05.06.2024 yildagi PQ-210-son
O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish, ushbu Qonun bilan belgilangan talablarni davlat organlari va tashkilotlarida joriy etishda xodimlarning huquq va manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va keng jamoatchilikka tushuntirish orqali mazkur Qonunni amalga kiritishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida:
Belgilansinki, Qonun bilan o‘rnatilgan talablar va mexanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish, bu jarayonda xodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash hamda ular uchun zarur tushuntirish ishlarini olib borish davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika idoralararo komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
a) 2024-yil 1-iyulga qadar Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxat) shakllantirilishini ta’minlasin;
b) Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar ro‘yxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida tegishli ishchi guruhlarni tuzgan holda o‘rganilishini tashkil etsin.
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy ta’minotlari Qonun talablariga muvofiqligini o‘rganish, ularni takomillashtirish choralarini ko‘rish;
v) Qonun kuchga kirganidan keyin:
8. O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Oliy Majlis palatalariga ro‘yxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida Qonun bilan belgilangan talablarga rioya etilishi, shu jumladan ularning faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ustidan ta’sirchan parlament nazoratini olib borish tavsiya etilsin.

1.

A. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi

2.

A. Burxanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, Respublika idoralararo komissiyasi raisi o‘rinbosari

3.

A. Tashkulov

adliya vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi o‘rinbosari

4.

N. Yo‘ldoshev

Bosh prokuror

5.

A. Boboyev

Hisob palatasi raisi

6.

B. Musayev

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

7.

J. Mirzamahmudov

energetika vaziri

8.

B. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

9.

B. Islamov

tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri

10.

I. Maxkamov

transport vaziri

11.

I. Abduraxmonov

qishloq xo‘jaligi vaziri

12.

Sh. Xamrayev

suv xo‘jaligi vaziri

13.

Sh. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

14.

P. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

15.

X. Umarova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

16.

K. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

17.

A. Xudayarov

sog‘liqni saqlash vaziri v.b.

18.

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

19.

N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

20.

A. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

21.

J. Tursunov

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi

22.

A. Djurabayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

23.

A. Qayumov

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

24.

A. Musayev

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

25.

B. Sidiqov

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

26.

Q. Sanaqulov

“Navoiy KMK” AJ boshqaruvi raisi

27.

B. Eshmuratov

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi

28.

Z. Narzullayev

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi

29.

Sh. Xudaykulov

“Uzbekistan airways” AJ boshqaruvi raisi

30.

U. Rozukulov

“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

31.

A. Akbarjonov

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

32.

K. Tulyaganov

“Asakabank” ATB boshqaruvi raisi

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ul

I. Qonunchilik hujjatlarini “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirish choralari

1.

Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish tizimini yo‘lga qo‘yish, shu jumladan, davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024-yil
iyun

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev),

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov),

davlat organlari va tashkilotlari

2.

Qonunchilik hujjatlarini “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga “paket” prinsipi asosida kompleks muvofiqlashtirish hamda ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2024-yil
iyul

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(A.Burxanov)

3.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil
avgust

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev)

II. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralari

4.

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxatini shakllantirish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Markaziy bank

(N. Saydullayev)

5.

Davlat organlari va tashkilotlarida yaqin qarindoshlar bevosita bo‘ysunuvda yoki nazorat yo‘nalishidagi tashkilotlarda ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

6.

Davlat organlari va tashkilotlarida hamda ularning bo‘ysunuvida bo‘lgan tashkilotlarda xodimlar o‘rindoshlik asosida ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

7.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish holatlarini aniqlash.

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

8.

2023-yil davomida yaqin qarindoshi mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan obyektni tekshirishda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ishtirok etish holatlarini aniqlash hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini tahlil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

9.

Davlat organlari va tashkilotlaridan ishdan bo‘shagan xodimning ikki yil ichida o‘z ish joyida bevosita nazoratida bo‘lgan tashkilotlarga ishga kirish holatlarini aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

10.

2023-yil davomida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

11.

Xodim o‘zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nazoratida bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilgan, shuningdek, ushbu tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organi a’zosi bo‘lgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

12.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholash uchun joriy etilgan “E-anticor.uz” platformasi orqali 2023-yildagi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq ma’lumotlarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

iyul

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

davlat organlari va tashkilotlari

13.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan 2024-yilda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha to‘ldirilgan yillik deklaratsiyalarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

14.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etilayotganligini o‘rganish, bunday cheklovlarning samaradorligini tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

15.

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish va ularni tartibga solish tizimi joriy etilmagan tashkilotlardagi holatlarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

avgust

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

davlat organlari va tashkilotlari

16.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari, odob-axloq komissiyalari tashkil etilganligini va faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini tahlil qilish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida alohida tuzilmalarni tashkil etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

oktabr

Davlat organlari va tashkilotlari,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

17.

2023-yil davomida davlat organlari va tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

sentabr

Davlat organlari va tashkilotlari,

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev)

18.

Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy ta’minotlari “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilanayotgan talablarga muvofiqligini o‘rganish hamda mavjud moliyaviy imkoniyatlari doirasida ularni takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

19.

Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berishning elektron tizimi yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganish hamda bunday tizimni joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

davlat organlari va tashkilotlari

20.

Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash uchun davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi holatlarini o‘rganish.

Bunda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni so‘rov asosida olish imkoniyatini yaratish choralarini ko‘rish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

davlat organlari va tashkilotlari

21.

Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash uchun sharoit yaratish maqsadida:

“E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirilishini;

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tegishli axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilinishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A.Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh.Shermatov),
Adliya vazirligi

(A.Tashkulov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),
Soliq qo‘mitasi

(Sh.Kudbiyev),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev)

22.

“E-anticor.uz” elektron platformasida quyidagi imkoniyatlarni yaratish:

xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda davlat fuqarolik xizmatchilari qabul qilgan sovg‘alar elektron reyestrini yuritish;

manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A.Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh.Shermatov),
Adliya vazirligi

(A.Tashkulov)

23.

Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlash hamda davlat organlari va tashkilotlariga yuborish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(A.Burxanov),

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov)

24.

Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning tasdiqlangan namunaviy shakllarini davlat organlari va tashkilotlari rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
sentabr

Davlat organlari va tashkilotlari

III. Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlash hamda tushuntirish ishlarini amalga oshirish choralari

25.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini onlayn test sinovlari orqali baholash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha tashkiliy choralarni belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

iyul

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

26.

Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish, kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlarining va Odob-axloq komissiyasi a’zolarining manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, ularni boshqarish va bartaraf etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish.

Reja-grafik asosida

2024-yil
oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

27.

Davlat xaridlarida va boshqa budjet moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish va tartibga solish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun onlayn o‘quv trening o‘tkazish.

Reja-grafik asosida

2024-yil

iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

28.

Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish hamda davlat organlari va tashkilotlariga elektron tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

29.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar va bunday vaziyatlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha illyustrativ tarqatma materiallarni ishlab chiqish hamda tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

avgust

Davlat organlari va tashkilotlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

IV. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash choralari

30.

Tele- va radiodasturlar orqali “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda ularni bunday holatlar haqida xabardor bo‘lgan taqdirda tegishli idoralarga xabar berishga chaqirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

31.

Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda OAV vakillari uchun manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan maxsus o‘quv treninglar o‘tkazish.

Reja-grafik asosida

2024-yil
oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

32.

Davlat organlari va tashkilotlarining yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha xabar berish mumkin bo‘lgan aloqa kanallarini OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Davlat organlari va tashkilotlari,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)