19.04.2024 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritishga doir izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga berishning belgilanishi elektron onlayn-auksion savdolarini oʻtkazish tartibini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-son Farmonining 1 va 4-bandlarida 2024-yil 1-martdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn-auksion savdolari joriy etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berilganligi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil davomida, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa, kamida besh yil davomida oʻzi foydalangan boʻlishi shartligi, bu muddat ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion savdolari, ochiq elektron tanlov yoki tanlov oʻtkazmasdan davlat organlarining qarorlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilgan yer uchastkalarini boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab besh yildan keyin yoʻl qoʻyilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchi ochiq elektron tanlov natijasiga koʻra ijara muddatiga teng taqsimlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarni yoki elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga koʻra boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan toʻlovlarni bir yoʻla toʻlashi shartligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion savdoni oʻtkazish uchun materiallarni tayyorlash, elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etish va undan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash, ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat va monitoring qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 19-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “ochiq elektron tanlov” soʻzlari “elektron onlayn-auksion savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 21-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagi mazmundagi 32-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“32. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdoga chiqarish materiallarini tayyorlash, tashkil etish, unda ishtirok etish, elektron onlayn-auksion savdo gʻolibini aniqlash va natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish hamda gʻolibning yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 32-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) quyidagi mazmundagi 32-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga
32-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom talablari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish uchun tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-ijara” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-ijara” AT) — yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) — yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini realizatsiya qilish uchun elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish va oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli tashkilotlar — yer tuzish loyihasini kelishadigan tashkilotlar — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (yer uchastkasidan foydalanish maqsadi va ixtisosligi boʻyicha), Suv xoʻjaligi vazirligi (suv taʼminoti, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari boʻyicha), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (yer uchastkasi chegaralari boʻyicha) hududiy boʻlinmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish loyihasi — yagona mavze boʻyicha konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda, yer uchastkasi chegaralari, hududning ixtisosligi, ishlab chiqarish elementlari hisobga olingan muayyan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion savdo orqali realizatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan hujjatlar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini ijaraga olish huquqining boshlangʻich narxi — savdoga qoʻyilayotgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion savdo orqali realizatsiya qilish uchun ushbu yer uchastkasining normativ qiymati boʻyicha aniqlangan narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zakalat — ishtirokchi tomonidan elektron onlayn-auksion savdoda qatnashish uchun kafolat taʼminoti sifatida oldindan kiritiladigan mablagʻ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchi — tuman (shahar) hokimliklari yoki Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchi — yer uchastkasi joylashgan hudud boʻyicha elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda ariza bergan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, muomalaga layoqatli, tegishli viloyat yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lot — elektron buyurtmaga asosan elektron onlayn-auksion savdoda yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion savdo orqali realizatsiya qilish uchun savdo platformasiga qoʻyilgan obyekt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator — savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy kabinet — ishtirokchiga elektron onlayn-auksion savdolarda ishtirok etish uchun buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistika maʼlumotlarini koʻrish hamda operator tomonidan joʻnatilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron buyurtma — yer uchastkalarini savdo platformasi orqali realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil qilish yuzasidan ijrochi tomonidan operatorga beriladigan elektron buyurtma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion savdo — savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga obyektni realizatsiya qilish boʻyicha narxni oshirib borish tamoyili asosida onlayn tartibda oʻtkaziladigan savdo shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va elektron raqamli imzo kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemada belgilangan tartib-taomillari boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) dehqon xoʻjaliklariga — Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi hamda “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddat va oʻlchamda ijaraga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fermer xoʻjaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan muddatlarda va oʻlchamlarda ijaraga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) agrosanoat klasterlari, shu jumladan, kooperatsiya shaklidagi klasterlarga — Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan muddat va oʻlchamda ijaraga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari talablariga asosan ijtimoiy daftarga kiritilganlar, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” hamda xorijdan qaytgan mehnat migrantlari roʻyxatiga kiritilgan talabgorlar uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha “E-auksion” elektron savdo platformasida hamda “E-ijara” ATda alohida toifa (kategoriya) ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Elektron onlayn-auksion savdoni oʻtkazish uchun materiallarni tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) Davlat kadastrlari palatasi yer uchastkalari toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni ijrochiga “E-ijara” AT elektron axborot almashinuv orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kunning oʻzida yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi kadastr raqami, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini elektron xaritada koʻrsatish uchun yer uchastkasining kadastr xaritasi (koordinatali nuqtalari, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil va temir yoʻllar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar, transport quvurlari, gidrotexnik inshootlar, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (izoh koʻrinishida). Bunda davlat kadastrini yurituvchi vazirlik va idoralar davlat kadastrlari yagona tizimida maʼlumotlarning toʻliqligiga javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijrochi uch ish kuni ichida “E-ijara” AT orqali yuklab olingan yer uchastkasini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va yer uchastkasining haqiqiy holati (loyihalashtirilayotgan yer uchastkasining holati, hududning ixtisosligi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi hamda irrigatsiya va melioratsiya tizimining holati, ball-boniteti, shoʻrlanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar)dan kelib chiqib, yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi hamda yer uchastkasining ixtisoslashuvini va dehqon xoʻjaligi uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini belgilab berish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi uch ish kuni muddatda yer uchastkasining ixtisoslashuvini va dehqon xoʻjaligi uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini ijrochiga maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijrochi elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyilayotgan yer uchastkasi boʻyicha ushbu Nizomning 5-bandida bayon etilgan qishloq xoʻjaligi maqsadlari va oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda yer tuzish loyihasini ishlab chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir yer tuzish loyihasiga “E-ijara” ATda avtomatik tarzda oʻziga xos raqam beriladi. Bunda har bir lot bitta yer uchastkasidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta yaxlit konturdagi bir nechta lotlar uchun umumlashgan yagona yer tuzish loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bunda ijrochi tomonidan har bir lotning buyurtmasiga yer uchastkasini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi maʼlumotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ijrochi har bir yer tuzish loyihasini Kadastr agentligidan olingan dastlabki formatlarda kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga quyidagi maʼlumotlardan tashkil topgan yer tuzish loyihasini tasdiqlash uchun 3 ish kuni ichida ijaraga beruvchiga “E-ijara” AT orqali yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yer uchastkasining maydoni (gektarda) va toifasi hamda yer turlari konturlar kesimida jadval shaklidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) infratuzilma obyektlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yer uchastkasining qishloq xoʻjaligi elektron xaritasidan koʻchirmasi, yer tuzish loyihasining chegaralari va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) chegaradosh yer uchastkalari foydalanuvchilari haqida maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yer maydonidagi tuproqning amaldagi ball bonitirovkasi aniqlangan sana va koʻrsatkichi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyilayotgan yer uchastkasida davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar, transport quvurlari, melioratsiya va irrigatsiya inshootlari, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjud boʻlgan holatlarda qoʻshimcha ravishda davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan ham kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “E-ijara” ATga yer tuzish loyihasi joylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu loyihalar kelishiladi yoki kelishish rad etiladi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-ijara” ATda qabul qilingan tegishli qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan belgi qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv hech qanday eʼtiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishish rad etilganda, sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, taqdim etilgan yer tuzish loyihasini amalga oshirish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur loyiha aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari normalariga zid boʻlgan sabablar koʻrsatilmagan holda rad etish yoki kelishmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatda yer tuzish loyihasi kelishilmasligi natijasida kelib chiqqan huquqiy oqibatlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli tashkilotlarning mansabdor shaxslariga javobgarlik choralari qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligiga kelishish uchun maʼlumotlar elektron axborot almashinuvi orqali yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ijaraga beruvchi taqdim etilgan yer tuzish loyihasini koʻrib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-ijara” AT orqali ijrochiga yuboradi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchi elektron onlayn-auksion savdoga ijaraga berish huquqi qoʻyilayotgan yer uchastkasi yer tuzish loyihasini unga tuzatishlar kiritish uchun ijrochiga qaytarishi mumkin, boshqa sabablar bilan yer tuzish loyihasini qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda yer tuzish loyihasi tasdiqlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ijrochi uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, loyihani tasdiqlash uchun ijaraga beruvchiga qayta kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatli tashkilotlar bilan qaytadan kelishish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ijaraga beruvchi ikki ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasini koʻrib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yer tuzish loyihasi asosida qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish huquqi uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi elektron buyurtma “E-ijara” AT orqali avtomatik tarzda operatorga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi hamda elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi bilan imzolanadigan ijara shartnomasi bir tomonlama ijaraga beruvchi tomonidan imzolangan holda ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasida yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish boʻyicha toʻlovlar va yer uchastkasining ijara haqini toʻlash tartibi alohida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari lotlarga boʻlingan konturning yaxlitligini taʼminlagan holda, bir xil turdagi mahsulot ekish boʻyicha yer tuzish loyihasi bilan birga yuboriladigan buyurtmalarga asosan elektron onlayn-auksion savdolarga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmani “E-ijara” AT orqali ijrochiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijrochi buyurtmani qaytarishga asos boʻlgan kamchiliklarni bir ish kuni ichida toʻliq bartaraf etib, takroran buyurtmani “E-ijara” AT orqali operatorga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Operator buyurtmani olgan kundan ikki ish kunidan kechiktirmay, elektron onlayn-auksion savdo oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnomani savdo platformasida eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda elektron onlayn-auksion savdosini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma 15 kalendar kun oldin, takroriy savdoda esa 5 kalendar kun oldin eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Elektron onlayn-auksion savdo Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun arizalar ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq savdo platformasi orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki yoki undan ortiq lotlar boʻyicha elektron onlayn-auksion savdoda gʻolib boʻlgan ishtirokchiga faqat bitta yer uchastkasi uchun bayonnoma rasmiylashtiriladi va unga yer uchastkalaridan birini tanlash imkoniyati beriladi, qolgan lotlar boʻyicha elektron onlayn-auksion savdo natijalari bekor qilinadi hamda bekor qilingan lotlar boʻyicha zakalat puli ishtirokchiga qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion savdoda bir marotaba gʻolib boʻlgan ishtirokchiga keyingi elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Elektron onlayn-auksion savdo natijalarini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Lot boʻyicha taklif etilgan eng yuqori ijaraga olish qiymatining dastlabki 15 foiz miqdori 10 ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi tomonidan toʻlangandan soʻng unga operator tomonidan bir ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo natijalari toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda elektron onlayn-auksion savdoga ishtirok etish uchun shakllantirilgan zakalat puli miqdori qoʻshib hisoblanadi hamda elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi tomonidan “boʻlib-boʻlib toʻlash” tanlangan taqdirda, toʻlov grafigiga asosan teng taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi bayonnomaga asosan oʻn ish kuni ichida yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi belgilangan muddatda lot qiymatini dastlabki 15 foizini toʻlamasa (toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmasa) va (yoki) ijaraga olish shartnomasini imzolamasa, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda ish yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi jismoniy shaxs boʻlsa, elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi shartnoma imzolash uchun berilgan oʻn ish kuni ichida oʻzining yagona taʼsischiligida tashkil etilgan fermer xoʻjaligi yoki boshqa yuridik shaxs toʻgʻrisidagi axborotni yoxud dehqon xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida dehqon xoʻjaliklarining yagona davlat reyestridan koʻchirmani shaxsiy kabineti orqali savdo platformasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron onlayn-auksion savdo natijalariga doir elektron bayonnomada gʻolib sifatida ushbu jismoniy shaxs, ijara shartnomasida esa u tomonidan tashkil etilgan fermer xoʻjaligi yoki boshqa yuridik shaxs koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi ixtiyoriy ravishda dehqon xoʻjaligini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish istagini bildirgan taqdirda, ikki ish kuni ichida dehqon xoʻjaligi sifatida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda elektron onlayn-auksion savdo natijalariga doir bayonnomada gʻolib sifatida ushbu jismoniy shaxs, ijara shartnomasida esa u tomonidan taʼsis etilgan dehqon xoʻjaligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Elektron onlayn-auksion savdo natijalariga oid bayonnoma savdo platformasi orqali “E-ijara” ATga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ijrochi tomonidan yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasi “E-ijara” ATda elektron axborot almashinuvi orqali bir ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida ikki ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va tegishli reyestrdan koʻchirmani elektron axborot almashinuvi orqali ijrochiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ijrochi elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kunning oʻzida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini hamda elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha reyestrdan koʻchirmani elektron onlayn-auksion savdo gʻolibiga “E-ijara” AT orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ijrochi uch ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo gʻolibiga yer uchastkasining chegarasini joyida koʻrsatib beradi va bu haqida tegishli maʼlumotlarni “E-ijara” ATga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ishtirokchilarning integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali olinadigan maʼlumotlari haqqoniyligiga, oʻz vaqtida kelmasligi (umuman kelmasligi) yoki mavjud emasligi oqibatida yuzaga keladigan nizolarga operator javobgar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Elektron onlayn-auksion savdodan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlar ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin operator xizmat haqi chegirilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga (2 foiz — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJga, 3 foiz — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga, 5 foiz — Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning hisobvaragʻiga (dehqon xoʻjaligiga ajratilgan yerlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻim undirilmaydi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn-auksion savdolari gʻoliblariga ularning tanloviga koʻra yer uchastkasi narxini uch yil muddatda, elektron onlayn-auksion savdolari gʻolibi boʻlgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan fuqarolarga yer uchastkasi narxini besh yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishtirokchining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turganlik holati elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun ariza berish jarayonida savdo platformasiga integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etish uchun arizada yer uchastkasi narxini boʻlib-boʻlib toʻlashni tanlagan boʻlsa, toʻlov grafigi “E-auksion” elektron savdo platformasida avtomatik tarzda shakllantiriladi va yer ijara shartnomasi bilan birga elektron onlayn-auksion savdo gʻolibiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi yer uchastkasi narxini boʻlib-boʻlib toʻlashni tanlagan hollarda, toʻlov grafigiga asosan uzrli sabablarsiz ketma-ket uch oy davomida toʻlovlarni amalga oshirmasa, yer uchastkasi narxini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bajarilmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ijaraga beruvchiga kechiktirilgan har bir oy uchun elektron onlayn-auksion savdo gʻolibini ogohlantirish majburiyati yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining uzrli sabablari boʻlmaganda hamda ogohlantirishlarga qaramasdan ketma-ket uch oy davomida boʻlib-boʻlib toʻlash toʻlovlarini amalga oshirmaganda, elektron onlayn-auksion savdo natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma hamda yer uchastkasini ijaraga olish boʻyicha shartnoma oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasini ijaraga olish boʻyicha shartnoma oʻz kuchini yoʻqotganligi haqida ijaraga beruvchi oʻzining “E-ijara” ATdagi kabineti orqali ijrochini yer uchastkasini elektron onlayn-auksion savdolariga takroriy chiqarilishi boʻyicha xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat va monitoring qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Prokuratura organlari, adliya organlari hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni ushbu Nizom talablariga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan soʻzsiz rioya etilishi boʻyicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi. Tizimli nazorat va monitoring yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayoniga aralashmasdan, “E-ijara” AT orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibni buzish davlat xizmatlari koʻrsatish talablari va tartibini buzish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Elektron onlayn-auksion savdo oʻtkazilmagan deb topilganligi sababli lot takroriy elektron onlayn-auksion savdoga chiqarilganda, boshlangʻich narx normativ qiymat oʻzgarishi munosabati bilan qayta hisob-kitob qilinishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyish tartibi

1-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi

Tuman (shahar) hokimligi yoki Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — ijaraga beruvchi) nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-ijara” AT elektron axborot almashinuv orqali “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi.

Yer uchastkasi davlat zaxirasiga olinib, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin

2-bosqich

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Ijaraga beruvchi nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-ijara” AT orqali yuklab oladi hamda yer uchastkalarining ixtisoslashuvini va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini belgilab berish maqsadida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Yer uchastkalarining ixtisoslashuvini va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini belgilab, qabul qilingan qarorni “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga maʼlum qiladi.

Uch ish kuni ichida

4-bosqich

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

1. Elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyiladigan yer uchastkalarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.

2. Har bir loyihani kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga “E-ijara” AT orqali yuboradi.

3. Yer tuzish loyihasini “E-ijara” AT orqali tasdiqlash uchun ijaraga beruvchiga yuboradi.

Uch ish kuni ichida

5-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari,

Ijaraga beruvchi

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Yer tuzish loyihasini “E-ijara” AT orqali kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

Taqdim etilgan yer tuzish loyihasini elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.

Uch ish kuni ichida

Yer uchastkasini elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyurtmani operatorga yuboradi.

Avtomatik tarzda

II. Elektron onlayn-auksion savdoni oʻtkazish tartibi

1-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (keyingi oʻrinlarda — operator

Elektron onlayn-auksion savdoni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma va lot haqidagi maʼlumotlarni, qishloq xoʻjaligi yer uchastkasining ijara shartnomasi loyihasini “E-auksion” elektron savdo platformasida eʼlon qiladi.

Ikki ish kuni ichida

2-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxslar

(keyingi oʻrinlarda — ishtirokchi)

Belgilangan zakalat mablagʻlarini “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJning maxsus depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi va arizani yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Operator

1. Ishtirokchilar uchun “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etadi.

2. Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibini eʼlon qiladi va bu haqda gʻolibning shaxsiy kabinetiga, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta manziliga xabarnoma yuboradi.

3. Elektron onlayn-auksion savdo natijalari toʻgʻrisidagi elektron bayonnomani

rasmiylashtiradi va uni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi bilan birga elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi

1. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi boʻyicha elektron onlayn-auksion savdoda tasdiqlangan narxning dastlabki 15 foizini toʻlaydi.

Oʻn ish kuni ichida

2. Bayonnomaga asosan ijara shartnomasini ERI bilan tasdiqlaydi.

Oʻn ish kuni ichida

5-bosqich

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasini Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmasiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

6-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boʻlinmasi

1. Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

2. Reyestrdan koʻchirmani “E-ijara” AT orqali “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga hamda elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Ikki ish kuni ichida

7-bosqich

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibiga yer uchastkasi chegarasini koʻrsatib beradi va bu haqdagi maʼlumotni “E-ijara” ATga joylashtiradi.

Uch ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron
‎onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish huquqi uchun
‎ELEKTRON BUYURTMA

20___ yil “____” __________da ijaraga beruvchi tomonidan tasdiqlangan loyiha boʻyicha quyidagi yer uchastkasini elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:

1. Yer uchastkasining oʻziga xos raqami __________________________________________;
‎2. Yer uchastkasining maydoni ga ______________________________________________;
‎3. Yer uchastkasi joylashgan joy ______________________________________________ ________________________________________________________________________;
‎4. Belgilangan maqsadi _____________________________________________________;
‎5. Yer toifasi _____________________________________________________________;
‎5.1. Yer turi ______________________________________________________________;
‎6. Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining majburiyatlari
‎________________________________________________________________________;
‎6.1. Ijara muddati ________________________________________________________;
‎6.2. Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibiga qoʻyiladigan talablar _________________
‎_______‎_________________________________________________________________;
‎6.3. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar _____
‎________________________________________________________________________;
‎7. “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy boʻlinmasining manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) _______________________________________________________________
_______________________________________________________‎_________________;

Buyurtma 20___ yil “____” ____________da taqdim etildi.
“Oʻzdaverloyiha” institutining hududiy boʻlinmasi boshligʻi

__________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun
(dehqon xoʻjaligini yuritish uchun)
‎ARIZA

________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning F.I.O., yashash joyi, STIR raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili)

________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turganligi toʻgʻrisida maʼlumot)

Elektron onlayn-auksion savdo oʻtkazilishi haqidagi xabarnoma bilan tanishdim:
‎Loyiha raqami: № __________________________________;
‎Loyiha yoʻnalishi, maydoni: _________________________________________________
‎________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________;
‎Elektron onlayn-auksion savdoni oʻtkazish qoidalari bilan tanishib, 20___ yil “____” _____________ kuni soat __________ daqiqada oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun ushbu arizani qabul qilishingizni soʻrayman.
‎Elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun ushbu arizani taqdim etib, elektron onlayn-auksion savdoni oʻtkazish qoidalariga va keltirilgan shartlarga rozilik beraman.
‎‎Yer uchastkasining ijara huquqini sotib olish boʻyicha toʻlovni □ bir yoʻla / □ boʻlib-boʻlib toʻlayman.
‎Men tomondan taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri boʻlgan taqdirda, elektron onlayn-auksion savdo natijalarini haqiqiy emas deb topilishi haqida ogohlantirildim.
‎Shuningdek, elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi deb topilgan taqdirimda, menga yuklatiladigan majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmamga olaman.

Toʻldirilgan sana

___________

________________________

‎‎(imzo)

(F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun
(yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlarida
‎yer uchastkalarini ijaraga berish uchun)

‎ARIZA

________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________

(yuridik shaxs — toʻliq nomi, pochta manzili, bank rekvizitlari, telefon raqami, elektron pochta manzili)

Elektron onlayn-auksion savdo oʻtkazilishi haqidagi xabarnoma bilan tanishdim:
‎Loyiha raqami: № __________________________________;
‎Loyiha yoʻnalishi, maydoni: _________________________________________________
‎________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________;
Elektron onlayn-auksion savdoni oʻtkazish qoidalari bilan tanishib, 20___ yil “____” ___________ kuni soat _________ daqiqada oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun ushbu arizani qabul qilishingizni soʻrayman.
‎Elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun ushbu arizani taqdim etib, elektron onlayn-auksion savdoni oʻtkazish qoidalariga va keltirilgan shartlarga rozilik beraman.
‎Yer uchastkasining ijara huquqini sotib olish boʻyicha toʻlovni □ bir yoʻla / □ boʻlib-boʻlib toʻlayman.
‎Men tomondan taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri boʻlgan taqdirda, elektron onlayn-auksion savdo natijalarini haqiqiy emas deb topilishi haqida ogohlantirildim. Shuningdek, elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi deb topilgan taqdirimda, menga yuklatiladigan majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmamga olaman.

Toʻldirilgan sana

___________

________________________

‎‎(imzo)

(F.I.O.)

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Nizomda qoʻshimcha toʻlovlarning hisobini yuritish va sarflash boʻyicha belgilangan talablar qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini ijaraga olish huquqini qoʻlga kiritish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqib yer uchastkasining ijara muddatiga hisoblanadigan qoʻshimcha toʻlovlarning Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismiga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tanlovda ijara huquqini yutib olish uchun koʻproq ball toʻplash maqsadida ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olingan qoʻshimcha toʻlovlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining ijara davri muddatiga teng taqsimlangan holda toʻlanadi hamda ushbu toʻlovlarning 50 foizi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga va qolgan 50 foizi tegishli tuman (shahar) budjetiga yoʻnaltiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandning uchinchi xatboshisi “toʻlangan” soʻzidan keyin “hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Nizom talablari xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish hamda ijaraga berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish va ijaraga berish tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2022-yil 6-maydagi 237-son qaroriga ilovaning 1, 3 va 4-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijarasiga doir huquqiy munosabatlar takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2023-yil 3-apreldagi 137-son qaroriga ilovaning 2 va 3-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 30-maydagi 222-son qarorining 3-bandi va 2-ilovasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-avgustdagi 330-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)