Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2026 02.02.2024 yildagi PQ-54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, taʼlim tashkilotlari faoliyatini ilgʻor xorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish, pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Taʼlim sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayonlari va xizmatlar koʻrsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish, taʼlim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida davlat muassasasi shaklida “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining asosiy faoliyat yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Loyiha ofisi 2024-yilda quyidagilarni amalga oshirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tahlil qilish, oʻqituvchilarning bilimi va qiziqishiga mos boʻlgan tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlarini joriy qilish, mazkur jarayonga nodavlat va xalqaro tashkilotlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning taʼlim dasturlarini umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquv dasturlari bilan uygʻunlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional taʼlimdan soʻng oliy taʼlimni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, uch yillik taʼlim dasturlari asosida amaliy bakalavriat boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashxis qoʻyish, ularning qobiliyati va moyilliklarini aniqlash boʻyicha zamonaviy usullarini joriy qilish hamda yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish faoliyatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining ayrim funksiyalarini (taʼlim tashkilotlari reytingini aniqlash, taʼlim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish va boshqalar) nodavlat, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga autsorsingga berish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan uni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Taʼlim sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisi direktoriga tegishincha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari uchun belgilangan vakolatlar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisi direktori ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisi shtat birliklari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimi tashkilotlarining amaldagi shtatlari doirasida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisi har oyda taʼlim sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yoʻllari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ular huzuridagi tashkilotlar hamda boshqa davlat organlari Loyiha ofisi tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari rahbarlari Loyiha ofisiga har tomonlama koʻmaklashadi, shu jumladan uning soʻroviga koʻra oʻz xodimlarining oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni saqlab qolgan holda ekspert sifatida yuborilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimga oid masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Loyiha ofisi bilan kelishilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Loyiha ofisi faoliyatini muvofiqlashtirib, uning samarali faoliyatini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha ofisini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, 2025-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 5 milliard soʻm hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 5 milliard soʻm miqdoridagi ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisining asoslangan takliflariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida jalb qilinadigan grant mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bir oy muddatda Loyiha ofisining nizomini, shuningdek, uning tuzilmasi, shtat birliklari soni, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Loyiha ofisi, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yil 1-sentabrga qadar oʻquvchilar (talabalar)ning egallagan bilimini va pedagoglarning malakalarini baholash tizimini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil yakuniga qadar 3-ilovada belgilangan muassasalar faoliyatini qayta koʻrib chiqsin va ulardagi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2024-2025-yillarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Professional taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini — Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga, taʼlim dasturlarini esa — yangilangan kasbiy standartlar va malaka talablariga moslashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida 14 ta professional taʼlim muassasalarining faoliyatiga tajriba-sinov tariqasida xalqaro taʼlim dasturlarini, kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasi faoliyatiga — zamonaviy boshqaruv usullari va taʼlim sifatining yuqori standartlarini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika, qishloq va suv xoʻjaligi, texnika, axborot texnologiyalari hamda iqtisodiyot sohasiga oid taʼlim yoʻnalishlarining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Loyiha ofisiga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirlik va idoralar, ularning tizimidagi muassasalar, nodavlat taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini shartnoma asosida Loyiha ofisi faoliyatiga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilgan loyihalarni taʼlim tashkiloti, tuman (shahar) yoki hudud misolida tajriba-sinovdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlaridan zarur statistik, tahliliy hamda boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining elektron axborot tizimlaridan bepul foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Loyiha ofisi direktoriga xorijiy mutaxassislar, ekspert, konsultant va maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb etish, ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida, shu jumladan mablagʻlarni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali toʻlash, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, ularning tarkibiy tuzilmalari mutaxassislarini islohotlarni amalga oshirish jarayonlariga jalb qilish, ular ishtirokida ekspert komissiyalari va ishchi guruhlarni tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Loyiha ofisi faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uni jihozlash, zarur moddiy-texnik vositalar va aloqa turlari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 2-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-54-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-54-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taʼlim sohasini isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlar va istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yetakchi ekspertlar, konsultantlar, maslahatchilar va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) taʼlim turlari va darajalari oʻrtasida uzviylikni va uzluksizlikni taʼminlash, davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamjihatlikdagi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati madaniyatini shakllantirish, oʻquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishda vazirlik va idoralarga har tomonlama koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) taʼlim sifatini nazorat qilish yoʻnalishida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy va xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-54-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritasi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari

1.

Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

2024-yil iyun

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(V. Xamidov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyul

2.

Pedagog kadrlar tayyorlash tizimining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash.

1. Pedagog kadrlarni tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarining oʻquv reja va oʻquv dasturlarini tahlil etish.

2024-yil avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(V. Xamidov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

2. Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv reja va oʻquv dasturlarini hamda ulardagi taʼlim jarayonini umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida qayta ishlab chiqish.

Bunda, pedagogika taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalarida talabalarning metodik tayyorgarligi boʻyicha ajratilgan fanlar ulushini kamida 50 foizga yetkazishni taʼminlash.

2025-yil yanvar

3. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini tahlil qilish va uni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil yanvar

3.

Oʻqituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.

1. Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlari faoliyatini, professor oʻqituvchilar tarkibini, oʻquv reja va dasturlarini tahlil qilish.

2. Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarini transformatsiya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyul

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(V. Xamidov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

4.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini joriy etish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, oʻquvchilar tarbiyasi va odob-axloqi hamda ularda vatanparvarlik tuygʻularini tarbiyalashning vertikal tizimini ishlab chiqish.

2. Oʻquvchilarni tarbiyalash va ularning davomatini yaxshilash boʻyicha “mahalla yettiligi” bilan birgalikda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil davomida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning oʻz hayot yoʻllarini tanlashiga koʻmaklashuvchi tizim yaratish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida psixologlar faoliyatini tahlil etish.

2024-yil iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan ajratilgan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(V. Xamidov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

2. Psixologlarning sifat tarkibini yaxshilash boʻyicha treninglar tashkil etish.

2024-yil davomida

3. Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazini transformatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil avgust

4. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining qobiliyati va moyilliklarini aniqlash, ularning rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashxis qoʻyish hamda ularni kelajakda dolzarb boʻladigan kasblarga yoʻnaltirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2024-yil sentabr

6.

Nodavlat taʼlim sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy qilish.

1. Nodavlat taʼlim sohasida maʼmuriy tartib-taomillarni qisqartirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2. Nodavlat taʼlim sohasida byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

3. Tavsiya va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil avgust

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(V. Xamidov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

II. Professional va oliy taʼlim sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari

7.

Professional taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoniga rivojlangan xorijiy davlatlarning taʼlim dasturlari (curriculum) asosida ishlab chiqilgan dasturlarni joriy qilish.

1. Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va bitim imzolash.

2024-yil sentabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan kasb va mutaxassisliklarni tanlab olish.

2024-yil noyabr

3. Ijodiy guruhlarni shakllantirish va xalqaro taʼlim dasturlarini tarjima qilish.

2025-yil fevral

4. Tarjima qilingan xalqaro taʼlim dasturlari asosida mazmuniga milliy segmentni singdirgan holda yangi taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

5. Xalqaro taʼlim dasturlari talablaridan kelib chiqib taʼlim dasturlarining oʻquv yuklamalarini qayta koʻrib chiqish va optimallashtirish.

2025-yil may

6. Oʻquvchilarga beriladigan malakalar asosida Professional taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

2025-yil iyun

7. Ishlab chiqilgan taʼlim dasturlarini professional taʼlim muassasalarida joriy etish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

8.

Professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining oʻz taʼlimini oliy taʼlim muassasalarida davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.

1. Kasb-hunar taʼlimining oliy taʼlim bilan integratsiyasini kuchaytirish, jumladan taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlashni “2+2”, “1+3” va boshqa sxemalar asosida tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2024-yil 1-sentabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

oliy va professional taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va huzuridagi professional taʼlim muassasalarida TESOL, TEFL oʻquv kurslari va Milliy malakalar ramkasining 3 — 5-darajadagi malakalarni berishga yoʻnaltirilgan qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish va ularning tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyasini taʼminlash.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

3. Toshkent arxitektura va qurilish universitetida va huzuridagi professional taʼlim muassasalarida Milliy malakalar ramkasining 3 — 5-darajalariga mos boʻlgan qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish va ularning tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyasini taʼminlash.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

9.

Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tashkilotlar tomonidan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatish tartibini belgilash.

Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistonda faoliyat yuritish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, qaror loyihasida:

taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarni;

taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtishi va faoliyat yuritishi tartibini nazarda tutish.

2024-yil avgust

-

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

10.

Milliy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik roʻyxatiga kirgan oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlari asosida takomillashtirish.

1. Taʼlim dasturlari takomillashtiriladigan taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil may

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. Taʼlim dasturlarini takomillashtirish va tasdiqlanishini taʼminlash.

2024-yil avgust

3. Takomillashtirilgan taʼlim dasturlarini oliy taʼlim muassasalari amaliyotiga joriy etish.

2024-yil sentabr

11.

Oliy taʼlimdagi oʻquv jarayoni va baholash tizimini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish.

1. Oliy taʼlimda talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish.

2024/2025 oʻquv yili davomida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. Mustaqil taʼlimni tashkil etishning ilgʻor tajribalarini joriy etish.

2025-yil sentabr

3. Barcha oliy taʼlim tashkilotlarida antiplagiat dasturlarini joriy etish.

2025-yil sentabr oyidan boshlab

4. Oliy taʼlimdagi oʻquv jarayoni va baholash tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

2025-yil avgust

12.

Oliy taʼlimda taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari eksportini oshirish maqsadida xalqaro mehnat bozori talablari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Xalqaro mehnat bozorlarining oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish.

2024-yil dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. Oʻrganish natijalari asosida oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash boʻyicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

3. Xalqaro mehnat bozorlaridagi ehtiyoj va talablardan kelib chiqib kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

13.

Oliy taʼlimda professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.

1. Professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha dunyodagi yetakchi universitetlar tajribasini oʻrganish va natijasi boʻyicha amaldagi tartibni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantirish.

2024-yil iyun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. Takliflarni oliy taʼlim tashkilotlari mutaxassislari va xorijiy ekspertlar ishtirokida muhokamadan oʻtkazish.

2024-yil dekabr

3. Professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha yangi tartibni joriy etish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

14.

Oliy taʼlim tizimining mehnat bozori talablariga muvofiqligi taʼminlash.

1. Kadrlar tayyorlash jarayoniga ish beruvchilarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish.

2024-yil iyul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda ish beruvchilarning ishtirokini kengaytirish, manfaatdorligini oshirish va javobgarligini belgilash yuzasidan takliflarni tayyorlash.

2024-yil dekabr

3. Talabalar amaliyotini tashkil etish hamda taʼlim dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilari masʼuliyatining aniq chegaralarini belgilash.

2025-yil may

15.

Muhandislik-texnika yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish.

1. Muhandislik-texnika yoʻnalishidagi 33 ta davlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyatini kompleks tahlil qilish boʻyicha ishchi guruhini tashkil etish.

2024-yil may

Tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, tarmoq ishlab chiqarish korxonalari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, tarmoq ishlab chiqarish korxonalari

2. Muhandislik-texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida:

kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va qabul parametrlarining soha tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlariga muvofiqligini;

moddiy-texnik baza (zamonaviy laboratoriyalar va asbob-uskunalarning mavjudligi) holatini;

amaldagi oʻquv dasturlarining ishlab chiqarish texnologiyalari va ish beruvchilarning talablariga muvofiqligini;

talabalarning sohadagi ishlab-chiqarish tashkilotlarida amaliy bilim olishini;

professor-oʻqituvchilarning bilim darajasi va oʻquv adabiyotlarining amaliyotga yoʻnaltirilganligini oʻrganish.

2024-yil iyun — avgust

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil sentabr

16.

Oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish.

1. Nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlash.

2024-yil may

Tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, oliy taʼlim tashkilotlari

2. Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

3. Xalqaro tashkilotlar bilan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish va akkreditatsiyani belgilangan tartibda amalga oshirish.

2024-yil iyuldan boshlab

4. Taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonlarining monitoringini yuritishni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil sentabr

17.

Oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovkadan oʻtishini tashkil qilish.

1. Oliy taʼlim tashkilotlarining 40 yoshgacha boʻlgan professor-oʻqituvchilarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish yoki stajirovkaga yuborish uchun saralab olish.

2024-yil iyun

Tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, oliy taʼlim tashkilotlari

2. Saralab olingan professor-oʻqituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

2024-yil iyul — sentabr

3. Malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash davomida oʻrganilgan ilgʻor xorijiy tajribani oliy taʼlim tashkilotida amalda joriy etilishini taʼminlash.

2024-yil sentabr — dekabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-54-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tomonidan birinchi bosqichda faoliyati takomillashtiriladigan muassasalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Muassasa nomi

Vazirlik (idora)dan biriktirilgan masʼul xodim

I. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi muassasalar

1.

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 9-son umumiy oʻrta taʼlim muassasasi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari U. Sharifxodjayev

2.

Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari F. Boqiyev

3.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari T. Komilov

4.

Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari S. Radjabov

5.

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 129-son umumiy oʻrta taʼlim muassasasi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori V. Xamidov

II. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi muassasalar

6.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K. Karimov

7.

Toshkent gidrometeorologiya texnikumi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari S. Buzrukxonov

8.

Toshkent moliya instituti huzuridagi akademik litsey

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Sh. Turdikulova

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tomonidan birinchi bosqichda faoliyati takomillashtiriladigan muassasalar roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 07/24/54/0092-son)