22.01.2024 yildagi PQ-38-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, tibbiyot muassasalari faoliyatini ilgʻor xorijiy tajriba asosida tashkil etish, tibbiyot kadrlarining salohiyatini oshirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yetakchi xorijiy ekspert va konsultantlar ishtirokida kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiyotning birlamchi boʻgʻini, hududlar va respublika darajasida tibbiy xizmatlar koʻrsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish va uning sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, sohada samaradorlik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha 40 ta amaliy harakatni oʻz ichiga olgan mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu takliflarni amalga oshirish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash va sohada islohotlarni jadallashtirish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Loyiha ofisi quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga masʼul etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini va davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini toʻliq joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy taʼlim tizimi va ilm-fan sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiyot xodimlarini ularning mehnati natijalaridan kelib chiqib munosib ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini jadallashtirish va sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, tibbiyot muassasalarining akkreditatsiya qilinishini taʼminlash, ularning mustaqilligini mustahkamlash va javobgarligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infarkt, insult, shikastlanish va jarrohlik amaliyotlaridan soʻng hamda suyak-mushak tizimi kasalliklari mavjud boʻlgan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari samarasi va shaffofligini oshirish, farmatsevtika sohasini isloh qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya qoida va normalarini zamonaviy talablar asosida yangilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga Loyiha ofisi direktori lavozimida oʻrindoshlik asosida ishlash huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisi direktoriga sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari uchun belgilangan vakolatlar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisi shtat birliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlarining amaldagi shtatlari doirasida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisi har oyda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yoʻllari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligining tarkibiy tuzilmalari Loyiha ofisi tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydi, buning uchun zarur boʻlgan kuch va vositalarni safarbar qiladi, shuningdek, har chorak yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Loyiha ofisiga hisobot kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi sogʻliqni saqlash sohasidagi masalalarni tartibga solishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Loyiha ofisi bilan kelishilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Loyiha ofisi faoliyatini muvofiqlashtirib, uning samarali faoliyatini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha ofisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, hududiy sogʻliqni saqlash organlari, nodavlat tibbiyot tashkilotlari, tibbiyot oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini shartnoma asosida Loyiha ofisi faoliyatiga jalb qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda yuqori nufuzga ega xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda tibbiyot oliygohini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Loyiha ofisi direktoriga xorijiy mutaxassislar, ekspert, konsultant va maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb etish, ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida, shu jumladan mablagʻlarni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali toʻlash, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi, uning tarkibiy tuzilmalari mutaxassislarini islohotlarni amalga oshirish jarayonlariga jalb qilish, ular ishtirokida ekspert komissiyalari va ishchi guruhlarni tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Loyiha ofisini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda — Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, shuningdek, vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 20 mlrd soʻm hamda 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisining asoslangan takliflariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida jalb qilingan kredit hamda grant mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bir oy muddatda Loyiha ofisining nizomini, shuningdek, uning tuzilmasi, shtat birliklari soni, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yilda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon savdo tashkiloti talablari, tibbiyot muassasalarini loyihalash, qurish, jihozlash va ekspluatatsiya qilish boʻyicha yetakchi xorijiy tajribani inobatga olgan holda amaldagi 40 ta sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari toʻliq qayta koʻrib chiqilishini va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Milliy tibbiyot markazining faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullari va tibbiy yordam xavfsizligi va sifatining yuqori standartlarini joriy etsin hamda ularni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda 2028-yilga qadar respublika darajasidagi barcha davolash-profilaktika muassasalari milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishi nazarda tutilsin;
(9-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda tor ixtisoslikdagi mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining 200 nafar bitiruvchisini Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va markazlarida oʻqitsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida koʻp tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan internatura tashkil etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent tibbiyot akademiyasining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 1 nafardan salohiyatli xodimlarini asosiy ishidan ajralgan holda Loyiha ofisi eksperti sifatida faoliyat olib borish uchun yuborilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ekspertlar nomzodi Loyiha ofisi bilan kelishilgan holda aniqlanadi hamda ularning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari tegishli tibbiyot muassasalari tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi. Bunda, talabalar oʻqish davomiyligidan kelib chiqib tegishincha ikkinchi yoki uchinchi kurs yakuni boʻyicha, birinchi bosqichda, fundamental fanlar boʻyicha (anatomiya, gistologiya, fiziologiya, mikrobiologiya, immunologiya, biokimyo, farmakologiya, jamoat salomatligi va boshqalar), ikkinchi bosqichda, klinik va amaliy koʻnikmalarni baholashga qaratilgan davlat imtihonlarini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda “Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Nealth and Nealthcare Management), “Jamoat salomatligi: epidemiologiya va maʼlumotlar tahlili” (Public Nealth: Epidemiology and data science/data analytics), “Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Nealth: Nutrition), “Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine), “Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation) magistrlik yoʻnalishlarini joriy etish hamda ushbu mutaxassisliklar boʻyicha har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.A. Xudayarov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 22-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-38-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PQ-38-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Kadrlar salohiyatini oshirish

1.

Tibbiy taʼlim tizimini, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Toshkent tibbiyot akademiyasida Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME) standartlarini joriy etish boʻyicha pilot loyihani amalga oshirish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

Hisob-kitoblar asosida Toshkent tibbiyot akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Karimov)

2. Tibbiyot yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talabalarining bilimlarini ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholashni yoʻlga qoʻyish. Bunda, oʻqish davomiyligidan kelib chiqib tegishincha ikkinchi yoki uchinchi kurs yakuni boʻyicha birinchi bosqichda fundamental fanlar (anatomiya, gistologiya, fiziologiya, mikrobiologiya, immunologiya, biokimyo, farmakologiya, jamoat salomatligi va boshqalar) boʻyicha davlat imtihonlarini oʻtkazish koʻzda tutiladi.

Oʻqish yakunidan soʻng ikkinchi bosqichda asosiy klinik fanlar (ichki kasalliklar va endokrinologiya, pediatriya, jarrohlik, akusherlik va ginekologiya, ruhiy salomatlik va psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam va boshqalar) boʻyicha bilimlarni qoʻllash yuzasidan davlat imtihonlarini, shuningdek, bemor oldida klinik imtihonni (shu jumladan professional tibbiy yordamni koʻrsatish boʻyicha) oʻtkazish koʻzda tutiladi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

-

3. “Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Nealth and Nealthcare Management), “Jamoat salomatligi: epidemiologiya va maʼlumotlar tahlili” (Public Nealth: Epidemiology and data science/data analytics), “Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Nealth: Nutrition), “Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine), “Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation) magistratura mutaxassisliklarini joriy etish hamda ushbu mutaxassisliklar boʻyicha har yili kamida 150 nafar mutaxassisni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralarini koʻrish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

4. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari uchun koʻp tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan internatura tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

Davlat budjeti mablagʻlari

5. Hududlarda tor sohadagi mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining 200 nafar bitiruvchisini magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va markazlarida oʻqitish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

reja-grafik asosida

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Fazilkarimov)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov)

6. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. Bunda, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish:

talabalar va oʻqituvchilar nisbatini qayta koʻrib chiqish;

kompetensiyalarga asoslangan oʻquv dasturlarini joriy etish;

hamshiralarning klinik kompetensiyalarini kengaytirish, hamshiralar roli, lavozimlari va ish haqi darajalariga eʼtibor qaratgan holda hamshiralik kasbini isloh qilish;

xalqaro tibbiyot maktablari bilan hamkorlikda oilaviy tibbiyot dasturlarini joriy etish;

talabalarda klinik koʻnikmalarni shakllantirishga masʼul boʻlgan shifokorlar (klinik instruktorlar) uchun haq toʻlanadigan lavozimlarni joriy etish;

hamshiralar, doyalar va boshqa oʻrta boʻgʻin mutaxassislari uchun bakalavr, magistr va fan doktori darajalarini beruvchi yangi kasbiy tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlarini joriy etish;

fundamental fanlarni oʻzlashtirish bosqichidan keyingi bosqichga oʻtish uchun ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha talabni belgilash;

talabalarning bilim va malakalari sifatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish.

2024-yil 1-oktabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Karimov)

7. Uzluksiz tibbiy taʼlim tizimini takomillashtirish.

Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish maqsadida uzluksiz kasbiy taʼlim elektron portalini joriy etish.

2025-yil 1-yanvar

Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov)

8. Shifokorlar va farmatsevtlar faoliyatini litsenziyalash, shuningdek, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

2024-2025-yillar

Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov)

II. Birlamchi boʻgʻinda xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish

2.

Birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish.

1. Pulli va bepul xizmatlarni aniq belgilagan holda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini toʻliq joriy etish va moliyalashtirishni taʼminlash. Bunda quyidagilarni inobatga olish:

oilaviy shifokor punkti, poliklinika va shifoxonalarda tibbiyot xodimlarining koʻnikmasini mustahkamlash;

tuman miqyosida eng keng tarqalgan kasalliklar boʻyicha (ambulator tashriflarning 40 foizini tashkil etadigan kasalliklar hamda statsionar sharoitda yotqizib davolanadigan kasalliklarning 80 foizi) koʻrsatiladigan tibbiy yordamni xalqaro standartlarga mosligini taʼminlash, buning uchun zarur boʻlgan asosiy dori vositalari, diagnostika usullari, tibbiy asbob-uskunalar bilan toʻliq taʼminlash.

2024-2025-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Fazilkarimov)

2. Tuman shifoxonalari darajasida diagnostika salohiyatini markazlashtirish va integratsiyalashuv orqali samaradorlik va sifat nazoratini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2024-yil 1-noyabr

3. Shifokorlar va hamshiralar oʻrtasidagi vazifalarni qayta koʻrib chiqish.

2024-yil 1-avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov)

4. Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarni hisobga olgan holda tibbiyot xodimlarining amaldagi funksional majburiyatlarini qayta koʻrib chiqish.

2025-yil 1-yanvar

5. Sogʻliqni saqlash yoʻnalishidagi axborot tizimlarini yaratishni jadallashtirish.

2024 — 2026-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

3.

Bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Infarkt, insult, shikastlanish va jarrohlik amaliyotlaridan soʻng hamda suyak-mushak tizimi kasalliklari mavjud boʻlgan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-iyun

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov)

4.

Sogʻlom turmush tarzini keng joriy etish.

2024 — 2026-yillarga moʻljallangan sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish dasturini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash.

2024-yil 1-may

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov)

III. Hududlar va respublika darajasida xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish

5.

Davlat tibbiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

Tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etish:

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Fazilkarimov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

(Ermatov)

a) Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasida;

2024-yil yakuniga qadar

b) respublikaning barcha hududlarida.

2026-yil yakuniga qadar

6.

Hududlardagi tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish.

Hududlardagi tibbiyot muassasalarida yakuniy natijaga yoʻnaltirilgan moliyalashtirishning yangi usullarini (“davolangan holat” uchun, jon boshiga moliyalashtirish va boshqalar) joriy etish.

2024-2025-yillar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Fazilkarimov)

7.

Hududlar va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Milliy tibbiyot markazining faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullari va tibbiy yordam xavfsizligi va sifatining yuqori standartlarini joriy etish hamda ularni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash.

2024-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblar asosida ushbu markazlar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Fazilkarimov )

2. Ixtisoslashtirilgan shifoxonalar, dispanserlar va boshqa markazlarni koʻp tarmoqli hududiy shifoxonalarga aylantirishni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish.

2024-yil 1-sentabr

3. Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam koʻrsatishga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb etish orqali tibbiy xizmatlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish. Bunda:

nodavlat tibbiyot tashkilotlariga barcha yoʻnalishlarda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatishga ruxsat berish;

arzonlashtirilgan narxlar va yuqori sifatning eng yaxshi kombinatsiyasini taklif qiluvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlarini tanlash boʻyicha har yili tenderlar oʻtkazish tartibini nazarda tutish.

2024-yil 1-oktabr

IV. Sogʻliqni saqlash tizimining boshqa yoʻnalishlarini takomillashtirish

8.

Tibbiyot xodimlarining kasbiy etikasini takomillashtirish.

Tibbiyot xodimlarining (ish joyida) kasbiy etika bilan bogʻliq koʻnikmalarini rivojlantirish, shifokor sirini tashkil etadigan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik masalalari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish.

Reja-grafik asosida

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov)

9.

Onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish.

1. Oilani toʻgʻri rejalashtirish va sogʻlom homiladorlikni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Aholi oʻrtasida keng targʻibot ishlarini olib borish.

2024-yil yakuniga qadar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov)

10.

Xususiy sektor salohiyatidan keng foydalanishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.

1. Ilgari boshlangan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish.

2. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini transformatsiya qilish, davlat tibbiyot muassasalarini ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Fazilkarimov)

11.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida islohotlarni jadallashtirish.

1. Jahon savdo tashkiloti talablari, tibbiyot muassasalarini loyihalash, qurish, jihozlash va ekspluatatsiya qilish boʻyicha yetakchi xorijiy tajribani inobatga olgan holda amaldagi 40 ta sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

2024-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblar asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov)

2. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining laboratoriyalarini kompleks baholash va ular samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2024-yil 1-noyabr

3. Shikastlanishlar, jumladan, yoʻl-transport hodisalari natijasida shikastlanish va oʻlim holatlari, shuningdek, oʻz joniga qasd qilish holatlari ustidan epidemiologik nazoratni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil yakuniga qadar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 07/24/38/0066-son; 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)