ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish |
|||||
|
1. Oilada va taʼlim muassasalarida huquqiy tarbiyani va huquqiy madaniyatni yuksaltirish |
|||||
|
1. |
Bolalar uchun huquqiy, mantiqiy, koʻngilochar interaktiv portal — “bolahuquqlari.uz” faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, portalni bolalar uchun moʻljallangan vizual maʼlumotlar bilan boyitish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova) |
|
2. |
Oʻquvchi-yoshlarga motivatsiya berishga qaratilgan turli aksiya va boshqa tadbirlar tashkil qilish. Bunda muvaffaqiyatga erishgan yoshlar bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
- |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
3. |
Yoshlar oʻrtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Yoshlar va qonun” tanlovini tashkil qilish. |
Idoraviy hujjat |
2024-yil oktabr, 2025-yil aprel |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
4. |
Bolalar uchun moʻljallangan huquqiy mavzularda, shu jumladan, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, darslarga muntazam qatnashish, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishni targʻib qiladigan videoroliklar tayyorlash va tarqatish. |
Videoroliklar |
2024-yil oktabr, 2025-yil iyul |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova) |
|
5. |
Professional va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun taʼlim jarayonlari, stipendiya olish, yotoqxona bilan taʼminlanish, taʼlim kreditlari, toʻlov-kontrakt turlari, oʻqishdan chetlashtirish, oʻqishni qayta tiklash, akademik taʼtil olish, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy taʼlim bilan bogʻliq boshqa jarayonlarni qamrab olgan maxsus qoʻllanmani tayyorlash va elektron shaklda tarqatish. |
Qoʻllanma |
2024-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
6. |
Yoshlarning intellektual salohiyatini, bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida ular oʻrtasida “Intellektual marafon” loyihasini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr, |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
Bunda quyidagilarni qamrab olish: “Zukko kitobxon” tanlovini tashkil etish; “Zakovat” intellektual tanlovini tashkil etish; “Huquq va mantiq chizigʻi” test tanlovini tashkil etish; Shaxmat va shashka musobaqalarini tashkil etish; “Doʻstimga kitob ulashaman” aksiyasini oʻtkazish. |
2025-yil iyun |
||||
|
7. |
Maktablarda “Huquq olamiga sayohat” oʻquv dasturlarini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2025-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
8. |
Oʻquvchilar oʻrtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovini oʻtkazish. |
Tanlovlar |
2024-yil oktabr 2025-yil avgust |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova) |
|
9. |
Tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan “Islohotlarga daxldorman!” keng qamrovli targʻibot aksiyasini oʻtkazish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-yil oktabr, 2025-yil iyun |
- |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
10. |
Taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar uchun davlat ramzlarini eʼzozlash, yoshga mos huquq va burchlarni tushuntirish mavzularida ochiq darslar, oʻquv mashgʻulotlarini tizimli va uzluksiz tashkil qilish. |
Ochiq darslar, oʻquv mashgʻulotlari |
2024-2025 oʻquv yili davomida |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
11. |
“Konstitutsiya — huquqlarim poydevori” mavzusida barcha umumtaʼlim maktablarini qamrab olishga qaratilgan ijodiy insholar tanlovini tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-2025 oʻquv yili davomida |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
12. |
Taʼlim muassasalarida yoshlarni oʻz huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirishdek ezgu maqsadlar atrofida birlashtiruvchi “Huquqiy bilimlar oyligi”ni oʻtkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr, 2025-yil oktabr |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova) |
|
13. |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun “Moddalar gapiradi” nomli turkum videoroliklar tayyorlash va taʼlim muassasalariga yetkazish. |
Videoroliklar |
2024-yil noyabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova) |
|
14. |
Taʼlim muassasalarida “Konstitutsiyada yoshlar huquqlari” shiori ostida huquqiy oylik oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr-dekabr, 2025-yil noyabr-dekabr |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
15. |
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarning oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida “Idrok” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish. |
Tanlovlar |
2024-yil noyabr-dekabr, 2025-yil noyabr-dekabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
16. |
Oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida korrupsiyagʻa qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr-dekabr, 2025-yil noyabr-dekabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova) |
|
17. |
Koʻzi ojiz oʻquvchi-yoshlar uchun ularning huquqlariga oid qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning audio shakllarini tayyorlash hamda koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga yetkazish. |
Audio materiallar |
2024-yil dekabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
18. |
Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy oʻquv kurslarini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil dekabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
19. |
Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda ularda vatanparvarlik, jamiyatga daxldorlik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan “Huquq oyligi” loyihasini tashkil qilish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-yil dekabr 2025-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
20. |
Oilaviy ajrimlar, oilalardagi notinchlik, zoʻravonlikning huquqiy va bolalar tarbiyasidagi salbiy oqibatlarini yoritib beruvchi ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi telekanallar orqali tarqatish. |
Ijtimoiy videorolik |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida bitta material) |
- |
MTRK (A. Joʻraboyev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
21. |
Yoshlarda huquqshunoslik kasbiga boʻlgan qiziqishini ragʻbatlantirish, ularga huquqiy taʼlim bilan joyiga chiqqan holda tanishish imkoniyatini yaratish maqsadida yuridik taʼlim muassasalari, shu jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlarda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini oʻtkazish. |
“Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
22. |
Yoshlarning oʻz huquqlaridan xabardorlik darajasini soʻrovnomalar oʻtkazish orqali aniqlash va uning natijalariga koʻra yoshlar oʻrtasida huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan manzilli tadbirlar tashkil qilish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
23. |
“Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” gʻoyasi asosida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
24. |
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini oʻtkazib borish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
25. |
Yoshlarda huquqiy muammolarni hal qilishning amaliy koʻnikmalarini hosil qilishga qaratilgan “Street law” loyihasini ommalashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
26. |
Yoshlar oʻrtasida huquqshunoslik kasbining obroʻsi va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuygʻularini shakllantirish maqsadida maktablarda, oʻrta maxsus va professional hamda oliy taʼlim muassasalarida uchrashuvlar tashkil qilish |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
27. |
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning jamiyatdagi oʻrni, ahamiyati va mohiyatini oʻrganish maqsadida: barcha taʼlim turlari boʻyicha Konstitutsiyani oʻrganishga oid uslubiy koʻrsatmalar va boshqa didaktik vositalarni qayta koʻrib chiqish; Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha qoʻllanmalar, darsliklar va boshqa maxsus adabiyotlarni qayta nashr etish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2025-yil avgust |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish |
|||||
|
28. |
“Mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda muntazam ravishda tizimli yetkazishni Yagona huquqiy axborot almashish tizimini “Online-mahalla” platformasiga integratsiya qilish orqali yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Quranbayev) (kelishuv asosida), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
29. |
“Mahalla yettiligi” aʼzolari faoliyatiga huquqiy koʻmaklashish maqsadida ularning vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari va boshqa masalalar boʻyicha huquqiy maʼlumot beruvchi qoʻllanma tayyorlash va elektron shaklda tarqatish. |
Huquqiy qoʻllanma |
2024-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
30. |
Mahallalarda haftaning har chorshanba kuni quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Huquqiy targʻibot kuni” loyihasini oʻtkazish: aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish; ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan taʼminlash, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha tizimli huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish; kundalik hayotda eng koʻp zarur boʻladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari toʻgʻrisida huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Quranbayev) (kelishuv asosida), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
31. |
Mahalla raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini qisqa muddatli bepul oʻquv kurslarini tashkil etish orqali uzluksiz oshirib borishni nazarda tutuvchi “Mahalla huquqshunosi” loyihasini amalga oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) |
|
32. |
“Online-mahalla” platformasida “mahalla yettiligi” tomonidan kiritilgan aholining turli qatlamlari orasida koʻp uchrayotgan muammolardan kelib chiqib huquqning muayyan sohalari boʻyicha manzilli va predmetli huquqiy aksiyalar oʻtkazish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Quranbayev) (kelishuv asosida), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
33. |
Mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqalar boʻyicha huquqiy axborotni buklet, flayer, liflet va plakatlar shaklida aholiga yetkazish. |
Tarqatma targʻibot materiallari |
2024-2025-yillar davomida |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
34. |
Aholining huquqiy muammolarini mahallalarning oʻzida hal etish maqsadida “Mahalla yettiligi” aʼzolarining faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, ular uchun oʻquv-seminarlar tashkil qilish. |
Oʻquv-seminarlar |
2025-yil yanvar — mart |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Quranbayev) (kelishuv asosida) |
|
3. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish |
|||||
|
35. |
Jamiyat va davlat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilariga doimiy ravishda yetkazib berish maqsadida “Qonunchilikdagi yangiliklar” rukni ostida huquqiy videoroliklar tayyorlash. |
Huquqiy videoroliklar |
2024-yil oktabr |
- |
Vazirlik va idoralar |
|
36. |
Davlat xizmatchilari oʻrtasida “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyinini oʻtkazish. |
Intellektual oʻyin |
2024-yil noyabr, 2025-yil sentabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), “Zakovat” NNT (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar |
|
37. |
Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari va ularni tushuntirishga qaratilgan materiallar Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yetkazilishini joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
38. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy tuzilmalari binolarining kirish joylarida “Konstitutsiya burchaklari”ni tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Vazirlik va idoralar |
|
39. |
Davlat organlari va tashkilotlari uchun ijro intizomi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy qoʻllanma tayyorlash. |
Huquqiy qoʻllanma |
2024-yil dekabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
40. |
Davlat organlari va tashkilotlarining barcha boʻgʻinlari tomonidan amalga oshirilgan, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali baholash va monitoring qilish imkoniyatini yaratish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil dekabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
41. |
Davlat xizmatchilarining yangi tahrirdagi Konstitutsiya boʻyicha bilim va koʻnikmalarini kuchaytirish maqsadida onlayn oʻquv kurslarini tashkil qilish. |
Oʻquv kurslari |
2024-2025-yillar davomida |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
42. |
Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatchilarining huquqlari hamda majburiyatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bilimlarini kuchaytirishga qaratilgan: “Huquqiy bilimlar oyligi”; “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”; “Konstitutsiyaviy huquq oyligi”ni oʻtkazish. |
Idoraviy hujjat asosida huquqiy oyliklarni oʻtkazish |
2024-2025-yillar davomida (iyul, noyabr, dekabr) |
- |
Vazirlik va idoralar |
|
43. |
Mahalliy davlat organlari xodimlariga jamiyat va davlat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan “Hokimlik soatlari” tadbirlarini tashkil qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
44. |
Davlat xizmatchilarining ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro munosabatlari, huquqiy targʻibotni amalga oshirishning yangicha yondashuvlarini qamrab olgan qoʻllanma tayyorlash va elektron shaklda tarqatish. |
Qoʻllanma |
2025-yil aprel |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
4. Aholining barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini yuksaltirish |
|||||
|
45. |
Chekka va olis hududlarda yashovchi xotin-qizlar uchun “Ayollarga huquqiy madad” qoʻllanmasini bepul tarqatish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
46. |
Aholi muammolarini joyiga chiqqan holda oʻrganish, har bir fuqaroga individual yondashuvni joriy etishga qaratilgan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida aholiga huquqiy yordam berishga qaratilgan huquqiy aksiya oʻtkazish. |
Huquqiy aksiya |
2024-yil oktabr, 2025-yil may |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
47. |
Aholining davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish boʻyicha koʻnikmalarini yanada kuchaytirish, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslardan foydalanishning afzalliklari toʻgʻrisida axborot beruvchi mediamateriallar (videorolik, animatsiya, infografikalar) tayyorlash va tarqatish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
48. |
Haydovchilar va yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilari huquq hamda majburiyatlarini aks ettiruvchi, ularni qoidalarga rioya qilishga chorlovchi mediamateriallar tayyorlash va ommalashtirish. |
Mediamateriallar |
2024-yil oktabr, 2025-yil mart |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
49. |
Nogironligi boʻlgan hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ijtimoiy loyihalar, xayriya aksiyalarini oʻtkazish (“Biz birgamiz” , “Ranglar dunyosi”). |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr, 2025-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
50. |
Mahallalar bilan hamkorlikda aholining Konstitutsiya mazmun-mohiyatidan xabardorlik darajasini yanada oshirish maqsadida quyidagi huquqiy aksiyalarni oʻtkazish: “Konstitutsiya — farovon hayot tayanchi”; “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi — inson qadri uchun”; “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi — mening Konstitutsiyam”. |
Huquqiy aksiyalar |
2024-yil noyabr, 2025-yil noyabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
51. |
Aholining yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga oid bilimlarini kuchaytirish va sinovdan oʻtkazish maqsadida qatnashish ixtiyoriy boʻlgan umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish. |
Tanlov |
2024-yil dekabr, 2025-yil dekabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
52. |
Davlat va jamoat arboblari, sanʼatkorlar, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga oid munosabatlarini joylashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil dekabr, 2025-yil dekabr |
- |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
|
53. |
Aholiga kundalik hayotda zarur boʻlgan huquq va majburiyatlarini oddiy, sodda va xalqchil tilda tushuntirish boʻyicha huquqiy targʻibot materiallari paketini (annotatsiya, videorolik, infografika va boshqa koʻrgazmali materiallar) tayyorlash hamda ularni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikkitadan material) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
54. |
Aholining turli qatlamlari uchun zarur boʻlgan huquqiy maʼlumotlarni sodda shaklda tushuntirish boʻycha “10 savolga 10 javob, muhim 5 qoida” ruknlari doirasida turkum maqolalar tayyorlash va tarqatish. |
Huquqiy maqolalar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikkitadan material) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
55. |
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, shu jumladan, yoshlar, xotin-qizlar uchun qonunchilikda berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtincha bir martalik ish bilan band boʻlish, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha kompleks targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. |
Kompleks targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
56. |
Aholi oʻrtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni yanada mustahkamlashni targʻib qilishga qaratilgan kompleks targʻibot tadbirlarini tashkil qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda tegishli maʼlumotlarni infografika va komiks shaklda aholiga yetkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
57. |
“1008” ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va uning natijasiga koʻra manzilli va predmetli huquqiy targʻibotni amalga oshirish uchun targʻibot materiallarini tayyorlash va masʼul davlat organlariga yetkazgan holda, aholiga qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻrish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
58. |
Xorijiy davlatlarda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar, ayniqsa, yoshlar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari, odam savdosi girdobiga tushib qolmaslik toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
59. |
Fuqarolar oʻrtasidagi oʻzaro muammolarni faqat huquqiy vositalar yordamida hal etish, oʻzboshimchalik bilan oʻzgalarning huquq va erkinliklariga daxl qilmaslik hamda bunday holatlarning oldini olish boʻyicha kompleks targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. |
Kompleks targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
60. |
Yil yakunlari boʻyicha aholidan eng koʻp kelib tushgan murojaatlar asosida “TOP-100” huquqiy tavsiya va maslahatlarni turli koʻrinishlarda keng jamoatchilikka taqdim etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil dekabr, 2025-yil dekabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
61. |
Davlat va jamiyat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy targʻibot materiallari paketlarini davlat organlari va tashkilotlariga yetkazgan holda aholi oʻrtasida tadbirlar tashkil qilish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
62. |
Aholini turli huquqbuzarliklar, xususan, firibgarlik, tovlamachilik, oʻgʻirlikning jabrlanuvchisi boʻlib qolishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
- |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
63. |
Mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha har bir mahallaning toifasidan kelib chiqqan holda, har choraklik mahallabay dasturlar asosida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida |
- |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
64. |
Nizoli oilalar tomonidan oilaviy munosabatlar doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida “Turmush” maxsus profilaktik tadbirlarini oʻtkazish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida |
- |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
65. |
Aholida, ayniqsa, yoshlarda turli yot gʻoyalarga, shu jumladan, ekstrimizm, terrorizm, giyohvandlik va boshqa illatlarga qarshi kuchli mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
- |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Hasanov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
66. |
Aholi oʻrtasida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun muhim omil ekanligini tushuntirish boʻyicha manzilli targʻibot tadbirlarini tashkil qilish, bunda koʻrgazmali materiallardan keng foydalanish, mavzu doirasida mediamateriallar tayyorlash va tarqatish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida ikki marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
67. |
Aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, bu boradagi davlat dasturlari, yoshlar tadbirkorligi, tadbirkorlik faoliyati uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar boʻyicha manzilli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish, bunda koʻrgazmali materiallardan keng foydalanish, mavzu doirasida mediamateriallar tayyorlash va tarqatish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
68. |
Jazoni ijro etish muassasalarida “Huquq va men”, “Jinoyat olamidan qaytish” nomli maʼrifiy-huquqiy mashgʻulotlarni oʻtkazish. |
Maʼrifiy-huquqiy mashgʻulotlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida bir marotaba) |
- |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Hasanov) |
|
69. |
“Yoshlar huquqi”, “Yoshlarga huquqiy maslahatlar”, “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun huquqiy toʻplam” va “Tadbirkorlar uchun maslahatlar” kabi qoʻllanmalar tayyorlash va tarqatish. |
Huquqiy qoʻllanmalar |
2025-yil mart |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish |
|||||
|
70. |
Aholining barcha qatlamlari uchun moʻljallangan, kundalik hayotda eng zarur boʻlgan huquqiy bilimlarni mustaqil oʻrgatish boʻyicha mobil ilova yaratish. |
Mobil ilova |
2024-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
71. |
Maktab oʻquvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishiga qaratilgan koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalari, videoroliklar, kompyuter oʻyinlari va mobil ilovalar yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi, (A. Tashkulov) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
72. |
“Advice.uz” huquqiy axborot portali va “Gender-madad” platformasining muntazam ravishda yuritilishi va amaldagi qonunchilikka muvofiq yangilab borilishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar davomida |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
73. |
Ijtimoiy tarmoqlar orqali, shu jumladan, “Huquqiy axborot” telegram kanalida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan, kanalda berib borilayotgan maʼlumotlar asosida huquqiy test savollarini oʻz ichiga olgan onlayn “Sovrinli viktorina” oʻtkazish. |
Onlayn viktorina |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
74. |
Aholining kundalik hayotidagi muammolariga jonli javob berish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda, telegram orqali aholini qiziqtirgan masalalar boʻyicha soha mutaxassislari ishtirokida ovozli suhbatlar (audiopodkast) oʻtkazish. |
Ovozli suhbatlar (audiopodkast) |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
75. |
“test.adliya.uz” platformasi orqali aholining huquqiy bilimlarini doimiy ravishda sinovdan oʻtkazib borish. |
Test sinovlari |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
76. |
Huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz rivojlantirib borish hamda ularni metodik taʼminlashga qaratilgan Adliya vazirligining maxsus elektron platformasini yaratish. |
Elektron platforma |
2025-yil yanvar |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi, (A. Tashkulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova) |
|
77. |
“yurkitob.uz” huquqiy platformasini aholining keng qatlami, shu jumladan, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun moʻljallangan huquqiy adabiyotlar bilan boyitish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2025-yil yanvar |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
78. |
“Advice.uz” huquqiy axborot portalidan 24/7 rejimida foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida portalga sunʼiy intellekt tizimini joriy etish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2025-yil mart |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish |
|||||
|
79. |
Huquqiy maʼlumotlarni yoritishda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun oʻquv-seminarlar tashkil qilish. |
U quv-seminarlar |
2024-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) (kelishuv asosida) |
|
80. |
Bolalarga huquqiy tarbiya va odob-axloqning boshlangʻich qoidalarini oʻrgatish boʻyicha turli koʻrinishdagi teleloyihalarni amalga oshirish. |
Teleloyihalar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida ikkitadan material) |
- |
MTRK (A. Joʻraboyev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja) (kelishuv asosida) |
|
81. |
Aholining qonunchilikdagi yangiliklar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlardan xabardorligini oshirish maqsadida “Huquqiy axborot”, “Huquqiy daqiqa” radioloyihalarini amalga oshirish. |
Radioloyihalar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida ikkitadan material) |
- |
MTRK (A.Joʻraboyev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja) (kelishuv asosida), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
82. |
Aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqalar boʻyicha koʻrsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish. |
Koʻrsatuvlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida ikkitadan material) |
- |
MTRK (A.Joʻraboyev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja) (kelishuv asosida), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
83. |
Jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning shaxsiy rivojlanish hamda jamiyat taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishiga oid teledasturlar tayyorlash va efirga uzatish. |
Teledasturlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida ikkitadan material) |
- |
MTRK (A. Joʻraboyev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja) (kelishuv asosida), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
84. |
Hafta davomida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining qisqacha mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali keng tarqatish. |
Videoroliklar |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikkitadan material) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), MTRK (A. Joʻraboyev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja) (kelishuv asosida) |
|
85. |
Davlat va jamiyat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlari hamda huquqiy islohotlar boʻyicha matbuot anjumanlari va brifinglar tashkil qilish. |
Brifing va matbuot anjumanlari |
2024-2025-yillar davomida (har oyda kamida ikki marotaba) |
- |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) (kelishuv asosida), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), MTRK (A. Joʻraboyev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja) (kelishuv asosida) |
|
86. |
Ijtimoiy tarmoqlarda va aholi oʻrtasida keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan ijtimoiy hodisalarning huquqiy asoslarini yoritib berishga qaratilgan videopodkastlar tashkil qilish va ularni ommalashtirish. |
Videopodkastlar |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda kamida bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
87. |
Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy qoʻllanma tayyorlash. |
Huquqiy qoʻllanma |
2025-yil iyun |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) (kelishuv asosida) |
|
IV. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish |
|||||
|
88. |
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishlari samaradorligini ilmiy tadqiq etish va tavsiyalar ishlab chiqish. |
Tadqiqot va tahlillar |
2024-yil dekabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
89. |
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oʻrganish uchun soʻrovnomalar oʻtkazish. |
Soʻrovnoma |
2024-yil dekabr, 2025-yil iyun |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Raximova) |
|
90. |
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni onlayn monitoring qilgan holda baholash va natijasi boʻyicha Oliy Majlis Senati va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2024-2025-yillar davomida (har yarim yillik yakunlari boʻyicha) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
91. |
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda, telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida huquqiy axborotni yetkazish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazish va soʻrovnoma natijasiga koʻra axborot tarqatishni yoʻlga qoʻyish. |
Soʻrovnoma |
2024-2025-yillar davomida (har chorakda bir marotaba) |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
92. |
“Aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. |
Konferensiya |
2025-yil fevral |
Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
93. |
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning zamonaviy yondashuvlari, yangicha uslublar va boshqa masalalarni qamrab olgan davra suhbatlari tashkil qilish. |
Davra suhbati |
2025-yil aprel |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), vazirlik va idoralar |
|
94. |
Huquqshunoslikning dolzarb masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish. |
Tadqiqot ishlanmalari |
2025-yil iyun |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
95. |
Yuridik taʼlim va huquqiy xizmat koʻrsatish sohalarini huquqiy texnologiyalarni qoʻllash orqali rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish. |
Tadqiqot va tahlillar |
2025-yil sentabr |
- |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |