24.05.2024 yildagi PF-79-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda yer qaʼridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini nazorat qilishda qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bunda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish bilan bir qatorda ushbu sohalarda davlat boshqaruvi va nazorati tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini kuchaytirish dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohalarni tartibga solishning ilgʻor mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasini (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasini (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligini (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi funksiyalari va shtat birliklarini taqsimlash tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi bir kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoʻmita, Agentlik va Inspeksiya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qoʻmita va Agentlik Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 24-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-79-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi funksiyalari va shtat birliklarini taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Funksiyalar

Shtat birligi

(ta)

Funksiyalar va shtat birliklari oʻtkazilayotgan vakolatli organlar

1.

Temir yoʻl transportida xavfli yuklarni tashish va saqlash xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

1

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Neft va gazni birlamchi qayta ishlash sohasidagi xavfsizlik, neft-gaz tarmogʻida magistral quvurlar va gaz xoʻjaligi xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

19

AYQSh, AGQSH va AGTKSH xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

9

Kimyoviy-bakteriologik qurolni taqiqlash sohasidagi nazorat

1

Kimyo, neft-kimyo va texnologiya xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

10

Radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

17

Istirohat bogʻlari attraksionlari xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

9

Donni saqlashda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

6

Koʻtarish qurilmalari xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

18

Liftlar xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

15

Bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

15

Metallurgiya tarmogʻi xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

4

Markaziy apparat

10

Jami boshqaruv xodimlari soni

134

2.

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi nazorat

35

Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari va ularni qazib olish ustidan nazorat

7

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

Konchilik va kon portlatish ishlari xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

20

Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish sohasidagi nazorat

1

Markaziy apparat

9

Jami boshqaruv xodimlari soni

72

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5484-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Atom energiyasi agentligi” soʻzlariga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. “Oʻzatom” agentligi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, atom energetikasini rivojlantirish sohasidagi xalqaro ekspertlar tarkibiga kiritilgan Ilmiy-texnik va ekspert kengashi tashkil etilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoniga 2-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-pozitsiyaning “Nazorat qiluvchi organ” ustunidagi “Sanoatgeokontexnazorat” DI” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-pozitsiyaning “Nazorat qiluvchi organ” ustunidagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27, 28 va 29-pozitsiyalaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5646-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6240-son Farmoni 14-bandining beshinchi xatboshisidagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B. Gulyamov” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6252-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaning 12-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovaning 51-pozitsiyasi “Maʼlumotlarni taqdim etadigan tashkilotlar” ustunidagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Energetika vazirligi” boʻlimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“shu jumladan vazir oʻrinbosarlari soni” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “4” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-pozitsiya 1-pozitsiya deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” boʻlimining 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

76

76

shu jumladan boshliq oʻrinbosarlari soni

2

2

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi “26. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” boʻlimi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

26. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

110

110

shu jumladan rais oʻrinbosarlari soni

2

2

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi “27. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” boʻlimi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

27. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi

Atom energiyasi agentligi

49

49

shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni

2

2

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar” qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-band chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-band 7-band deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandning 8.1.-kichik bandi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 29-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“29. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 30-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jami — 70 ta, shundan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar — 21 ta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻmitalar — 13 ta, shu jumladan alohida maqomga ega mustaqil qoʻmitalar — 3 ta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agentliklar — 25 ta, shu jumladan alohida maqomga ega mustaqil agentliklar — 5 ta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiyalar — 11 ta.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar toʻgʻrisidagi nizom Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-116-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi hamda 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Belgilab qoʻyilsinki, geologiya-qidiruv ishlari boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirishda foydali qazilmalar xom ashyo bazasini kengaytirish ixtisoslashuvidan kelib chiqib, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar, shuningdek, “Yangi kon” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan ishlarni bajarishga (xizmatlar koʻrsatishga) oid oʻzaro shartnomalar, qiymatidan qatʼi nazar, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ — foydali qazilmalarning kompleks geologiya-qidiruv ishlari (xizmatlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgeofizika” AJ — uglevodorod xom ashyosining kompleks geologiya-qidiruv va seysmoqidiruv ishlari (xizmatlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kitob geologiya tabiat milliy bogʻi” DM — kompleks geologik tadqiqotlar va stratigrafiya ishlari (xizmatlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM — geologik maʼlumotlar fondi, foydali qazilmalar balansi, kon va istiqbolli maydonlar kadastri tematik ishlari (xizmatlari), geologik loyihalar ekspertizasi ishlari (xizmatlari) boʻyicha yagona yetkazib beruvchi hisoblanadi hamda ushbu tizim tashkilotlari tomonidan geologiya-qidiruv ishlarining (xizmatlarining) ayrim turlari boʻyicha autsorsing asosida pudrat tashkilotlari jalb qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

“Oʻzbekgidrogeologiya” DM

“Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

“Navoiyuran” DK

“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ

“Geologiya fanlari universiteti” DM

“Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti” DM

“Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish loyiha ofisi” DM

“Oʻzbekgeofizika” AJ

“Mineral resurslar instituti” DM

“Geologiya va geofizika instituti” DM

“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM

“Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” DM

“Togʻ-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” DM

“Geologiya muzeyi” DM

“Kitob geologiya tabiat milliy bogʻi” DM

Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy tadqiqot texnologik universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali*

“Navoiy KMK” AJ*

“Olmaliq KMK” AJ*

“Oʻzbekkoʻmir” AJ*

“Oʻzmetkombinat” AJ*

“Shargʻunkoʻmir” AJ*

“Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ QK*

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu tashkilotlar faoliyati Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirilib boriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “2018 — 2022-yillarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2912-son qarorining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda mahalliy qozonxonalar, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik taʼminoti tizimlari oʻrnatilishi va foydalanishga qabul qilinishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlasin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-2924-son qarori rus tilidagi matnining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Opredelit Komitet promishlennoy, radiatsionnoy i yadernoy bezopasnosti pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan upolnomochennim organom, otvetstvennim za realizatsiyu ukazannogo mejdunarodnogo dogovora”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-iyundagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3078-son qarori rus tilidagi matnining 2-bandidagi “Gosudarstvennuyu inspeksiyu po nadzoru za geologicheskim izucheniyem nedr, bezopasnim vedeniyem rabot v promishlennosti, gornom dele i kommunalno-bitovom sektore” soʻzlari “Komitet promishlennoy, radiatsionnoy i yadernoy bezopasnosti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3286-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining ushbu qaror talablariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” soʻzlari “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3368-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ularga taalluqli qismida yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3870-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomi, 1-band va 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 3-bandning birinchi xatboshisi hamda 14-banddagi tegishli kelishikdagi “bosh direktor” soʻzlari tegishli kelishikdagi “direktor” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 6-bandning birinchi xatboshisi va 8-banddagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining” soʻzlariga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 1-ilovaning nomidagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3875-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 9-bandning “b” kichik bandidagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 9-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi, 11-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-sentabrdagi “Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi PQ-3951-son qarorining 2-bandidagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4078-son qarori 10-bandining uchinchi xatboshisidagi “80 foizi” soʻzlari “50 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4142-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining tashkiliy tuzilmasidan “Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” bloki chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi “2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikada atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4165-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-banddagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bobning 9-bandidagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bobning birinchi paragrafi 13-bandi “d” kichik bandining sakkizinchi xatboshisidagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4492-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisi va 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” va “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari tegishlicha “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” hamda “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 6-banddagi “Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzatom” agentligining” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 1-ilovaning 3-bobi ikkinchi paragrafining “a” kichik bandidagi “Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzatom” atom energetikasini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 24-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

24.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti

Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi konvensiya

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalarni isloh qilish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va raqamlashtirishni keng joriy qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 2-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islamov)” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-maydagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-260-son qarorining 2-bandidagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” va “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” soʻzlari tegishlicha “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” va “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319-son qarori bilan tasdiqlangan “Navoiyuran” davlat korxonasini rivojlantirish va transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 20-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (Sh. Alimov)” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-noyabrdagi “Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-band, 9-bandning “a” kichik bandi va “e” kichik bandining birinchi xatboshisi hamda 12-banddagi tegishli kelishikdagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TGSXNQI” va “TGSXNQI HB” qisqartmalari tegishlicha “SRYAXQ” va “SRYAXQ HB” qisqartmalari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” va “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmasi” soʻzlari tegishlicha “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” va “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining hududiy boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-8-son qaroriga 2-ilova quyidagi mazmundagi 981-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

981.

Foydali qazilmalarni qazib olishda foydali qazilmalar zaxirasi harakati toʻgʻrisidagi hisobot

Yer qaʼridan foydalanuvchilar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM

Choraklik

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5594-son Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6075-son Farmoniga 2-ilova 25-bandining ikkinchi xatboshisi, 56-bandining uchinchi xatboshisi, 71-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 72 va 100-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6146-son Farmoniga ilovaning 62-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3-son Farmoniga ilovaning 42-bandi “a” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi PF-53-son Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4058-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)