30.05.2024 yildagi 311-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish maqsadida Jahon savdo tashkilotining Kelib chiqish qoidalari bitimida nazarda tutilgan umumiy qoidalarni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, ichki bozorda sotilayotgan va keyinchalik eksportga chiqariladigan tovarlar uchun ST-UZ sertifikatini rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni QR-kod (matrik shtrixli kod) orqali tan oluvchi xorijiy davlatlarga elektron shaklda rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro brend tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
311-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 994-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“vakolatli organ — “Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Sertifikat vakolatli organ tomonidan tovarning kelib chiqish mamlakatini guvohlantirish maqsadida rasmiylashtiriladi va tovar olib kiriladigan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar olish yoki imtiyozlar olish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlar uchun qoʻllanilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash tamoyillari mavjud xalqaro amaliyotga asoslanadi. Bunda imtiyozli kelib chiqish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek, Bosh preferensiyalar tizimiga muvofiq preferensiyalar taqdim etuvchi davlatlarning imtiyozli kelib chiqish qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa hollarda mazkur Nizomning 2-bobiga muvofiq kelib chiqish qoidalari qoʻllaniladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mazkur hududdan kelib chiqqan deb hisoblash uchun yetarli boʻlgan zarur ishlab chiqarish va texnologik operatsiyalarning bajarilishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Agar aniq tovar yoki aniq mamlakatga (mamlakatlarga) nisbatan tovarning kelib chiqish mezoni alohida belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida “yetarlicha darajada qayta ishlanganligi” mezoni quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) eng koʻp qulaylik rejimini yaratgan holda, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar uchun (oʻzaro bitimlarda yoki tovar olib kiriladigan mamlakat milliy qonunchiligida boshqacha mezon belgilanmagan hollarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovarni tasniflovchi kodining) TIF TN boʻyicha dastlabki toʻrtta kod belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarishi yoki;

ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 50 foizidan oshmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlari mavjud boʻlmagan davlatlar uchun hamda oʻzaro erkin yoki imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalar tuzilgan davlatlarga eksport qilinayotgan, ammo shartnomada belgilangan imtiyozli kelib chiqish qoidalari talablariga javob bermaydigan tovarlar uchun (tovar olib kiriladigan mamlakat milliy qonunchiligida boshqacha mezon belgilanmagan hollarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovarni tasniflovchi kodining) TIF TN boʻyicha dastlabki toʻrtta kod belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarishi yoki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 70 foizidan oshmasligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-band quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“eksport qilinayotgan tovarning sifat va texnik koʻrsatkichlarini tasdiqlovchi hamda identifikatsiyalash uchun zarur hujjatlar (ariza beruvchi talabiga koʻra sertifikatda tovar haqida qoʻshimcha va aniqlashtiruvchi maʼlumotlar, shuningdek, uning sifati va texnik tavsifi qayd etilishi zarur hollarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi hisoblanmaydigan ariza beruvchi murojaat qilgan va mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan berilishi rad etilgan hollarda, tovarni Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi ST-UZ kelib chiqish sertifikati. Bunda ushbu sertifikatni berish uchun asos boʻlgan kelib chiqish mezoni imtiyozli kelib chiqish qoidalari va ushbu Nizomning 11-bandi talablari asosida eksportga sertifikat berish uchun yetarli deb hisoblangan hollarda kelib chiqishini tasdiqlash maqsadida qoʻllanishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning asl nusxasi yoki asl nusxa berish majburiy boʻlmagan mamlakatlar tomonidan berilgan va Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlaridan olingan maʼlumotlar bilan tasdiqlangan elektron havola orqali tekshirish (tasdiqlash) imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda elektron shakldagi sertifikat nusxasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sertifikat olish uchun murojaat qilingan kuni mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, ariza beruvchi tomonidan eksport qilinayotgan mahsulotning nomi, hajmi, tayyorlovchisi va yetishtirilgan hududi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi xatni taqdim etishga ruxsat etiladi. Bunda xalqaro meʼyorlarga muvofiq tovar olib kirilayotgan mamlakatning bojxona yoki boshqa vakolatli organlari tomonidan soʻrovnoma kelganda, shuningdek, taqdim etilayotgan xatda ishonchsiz maʼlumotlar koʻrsatilgan hollarda, vakolatli organ eksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi boʻyicha obyektiv xulosa berish uchun uning talabiga koʻra ariza beruvchi ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tovarning shartnomada koʻrsatilgan barcha miqdoriga ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirishda, korxonaning ushbu miqdorga mos ishlab chiqarish quvvatlari hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va butlovchi qismlarning mavjud boʻlishi talab etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “a” — “v” soʻzlari “a” — “d” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) ushbu bandning “a” — “v” kichik bandlarida koʻrsatilmagan mamlakatlarga va tovarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlash shartnoma (bitim) shartlarida yoki bunday davlatlarning milliy qoidalarida zarurligi nazarda tutilgan boʻlsa, mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda, shuningdek, eksport qiluvchining xohishiga koʻra tan olinadigan davlatlar uchun 5a-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish orqali elektron shaklda rus yoki ingliz tillarida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) tovarlarning keyinchalik eksportga chiqarish maqsadlarida ichki aylanishi uchun ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq ST-UZ shaklida, bunda ushbu sertifikat tovarning tayyor miqdori va turkumiga, shuningdek, arizada koʻrsatilgan barcha miqdoriga, korxonaning ushbu miqdorga mos ishlab chiqarish quvvatlari hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va butlovchi qismlar mavjud boʻlgan taqdirda rasmiylashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi-yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-band quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“j) tovarning kelib chiqish mezonining asosi (ST-UZ kelib chiqish sertifikatlari uchun). Bunda mezonlar quyidagicha ifodalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“P” — batamom ishlab chiqarilgan deb hisoblanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“D XXXX” — qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovarni tasniflovchi kodning) TIF TN boʻyicha dastlabki toʻrtta kod belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarish sodir boʻlib, yetarli darajada qayta ishlangan deb topilganda, tovar pozitsiyasini koʻrsatgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“D 50%” — ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 50 foizidan oshmagan va yetarli darajada qayta ishlangan deb topilgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“D 70%” — ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 70 foizidan oshmagan va yetarli darajada qayta ishlangan deb topilgan holda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“39. Sertifikat vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlanadi, shuningdek,ushbu Nizomning 36-bandi “g” kichik bandiga koʻra sertifikatlar tan olinadigan xorijiy davlatlar uchun QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish orqali elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin. Sertifikatni guvohlantirish joyi (shahri) va sanasi, shuningdek, vakolatli organning nomi va toʻliq manzili koʻrsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-bandning birinchi xatboshisi “tuziladi” soʻzidan keyin “, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron sertifikat bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron sertifikat berilganda, dublikat olish talab etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“57. Tovarning kelib chiqishini sertifikatlash uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi hamda aynan sertifikatlash uchun taqdim etilgan va ekspertiza oʻtkazilgan tovarning eksport qilinishi uchun ariza beruvchi javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat rasmiylashtirilgandan soʻng ariza beruvchi tomonidan berilgan maʼlumotlar ishonchsiz ekanligi aniqlangan yoki ushbu Nizomning 24-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda vakolatli organ berilgan sertifikatlarni belgilangan tartibda bekor qilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxfiy xususiyatga ega yoki kelib chiqish qoidalarini qoʻllash maqsadida vakolatli organga maxfiy ravishda taqdim etilgan maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan qatʼiy maxfiy saqlanadi va bunday maʼlumotlarni taqdim etgan shaxs yoki Hukumatning ruxsatisiz vakolatli organ ularni oshkor qilmaslik majburiyatini oladi, sud tartibida oshkor qilish talab etilgan holatlar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 60-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“60. Ariza beruvchi vakolatli organning qaroridan norozi boʻlgan hollarda (rad etish, ijro etuvchi organ tomonidan sertifikatlash ishlarini sifatsiz oʻtkazish), vakolatli organga yoki belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudga murojaat qilishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

5-ILOVA

quyidagi mazmundagi 5a-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

5a-ILOVA

6-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

6-ILOVA

Vakolatli organ tomonidan tovarlarning kelib chiqishini aniqlash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish xizmati boʻyicha narxlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xizmat nomi

Birlik

BHMning ariza beruvchi murojaat qilgan kundagi miqdorida

(QQSni hisobga olmaganda)

1.

TIF TN kodi boʻyicha 84 — 89 guruhiga mansub boʻlmagan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza oʻtkazish, sertifikat rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi

0,65

1 sertifikat

0,35

2.

TIF TN kodi boʻyicha 84 — 89 guruhiga mansub tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash, sertifikat rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi

1,25

1 sertifikat

0,35

3.

Sertifikatni rasmiylashtirmasdan, ekspertiza dalolatnomasi / ekspert xulosasini tuzish hamda rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi / ekspert xulosasi

0,65

4.

Ekspertiza dalolatnomasi yoki eksport qiluvchining ariza-deklaratsiyasi asosida sertifikatni rasmiylashtirish, avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirish, reeksport qilinayotgan tovarga sertifikat/ekspert xulosasini rasmiylashtirish

1 sertifikat

0,65

5.

Sertifikatning qoʻshimcha varagʻi, alohida transportda tashilayotgan tovar birliklariga berilgan sertifikat

1 sertifikat

0,35

6.

Avval berilgan sertifikatga dublikat rasmiylashtirish

1 sertifikat

0,1

7.

Eksport qilinayotgan tovarning shartnomada koʻrsatilgan barcha miqdori boʻyicha kelib chiqish mamlakatini aniqlash va rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi

2,0

8.

Bankka taqdim qilish uchun sertifikatning asl nusxasi

1 sertifikat

0,3

9.

Avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirayotganda, uning qoʻshimcha varagʻini rasmiylashtirish

1 sertifikat

10.

Avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirayotganda, alohida transportda tashilayotgan tovar birliklariga sertifikat rasmiylashtirish

1 sertifikat

11.

Sertifikatning qoʻshimcha varagʻiga dublikat rasmiylashtirish

1 sertifikat

0,1

12.

ST-UZ kelib chiqish sertifikatini rasmiylashtirish maqsadida ekspertiza oʻtkazish va sertifikatni rasmiylashtirish

tovar turkumiga

1,0

arizada koʻrsatilgan barcha miqdorga

3,0

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 7-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

7-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona elektron axborot tizimi (YAEAT) — Reyestrga kiritish uchun arizalarni yuborish, ularni qabul qilish va koʻrib chiqish jarayonlarining barcha bosqichlarini qamrab olgan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki “Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — vazirlikning vakolatli tashkilotining) elektron tizimi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-band, 10-bandning ikkinchi xatboshisi, 14-band va 22-bandning uchinchi xatboshisidagi “vazirlikning vakolatli tashkilotiga” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga yoki vazirlikning vakolatli tashkilotiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-band, 8-bandning birinchi xatboshisi, 15-band, 23-bandning birinchi xatboshisi va 37 — 39-bandlardagi “vazirlikning vakolatli tashkiloti” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-banddagi “vazirlikning vakolatli tashkilotining” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining yoki vazirlikning vakolatli tashkilotining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son)