ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI “OʻZDAVENERGONAZORAT” BOShLIGʻINING
BUYrugʻi
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING QUVVATI 10 KILOVATTGAChA BOʻLGAN ELEKTR USKUNALARINI ULASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 10-martda 1454-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 7-apreldagi 3-sonli “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kvtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2220, 27.04.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan, buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning quvvati 10 kilovattgacha boʻlgan elektr uskunalarini ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab, 10 kun oʻtganidan soʻng kuchga kiritilsin.
3.Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
“Oʻzdavenergonazorat” Inspeksiyasi boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 16-fevral,
57-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 76-modda)