22.05.1998 yildagi 225-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, respublikada tashqi iqtisodiy aloqalar, xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 27-apreldagi F-840-son Farmoyishiga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini oʻrganib chiqqan Komissiyaning xulosa va takliflari eʼtiborga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, 1998/99 oʻquv yilidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar qabul qilish respublikada oliy oʻquv yurtlari uchun belgilangan tartibda, test sinovlarining reyting natijalari asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlarini, universitetda oʻquv jarayonining sifatli tashkil etilishi uchun shart-sharoitlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Belgilangan umumiy qabul rejasining 50 foizi davlat grantiga, 50 foizi shartnoma asosida qabul qilinayotgan talablarga ajratiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich kursga talabalar qabul qilish va oʻqitish tugatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini talabalikka shartnoma asosida qabul qilishda toʻlovlarni boshqa davlatlar valyutasida amalga oshirish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasarrufiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet rektori vazifasi Tashqi ishlar vaziri zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, 1998/99 oʻquv yilidan boshlab bakalavriatda oʻqish muddati — 5 yil, magistraturada — 2 yil etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetga 1998/99 oʻquv yiligacha qabul qilingan talabalar mavjud boʻlgan shartnomalar asosida 4 yillik bakalavriat oʻquv dasturlari boʻyicha tayanch oliy taʼlim oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda universitetning taʼlim yoʻnalishlarini, mutaxassisliklari boʻyicha malaka tavsifnomalarini, oʻquv rejasi va dasturlarini qayta ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqishda har tomonlama chuqur bilimga ega boʻlgan malakali, zamonaviy talablarga javob beradigan, boy milliy va umuminsoniy qadriyatlarni oʻzlashtirgan, oʻz Vatani va xalqiga sodiq mutaxassislarni tayyorlash eng muhim vazifa deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi bilan birgalikda boʻlajak test sinovlarini yuksak saviyada oʻtkazish uchun zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda universitetning Ustavini qayta ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi ishlar vazirligi universitetning professor-oʻqituvchilari tarkibini muntazam mustahkamlab borish, pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi (Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi) bilan birgalikda 1998-yil 1-iyulga qadar universitetning professor-oʻqituvchilarini attestatsiyadan oʻtkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 1998/99 oʻquv yilidan boshlab kadrlarga buyurtma beruvchi asosiy tashkilotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tizimidagi yuqori malakali mutaxassislarni universitetning oʻqitish jarayoniga jalb etish amaliyoti joriy qilinsin va rivojlantirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Universitetda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha chet tillarda keng mavzuda maʼruzalar oʻqitish va maxsus kurslarni oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar elchixonalari va vakolatxonalarining malakali mutaxassislarini taklif etish nazarda tutilsin va qoʻllab-quvvatlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi muntazam ravishda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining moddiy-texnika bazasini zamonaviy dasrliklar va oʻquv adabiyotlari, kompyuterlashtirilgan oʻquv dasturlari va boshqa texnik vositalar bilan mustahkamlashni budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan taʼminlasinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-oktabrdagi 491-son qarorining 10-bandi va 7-bandining universitet rahbariyatiga talablar qabulini tashkil etish, oʻquv rejasi va dasturlarini, shtat jadvalini mustaqil ravishda tasdiqlash huquqini berishga oid qismi hamda Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 526-son, 1994-yil 2-martdagi 111-son, 1995-yil 31-maydagi 195-son, 1995-yil 20-iyundagi 231-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining moliyaviy taʼminotiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 22-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225-son