Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlaridagi harbiy xizmat (xizmat) nufuzini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, mazkur tizimlarining ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar va xodimlarning harbiy va maxsus unvonlardagi xizmat muddatlari harbiy xizmatda (xizmatda) boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga muvofiqligini taʼminlash zarurati mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining harbiy xizmatchi va xodimlari lavozimlarini yuksak kasbiy tayyorgarlik va katta tajribaga ega boʻlgan ofitserlar bilan butlash ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-avgust,
PQ-296-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-avgustdagi PQ-296-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 35-bandi yettinchi — oʻninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“katta leytenant” — uch yil;
“kapitan” — toʻrt yil;
“mayor” — besh yil;
“podpolkovnik” — olti yil”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomning 31-bandi oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bojxona xizmati katta leytenanti” — uch yil;
“bojxona xizmati kapitani” — toʻrt yil;
“bojxona xizmati mayori” — besh yil;
“bojxona xizmati podpolkovnigi” — olti yil”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 226-bandi toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“katta leytenant” harbiy unvonida — uch yil;
“kapitan” harbiy unvonida — toʻrt yil;
“mayor” harbiy unvonida — besh yil;
“podpolkovnik” harbiy unvonida — olti yil”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi PQ-5089-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandi yettinchi — oʻninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“katta leytenant” — uch yil;
“kapitan” — toʻrt yil;
“mayor” — besh yil;
“podpolkovnik” — olti yil”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)