03.06.2024 yildagi PF-85-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida koʻzda tutilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish, shu jumladan milliy iqtisodiyotning mavjud salohiyatini roʻyobga chiqarish, uning global ishlab chiqarish va qoʻshilgan qiymat zanjiriga integratsiyasini yanada chuqurlashtirish, erkin bozor tamoyillarini amalda tatbiq etishni kengaytirish hamda Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligiga erishishni jadallashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qonunchilik bilan taqdim etilgan quyidagi maxsus (eksklyuziv) huquqlar bekor qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmetkombinat” AJning respublika hududida qora metall lomi va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJning respublika hududida rangli metall lomi va chiqindilarini tayyorlash va eksport qilish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztreyd” AJning konsignatsiya shartlarida oziq-ovqat uni va bugʻdoyni, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xoʻjaliklari mahsulotlarini bank kafolatlari yoki siyosiy va tijorat xavflaridan eksport shartnomalarini sugʻurtalash polislarini taqdim etmasdan eksport qilinadigan mahsulotlarni savdo uylari manzillariga tushirish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlari kimyoviy mahsulotlari eksporti hamda ularning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importini amalga oshirishdagi yagona agent huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UzGasTrade” AJning tabiiy gazni yagona eksport qiluvchi va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish boʻyicha yagona operator sifatidagi huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzenergosotish” AJning elektr energiyasining eksporti va importini markazlashgan tartibda amalga oshirish huquqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qora va rangli metall lomi va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash va realizatsiya qilish, shuningdek, tabiiy gaz va elektr energiyasining ulgurji va chakana savdo faoliyatlarini litsenziyalash tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil va (yoki) simli telekommunikatsiya tarmoqlariga ega Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan telekommunikatsiya operatorlariga tezkor-qidiruv faoliyati, axborot va kiberxavfsizlik tizimlari talablariga toʻliq rioya qilgan holda sinov tariqasida xalqaro internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2024-yil 1-sentabrga qadar qora va rangli metall lomi va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash va realizatsiya qilish, shuningdek, tabiiy gaz va elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024-yil 1-oktabrga qadar axborot va milliy xavfsizlikning toʻliq taʼminlanishini nazarda tutgan holda telekommunikatsiya operatorlarining sinov tariqasida xalqaro Internet tarmoqlariga oʻz tijorat ehtiyojlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishi va bosqichma-bosqich boshqa operatorlarga xalqaro internet kanallarini tashkil etish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2026-yil 1-yanvardan boshlab birja savdolarida sotib olingan mis katodi va mis katankasini eksport qilishga cheklovlar bekor qilinsin. Bunda mis katodi va mis katankasi eksporti quyidagi shartlar asosida amalga oshirilishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportga yoʻnaltirish maqsadida birja savdolarida xarid qilingan mis katodi va mis katankasi xarid narxiga belgilangan chegirma hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan toʻlovni kechiktirib toʻlash imtiyozi qoʻllanmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mis katodi va mis katankasini “eksport” bojxona rejimiga joylashtirish uchun uning eksportga yoʻnaltirilgan hajmiga nisbatan birja savdolari xarid narxiga qoʻllangan chegirma summasi qaytarilganligi hamda toʻlovning kechiktirilgan qismi toʻliq toʻlanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va (yoki) “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ maʼlumotnomalari taqdim etilishi shart.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Transport vazirligi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-sentabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-oktabrdan boshlab bosqichma-bosqich 2025-yil 1-aprelgacha respublika hududida temir yoʻl transportida yuk tashishda taqdim etilayotgan chegirmalar berish amaliyotini bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl orqali yuklarni tashishda eksport va import tashish xizmatlari uchun tariflarni 2030-yilgacha bosqichma-bosqich birxillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2026-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadigan korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladigan xaridlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga taqdim etilgan imtiyozlar va preferensiyalar, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan 15 foizdan koʻp boʻlmagan miqdordagi preferensiya hamda mahalliy ishlab chiqarilgan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarga nisbatan 20 foizgacha narx preferensiyasi bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2024-yil 1-noyabrga qadar ushbu banddan kelib chiqib, tegishli qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, davlat xaridlarini amalga oshirishda sogʻlom raqobat muhitini taʼminlash maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet buyurtmachilari tomonidan, shu jumladan, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan tuziladigan shartnomalar boʻyicha toʻlovlar tegishli tartibda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan (hisobga olingandan) soʻng amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmachilari boʻlgan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari zimmasiga davlat xaridlarini amalga oshirishda sohaga oid qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya etilishi, shuningdek, davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) mavjud boʻlmaganda yoki loyiha hujjatlarini tayyorlash qurilish-montaj ishlari bilan parallel ravishda olib borilganda, konsolidatsiyalashgan budjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar, shuningdek, davlat banklari va davlat ishtirokidagi korxonalar hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda etil spirti importi operatsiyalarini Jahon savdo tashkiloti bitimlari qoidalari asosida tartibga solish yuzasidan 2024-yil 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining Subsidiyalar va kompensatsiya choralari toʻgʻrisidagi bitimiga (ASCM) muvofiqlashtirish maqsadida 2024-yil 1-oktabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda eksportni qoʻllab-quvvatlash maqsadida taqdim etilayotgan subsidiya va preferensiyalarni, shu jumladan, tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar boʻyicha foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, transport xarajatlarini qisman qoplab berishga oid imtiyozlarni 2025-yil 1-yanvardan bekor qilishni, shuningdek JST qoidalari bilan taqiqlanmagan qoʻllab-quvvatlash choralarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda samarasi past boʻlgan soliq va bojxona imtiyozlarini 2025-yil 1-yanvardan bekor qilishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan va ishlab chiqariladigan aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlar uchun aksiz soligʻi stavkalarini quyidagi eng oxirgi muddatlargacha bosqichma-bosqich birxillashtirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-yanvar — tamaki mahsulotlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yil 1-yanvar — alkogol mahsulotlari va shakar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining Savdo bilan bogʻliq investitsiya choralari toʻgʻrisidagi bitimiga (TRIMs), shu jumladan, mahalliylashtirish yoki eksport qilish boʻyicha majburiyatlarni qoʻllamaslik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida 2024-yil 1-avgustga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan barcha mahsulot taqsimotiga oid bitimlarning toʻliq xatlovini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Adliya vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ hamda “Oʻzavtosanoat” AJ bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan imzolangan barcha investitsiya bitimlari xatlovini yakuniga yetkazsin va ularning yakunlari boʻyicha aniq takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan bojxona boji, yigʻimlari va qiymatini Jahon savdo tashkilotining Tariflar va savdo boʻyicha bosh bitimi (GATT 1994) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladigan bojxona yigʻimlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ayrim turdagi tovarlarni eksport qilishda undiriladigan yigʻimlarni qayta koʻrib chiqib, 2024-yil 1-avgustga qadar tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona qoʻmitasi 2024-yil 1-avgustga qadar bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya (J. Xodjayev) 2024-yil 1-avgustga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimi (MFN) nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan bojxona bojlarini qoʻllash boʻyicha amaldagi qonunchilikni qayta koʻrib chiqib, uning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import bojxona bojlari stavkalarining qoʻllanilishi samaradorligi oshirish va shaffofligini taʼminlash maqsadida amaldagi bojxona tariflarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahririga muvofiqlashtirish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaning Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralari toʻgʻrisidagi bitimi (SPS Agreement) talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi markaziy apparatida 3 ta shtat birligidan iborat sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha Axborot markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Axborot markaziga 2 ta shtat birligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining bittadan shtat birligini maqbullashtirish hisobiga ajratilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. 2025-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oy yakuni bilan amalga oshirilayotgan ishlarni Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya yigʻilishlarida birgalikda muhokama qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 3-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-85-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi” boʻlimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” pozitsiyasi “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1216” raqami “1215” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “605” va “586” raqamlari tegishincha “604” va “585” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “12. Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” pozitsiyasi “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “69” raqami “71” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PQ-4249-son qarori 2-bandi “b” kichik bandining oltinchi xatboshisidagi “yagona xarid qiluvchi funksiyasini bajarish” soʻzlari “xarid qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4348-son qarorining 4-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarning davlat xaridlari amalga oshirilishida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan 20 foizgacha narx preferensiyasi qoʻllanadi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4812-son qarorining 1-bandi “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5011-son qarori 6-bandining yettinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“belgilangan chegirma bilan xarid qilingan mis katodi va mis katankasi faqatgina korxonaning oʻzining ishlab chiqarish quvvatlarida qayta ishlanadi va uni uchinchi shaxslarga sotish taqiqlanadi. Mis katodi va mis katankasi eksporti quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportga yoʻnaltirish maqsadida birja savdolarida xarid qilingan mis katodi va mis katankasi xarid narxiga belgilangan chegirma hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan toʻlovni kechiktirib toʻlash imtiyozi qoʻllanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mis katodi va mis katankasini “eksport” bojxona rejimiga joylashtirish uchun uning eksportga yoʻnaltirilgan hajmiga nisbatan birja savdolari xarid narxiga qoʻllangan chegirma summasi qaytarilganligi hamda toʻlovning kechiktirilgan qismi toʻliq toʻlanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining maʼlumotnomasi taqdim etilishi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-181-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu bandda nazarda tutilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining maxsus gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi va foydalaniladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mazkur ilovaning 2, 3 va 4-bandlari 2026-yil 1-iyuldan boshlab, 5-bandi 2026-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 5-fevraldagi “Rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish toʻgʻrisida”gi PF-2212-son Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-martdagi “Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2559-son Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3376-son Farmoniga ilovaning 8-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-martdagi “Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2559-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi PF-3643-son Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmon va qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3800-son Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4374-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5300-son Farmoniga 1-ilovaning 1 va 2-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5456-son Farmoniga 1-ilovaning 11-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5668-son Farmoniga 1-ilovaning 11-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6075-son Farmoniga 2-ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “Oʻztadbirkoreksport” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3009-son qarorining 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3277-son qarorining 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi “2018-yilda metall parchalarini tayyorlash, qora metallar prokatini ishlab chiqarish va foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3438-son qarorining 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi “Rangli metall parchalari va chiqindilarini toʻplash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 849-son qarorining 6 va 9-bandlari.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)