1-ILOVA
T/r | Vazirlik va idoralar nomi | Taqdim etiladigan maʼlumotlar | Taqdim etish muddati |
I. “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga joylab boriladigan maʼlumotlar | |||
1. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Davlat xaridlari sohasidagi qurilish resurslariga oid maʼlumotlar. | Doimiy |
2. | Soliq qoʻmitasi | Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi, oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar. | Doimiy |
3. | Milliy statistika qoʻmitasi | Sanoat mahsulotlarining narxlari koʻrsatkichlari. | Har oyda |
4. | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Qurilish materiallari boʻyicha standartlar va muvofiqlik sertifikatlari asosida ularning texnik parametrlari koʻrsatkichlari, shuningdek, qurilish resurslariga oid milliy standartlar boʻyicha hujjatlar toʻplami. | Doimiy |
5. | Bojxona qoʻmitasi | Respublika hududiga import qilingan qurilish materiallari, asbob-uskunalari va jihozlari boʻyicha narx koʻrsatkichlari. | Har oyda |
II. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirib boriladigan maʼlumotlar | |||
6. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Qurilish va taʼmirlash loyihalari, ularga ajratilgan mablagʻlar hamda moliyalashtirish boʻyicha maʼlumotlar. | Doimiy |
7. | Soliq qoʻmitasi | 1. Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi elektron hisobvaraq-fakturalar va ularga ilovalar. 2. Loyiha va pudrat tashkilotlarining jismoniy shaxslarning daromad soligʻi hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlar. | Doimiy |
8. | Markaziy bank orqali tijorat banklari | Xizmat koʻrsatuvchi bankdan 2-son kartoteka qarzdorligi va “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosidan muddati oʻtgan kredit qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | Doimiy |
9. | Kadastr agentligi | Yangi qurilish obyektlari boʻyicha tegishli hokimliklar tomonidan yer uchastkalarini ajratishga oid hujjatlarning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | Doimiy |
10. | Ichki ishlar vazirligi | Shaxsning maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilganligi va sudlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot. | Doimiy |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Qurilish-pudrat tashkilotlari hisobvaraq-fakturalarining yangi shaklini toʻldirish va hisobini yuritish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil may |
Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
2. |
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining qurilish obyektlarida nazorat oʻlchovini amalga oshirish boshqarmasi malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil may |
Bosh prokuratura, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
|
3. |
“Shaffof qurilish” tizimini Hisob palatasining “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil may |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Hisob palatasi |
|
4. |
“Shaffof qurilish” tizimi orqali Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarni amalga oshirish jarayonlari raqamlashtirish bilan toʻliq qamrab olinganligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga xulosa kiritish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil may |
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura |
|
5. |
Raqamli texnologiyalar vazirligi xulosasiga asosan “Shaffof qurilish” tizimini takomillashtirish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Zaruratga koʻra |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK |
|
Bunda, “Shaffof qurilish” tizimini doimiy takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. |
2024-yil may | |||
|
6. |
“Shaffof qurilish” tizimida “Davlat dasturlari ijrosi monitoringi” platformasini ishga tushirish. Bunda, Bosh prokuratura va Hisob palatasining ushbu platformaga kirish imkoniyatini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil iyun |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
7. |
Obyektlarning smeta qiymatini shakllantirish boʻyicha “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasini toʻliq ishga tushirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil iyun |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Bojxona qoʻmitasi |
|
8. |
Texnik nazorat xizmatini koʻrsatishga autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2024-yil iyun |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
9. |
Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonini raqamlashtirish toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2024-yil iyun |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
10. |
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladigan qurilish va taʼmirlash ishlarida loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashdan boshlab obyektlarni qabul qilib olishgacha boʻlgan jarayonlarni hajm va sifat koʻrsatkichlari (“hajm” uslubi) asosida amalga oshirish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2024-yil iyul |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
11. |
“Davlat dasturlari loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish va manzilli roʻyxatlarni kelishish” avtomatlashtirilgan elektron platformasini yuritish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. Bunda, Bosh prokuratura va Hisob palatasining ushbu platformaga kirish imkoniyatini yaratish. |
Idoralararo hujjat loyihasi |
2024-yil iyul |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura |
|
12. |
Foydalanishga topshirilgan obyektlarni kafolat muddati davomida sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash hamda kafolat summalarini muddatidan oldin toʻlab berish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2024-yil avgust |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Markaziy bank |
|
13. |
Soliq organlarining axborot tizimidagi pudrat tashkilotlari va ulardagi ishchilarga soliq hamda boshqa toʻlovlar hisoblanishiga oid maʼlumotlarni Yagona milliy mehnat tizimiga integratsiya qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil avgust |
Soliq qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
|
14. |
Budjet tizimi budjetlari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha erishilgan miqdor va sifat koʻrsatkichlarini ichki audit xizmatlari tomonidan baholash tartibini ishlab chiqish. |
Idoralararo hujjat loyihasi |
2024-yil avgust |
Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
15. |
Budjet tizimi budjetlari hamda davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish-montaj ishlari, shu jumladan, qiymati 100 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan loyihalar boʻyicha ular yakunlangandan soʻng audit oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. |
Idoralararo hujjat loyihasi |
2024-yil avgust |
Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
16. |
Binolarni saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojni hisoblash va ularning hisobini yuritish tartibini belgilovchi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish. |
Shaharsozlik normalari va qoidalari |
2024-yil dekabr |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
17. |
Ijtimoiy soha obyektlarini loyihalashtirish tarmoq normalarini yangilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil dekabr |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
18. |
Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya qilish loyihalari boʻyicha ijrosi kechikayotgan va muammoli obyektlarda joyiga chiqqan holda kamchiliklarni oʻrganish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
Bosh prokuratura, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Hisob palatasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi |
3-ILOVA