18.07.2024 yildagi PF-102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz hududlarida yangi turizm industriyasi obyektlarini koʻpaytirish orqali qulay sayohat qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jahon bozorida milliy turizm mahsulotlarini faol targʻib qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, ichki turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish, transport logistikasidagi mavjud muammolarni hal etish, shuningdek, sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, turizm sohasida qulay tadbirkorlik muhitini yaratish va turizm xizmatlari eksportini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yil 1-sentabrdan boshlab kirish turizmi faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan turoperatorlarni xorijiy mamlakatlardan respublikaga turistlarni olib kelishda aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan respublika tijorat banklari orqali 10 million AQSH dollari ekvivalentida milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi ochiladi. Bunda:
(1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PF-263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 3 foizdan oshmagan miqdorda oʻrnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

kredit mablagʻlari turoperatorlarga 2 yillik imtiyozli davr (foiz va asosiy qarzdan) bilan 10 yil muddatga ajratiladi;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklariga resurslar 3 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-avgustga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyxatga olinib, litsenziyaga ega boʻlgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yigʻimini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu transport vositasi import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidan tashqarida foydalanilganligi, boshqa shaxslarga sotilganligi yoki oʻtkazilganligi yoxud ijaraga berilganligi aniqlangan taqdirda, bojxona boji va utilizatsiya yigʻimi toʻliq hajmda import qilgan shaxsdan undirib olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2025-yil 1-avgustga qadar turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan yangi ishlab chiqarilgan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtobus va haydovchidan tashqari sakkiz va undan ortiq oʻrindiqlarga ega boʻlgan mikroavtobuslar uchun taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qilingan avtobuslar va mikroavtobuslar import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida boshqa shaxsga sotilgan yoki oʻtkazilgan yoxud ijaraga berilgan taqdirda, taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda bojxona boji belgilangan tartibda toʻliq hajmda import qilgan shaxsdan undirib olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) tomonidan roʻyxati shakllantiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida turizm sohasidagi tadbirkorlar, hunarmandlar, madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etadi. Bunda, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro turizm yarmarka va koʻrgazmalari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetidan 1 milliard soʻmdan kam boʻlmagan mablagʻlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat boshlaganiga 3 yildan koʻp boʻlmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarka va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatining 50 foizi Turizm qoʻmitasining budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hunarmandlarning xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi, ularda namoyish etiladigan mahsulotlarini tashish va aviachipta xarajatlarining 50 foizi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni rivojlantirish boʻyicha respublika jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni rivojlantirish boʻyicha mahalliy jamoatchilik kengashlarining (keyingi oʻrinlarda — mahalliy kengash) namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Turizm qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasining turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi milliy turizm brendini (tanitish belgisi) yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing va brending konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining yangi milliy turizm brendi (keyingi oʻrinlarda — turizm brendi)ni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm brendining maqsadli bozorlar (auditoriya) talablaridan kelib chiqib, xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekistonning tarixiy, madaniy, gastronomik, tibbiy va sogʻlomlashtirish, arxeologik, ekologik va ekstremal kabi turizmning turlari toʻgʻrisida kontentlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy marketing texnologiyalaridan, shu jumladan xalqaro media va ijtimoiy platformalar, butunjahon sport, madaniyat va sanʼat tadbirlari maydonidan foydalangan holda turizm brendini targʻib qilish tizimini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Turizm qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-oktabrga qadar yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2024-yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik mediakampusini tashkil qilsin;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-2025-yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq boʻlgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan turoperatorlarning oʻz mahsulotlarini targʻib qilish maqsadida respublikaga olib kelgan mashhur xorijiy blogerlarning (auditoriyasi 1 milliondan kam boʻlmagan) yashash xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mashhur blogerlarni olib kelish boʻyicha sarf-xarajatlar smetasi Turizm qoʻmitasi bilan oldindan kelishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Respublika kengashi har chorakda kamida bir marotaba, mahalliy kengashlar har oyda bir marotaba turizm sohasi subyektlari faoliyati, turizm infratuzilmasi va transport logistikasi sohalarida vujudga kelayotgan muammolarni koʻrib chiqib, ularni bartaraf qilish va mavsum oldi tayyorgarlik koʻrish hamda oldindan xabar berish tartibi asosida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2025-yil 1-yanvardan boshlab kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi boʻlgan uch kundan kam boʻlmagan biznes tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlari 2028-yil 1-yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda soligʻini ushbu soliq boʻyicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Turizm qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda milliy turizm delegatsiyasi ishtirok etishi lozim boʻlgan koʻrgazmalar roʻyxatini qayta koʻrib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda faoliyat boshlaganiga 3 yildan koʻp boʻlmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarka va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatining 50 foizini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab berish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda 2024-yil 1-dekabrga qadar xorijiy mamlakatlar kesimida xalqaro turizm koʻrgazmalarida namoyish qilish uchun madaniy, gastronomik va hunarmandchilik kontentini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2025-yildan boshlab har yili xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalari uchun mahalliy budjetdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlariga taqdimnoma kiritgan holda 1 milliard soʻmdan kam boʻlmagan mablagʻlar ajratib borish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ikki oy muddatda xalqaro festivallarda qatnashadigan hunarmandlarga pavilyon ijarasi, ularda namoyish etiladigan mahsulotlarini tashish hamda aviachipta xarajatlarining 50 foizini Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qoplab berish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev) ikki oy muddatda turoperatorlarga aylanma mablagʻ uchun eksport oldi moliyalashtirishga 50 million dollargacha resurs ajratish va uni maqsadli ishlatish tartibini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Turizm qoʻmitasi Strategik islohotlar agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-dekabrga qadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda “Mavjud turizm mahsulotlarini taqdim etish” modelidan “Mijozga nima kerak” modeliga oʻtishning qisqa muddatli konsepsiyasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sayyohlarning fikrini oʻrganish maqsadida xalqaro aeroportlar, chegara oʻtkazish punktlari va turizm namoyishi obyektlarida QR-kod asosida soʻrovlar oʻtkazib borilishi nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024-yil 1-dekabrga qadar yurtimizdagi barcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platformani ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avia, temir yoʻl va avtobus chiptalarini tabaqalashtirilgan narxlarda kamida olti oy oldin savdoga chiqarish tizimini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navroʻz umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni, Yangi yil bayrami va Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) hamda Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida respublika hududlarini bogʻlovchi qoʻshimcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda mahalliy va xorijiy fuqarolarni transport va turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor qilish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar, jumladan, ochilayotgan yangi reyslar, reyslardagi yuklamalar, shakllantirilayotgan yangi avia va temir yoʻl marshrutlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-245-son qarorining 3-ilovasi bilan master-rejalar ishlab chiqiladigan 20 ta tuman (shahar)larning roʻyxati tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Belgilansinki, master-rejalar ishlab chiqiladigan hududlarda yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablagʻlar birinchi navbatda Jamgʻarma xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari S. Saʼdullayev master-rejalar ishlab chiqiladigan 20 ta tuman (shahar) hududlarida infratuzilmani rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni moliyalashtirish uchun masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi master-rejalar ishlab chiqiladigan 20 ta tuman (shahar) hududlarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2024-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 100 milliard soʻm ajratsin;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturida 132 milliard soʻm ajratish koʻzda tutilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Turizm qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda biznes turizmini (MICE) rivojlantirish uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi bir oy muddatda Moʻynoq va Parkent tumanlarida ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda kichik biznesga tayyor joyni qurib taklif qilish tizimini yaratish boʻyicha takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 18-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-102-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Turizmni rivojlantirish boʻyicha respublika jamoatchilik kengashi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Jamoatchilik kengashi raisi

2.

G.B. Israilova

Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari

4.

Z. Pololikashvili

Birlashgan Millatlar Tashkilotining turizm bosh kotibi

5.

S. Ibbotson

Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi

6.

Z. Tongqian

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori

7.

Yu. Mizumori

Turizm qoʻmitasining Yaponiyadagi turizm vakili

8.

O. Q. Norinboyev

Oʻzbekiston geografiya jamiyati raisi

9.

F.A. Abdullayeva

Oʻzbekiston mehmonxonalar uyushmasi raisi

10.

A.X. Umarov

Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi raisi

11.

T.D. Musin

Oʻzbekiston restoratorlar va otelyerlar uyushmasi raisi

12.

D.R. Urakov

Oʻzbekiston “Hunarmand” uyushmasi rahbari v.b.

13.

Sh.M. Saibov

Oʻzbekiston turizm transporti uyushmasi raisi

14.

M.S. Sultanova

Oʻzbekiston sotsial turizm uyushmasi raisi

15.

L.Yu. Kozlovskiy

Oʻzbekiston ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi raisi

16.

M.S. Saydaminov

“Orient voyages” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori

17.

Z.A. Butayev

“Samarkand touristic centre” masʼuliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori

18.

M.M. Ramazonov

“Avrud travel” masʼuliyati cheklangan jamiyati marketing va biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori

19.

B.R. Ashuraliyev

“Elan Ekspress” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori

20.

L.M. Mirzayeva

“Farovon Xiva xotel” mehmonxonasi bosh menejeri

21.

B.R. Koraxodjayev

“Asia star plaza” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori

22.

D.A. Yakubova

“Oʻzbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanali siyosiy sharhlovchisi

23.

E.A. Tuxvatulina

“Dunyo boʻylab” telekanali “Vsyo o Turizme” dasturi muallifi va boshlovchisi

24.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

25.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

26.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

27.

Sh.S. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.b.

28.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

29.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

30.

A.Z. Saʼdullayev

yoshlar ishlari agentligi direktori

31.

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

32.

U.R. Shadiyev

Turizm qoʻmitasi raisi, Jamoatchilik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Izoh: Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi va Turizm qoʻmitasiga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Jamoatchilik kengashi aʼzolari tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Turizmni rivojlantirish boʻyicha mahalliy jamoatchilik kengashlarining namunaviy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, mahalliy jamoatchilik kengashi raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkiloti vakili, Mahalliy jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, mahalliy jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari

4.

Lavozimiga koʻra

Turizm va unga yondosh sohalardagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari

5.

Lavozimiga koʻra

Hududdagi yirik turoperatorlar

6.

Lavozimiga koʻra

Hududdagi yirik mehmonxona vakillari

7.

Lavozimiga koʻra

ommaviy axborot vositalari vakillari

8.

Lavozimiga koʻra

Madaniyat vazirligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi

9.

Lavozimiga koʻra

transport vazirligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi

10.

Lavozimiga koʻra

Tashqi ishlar vazirligining konsullik boʻlinmasi boshligʻi

11.

Lavozimiga koʻra

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi

12.

Lavozimiga koʻra

ichki ishlar vazirligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi

13.

Lavozimiga koʻra

iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi

14.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar ishlari agentligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi

15.

Lavozimiga koʻra

Madaniy meros agentligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi

16.

Lavozimiga koʻra

Turizm qoʻmitasining hududiy boshqarmasi oʻrinbosari Mahalliy jamoatchilik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Mahalliy jamoatchilik kengashlari tarkibiga kamida 3 nafar turizm va unga yondosh sohalardagi nodavlat notijorat tashkilotlari hamda 4 nafardan turoperator va mehmonxona vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mahalliy jamoatchilik kengashlari oʻrinbosarlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi bilan kelishgan holda mahalliy kengashlar aʼzolari tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy jamoatchilik kengashlari aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish boʻyicha

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash chora-tadbirlari

1.

Kichik biznesga tayyor joyni qurib taklif qilish boʻyicha yangi tizim yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ikki oy muddatda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2.

Boʻstonliq tumanidagi 100 million dollar investitsiya jalb qilingan holda “Xayatt” mehmonxonasi talablari asosida barpo etilayotgan mehmonxona majmuasiga olib boruvchi 4R6d Toshkent sh. — Chirchiq sh. — Chimyon avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish.

2. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga taklif kiritish.

2024-yil oktabr

Turizm obyektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yoʻl infratuzilmalarini yaxshilashga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

Toshkent viloyati hokimligi,

Turizm qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2025-yil

3.

Toshkent viloyatida “Xayatt” mehmonxonasi talablari asosida barpo etilayotgan mehmonxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida majmuaning elektr energiyasi isteʼmoli rejasidan kelib chiqib, kerakli quvvatdagi elektr podstansiyasini oʻrnatish.

Bunda, podstansiya qurilishi uchun sarflangan xarajatlar mehmonxona majmuasiga yetkazib berilgan elektr energiyasini monetizatsiya qilish (sotuvi) hisobidan qoplanadi.

Amaliy chora-tadbirlar.

2025-yil

Respublika budjeti mablagʻlari

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

4.

Gʻelondan oʻtuvchi Oqsuv daryosida 63 million AQSH dollarilik quvvati 24 Megavattli 3 ta GESni ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar.

2025-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

5.

Sechankoʻl va Achinkoʻl koʻllari boʻyida turistik maskanlar barpo etish, turizm xizmat turlarini tashkil etish.

Koʻllar atrofida turistik maskanlar barpo etish, turizm xizmat turlarini tashkil etish boʻyicha oʻrganishlar olib borish va Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflarni kiritish.

2025-yil mart

-

Qashqadaryo viloyati hokimligi,

Turizm qoʻmitasi

6.

Namangan viloyati Chortoq tumanida kamida 10 ta sanatoriya va mehmonxona tashkil qilishga investorlarni jalb qilish.

1. Chortoq tumanida sanatoriya-kurort zonalarini tashkil qilish uchun salohiyati yuqori boʻlgan hududlarni aniqlash.

Bir oy muddatda

Ijrochilar mablagʻlari

Namangan viloyati hokimligi,

Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasidagi investorlar uchun taqdimotlar tayyorlash.

Ikki oy muddatda

3. Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasiga tashriflarni amalga oshirish va ijobiy natijalarga erishish.

2024-yil davomida

7.

Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa maqsadli davlatlardan xorijiy sayyohlar sonini oshirish va turizm infratuzilmasiga investitsiya jalb qilish choralarini koʻrish.

Bunda, viloyat hokimlarining oʻrinbosarlari boshchiligidagi delegatsiyalarni uch oygacha ushbu davlatlarda xizmat safarida boʻlishini taʼminlash.

1. Hokimliklar vakillarining Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarga tashrifi boʻyicha reja-jadval tuzish.

2. Ushbu davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar, tegishli xorijiy tashkilotlar bilan muzokara oʻtkazib, viloyatlar delegatsiyalarining tashrifini tashkil etish.

3. Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlardagi yirik biznes egalarining hududlar turizm infratuzilmasiga investitsiya kiritishi va turoperatorlar tomonidan turistik oqimni koʻpaytirish maqsadida ikki tomonlama kelishuvlarga erishish.

2024-yil 1-avgustdan boshlab,

doimiy ravishda

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

8.

Master-rejalar ishlab chiqiladigan 20 ta tuman (shahar)larning har biriga 50 million dollarlik investitsiya kiritish boʻyicha taqdimot qilish.

Taqdimot loyihasi.

Bir oy muddatda

-

Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Misr va Turkiya tajribasi asosida Samarqand va Buxoro shaharlarida sharq bozori loyihasini amalga oshirish.

1. Sharq bozori loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihalar taqdimotini oʻtkazish.

3. Loyihani amalga oshirish istagini bildirgan tashabbuskorlarni aniqlash.

Ikki oy muddatda

Ijrochilar mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzmilliy bank” AJ,

Madaniy meros agentligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

4. Sharq bozorlari loyihasini YUNESKO bilan oʻrnatilgan tartibda kelishish.

2024-yil yakuniga qadar

10.

Yetakchi xorijiy davlatlarda “Farovon” milliy mehmonxona brendi ostida mehmonxonalar barpo etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Takliflar ishlab chiqish.

Uch oy muddatda

-

Vazirlar Mahkamasi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

11.

Turizm sohasidagi investorlarga qulay sarmoyaviy muhit yaratish.

Bunda, 3-5 yulduzli mehmonxona va kurort (rezort)larni barpo etayotgan xorijiy va mahalliy investorlarga maxsus turistik-rekreatsion zonalarga nisbatan qoʻllanadigan imtiyoz va afzalliklarni taqdim etishni koʻzda tutuvchi “turizm investori” maqomini joriy qilish.

Takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Uch oy muddatda

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

12.

Birorta ham mehmonxona mavjud boʻlmagan 22 ta tumanda kichik otellar barpo etish uchun oilaviy xonalar sonidan kelib chiqib, subsidiya ajratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Uch oy muddatda

-

Turizm qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

II. Uzoq xorij davlatlaridan yanada koʻproq sayyohlarni jalb qilish chora-tadbirlari

13.

“E-visa” (elektron viza) tizimini takomillashtirish, uzilishlarsiz muntazam ishlashini taʼminlash hamda mobil ilovani ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Ikki oy muddatda

Tashqi ishlar vazirligi mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Turizm qoʻmitasi

14.

Qoʻshni davlatlarda sayyohlar guruhlarining chegaradan oʻtishini yengillashtirish boʻyicha mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazib, yashil yoʻlaklar tashkil etish yuzasidan aniq va hamkorlar bilan kelishilgan yechimlarni kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Ikki oy muddatda

-

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi

15.

“Atletiko Madrid” (Ispaniya) futbol jamoasi bilan Oʻzbekiston turizm brendi reklama kampaniyasini yoʻlga qoʻyish yuzasidan Ispaniya tomoni bilan ishlarni tashkil qilish.

1. Respublikaning turizm salohiyatini targʻib qilish uchun zarur maʼlumotlarni (logo va slogin) shakllantirish (zaruriyatga koʻra ishchi guruhlar tuzish).

2. Futbol jamoasi maʼmuriyati bilan muzokaralar oʻtkazish.

Ikki oy muddatda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining va Turizm qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

3. Loyihani amalga oshirish.

2024-yil davomida

16.

Oʻzbek ipagi, milliy liboslari va Oʻzbekistonning anʼanaviy bezaklarini keng targʻib etish maqsadida jahonning mashhur kutyurye va moda uylari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Ikki oy muddatda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining va Turizm qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi

17.

Mukofot jamgʻarmasi 1 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Oʻzbek ipagi: jahon brendlari ilhomi” tanlovini oʻtkazish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining va Turizm qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil oktabr

18.

Moʻynoq aeroporti imkoniyatidan samarali foydalanish orqali alohida havo hududini tashkil etish hamda parashutdan sakrash va havo dayvingi ekstremal turizmini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

-

Mudofaa vazirligi,

Transport vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil oktabr

19.

Toshkent shahrida xalqaro gastronomik festival tashkil qilish.

1. Festivalni oʻtkazish vaqti va joyini belgilash.

2. Festival toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahalliy va xorijiy turistik tashkilotlarga yetkazish.

3. Festivalni tashkil qilish va Oʻzbekistonning gastroturizm salohiyati taqdimotlarini oʻtkazish.

2024-yil sentabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda

Turizm qoʻmitasi,

Toshkent shahar hokimligi

20.

Xiva shahrida xalqaro gastronomik festival tashkil qilish.

1. Festivalni oʻtkazish vaqti va joyini belgilash.

2. Festival toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahalliy va xorijiy turistik tashkilotlarga yetkazish.

3. Festivalni tashkil qilish va Oʻzbekistonning gastroturizm salohiyati taqdimotlarini oʻtkazish.

2025-yil

(kelishilgan muddatda)

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda

Turizm qoʻmitasi,

Xorazm viloyati hokimligi

21.

Muzeylar faoliyatini takomillashtirish dasturini ishlab chiqish.

1. Xususiy muzeylar ochish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Muzeylar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy qilish, muzeylarga kirish uchun yagona karta tizimini va muzeylar ekspozitsiyasini tizimli ravishda yangilash mexanizmlarini yaratish.

3. Muzeylarda esdalik sovgʻalarini sotish boʻyicha xizmatlar koʻlamini kengaytirish va chiptalarga tabaqalashtirilgan tariflarni belgilash.

Muzeylarning boʻsh maydonchalarida auksionlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, badiiy, hunarmandchilik, kovorking maydonchalari, hordiq chiqarish zonalarini tashkil etish orqali muzeylarda monetizatsiyaga sharoit yaratish.

2024-yil noyabr

-

Madaniy meros agentligi

22.

2025-yilda restavratsiya qilinadigan madaniy meros obyektlari roʻyxatini shakllantirish hamda uy muzeylarini taʼmirlash va tiklash masalasini kiritish.

1. Taʼmirtalab uy muzeylari roʻyxatini shakllantirish.

2. Xiva shahrida Ichan qalʼa majmuasidan 2 kilometr uzoqlikda joylashgan Muhammad Rahimxon II — Feruzning “Qibla tozabogʻ” yozgi qarorgohini toʻliq tiklash, muzey tashkil qilish, eksponatlarning virtual koʻrinishi va animatsiyasini shakllantirish, audio va multimediya vositalarini oʻrnatish uchun qoʻshimcha 10 milliard soʻm ajratilishini taʼminlash.

2025-yil mart

Madaniy meros obyektlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilishga ajratilgan mablagʻlar hisobidan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniy meros agentligi

23.

Madaniy meros obyektlarining meʼmoriy qiyofasi, turizm salohiyati va milliy qadriyatlarni oʻzida ifoda etadigan targʻibot namunalarini ishlab chiqish.

1. Xorazm, Samarqand va Buxoroda joylashgan yirik madaniy meros obyektlar roʻyxatini shakllantirish.

Bir oy muddatda

Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

Madaniy meros agentligi,

Turizm qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Targʻibot mahsulotlarining dizayni namunalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

3. Ishlab chiqilgan dizayn asosida mahsulotlarni tayyorlash.

Uch oy muddatda

4. Shakllantirilgan roʻyxatga asosan targʻibot mahsulotlarini madaniy meros obyektlariga joylashtirish.

Olti oy muddatda

24.

Mehmonxona va yirik turizm komplekslari uchun yaqin 4 yilda boshqaruvchilarga boʻlgan talabni oʻrganib, xorijdagi turizm va servis komplekslarida har yili kamida 20 nafar oʻrta boʻgʻin menejerining malakasini oshirish.

Bunda, menejerlarni xorijda oʻqitish xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ikki oy muddatda

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Yangi oʻquv yilidan turizm sohasidagi oliygohlarda 2 ming talabani hamda kollej va texnikumlarda 1 ming oʻquvchini dual taʼlim bilan qamrab olish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Turizm qoʻmitasi

26.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquvchilarini tashishda ichki ishlar organlari tomonidan avtobuslarga hamrohlik qilish boʻyicha tariflarni qayta koʻrib chiqish.

Idoraviy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

-

Ichki ishlar vazirligi,

Turizm qoʻmitasi

27.

Turizm sohasining subyektlari tomonidan avtobus, mikroavtobus va minivenlar yon oynalari tusini oʻzgartirishda faqat bir marta toʻlovni amalga oshirish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bir oy muddatda

-

Ichki ishlar vazirligi

28.

Turistik salohiyati oshib borayotgan hududlardagi turizm namoyishi obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarning samaradorligini yanada oshirish va sayyohlar xavfsizligini kompleks taʼminlash maqsadida Fargʻona va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tarkibida xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalarini tashkil etish uchun Ichki ishlar vazirligiga qoʻshimcha 25 ta shtat birligini ajratish hamda ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni 2025-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil dekabr

Respublika budjeti mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

29.

2025 — 2028-yillar uchun ichki turizm targʻibotiga qaratilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish.

1. Oʻzbekiston marketing uyushmasi hamda xususiy marketing tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.

2024-yil avgust

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Turizm qoʻmitasi

2. Marketing tashkilotlari bilan kelishuvga erishish.

2024-yil sentabr

3. Ichki turizm targʻibotiga qaratilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish.

2025-yil yanvar

4. Marketing strategiyasini amalga oshirish hamda ijrosini taʼminlash.

2025 — 2028-yillar davomida

30.

Turizm qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilingunga qadar Qoʻmita hududiy boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qarori bilan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirish.

1. Turizm qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangunga qadar Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qarori doirasida vaqtincha amalga oshirish.

2025-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. 2024-yil yanvar oyidan toʻlanmagan farq summalari toʻlab berilishini taʼminlash.

Bir hafta muddatda

3. Vazirlar Mahkamasining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida Turizm qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

mehnatga haq toʻlash tartibi va shartlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qaroriga muvofiqlashtirish;

Turizm qoʻmitasi tashkiliy tuzilmasida strategik rejalashtirish va metodologiya, jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari), korrupsiyaga qarshi kurashish, xalqaro hamkorlik qilish va reytinglar kabi tarkibiy boʻlinmalari tashkil etilishini nizom loyihasida nazarda tutish.

uch oy muddatda

31.

Xorazm viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2025-yilda madaniy meros obyektlarini taʼmirlash va tiklash.

1. “Ichan qalʼa” davlat-muzey qoʻriqxonasi hududidagi “Karvon saroy” hunarmandlar majmuasini restavratsiya qilish uchun 2025-yilda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishga respublika budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 12 mlrd soʻm ajratish.

2025-yil mart

Madaniy meros obyektlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilishga ajratilgan mablagʻlar hisobidan

Madaniy meros agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

2. Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat-muzey qoʻriqxonasi hududidagi “Karvon saroy” hunarmandlar majmuasi va “Deshan qalʼa” hududlari boʻyicha batafsil rejalashtirish loyiha takliflarini belgilangan tartibda YUNESKO Umumjahon merosi markazi bilan kelishish.

2026-yil davomida

32.

Yillik taqvim rejaga kiritilgan yirik madaniy-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish vaqti va joyi oʻzgartirilgan taqdirda, tadbir oʻtkazilishi belgilangan muddatdan kamida ikki oy oldin ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berish orqali munosabat bildirish.

Amaliy chora-tadbirlar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab,

zaruratga koʻra doimiy ravishda

Turizm qoʻmitasi,

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

33.

Mehmonxonalarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tizimini takomillashtirish.

Bunda, xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasini oʻrgangan holda:

mehmonxonalar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash;

mehmonxona xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan sertifikatlashtirish talablariga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilgan tartib ishlab chiqish nazarda tutiladi.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil noyabr

-

Turizm qoʻmitasi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Bosh prokuratura

34.

Etnoqishloqlarni saqlash, muhofaza etish va rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bunda:

muhofaza etiladigan etnoqishloqlar roʻyxatini shakllantirish;

muhofaza etiladigan etnoqishloqlar joylashgan uylarni saqlash boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish;

shakllantirilgan roʻyxatda keltirilgan qishloqlarning madaniy-tarixiy ahamiyatga ega chegaralarini belgilagan holda qishloqlarga “Etnoqishloq” maqomini berish va mazkur qishloqlarni Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil noyabr

Turizm qoʻmitasi,

Madaniy meros agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga

4-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi PF-5515-son Farmoni 2-bandining beshinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmasi hamda tumanlar turizm va sport boʻlimlari” soʻzlari “Toshkent shahar turizm boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoni 5-ilovasining 21-pozitsiyasi “Amalga oshirish muddatlari” ustunidagi “2024-yil II chorak” soʻzlari “2024-yil IV chorak” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-102-son Farmoni 1-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “davolash muassasalari” soʻzlaridan keyin “(bundan sanatoriy va pansionatlar mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5270-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandning “v” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Boʻstonliq turizm va servis kollejlari hamda Toshkent turizm va biznes kollejini” soʻzlari “Boʻstonliq turizm va servis kollejlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovadan “Toshkent turizm va biznes kolleji” bloki chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarori 2-bandining “v” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi “2025-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlaridan keyin “turizm markazlarida, shuningdek,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “Turizm va sport vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmalari” soʻzlari “Turizm qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-232-son qarorining 16-bandi birinchi xatboshisidagi “iyul oyida” soʻzlari “20-iyuldan 20-avgustga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirdagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Belgilansinki qavatlar soni bilan bogʻliq talablar YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda yoki togʻli va togʻoldi hududlarda yangi qurilgan mehmonxonalarga tatbiq etilmaydi”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. 2024-yil 1-yanvardan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan “Toʻsiqsiz turizm” dasturi amalga oshirilsin. Bunda turizm, madaniy meros, konsert-tomosha obyektlari hamda aeroport, avto va temir yoʻl vokzallarida nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratish mexanizmlari joriy qilinsin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son; 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)