonchli boshqarish shartnomasi asosida oʻz mablagʻlarini ishonchli boshqaruvga berish

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-357-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024 — 2026-yillarda startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

1. Startap ekotizimi va venchur investitsiyalar sohasida qonunchilikni takomillashtirish

3.

Startap loyihalarning xorijiy taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislariga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun IT-Visa taqdim etilishi munosabati bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish va kiritish.

2024-yil dekabr

4.

Startap loyihalar, venchur jamgʻarmalar va xususiy investorlar uchun venchur investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha zarur boʻlgan namunaviy hujjatlardan barcha birdek foydalana oladigan bazani shakllantirish.

1. Startap loyiha faoliyatini tashkil etish va venchur investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha namunaviy hujjatlar loyihalari toʻplamini ishlab chiqish hamda jamoatchilik muhokamasi va ekspert muzokaralarni tashkil etish.

2025-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

2. Namunaviy hujjatlar loyihalari toʻplamini Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilish.

2025-yil iyun

2. Startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini yanada rivojlantirish

5.

Xorijiy venchur jamgʻarmalardan investitsiya jalb qilgan startap loyihalarga investitsiya mablagʻlarini ajratish tartibini belgilash.

1. Investitsiya mablagʻlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish hamda jamoatchilik muhokamasi va ekspert muzokaralarni tashkil etish.

2024-yil dekabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

2. Nizom loyihasini tasdiqlash uchun Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash)ga kiritish.

2025-yil yanvar

6.

Yetakchi xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish, tadbirkorlik, biznes va korporativ yoʻnalishlardagi kurslarda oʻqish va sertifikat olish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini belgilash.

1. Oʻquv kurslari roʻyxatini tasdiqlash.

2. Xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish hamda jamoatchilik muhokamasi va ekspert muzokaralarni tashkil etish.

2024-yil dekabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Oliy taʼlim,

fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

3. Nizom loyihasini tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish.

2025-yil yanvar

7.

Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilash.

1. Akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari roʻyxatini tasdiqlash.

2. Nizom loyihasini ishlab chiqish, jamoatchilik muhokamasi va ekspert muzokaralarni tashkil etish.

2024-yil dekabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

3. Nizom loyihasini tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish.

2025-yil yanvar

8.

Startap loyihalarning patentlash hamda intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilash.

1. Nizom loyihasini ishlab chiqish hamda jamoatchilik va ekspert muzokaralarini tashkil etish.

2024-yil dekabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

2. Nizom loyihasini tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish.

2025-yil yanvar

3. Startap loyihalarni rivojlantirish uchun mavjud infratuzilmani yanada kengaytirish

9.

Startap loyihalar, investorlar, venchur jamgʻarmalar, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarining yagona reyestrini shakllantirish hamda ularning samarali hamkorligini taʼminlashni koʻzda tutuvchi startap loyihalar ekotizimi platformasini ishga tushirish.

Bunda Raqamli startaplar dasturining barcha bosqichlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularni qoʻllab-quvvatlash choralarini tatbiq qilish jarayonlari hamda ularga ajratilgan mablagʻlar yoʻnaltirilishi va miqdorlari, IT-park belgilagan samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish ushbu platforma orqali amalga oshiriladi.

1. Startap loyihalar ekotizimi platformasini ishlab chiqish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil dekabr

3. Startap loyihalar ekotizimi platformasini ishga tushirish.

2025-yil yanvar

10.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tajribasi asosida hududlarda IT-park filiallari uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yangi bino-inshootlar barpo etish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

manfaatdor idoralar,

mahalliy davlat hokimiyati organlari

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil yanvar

11.

Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil etish hamda yetakchi ekspert va biznes mentorlarni jalb qilgan holda startap loyihalarga uslubiy yordam koʻrsatishni nazarda tutuvchi startap studiyalar tashkil etish, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Startap-studiyalarni tashkil va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

Ijrochilar va xususiy investorlar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor idoralar,

mahalliy davlat hokimiyati organlari

2. Startap-studiyalarni tashkil etish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish.

2025-yil fevral

3. Tasdiqlangan manzilli dastur asosida bosqichma-bosqich startap-studiyalarni tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Grafik asosida 2026-yil yakuniga qadar

12.

Oliy taʼlim muassasalarida mavjud infratuzilma negizida inkubatsiya markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Inkubatsiya markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha konsepsiyani tasdiqlash.

2024-yil dekabr

Oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

oliy taʼlim muassasalari

2. Oliy taʼlim muassasalarida inkubatsiya markazlarini tashkil etish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil yanvar

3. Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq, oliy taʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich inkubatsiya markazlarini tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur mablagʻlarni ajratish.

Alohida grafik asosida 2026-yil yakuniga qadar

4. Startap loyihalarni akseleratsiya qilish va startap investitsiyalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

13.

IT-kompaniyalar, oliy taʼlim muassasalari, mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlarni jalb qilgan holda har yili startap loyihalarning akseleratsiya dasturlarini tashkil etish.

1. Akseleratsiya dasturlarini oʻtkazish, oʻqitishning ustuvor yoʻnalishlari hamda akseleratsiya dasturlarida ishtirok etuvchi startap loyihalarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor idoralar

2. Startap loyihalarning xalqaro akseleratsiya dasturlarini Oʻzbekistonga jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borish.

2025-yil aprel

3. Mahalliy va xorijiy korxona hamda tashkilotlarni hamkorlikda akseleratsiya dasturlarini tashkil etishga jalb qilish.

2025-yil may

4. Startap loyihalar uchun akseleratsiya dasturlarini tashkil etish va dasturlarga malakali trener va mentorlarni jalb qilish.

Har yili

14.

Mahalliy startap loyihalarning ilgʻor xorijiy akseleratsiya va korporativ oʻqitish dasturlarida ishtirok etishini tashkillashtirish.

1. Ilgʻor xorijiy akseleratsiya dasturlari roʻyxati va startap loyihalarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

2. IT-park tomonidan roʻyxat va nizomni tasdiqlash.

2025-yil yanvar

3. Mahalliy startap loyihalarning ilgʻor xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishini tashkillashtirish.

har yili

15.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida istiqbolli startap loyihalar dasturini oʻtkazish tartibini belgilash.

Istiqbolli startap loyihalar dasturini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil yanvar

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

16.

Davlat budjeti xarajatlarini tahlil qilgan holda ushbu xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida startap loyihalar tomonidan yechim taklif etilishi mumkin boʻlgan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha loyihalarni (takliflarni) shakllantirish.

1. Davlat budjeti xarajatlarini tarmoqlar va hududlar kesimida tahlil qilish.

2025-yil mart

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

2. Tahlil natijalari boʻyicha xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida startap loyihalar tomonidan yechim taklif etilishi mumkin boʻlgan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha loyihalar (takliflar) roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil aprel

3. Loyihalar (takliflar) roʻyxatini Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish.

2025-yil iyun

17.

IT-park huzurida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida venchur jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Jamgʻarmani tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish.

2024-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

IT-park

(Ibragimov)

2. Jamgʻarmaning ustav fondi (kapitali)ni shakllantirish va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.

3. Startap loyihalarni saralash, baholash va moliyalashtirish boʻyicha ichki hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. Venchur jamgʻarma faoliyatini ishonchli boshqaruv asosida samarali tashkil etish uchun eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan ilgʻor xorijiy kompaniyani jalb qilish.

2025-yil yanvar

18.

“UzVC” milliy venchur fondi faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “UzVC” milliy venchur fondiga 50 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlash.

2024-yil dekabr

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

2. “UzVC” milliy venchur fondiga umumiy 100 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratish yuzasidan moliyalashtirish manbalarini aniq belgilagan holda asoslantirilgan takliflarni Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish.

2025-2026-yillar

19.

Startap ekotizimi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha vazifalar monitoringini amalga oshirish.

Startap ekotizimi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha vazifalar monitoringini amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligida tegishli tarkibiy boʻlinma tashkil etish.

2024-yil dekabr

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan mazkur “yoʻl xaritasi”ga aniqlik kiritilishi mumkin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2024-y., 07/24/357/0820-son; 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son; 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son; 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)