04.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3525
ONLINE TRANSLATE
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i, 04.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3525
Kuchga kirish sanasi
06.10.2024
Hujjat hali kuchga kirgan emas
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona kirim orderining shakli va uni to‘ldirish qoidalarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 260-moddasi “g” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda bojxona to‘lovlari undirilishida;
3. BKO O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 291-moddasida keltirilgan xatti-harakat yoki tartib-taomillarni bajargan bojxona organi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Bir turdagi tovarni deklaratsiyalashda mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq umumiy BKOning asosiy varag‘idan, ikki yoki undan ortiq turdagi tovarlarni deklaratsiyalashda umumiy BKOning asosiy varag‘idan hamda mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq umumiy BKOning qo‘shimcha varag‘idan foydalaniladi.
ushbu Qoidalarning 2-bandi yettinchi xatboshisiga asosan hisoblangan bojxona to‘lovlari mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat etgan shaxs tomonidan 10 ish kuni ichida to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmaganda;
18. Bojxona organining tashabbusi bilan yoki to‘lovchi shaxsning murojaatiga ko‘ra mazkur Qoidalarning 17-bandi ikkinchi — to‘rtinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda BKOga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi hamda mazkur Qoidalarning 17-bandi to‘rtinchi — yettinchi xatboshilarida belgilangan hollarda bekor qilinishi mumkin.