25.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3535
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 25.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3535
Kuchga kirish sanasi
26.07.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (11-sonli BHMS) “Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xarajatlar”ni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3535]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (11-sonli BHMS) “Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xarajatlar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 3-dekabrda 64-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (11-son BHMS) “Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlar” (roʻyxat raqami 581, 1998-yil 28-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 6-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137-son

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 137-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (11-sonli BHMS) “Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xarajatlar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Buxgalteriya hisobi milliy standarti (11-sonli BHMS) (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur BHMSning maqsadi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilashdan iborat. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlarni hisobga olishning asosiy masalasi bu xarajatlarni aktiv yoki xarajat sifatida tan olishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur BHMSda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari — yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va gʻoyalarni olish maqsadida oʻtkaziladigan original (oʻziga xos) va rejali izlanishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba-konstruktorlik ishlari — yangi yoki jiddiy tarzda yaxshilangan materiallar, mexanizmlar, mahsulotlar, texnologiyalar, tizimlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlarida foydalanishdan oldin rejalashtirish yoki loyihalashtirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini yoki boshqa bilimlarni qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur BHMS qazib olish tarmoqlarida neft, gaz, mineral konlarni qidirish va ularni ishlatish boʻyicha xarajatlarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Biroq, mazkur BHMS ushbu tarmoqlardagi boshqa ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Budjet, banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) shartnomaga muvofiq boshqa tashkilot uchun ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma shartlarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha xatarlar va foydalar boshqa tashkilotga oʻtkazilishi nazarda tutilgan boʻlsa, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajaradigan tashkilot xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (roʻyxat raqami 3259, 2020-yil 30-iyun) va Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (17-sonli BHMS) “Kapital qurilishning pudrat shartnomalari”ga (roʻyxat raqami 3533, 2024-yil 23-iyul) muvofiq hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xatarlarni zimmasiga oladigan va keladigan daromadlarni oladigan tashkilot ushbu xarajatlarni mazkur BHMSga muvofiq hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining turlari va ular boʻyicha xarajatlar tarkibi hisob siyosatida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlariga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yoki faoliyatning ushbu turlariga kiritilishi mumkin boʻlgan barcha xarajatlar qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga quyidagi xarajatlar qoʻshiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bilan band boʻlgan xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar boʻyicha xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarida foydalaniladigan materiallar va xizmatlar qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarida foydalaniladigan asosiy vositalarning eskirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ustamalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarida foydalanish darajasidan kelib chiqib hisoblanadigan patentlar va litsenziyalar amortizatsiyasi koʻrinishidagi boshqa xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlariga realizatsiya xarajatlari kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarini tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha xarajatlar shu xarajatlar amalga oshirilgan hisobot davrida xarajat sifatida tan olinadi va keyingi davrlarda aktiv sifatida tan olinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xarajatlar, agarda ular mazkur BHMSning 12-bandida koʻrsatilgan aktivlarni tan olish mezonlariga javob bermasa, shu xarajatlar amalga oshirilgan hisobot davrida xarajat sifatida tan olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlab xarajat sifatida tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xarajatlar keyingi hisobot davrlarida aktivlar sifatida tan olinmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xarajatlar quyidagi mezonlarga javob berganda, aktiv sifatida tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yoki jarayon aniq belgilangan, mahsulot yoki jarayonga tegishli xarajatlar esa alohida aniqlanishi va ishonchli tarzda baholanishi mumkin boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yoki jarayonni amalga oshirishni texnik imkoniyati mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba-konstruktorlik ishlari natijasida olingan mahsulot yoki texnologiya ishlab chiqarish, sotish yoki undan foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba-konstruktorlik ishlari natijasida olingan mahsulot yoki texnologiya uchun bozor mavjud boʻlsa yoxud tashkilot tomonidan foydalanilgan taqdirda, u tashkilotga foyda keltirishi haqida ishonch mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yoki texnologiya loyihasini nihoyasiga yetkazish va bozorga chiqarish yoxud uning qoʻllanilishi uchun yetarli resurslar va imkoniyatlar mavjud boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Aktiv sifatida tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlarining xarajatlari quyidagilar chiqarib tashlangandan keyin ular boʻyicha kelgusidagi daromadlar miqdoridan oshmasligi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba-konstruktorlik ishlariga kelgusidagi xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli ishlab chiqarish xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotni realizatsiya qilishda bevosita amalga oshirilgan maʼmuriy xarajatlar va realizatsiya xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Loyihaning tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xarajatlari aktiv tushunchasiga javob berishi mumkin, lekin bu xarajatlar tashkilot tomonidan ana shu xarajatlar natijasida kelgusida iqtisodiy naf olishini aniqlash uchun yetarli boʻlmaganligi sababli aktiv sifatida tan olish mezonlariga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xarajatlar shu xarajatlar amalga oshirilgan hisobot davrida xarajat sifatida tan olinadi va keyingi davrlarda aktiv sifatida tan olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining amortizatsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Aktiv sifatida tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining summasi amortizatsiya qilinishi va muntazamlilik asosida xarajat deb tan olinishi kerak. Bunda, tashkilot amortizatsiyani hisoblashda quyidagilarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yoki texnologiyani sotish yoxud undan foydalanishdan keladigan daromadlar yoki boshqa manfaatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yoki texnologiyani sotish yoxud undan foydalanish koʻzda tutilgan davrga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amortizatsiya tajriba-konstruktorlik ishlari natijasida olingan mahsulot yoki texnologiya sotishga yoki foydalanishga tayyor boʻlgan paytdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Aktiv sifatida tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining amortizatsiya qilinadigan summasi quyidagilarning eng kam muddati davomida taqsimlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivning xizmat muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktiv tan olingan vaqtdan boshlab besh yil davomida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ayrim hollarda tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar natijasida olingan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan boshqa aktivlarni ishlab chiqarishda sarflanib ketadi va xarajat sifatida tan olinmaydi. Bunda, mazkur xarajatlar amortizatsiyasi boshqa aktiv qiymatining bir qismini tashkil etadi va balans qiymatiga qoʻshiladi. Masalan, ilgari aktiv sifatida tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari ishlab chiqarilgan materiallari qiymatiga qoʻshilishi mumkin. Boshqa aktivlarning balans qiymatiga kiritilgan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari mazkur aktivlarning boshqa xarajatlari bilan bir vaqtda tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining kamaytirilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Loyiha boʻyicha tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari summasini tajriba-konstruktorlik ishlariga kelgusidagi xarajatlarni, tegishli ishlab chiqarish xarajatlarini, maʼmuriy xarajatlarni va mahsulot yoki texnologiyani bevosita realizatsiya qilish xarajatlarini, kelgusi daromadlar hisobidan qoplanishi mumkin boʻlmagan xarajatlarni hisobga olib, amortizatsiya qilinmagan qoldiq miqdorigacha kamaytirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlarni amortizatsiya qilinmagan qoldigʻi, mazkur BHMSning 12-bandida keltirilgan aktiv sifatida tan olish mezonlariga javob bermasa, hisobdan chiqariladi. Toʻla yoki qisman hisobdan chiqarilgan summa mazkur qisman yoki toʻla hisobdan chiqarish amalga oshirilgan davrda xarajat deb tan olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur BHMSning 18-bandiga muvofiq qisman yoki toʻla hisobdan chiqarilgan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari, ularni toʻla yoki qisman hisobdan chiqarishga sabab boʻlgan hodisa yoki holat mavjud boʻlmay qolganda yoxud kelgusida aktiv sifatida tan olishga sabab boʻladigan yangi hodisa hamda holat vujudga kelishiga ishonchli dalil mavjud boʻlganda, qaytadan tiklanishi lozim. Qayta tiklangan summani, mazkur BHMSning 13-bandiga muvofiq toʻla yoki qisman hisobdan chiqarilmagan boʻlsa, amortizatsiya sifatida tan olinishi mumkin boʻlgan summaga kamaytirish kerak. Qayta tiklangan summani shu davr xarajati sifatida tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining kamaytirilgan summasi sifatida tan olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Moliyaviy hisobotlar quyidagilarni yoritib berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar uchun qabul qilingan hisob siyosatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida xarajat sifatida tan olingan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar miqdorini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilgan amortizatsiya usullarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivning qabul qilingan foydali xizmat muddati yoki amortizatsiya meʼyorlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrining boshida va oxirida tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining amortizatsiya qilinmagan qoldigʻi. Bunda, quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur BHMSning 12-bandiga muvofiq aktiv sifatida tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur BHMSning 15 va 18-bandlariga muvofiq xarajat deb tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa aktivlar schyotlariga oʻtkazilgan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur BHMSning 19-bandiga muvofiq qayta tiklangan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 10/24/3535/0559-son)