06.08.2024 yildagi PQ-283-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi sanoatining rivojlanish barqarorligini rag‘batlantirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardoshligi va innovatsion faolligini oshirish, mintaqaviy va xalqaro qo‘shilgan qiymat zanjirlariga ulanish hamda qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2023-yil 9-noyabrda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi Bitim imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi 1-ilovaga muvofiq 50 gektar sug‘oriladigan yer uchastkasini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 1-ilovadagi yer uchastkasida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi o‘rinlarda — “Markaz”) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz hududining chegaralari tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz faoliyatini boshqarish “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasiga (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik qonunga muvofiq uzaytirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati davomida uning ishtirokchilariga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz hududiga sanoat korxonalarini ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali sanoat kooperatsiyasi kengaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yagona darcha”, interaktiv mexanizmlarga asoslangan bojxona, sertifikatlashtirish, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank va valyuta ayirboshlash, uyali aloqa, shuningdek, mijozlar uchun tibbiyot, mehmonxona, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda boshqa xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz hududida faqat O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqarish sertifikati nazorati ostida realizatsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar tomonidan Markaz hududida ishlab chiqarish faoliyati O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Markaz hududiga alohida nazorat o‘tkazish punkti orqali harakatlanish hujjatlari asosida o‘tadi va ularga faqat kirgan nazorat o‘tkazish punkti orqali ortga qaytishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz hududida shaxslar, transport vositalari va yuklar erkin harakatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qozog‘iston Respublikasi va ushbu davlat orqali tashrif buyuruvchi chet el fuqarolari uchun Markaz hududiga maxsus nazorat o‘tkazish punkti orqali vizasiz tartibda, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish, 15 kun mobaynida hududda bo‘lish va kirgan nazorat punkti orqali chiqish imkoniyati yo‘lga qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sirdaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Markaz bosh rejasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh rejani ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolariga asosan aniqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh rejani ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar Sirdaryo viloyati mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi, Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2026-yil 1-yanvarga qadar mazkur qaror bilan yer fondi toifasi o‘zgartirilayotgan yer uchastkasining ikki baravari miqdorida yangi yer uchastkalari o‘zlashtirilishini hamda sug‘oriladigan yerlar toifasiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Markaz hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion savdolari orqali, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmonining 3-bandida belgilangan tartibda bosqichma-bosqich ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma obyektlarini qurish ishlari elektron onlayn auksiondan tushgan mablag‘lar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha buyurtmachi vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sirdaryo viloyati hokimligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zbektelekom” AK, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda Markazning tasdiqlangan bosh rejasiga asosan 2024-2025-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi bilan ta’minlash lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bilan birgalikda Markaz hududini xavfsizlik infratuzilmasi bilan ta’minlash bo‘yicha texnik shart va asoslarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zbektelekom” AK va “O‘zsuvta’minot” AJ Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi obyektlarining ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng to‘rt oy muddatda amalga oshiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin, o‘rnatilgan tartibda kelishish ishlarini yakunlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ikki oy muddatda Markaz hududini qo‘riqlash, jamoat tartibini saqlash hamda chegara va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun talab etiladigan shaxsiy tarkib shtat birligini umumiy shtat birliklari hamda ish haqi fondi doirasida belgilash hamda moddiy-texnik jihatdan ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kadastr agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda yer uchastkalarining mazkur qarorga asosan yangi maqsadlar uchun ajratilishiga, shuningdek, yangi yerlarning sug‘oriladigan yerlar toifasiga kiritilishiga ko‘ra Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobotga tegishli o‘zgartirishlar kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy davlat nazorati o‘rnatilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov hamda Sirdaryo viloyati hokimi A.A. Mahmudaliyev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 6-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-283-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-avgustdagi PQ-283-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasi uchun ajratiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hudud manzili va uning chegaralari

Kontur raqami

Yer maydoni

(ga)

Shundan:

Tuproq ball boniteti

O‘zgartirishga taklif etilayotgan yer maydoni toifasi

Taklif etilayotgan foydalanish maqsadi

sug‘oriladigan yerlar

boshqa yerlar

Sirdaryo tumani,

“Elobod” MFY

403,

404,

405

50,0

50,0

-

67,0

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar

Erkin iqtisodiy zona tashkil etish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-avgustdagi PQ-283-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasi uchun ajratiladigan yer uchastkalari chegaralarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud va uning chegaralari tavsifi

Maydoni (ga)

Sirdaryo tumani, “Elobod” MFY, Sindarobod massivi

1.

G‘arb tomondan

1-nuqta

40°50'0,588''N, 68°34'30,918''E

50,0

2-nuqta

40°49'46,55''N, 68°34'30,525''E

2.

Janub tomondan

3-nuqta

40°49'46,55''N, 68°34'30,525''E

4-nuqta

40°49'32,982''N, 68°33'49,475''E

3.

Sharq tomondan

5-nuqta

40°49'32,982''N, 68°33'49,475''E

6-nuqta

40°50'6,575''N, 68°33'49,932''E

4.

Shimol tomondan

7-nuqta

40°50'6,575''N, 68°33'49,932''E

8-nuqta

40°50'0,588''N, 68°34'30,918''E

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 07/24/283/0587-son)