29.04.2024 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini pedagog kasbiga maqsadli va uzluksiz tayyorlashning yangi tizimini yaratish orqali pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — maktablar) 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflarni tajriba-sinov tariqasida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik sinflarni tajriba-sinov tariqasida tashkil etish va ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish jarayonlari maktablarda tegishli hududdagi pedagogika oliy taʼlim muassasasining ishtirokida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shahodatnoma hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogik sinflari tashkil etilgan maktablar va biriktirilgan pedagogika oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik yordam koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik sinflarni tashkil etish va ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari hamkorligini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik sinflar bitiruvchilariga tegishli kasb boʻyicha ishlash huquqini berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba-sinov tariqasida pedagogik sinflar tashkil etiladigan maktablar va ularga biriktirilgan pedagogika oliy taʼlim muassasalari roʻyxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik sinflarda dars beradigan pedagogika oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirsin va ularni xorijiy davlatlarda malakasini oshirish choralarini koʻrsin, bunda xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar tegishli pedagogika oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda pedagog kadrlar tayyorlash sohasida yuqori natijalarga erishgan ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganib, yaxshi samara bergan metodikalar asosida pedagogik sinflar uchun oʻquv dasturini hamda pedagog kasbiga layoqati va qiziqishi mavjud oʻquvchilarni aniqlash va shu kasbga yoʻnaltirish metodologiyasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) uch oy muddatda biriktirilgan maktablarning 9-sinf oʻquvchilari orasidan pedagog kasbiga layoqati va qiziqishi mavjud oʻquvchilarni pedagogik sinflarda oʻqishga tanlash ishlarini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2024/2025 oʻquv yiliga qadar xorijiy davlatlarning nufuzli taʼlim tashkilotlarida malakasini oshirgan professor-oʻqituvchilar ishtirokida pedagogik sinflar uchun tasdiqlangan oʻquv dasturi asosida oʻquv adabiyotlarini va tarqatma materiallarni tayyorlasin, bunda xarajatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 2025/2026 oʻquv yili yakunida tajriba-sinov tariqasida maktablarda tashkil etilgan pedagogik sinflar faoliyati natijadorligi boʻyicha tahliliy maʼlumotlar asosida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan pedagogik sinflarda oʻquv-tarbiya jarayonining tizimli nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktablarda tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladigan pedagogik sinflar faoliyati samarali tashkil etilishiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va pedagogika oliy taʼlim muassasalari rektorlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Oʻ. Umarova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 242-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — maktab) pedagogik sinflarni tashkil etish va ularda oʻquvchilarga taʼlim berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan, tanlov fanlari joriy etilgan hamda nodavlat umumiy oʻrta taʼlim, variativ oʻquv rejasi asosida oʻqitiladigan sinflar uchun tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pedagogik sinflar tashkil etiladigan maktablar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik sinflar maktab pedagogik kengashi va pedagogika oliy taʼlim muassasasi kengashining qarorlari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pedagogik sinflar 10 va 11-sinflarda yoʻlga qoʻyiladi hamda oʻquvchilar kasbiy taʼlim yoʻnalishida oʻquv rejasida ajratilgan soatlar hisobidan oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻquvchilar pedagog kasbiga layoqati va qiziqishi mavjud oʻquvchilar orasidan saralab olinadi hamda maktab pedagogik kengashi tavsiyasi asosida direktorning buyrugʻi bilan pedagogik sinflarga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻquvchilar pedagogik-psixologik tashxis natijalaridan kelib chiqib, ota-onalar roziligi, oʻquvchining qiziqishi asosida saralab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maktabga biriktirilgan pedagogika oliy taʼlim muassasasi pedagogik sinflarda oʻquv-tarbiyaviy jarayonlarni sifatli tashkil etishga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Pedagogik sinflarni tashkil etishning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻquvchilarda boshlangʻich pedagogik-psixologik bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, pedagog kasbini ongli tanlash uchun sharoit yaratish, pedagog kasbiga qiziqishni oshirish va uning maqomini jamiyatdagi oʻrni toʻgʻrisidagi tasavvurlarni kengaytirish pedagogik sinflarni tashkil etishning maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Pedagogik sinflarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika oliy taʼlim muassasalari yoki professional taʼlim muassasalarida taʼlim olishni davom ettirish istagida boʻlgan oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar tomonidan boshlangʻich pedagogik-psixologik bilim va koʻnikmalar oʻzlashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarda pedagogik faoliyat toʻgʻrisida yaxlit tasavvurlarni shakllantirish, pedagog kasbini ongli anglash va bu kasbga oʻzining kelajagini bogʻlash boʻyicha metodik yondashuvlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Pedagogik sinflarda taʼlim mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Pedagogik sinflarda oʻquv jarayoni 10-11-sinflarda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻqishning birinchi yili (10-sinf)da:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarda pedagog kasbining ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida tasavvurlar kengaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kasbining qadriyatlari, pedagogning nutq madaniyati, zamonaviy pedagog faoliyatiga qoʻyiladigan talablar, uning imiji va odob-axloqi toʻgʻrisida tushunchalar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyachining kasbiy sifatlari, zamonaviy tarbiyachining maʼnaviy qiyofasi, yordamchi tarbiyachining kasbiy tayyorgarligi haqida bilimlar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻqishning ikkinchi yili (11-sinf)da:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning pedagogika, psixologiya, oʻquv ishlari metodologiyasi sohasidagi boshlangʻich bilimlari rivojlantiriladi va chuqurlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika fani va amaliyotining zamonaviy tendensiyalari, taʼlim strategiyalari va modellari oʻrgatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog faoliyatida noanʼanaviy metodlarning ahamiyati, taʼlim-tarbiya jarayonini loyihalashtirish va texnologiyalashtirish oʻrgatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyachining bolalarni tarbiyalashdagi shaxslararo munosabat madaniyati, shaxsning ruhiy (psixik) xususiyatlari, tarbiyachining xulq-atvorini belgilovchi psixologik xususiyatlari, tarbiyachining pedagogik qobiliyati tushunchalari va koʻnikmalari oʻrgatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarga individual psixologik maslahat berish orqali psixologik va pedagogik qoʻllab-quvvatlash tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning tanishuv amaliyotlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Pedagogik sinflarda dars jarayonlari interfaol maʼruza, amaliy masalalarga bagʻishlangan seminar-trening, mahorat saboqlari, kichik guruhlarda ishlash, maktabning tajribali oʻqituvchilariga “ustoz-shogird” tamoyili asosida biriktirish, darsdan tashqari mashgʻulotlar kabi shakllarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oʻquvchilarni kasbiy tashxislash va pedagogika sohasiga yoʻnaltirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maktab va pedagogika oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻquvchilarning pedagog kasbiga moyilligi oʻrganiladi hamda ularni pedagog kasbiga yoʻnaltirishda quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik sinflar tashkil etiladigan maktablarda 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarning qiziqishlari va kasbiy layoqatini aniqlash boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika sohasiga qiziqishi bor 8-9-sinf oʻquvchilari uchun pedagogika oliy taʼlim muassasalariga ekskursiyalar tashkil etilib, mahorat darslari oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika sohasida va oʻqituvchilik kasbida muvaffaqiyatga erishgan, el ardogʻidagi insonlar bilan “Kasbim-faxrim”, “Birinchi oʻqituvchim”, “Ustoz otangdek ulugʻ” mavzularida davra suhbatlari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinf oʻquvchilarining kasbiy moyilligi boʻyicha oʻtkazilgan psixologik tashxislar, soʻrovnoma va testlar natijalari asosida pedagog kasbiga qiziqishi bor oʻquvchilar aniqlanib, pedagogik sinflarda oʻqishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soʻrovnoma va tashxis test topshiriqlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Pedagogik sinflarda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 10-sinfdan pedagogik sinf faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda unga 25 nafardan koʻp boʻlmagan oʻquvchilar qabul qilinadi. Talab va ehtiyojdan kelib chiqib, qoʻshimcha pedagogik sinflar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Pedagogik sinflardagi oʻquvchilarga ikki oʻquv yili davomida jami 136 soatlik pedagogik kasbi bilan bogʻliq oʻquv dasturi asosida taʼlim beriladi. Oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boshqa masalalar tayanch oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Pedagogik sinflarda dars oʻtish uchun jalb etilgan professor-oʻqituvchilarga maktab tayanch oʻquv rejasining kasbga taʼlim yoʻnalishidagi soat hisobidan soatbay haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi vaqt meʼyorlariga amal qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yilining davomiyligi — 34 hafta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dars mashgʻulotining davomiyligi — 45 daqiqa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 daqiqa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻquvchilarning pedagog kasbiga oid bilim va koʻnikmalarini aniqlash va nazorat qilish maqsadida quyidagi nazorat turlari amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy nazorat — chorak davomida taqdimot, loyihalashtirish, guruhlarda ishlash, savol-javob, muhokama, yozma ish koʻrinishida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oraliq nazorat — chorak va yarim yillik yakuni boʻyicha oʻquv dasturining maʼlum bir mantiqiy yakunlangan qismi tugaganidan soʻng amaliy koʻnikmalarni taqdimot qilish yoki yozma ish koʻrinishida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosqichli nazorat — oʻquv yili yakuni boʻyicha amaliy imtihon, yozma ish, loyihalar va ishlanmalarni taqdimot qilish hamda test sinovlari koʻrinishida amalga oshirilib, unga asosan oʻquvchining yakuniy bahosi aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy nazorat — oʻquvchi pedagogik kasbiy taʼlim berish jarayoni tugaganidan soʻng pedagogik sinfda egallagan bilim va koʻnikmalarni amaliy namoyish etish orqali yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Joriy, oraliq, bosqichli va yakuniy nazoratlarning baholash mezonlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻquv jarayonining nazorati maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Pedagogik sinfni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq namunadagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi sertifikat “kasb.maktab.uz” platformasi orqali elektron shaklda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatga ega boʻlgan pedagogik sinf bitiruvchilari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi lavozimida ishlash huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yakuniy nazoratdan oʻta olmagan oʻquvchilar uchun qayta yakuniy nazorat joriy yil avgust oyida tashkil etiladi. Qayta yakuniy nazoratdan oʻta olmagan oʻquvchilarga qoʻshimcha imkoniyat va sertifikat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Pedagogik sinf faoliyati hamda dars samaradorligi uchun javobgarlik maktabga biriktirilgan pedagogika oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan belgilangan masʼulga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Pedagogik sinf faoliyati ustidan umumiy nazorat maktab direktori va pedagogika oliy taʼlim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Pedagogik sinflar faoliyati tashkilotchilarning kollegial organi qarori hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining buyrugʻi asosida tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasida pedagogik sinflarni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatning davlat namunasi tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida kasb egallagan pedagogik sinf bitiruvchilariga elektron sertifikat A4 (297x210 mm) oʻlchamli koʻrinishga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uning yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari 24 shrift hajmida yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining 30 mm diametrli tasviri tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyi qismiga “SERTIFIKAT” soʻzi koʻk rangda 48 shrift hajmida, “CERTIFICATE” koʻk rangda 24 shrift hajmida yoziladi. Sertifikatda S harfi va sakkizta raqamli tartib raqami va matnlar 14 shrift hajmida yoziladi (familiyasi, ismi, otasining ismi, taʼlim muassasasi soʻzlari 10 shrift hajmida yoziladi) va elektron sertifikat maktab direktorining elektron raqamli imzosi (QR-kod) bilan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan sertifikatning davlat namunasi va tavsifiga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasida pedagogik sinflarni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT NAMUNASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

S E R T I F I K A T
‎CERTIFICATE
‎S № 00000000

________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

20 __ -20 __ -o'quv yili davomida /during the academic year
‎___________ viloyati _______ tumani (shahar)dagi ____ - son maktabda pedagogik sinfni

(ta 'lim muassasasi / educational organization)

______________Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi_______________

kasbi bo'yicha oʻquv soatlarini tamomlab, ixtisoslik berildi / having completed training hours

by profession, he/she was awarded a specialty

Direktor / Director
‎________________________
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

Berilgan sana / Date of issue
‎_____________________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/242/0310-son)