ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
|
1-bosqich |
Fuqarolar yigʻini kengashi |
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va fuqarolar yigʻini muhokamasiga kiritadi. |
Zaruratga koʻra |
|||
|
2-bosqich |
Fuqarolar yigʻini |
1. Kiritilgan takliflarni koʻrib chiqadi, oʻz qarori bilan ularni maʼqullaydi yoki asosli ravishda rad etadi, zarurat boʻlganda ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taklif etadi. 2. Tegishli tuman (shahar) hokimiga mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha toʻplangan materiallarni ilova qilgan holda iltimosnoma yuboradi. |
5 kun muddatda |
|||
|
3-bosqich |
Tuman (shahar) hokimi |
1. Fuqarolar yigʻinining taklifi bilan birgalikda mahallaning chegaralarini aks ettirgan va tavsiflangan holda mahallaning hududi chizmalarini tayyorlash boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallariga topshiriq yuboradi. 2. Fuqarolar yigʻini tomonidan taqdim etilgan mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha iltimosnomani koʻrib chiqadi va axborotnoma tayyorlaydi. 3. Axborotnomani toʻplangan hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) taqdim etadi. |
15 kun muddatda |
|||
|
4-bosqich |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali |
1. Mahallaning chegaralarini aks ettirgan va tavsiflagan holda, mahalla hududi chizmasini tayyorlaydi hamda qoʻshni mahallalarning fuqarolar yigʻinlari bilan kelishadi. 2. Mahalla hududining tayyorlangan chizmasini mahallalarning chegaralarini aks ettirgan va tavsiflagan holda tuman (shahar) hokimiga yuboradi |
15 kun muddatda |
|||
|
5-bosqich |
Idoralararo komissiya |
1. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha taqdim etilgan takliflarni bevosita joyiga chiqib oʻrganadi. |
15 kun muddatda |
|||
|
2. Takliflarni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik toʻgʻrisida xulosa tuzadi. 3. Tayyorlangan xulosani koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritadi. |
3 kun muddatda |
|||||
|
6-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi |
Navbatdagi sessiyada Idoralararo komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish yoki ushbu taklifni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. |
Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi chaqirilishiga qarab |
|||
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
|
1-bosqich |
Fuqarolar yigʻini kengashi |
Mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va fuqarolar yigʻini muhokamasiga kiritadi. |
Zaruratga koʻra |
|||
|
2-bosqich |
Fuqarolar yigʻini |
1. Kiritilgan takliflarni koʻrib chiqadi, oʻz qarori bilan ularni maʼqullaydi yoki asosli ravishda rad etadi, zarurat boʻlganda ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taklif etadi. 2. Tegishli tuman (shahar) hokimiga mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha toʻplangan materiallarni ilova qilgan holda iltimosnoma yuboradi. |
5 kun muddatda |
|||
|
3-bosqich |
Tuman (shahar) hokimi |
1. Fuqarolar yigʻini tomonidan taqdim etilgan mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha iltimosnomani koʻrib chiqadi. 2. Takliflar tayyorlash uchun geografik obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tegishli tuman, shahar komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) komissiyasi) zarur hujjatlar bilan fuqarolar yigʻinining iltimosnomasini yuboradi. |
5 kun muddatda |
|||
|
4-bosqich |
Tuman (shahar) komissiyasi |
Taqdim etilgan hujjatlarni, ularning geografik obyektlarga nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va oʻz taklifini tuman (shahar) hokimiga yuboradi. |
15 kun muddatda |
|||
|
5-bosqich |
Tuman (shahar) hokimi |
Tuman (shahar) komissiyasi tomonidan taqdim etilgan taklifni nom berish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar komissiyasiga kiritadi. |
5 kun muddatda |
|||
|
6-bosqich |
Nom berish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar komissiyasi |
Tayyorlangan materiallarning geografik obyektlarga nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan har tomonlama oʻrganib chiqishni tashkil etadi va tuman (shahar) hokimiga tegishli xulosani yuboradi. |
15 kun muddatda |
|||
|
7-bosqich |
Tuman (shahar) hokimi |
Mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha tayyorlangan hujjatlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi. |
5 kun muddatda |
|||
|
8-bosqich |
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi |
Navbatdagi sessiyada tuman (shahar) hokimi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish yoki ushbu taklifni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. |
Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi chaqirilishiga qarab |
|||
|
”. |
2-ILOVA
|
1. |
lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — komissiya raisi |
|
2. |
lavozimiga koʻra |
— |
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi |
|
3. |
lavozimiga koʻra |
— |
Hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
4. |
lavozimiga koʻra |
— |
Hududiy kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
5. |
lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qOʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi |
|
6. |
lavozimiga koʻra |
— |
Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
7. |
lavozimiga koʻra |
— |
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi |
|
8. |
lavozimiga koʻra |
— |
Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi |
|
9. |
lavozimiga koʻra |
— |
Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi |
|
10. |
lavozimiga koʻra |
— |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi boshligʻi |
|
11. |
lavozimiga koʻra |
— |
Ichki ishlar (bosh) boshqarmasi boshligʻi |
|
12. |
lavozimiga koʻra |
— |
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi |
|
13. |
lavozimiga koʻra |
— |
Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi”. |